Mahalliy davlat hokimiyati organlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’min eta borib, o‘z hududlarida barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy javobgar bo‘ladilar.
Basharti shaxs ushbu Kodeksning Maxsus qismidagi bir necha modda bilan ma’muriy javobgarlik belgilangan va ular to‘g‘risidagi ishlarni har xil organ (mansabdor shaxs) ko‘radigan harakat (harakatsizlik) sodir etgan bo‘lsa, unga nisbatan jazo og‘irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida qo‘llaniladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda asosiy jazoga sodir etilgan huquqbuzarliklardan istalgan bittasi uchun javobgarlik to‘g‘risidagi moddalarda nazarda tutilgan qo‘shimcha jazo choralaridan biri qo‘shilishi mumkin.
Qarang: “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning 3, 5 — 7-moddalari, “Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonun 3-moddasining ikkinchi, oltinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 21-iyundagi 01/26-26/40-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlari tijorat siridan foydalanadigan korxonalar va tashkilotlar uchun tijorat siri rejimiga rioya etilishi bo‘yicha namunaviy nizom”, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ning 180-bandi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining 2005-yil 25-maydagi 3, 78-son qarori bilan tasdiqlagan “Portlovchi moddalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat”, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2008-yil 27-avgust 01-1028-son va 1012-1/2504-son qarori bilan tasdiqlangan “Radiatsiya manbalari, yadroviy qurilmalar, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar va ular saqlanadigan joylarni fizik himoya qilish qoidalari”, Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-avgustdagi 231-son qarori bilan tasdiqlangan “Radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Yadroviy materiallar aylanishini davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2013-yil 19-apreldagi 61-son “O‘zbekiston Respublikasida radioaktiv chiqindilar bilan ishlash va ularni uzoq muddatli saqlash bo‘yicha nizom”.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish —
Bir yil mobaynida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklardan uchtasini sodir etish, xuddi shuningdek to‘sqinliksiz harakat qilish huquqidan foydalanadigan transport vositalarining o‘tib ketishiga xalaqit berish yoxud avariya holati yuzaga kelishiga olib borgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizliklari yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarliklarni sodir etish —
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik transport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 269-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar), O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 2-oktabrdagi O‘RQ-117-sonli “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 766-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2018-yil 27-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining IV bo‘limi (Soliq to‘lovchilarni va soliq solish obyektlarini hisobga olish), O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 31-maydagi 08-son “Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlikka oid qonunchilikning sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarori.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 259-moddasi birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘ining 2010-yil 3-avgustdagi 147-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Energetika obyektlarida olovli ishlarni o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi choralari haqida yo‘riqnoma”, Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘ining “Elektrostansiyalarda yoqilg‘i uzatilishining portlash, yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarori, “Ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan obyektlarda yong‘in xavfsizligiga, tez tibbiy yordam ko‘rsatishga, evakuatsiyaga va himoyalash bo‘yicha muhandislik-texnik vositalar bilan jihozlashga qo‘yiladigan yagona talablar hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (2014-yil 23-iyunda 2596 son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan), “Neft sanoatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruq (2014-yil 31-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2605), “Transport vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror (2015-yil 24-avgustda 2710-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Metrologiya to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonunining 32-moddasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 31-iyuldagi K-2, 102-son qarori bilan tasdiqlangan Metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalari va sinash vositalarining ro‘yxati.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Davlat statistikasi to‘g‘risidagi Qonuni, Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi ma’lumotlarini yig‘ish va qayta ishlash uslubiyati to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2013-yil 24-iyundagi 3-mb-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektron raqamli imzodan foydalangan holda elektron shaklda davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 26-maydagi 19/2-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida statistik hisobotlarni yuritish qoidalari.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Qarang: “O‘qotar va pnevmatik sport quroli hamda unga o‘q-dorilarni saqlash, tashish, berish, qabul qilish, hisobga olish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror (2015-yil 23-iyulda 2701-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol hamda uning o‘q-dorilari saqlanadigan xonalarning muhandislik-texnik jihatdan mustahkamligi hamda qo‘riqlash-yong‘indan saqlash signalizatsiyasi vositalari bilan jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 23-iyulda 2700-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Idoraviy va sport o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni hisobga olish kitoblari hamda ularni berish va qabul qilish jurnallarini yuritish tartibiga qo‘yiladigan yagona talablarni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2015-yil 29-iyulda 2702-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bazasida idoraviy o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq (2018-yil 12-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2997).
