Закон Республики Узбекистан, от 05.05.1994 г. № 1046-XII
Дата вступления в силу
05.05.1994
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Закон Республики Узбекистан ОБ УЧРЕЖДЕНИИ МЕДАЛИ «ШУХРАТ» Верховный Совет Республики Узбекистан постановляет: 1. Учредить медаль «Шухрат». 2. Утвердить Положение о медали «Шухрат» (прилагается). 3. Утвердить описание медали «Шухрат» (прилагается). Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 5 мая 1994 г., № 1046-XII ПОЛОЖЕНИЕ о медали «Шухрат» 1. Медалью «Шухрат» награждаются граждане Республики Узбекистан, а также лица, не являющиеся гражданами Республики Узбекистан, которые своим добросовестным трудом достигли больших успехов в деле развития экономики, науки и культуры республики, воспитания подрастающего поколения в духе патриотизма и преданности идеям национальной независимости и социального прогресса. 2. Медалью «Шухрат» награждает Президент Республики Узбекистан. Указ о награждении медалью публикуется в печати и других средствах массовой информации. 3. Награждение медалью «Шухрат» производится по представлению Кабинета Министров Республики Узбекистан, Председателя Конституционного суда Республики Узбекистан, Председателя Верховного суда Республики Узбекистан, Генерального прокурора Республики Узбекистан, Председателя Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента, руководителей министерств и ведомств, общественных объединений в лице их республиканских органов. (статья 3 в редакции Закона Республики Узбекистан от 28 ноября 2023 года № ЗРУ-880 — Национальная база данных законодательства, 29.11.2023 г., № 03/23/880/0905) 4. Вручение медали «Шухрат» и соответствующего документа о награждении производится в торжественной обстановке Президентом Республики Узбекистан или от его имени Спикером Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, Председателем Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, Премьер-министром Республики Узбекистан, Председателем Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, хокимами областей и города Ташкента, а также другими лицами по поручению Президента Республики Узбекистан. (статья 4 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2004 года, № 714-II — Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2004 г., № 51, ст. 514) 5. Лица, награжденные медалью «Шухрат», получают единовременное денежное вознаграждение в размере пятикратной базовой расчетной величины. (часть первая статьи 5 в редакции Закона Республики Узбекистан от 3 декабря 2019 года № ЗРУ-586 — Национальная база данных законодательства, 04.12.2019 г., № 03/19/586/4106) Лица, награжденные медалью «Шухрат», пользуются льготами, устанавливаемыми законодательством. 6. Медаль «Шухрат» носится на левой стороне груди. 7. При посмертном награждении медалью «Шухрат» медаль, документ о награждении и единовременное денежное вознаграждение вручаются семье награжденного. ОПИСАНИЕ МЕДАЛИ «ШУХРАТ» Медаль «Шухрат» изготавливается из медного сплава, покрытого предварительно никелем толщиной 0,5 микрон, а затем золотым сплавом толщиной 0,25 микрон, с частичным нанесением эмали разных цветов. Медаль имеет форму круга диаметром 34 миллиметра. На лицевой стороне медали в лучах восходящего солнца рельефно изображена панорама, символизирующая экономическую мощь республики. В нижней части медали на белом эмалевом фоне выпуклыми буквами размещено слово «SUHRAT». Высота букв 2 миллиметра. Края медали с обеих сторон окаймлены бортиком. На оборотной стороне медали изображен Государственный герб Республики Узбекистан. Внизу нанесен номер медали вогнутым шрифтом размером 1 миллиметр. Толщина медали 3 миллиметра. Медаль при помощи ушка и кольца соединяется с пятиугольной колодкой, обтянутой шелковой лентой с цветными полосами Государственного флага республики. Ширина ленты 24 миллиметра. Ширина синей, белой и зеленой полос по 7 миллиметров, ширина красных полос 1,5 миллиметра. Высота колодки 48 миллиметров, ширина 45 миллиметров. Крепление на булавке. (Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1994 г., № 5, ст. 121; Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2004 г., № 51, ст. 514; 2017 г., № 37, ст. 978; Национальная база данных законодательства, 04.12.2019 г., № 03/19/586/4106; 29.11.2023 г., № 03/23/880/0905) |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni “ShUHRAT” MEDALINI TAʼSIS ETISh TOʻGʻrISIDA Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. “Shuhrat” medali taʼsis etilsin. 2. “Shuhrat” medali toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi). 3. “Shuhrat” medalining tavsifi tasdiqlansin (ilova qilinadi). Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1994-yil 5-may, 1046-XII-son “Shuhrat” medali toʻgʻrisidagi nizom 1. “Shuhrat” medali bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishida oʻzining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erishgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar mukofotlanadilar. 2. “Shuhrat” medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Medal bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. 3. “Shuhrat” medali bilan mukofotlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining hamda jamoat birlashmalari respublika organlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) 4. “Shuhrat” medalini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali vaziyatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga binoan boshqa shaxslar topshiradi. (4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda) 5. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladilar. (5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonunchilikda belgilab qoʻyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. (5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 6. “Shuhrat” medali koʻkrakning chap tomoniga taqiladi. 7. “Shuhrat” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash toʻgʻrisidagi hujjat va bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi. “Shuhrat” medalining tavsifi “Shuhrat” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qotishma qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan boʻladi. Medal diametri 34 millimetrli doira shaklida. Medalning old tomonida koʻtarilib kelayotgan quyosh nurlari ichida Oʻzbekiston iqtisodiy qudratining ramzi boʻlgan manzara boʻrtma yoʻsinda tasvirlangan. Medalning quyi qismida oq emal fonida qabariq harflarda “SUHRAT” degan yozuv beriladi. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomondan boʻrtma doira bilan hoshiyalangan. Medalning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastki qismida medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan. Medalning qalinligi 3 millimetr. Medal respublika Davlat bayrogʻi ranglaridagi yoʻl-yoʻl shoyi mato sirilgan besh burchakli qadagʻich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Koʻk, oq va yashil yoʻllarining eni 7 millimetrdan, qizil yoʻllarining eni 1,5 millimetr. Qadagʻichning boʻyi 48 millimetr, eni 45 millimetr. Medal toʻgʻnogʻich bilan taqiladi. (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son) |