Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 31.12.1993 yildagi 614-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQ XOʻJALIGIDAGI OʻZARO HISOB-KITOBLARNI YaXShILASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblardagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, korxonalar va tashkilotlarning muddati oʻtib ketgan oʻzaro qarzlari koʻpayib ketishining oldini olish, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning hisob-kitoblarning ahvoli uchun masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki barcha davlat korxonalari va tashkilotlari, shu jumladan, jamoa xoʻjaliklari ishtirokida, xoʻjaliklarning moliyaviy ahvolidan va ularning banklar oldidagi majburiyatlaridan qatʼi nazar, hisob-kitob tugallangandan keyin kredit bergan holda oʻzaro qarzdorlikning 15-yanvargacha boʻlgan holatiga koʻra istisno tariqasida 1994-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha respublika ichki tarmoqlararo hisob-kitobini oʻtkazsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar tarmoqlararo hisob-kitobni samarali oʻtkazish maqsadida tegishli bank muassasalari kartotekasidagi mavjud toʻlov hujjatlarini roʻyxatdan oʻtkazish va muqobil tekshirish boʻyicha zarur tayyorgarlik ishlarini amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 1994-yil 1-fevraldan boshlab hisob-kitoblarning inkassa shakli bekor qilinib, hisob-kitoblarning toʻlov talabnomalari-topshiriqlar orqali amalga oshiriladigan yangi shakli joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblar faqat korxonalarning hisob-kitob, joriy va budjet schyotlarida mablagʻ boʻlgan taqdirda toʻlov topshiriqlari, toʻlov talabnomalari-topshiriqlar, akkreditivlar va cheklar orqali amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kelgan toʻlov hujjatlarining hisobini zarur darajada yuritish va hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish uchun javobgarlik, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hisob-kitoblarning umumiy ahvoli, oʻzlariga boʻysunuvchi korxonalarda oʻz mablagʻlaridan va qarz mablagʻlardan qatʼiy aniq maqsadlarda va oqilona foydalanish uchun shaxsan javobgarlik vazirliklar, uyushmalar va konsernlarning rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki respublika ichki tarmoqlararo hisob-kitobini oʻtkazish uchun mablagʻ bilan taʼminlovchi banklarga 900 mlrd. soʻmgacha kredit resurslari ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasi xalq xoʻjaligi komplekslarining rahbarlari hisob-kitoblarning ahvolini har oyda koʻrib chiqsinlar va oʻzlariga qarashli tashkilotlarda toʻlov intizomiga rioya qilinishiga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar. Oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha ishlar qoniqarsiz boʻlgan hollarda vazirliklar, uyushmalar, konsernlar rahbarlarining, ularni egallab turgan lavozimlaridan ozod qilish toʻgʻrisida taklif kiritishgacha boʻlgan maʼmuriy javobgarligini koʻrib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 31-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
614-son