Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 07.05.1993 yildagi 843-XII-son
Дата вступления в силу
26.05.1993
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 26.05.1993 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDA | MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDA |
Ushbu Qonun mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish shartlari va tartibini, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlarining mazkur masalalarni hal etishdagi vakolatini belgilab beradi. | Ushbu Qonun mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish shartlari va tartibini, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlarining mazkur masalalarni hal etishdagi vakolatini belgilab beradi. |
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi. | Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi. |
1-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar tushunchasi | 1-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar tushunchasi |
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi. |
Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin. | Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin. |
Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir. | Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir. |
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: | Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi: |
a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq; | a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq; |
b) yer soligʻi; | b) yer soligʻi; |
v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq; | v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq; |
g) reklama soligʻi; | g) reklama soligʻi; |
d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq; | d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq; |
e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq; | e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq; |
j) kurort yigʻimi; | j) kurort yigʻimi; |
z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim; | z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim; |
i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; | i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; |
k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; | k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi; |
l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim; | l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim; |
m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim; | m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim; |
n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim; | n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim; |
o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim; | o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim; |
p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar; | p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar; |
r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar; | r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar; |
s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim; | s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim; |
t) qimmatli qogʻozlar muomalasini oʻtkazganlik uchun yigʻimlar; | |
u) it egalaridan olinadigan yigʻim. | u) it egalaridan olinadigan yigʻim. |
2-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari | 2-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari |
Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, qimmatli qogʻozlar muomalasi, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi. | Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi. |
3-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari | 3-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari |
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi. | Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi. |
4-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlar | 4-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlar |
Oʻzbekiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan tartibga solinadi. | Oʻzbekiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan tartibga solinadi. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma (bitim)larida Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlarga doir qonunlaridagi qoidalardan farqli qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma (bitim) qoidalari qoʻllanadi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma (bitim)larida Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlarga doir qonunlaridagi qoidalardan farqli qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma (bitim) qoidalari qoʻllanadi. |
5-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlari | 5-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi. | Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi. |
6-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish tartibi | 6-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish tartibi |
1. Ushbu Qonun 1-moddasining “a”, “b”, “e” va “l” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | 1. Ushbu Qonun 1-moddasining “a”, “b”, “e” va “l” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
2. Ushbu Qonun 1-moddasining “j” bandchasida qayd etilgan yigʻim hududida kurort joyi boʻlgan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori bilan joriy etilishi mumkin. | 2. Ushbu Qonun 1-moddasining “j” bandchasida qayd etilgan yigʻim hududida kurort joyi boʻlgan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori bilan joriy etilishi mumkin. |
7-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik | 7-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik |
Soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi. | Soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi. |
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. | Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar. |
8-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirish ustidan nazorat qilish | 8-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirish ustidan nazorat qilish |
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri undirish ustidan nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi. | Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri undirish ustidan nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi. |
9-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar | 9-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar |
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda chiqaradi. | Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda chiqaradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
1993-yil 7-may, | 1993-yil 7-may, |
843-XII-son | 843-XII-son |