3) ushbu Kodeksning 225-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — temir yo‘l vokzallari va aeroportlardagi bo‘linmalarning, ichki ishlar organlarining chet elga chiqish, kelish va fuqarolik bo‘limlari (boshqarmalari)ning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;
5) ushbu Kodeksning 125, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 131-moddasining uchinchi qismida, 135-moddasida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139, 140, 141, 147-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — Davlat avtomobil nazorati bo‘linmasi (bo‘limi, boshqarmasi) boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari, ma’muriy amaliyot katta inspektori (inspektori), tuman, shahar, shahardagi tuman ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi)da Davlat avtomobil nazorati bo‘linmasi (bo‘limi) bo‘lmagan taqdirda — Davlat avtomobil nazorati katta inspektori, u bo‘lmagan taqdirda — ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari;
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo‘limlari boshliqlari;
Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida), 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida aytib o‘tilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining ikkinchi qismida (qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik bundan mustasno), 68-moddasida (shaharlar va posyolkalarning yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismi), 70-moddasida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (termal suvlarga doir qismi bundan mustasno), 73-moddasida, 74-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 75-moddasida (irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish bundan mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77, 78, 79, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash bundan mustasno), 86, 87, 88, 89-moddalarida (atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish bundan mustasno), 891-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologiya ekspertizasi qismida), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bundan mustasno), 162-moddasida, 178-moddasida (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik qismida), 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzil�anda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga haqlidirlar:
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishga quyidagilar haqlidirlar:
3) ushbu Kodeksning 61, 198-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — shu qo‘riqlanadigan obyekt joylashgan erdagi harbiy soqchilikning katta mansabdor shaxsi tomonidan;
8) ushbu Kodeksning 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida (radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni sotish yoxud o‘zgaga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun berish qismi), 164-moddasining uchinchi qismida, 166, 170-moddalarida, 176-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 198-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda — davlat soliq organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi bo‘linmalarining mansabdor shaxslari tomonidan.
Ushbu Kodeksning 56, 57, 58, 61, 90-moddalarida, 164-moddasining uchinchi qismida, 170, 183, 184, 191, 194, 195, 201, 204, 205, 206, 210-moddalarida, 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan yoxud o‘zining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishi ma’muriy ishlar bo‘yicha sudya yoki ichki ishlar organi boshlig‘i (boshliq o‘rinbosari) tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar, lekin 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga ushlab turilishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 185-moddasida, 220-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 221 va 222-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, militsiya xodimlari ish ko‘rib chiqilgunga qadar o‘qotar qurolni, shuningdek o‘q-dorilarni olib qo‘yishga haqlidirlar, bu xususda mazkur qurolning marka yoki modeli, kalibri, turkumi va tartib raqami, o‘q-dorilarning miqdori va turi ko‘rsatilgan holda bayonnomaga tegishli yozuv yozib qo‘yiladi.
v) ushbu Kodeksning 60, 78, 79, 81, 82, 84, 90, 92, 94-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlarining mansabdor shaxslari tomonidan;
g) ushbu Kodeksning 198, 227-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilganda — O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan.
Ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar shunday huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki huquqbuzarning istiqomat joyida ko‘rib chiqiladi.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik uchun ushbu Kodeksning 242-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ma’muriy jazoni qo‘llanish to‘g‘risidagi masalani hal qilish paytida aybdordan yetkazilgan mulkiy zararni undirib olish masalasi ham hal etiladigan bo‘lsa, ish yuzasidan chiqarilgan qarorda undirib olinishi lozim bo‘lgan shu zararning miqdori, uni undirib olish muddati va tartibi ko‘rsatiladi.
Ushbu Kodeksning 61, 131, 140, 183, 187, 233, 237-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) huquqbuzarga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanish haqida chiqarilgan qarorni shu huquqbuzar ishlab yoki o‘qib turgan joydagi ma’muriyat e’tiboriga yetkazadi.
Huquqbuzar jarimani ushbu Kodeksning 332-moddasida belgilangan muddat ichida to‘lamagan taqdirda, jarima solish to‘g‘risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa maoshidan, nafaqasidan yoki stipendiyasidan majburiy tartibda undirib olish uchun yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 283-moddasiga muvofiq jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilingan joyning o‘zida undirib olingan taqdirda huquqbuzarga qat’iy moliyaviy hisobot hujjati hisoblangan belgilangan nusxadagi kvitansiya beriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 734-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 15-maydagi 135-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-iyuldagi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish tartibi to‘g‘risida nizom, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 14-avgustdagi 220-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib qoidalari.