O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2002 YIL 26 FEVRALDAGI “UY-JOY MULKDORLARI ShIRKATLARINING FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI PF–3038-SON FARMONIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–69-son qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-fevraldagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–3038-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilab qo‘yilsinki, 2002—2006-yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari hamda obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, shuningdek yer uchastkalarini fuqarolarning umrbod meros bo‘lib qoladigan egaligiga sotishdan tushadigan mablag‘lar (yer uchastkalarini sotish tushumining belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga o‘tkaziladigan 3 foiz miqdordagi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy qayta qurish jamg‘armasini shakllantirish uchun 2 foiz miqdordagi, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan 5,5 foiz miqdordagi hamda yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalarini umrbod meros bo‘lib qoladigan egaligiga kimoshdi savdosi orqali sotishdan tushadigan mablag‘ning 50 foizi miqdorida Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lardan tashqari) 1991-yilgacha qadar barpo etilgan uy-joylarni rekonstruksiya qilish, ularning ichidagi muhandislik kommunikatsiyalarini kapital ta’mirdan chiqarish, turar-joy binolarining umumfoydalanadigan joylarini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun uy-joy mulkdorlarining shirkatlariga beriladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-fevral,
PF–3718-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 32-modda)