Меморандум о взаимопонимании между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Государства Катар
Дата вступления в силу
24.11.2010
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
МЕМОРАНДУМ О ВЗАИМОПОНИМАНИИ МЕЖДУ ПРАВИТЕЛЬСТВОМ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ПРАВИТЕЛЬСТВОМ ГОСУДАРСТВА КАТАР О сотрудничестве в области туризма Доҳа , 24 ноября 2010 года Вступил в силу 24 ноября 2010 года (подписи) |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN QATAR DAVLATI HUKUMATI OʻRTASIDA Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida ANGLAShUV MEMORANDUMI 2010-yil 24-noyabr, Doha 2010-yil 24-noyabrdan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati (bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar), ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni kuchaytirish hamda oʻzaro fikr almashish asosida oʻz mamlakatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida, ikkala mamlakat iqtisodiyotida turizmning muhim oʻrnini hamda oʻzaro anglashuv yoʻlidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar: 1 - modda Hamkorlik muhitini yaratish Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat manfaatdorligi asosida turizm sohasida uzoq muddatli hamkorlikni amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratadilar. 2 - modda Hamkorlik yoʻnalishlari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlarining tegishli qonunchiliklariga muvofiq holda turizmni rivojlantirish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladilar: Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida tajriba, nashriyot, statistika va maʼlumotlar bilan oʻzaro almashadilar. Ushbu sohada hamkorlik qilish maqsadida Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro dasturlar, reklama materiallari, nashriyotlar, filmlar, marketing va turizm mahsulotlarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib etishga doir maʼlumotlar bilan almashadilar, hamda ikki mamlakat fuqarolarini dam olishi maqsadida oʻzaro sayohatga taklif qiladilar, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, turizm sohasi mutaxassislari uchun sayohatlar uyushtiradilar. Ahdlashuvchi Tomonlar ikki mamlakat turizm sektorlari, turoperatorlar va turagentlar, boshqa xususiy turistik firmalar va byurolar oʻrtasida hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz mamlakatlari davlat va xususiy sektorlarini turizm sohasiga investitsiyalar kiritishga ragʻbatlantiradilar. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz manfaatdorligidan kelib chiqib turizm loyihalarini rivojlantirish va amalga oshirishga qaratilgan hamkorlikka alohida ahamiyat beradilar. 3 - modda Moliyaviy jihatlar Mazkur Anglashuv memorandumi doirasidagi hamkorlik faoliyati xarajatlarini qoplash boʻyicha moliyaviy masalalar Ahdlashuvchi Tomonlarning moliyaviy imkoniyatlari va resurslaridan kelib chiqib, xar bir holat uchun ular oʻrtasida alohida kelishiladi. 4 - modda Qoʻshma qoʻmita 1. Ahdlashuvchi Tomonlar maslahatlashuvlar oʻtkazish va ikki mamlakat oʻrtasida turizm sohasida oʻzaro manfaatli va foydali masalalar boʻyicha hamkorlikni yengillashtirish uchun har bir Ahdlashuvchi Tomonning imkoniyatlarini hisobga olgan holda Qoʻshma komissiya (bundan buyon komissiya deb ataladi) tashkil etadilar. 2. Komissiya tarkibi va protseduralari Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro kelishuvi asosida belgilanadi. 3. Komissiya har bir Ahdlashuvchi Tomonning xohishiga binoan quyidagi masalalarni hal qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida yoki Qatar Davlatida navbat bilan chaqiriladi: A) ushbu Anglashuv memorandumining bajarilishi yuzasidan vujudga kelgan masalalarni muhokama qilish; B) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yoʻllari va vositalarini belgilash; V) Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida yangi hamkorlik sohalarini ishlab chiqish; 4. Komissiya Ahdlashuvchi Tomonlarga qulay va oʻzaro kelishilgan muddatda chaqiriladi; 5. Komissiyaning qarorlari uchrashuv bayonotiga kiritiladi va har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu qarorlarning bajarilishi uchun zarur choralarni koʻradi. 5 - modda Muvofiqlashtirish Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzlarining pozitsiyalarini ixtisoslashgan xalqaro turizm tashkilotlarining uchrashuvlari, konferensiyalari va forumlarida muvofiqlashtirib turadilar. 6 - modda Boshqa kelishuvlarga munosabat Mazkur Anglashuv memorandumi yoki uning doirasida imzolangan boshqa hujjatlar Ahdlashuvchi Tomonlar ishtirok etgan boshqa bitim yoki konvensiyalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi. 7 - modda Nizolarning hal qilinishi Ushbu Anglashuv memorandumining bajarilishi yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizo yoki kelishmovchiliklar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro muzokara va maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi. Bu tarzda amalga oshirilishining imkoniyati boʻlmasa nizolar diplomatik yoʻllar bilan hal qilinadi. 8 - modda Memorandumga oʻzgartirishlar kiritish tartibi Ushbu Anglashuv memorandumiga uning amaldagi muddati davomida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida oʻzaro yozma holda nomalar almashinish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunday oʻzgartirishlar ushbu Anglashuv memorandumida koʻrsatilgan qonuniy tartibda kuchga kiradi. Har qanday oʻzgartirishlar ushbu Anglashuv memorandumidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi. 9 - modda Kuchga kirish tartibi Ushbu Anglashuv memorandumi imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va besh (5) yil davomida amal qiladi. Agar tomonlarning biri Memorandum muddati tugashidan olti (6) oy oldin yozma ravishda uning faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etmasa, ushbu Memorandumning muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh (5) yillik muddatlarga uzaytiriladi. Memorandum muddatining tugatilishi uning amal qilish vaqtida boshlangan va tugatilmagan tadbirlardan kelib chiqadigan majburiyatlarning tugallanishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Yuqoridagilarni tasdiqlab, oʻz Hukumatlari tomonidan tegishli vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar ushbu Anglashuv memorandumini imzoladilar Doha shahrida Hijriy 1431 12/18 da 2010-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matnga murojaat qilinadi. (imzolar) |