LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
2) 7-modda birinchi qismining 5-bandidagi “savdo-sotiq qilish huquqi uchun yig‘im, shu jumladan ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari” degan so‘zlar “ayrim turlardagi tovarlar bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘im” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari daromad (foyda) solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bundan mustasno), suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq, yer solig‘i, obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va yig‘imlar (mol-mulk solig‘i, ayrim turlardagi tovarlar bilan savdo qilish huquqi uchun yig‘im, yuridik shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga budjetga yalpi daromad solig‘i to‘laydilar. Yalpi daromad solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining kreditlari uchun foiz to‘lovlari summalari, bundan banklarning va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining investitsiya davrida kapital qo‘yilmalar tarkibiga kiradigan investitsiya uchun olgan kreditlari bo‘yicha foizlar hamda to‘lov muddati o‘tgan va uzaytirilgan ssudalar bo‘yicha foizlar mustasno”;
beshinchi — yigirmanchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan, chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchi ko‘rilgan zararlarni zarar ko‘rilgan hisobot yilidan keyingi besh yil muddat davomida taqsimlab o‘tkazishni amalga oshirishga haqlidir.
O‘tgan hisobot yilida yoki o‘tgan hisobot yillarida ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararga (zararlarga) ega bo‘lgan daromad (foyda) solig‘i to‘lovchilar joriy yildagi soliq solinadigan daromadni (foydani) ko‘rilgan zararlarning to‘liq summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Taqsimlab o‘tkazilayotgan zararning har bir navbatdagi yilda hisobga olinadigan jami summasi ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy yildagi soliq solinadigan daromadning (foydaning) 50 foizidan oshmasligi kerak.
Soliq solinadigan baza o‘rni qoplanishi kerak bo‘lgan zarar summasi miqdoriga faqat yil yakunlari bo‘yicha kamaytirilishi mumkin.
Soliq to‘lovchining daromad (foyda) solig‘idan ozod qilingan davrdagi zararlari keyingi davrlarga taqsimlab o‘tkazilishi mumkin emas”;
Jami daromad miqdori | Soliq summasi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha | daromad summasining 13 foizi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 20 foizi |
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdoridan | eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan summaning 29 foizi |