Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarish yuzasidan va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
uch oy muddatda bazaviy davlat axborot resurslarini ham o‘z ichiga oladigan davlat axborot resurslarining ro‘yxatini hamda davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Nizom davlat organlarida axborotni hujjatlashtirishga, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
1. Hujjatlashtirilgan axborot mulk huquqi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan elektron hujjat shaklida bo‘ladi.
2. Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Davlat axborot resurslarida hujjatlashtirilgan axborot tizimlashtirilishi, tasniflanishi va tegishli rekvizitlar bilan ta’minlanishi kerak.
3. Davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish uchun axborotni hujjatlashtirish tartibi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi maxsus vakolatli organ — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini ta’minlash chora-tadbirlari hujjatlashtirilgan axborotning mulkdori yoki egasi tomonidan, axborot resursiga kiritilgan hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini ta’minlash chora-tadbirlari esa — axborot resursining mulkdori yoki egasi tomonidan belgilanadi.
6. Axborotni davlat axborot resurslari tarkibiga kiritishda tasniflash hisobga olingan holda va belgilangan rekvizitlar bo‘yicha izlash imkoniyati ta’minlanishi zarur.
7. Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediy (matnli, grafikli, ovozli va videoformatlar kombinatsiyasi) shakllarda taqdim etilishi mumkin.
9. Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.
10. Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha, O‘zbekistonning tabiiy resurslari bo‘yicha, davlat organlarining veb-saytlari bo‘yicha va umumiy foydalaniladigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiradi.
11. Boshqa axborot resurslarini bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish, shuningdek ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ullarni belgilash Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor kasbiy, o‘ziga xos vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi.
yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.
14. Maxsus davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlash ular tashkil etilishi uchun mas’ullar tomonidan amalga oshiriladi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
15. Davlat axborot resurslari o‘zaro va tegishli xalqaro axborot resurslari bilan axborot-texnologik moslikni ta’minlashi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishuv bo‘yicha ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda tomonlarning kelishuvi asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan foydalanilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatlashtirilgan axborotni davlat organlariga majburiy tartibda taqdim etadigan shaxslar unga va undan foydalanishga bo‘lgan o‘z huquqlarini yo‘qotmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Davlat axborot resurslaridan foydalanish tartibi unda joylashtiriladigan axborotning xususiyatiga va uning vazifasiga (hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan) qarab belgilanadi.
Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Erkin foydalanishi cheklab qo‘yilgan davlat axborot resurslaridan foydalanishda foydalanuvchining harakatlarini hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish majburiy hisoblanadi.
Harakatlarni hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish usullari normativ hujjatlarga muvofiq tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish;
Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilishi kerak.
22. Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.
23. Davlat axborot resurslari axborot xavfsizligi axborotni muhofaza qilishning kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalarini o‘z ichiga oluvchi tizim bilan ta’minlanishi kerak.
Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi davlat organining o‘z axborot resurslarini muhofaza qilishga yondashuvini aks etiruvchi xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
24. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish tartibini boshqaradigan xatti-harakatlar va talablar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak.
25. Davlat sirlari hamda maxfiy axborotga tegishli deb hisoblangan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlari ularni shakllantirish, ulardan foydalanilishi va ularning qo‘llab-quvvatlanishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.
Zaruriyat bo‘lganda, maxfiy axborotga ega bo‘lgan davlat axborot resurslarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda yuridik shaxslarni jalb etishga yo‘l qo‘yiladi.
ruxsat berilmagan erkin foydalanishdan muhofaza qilishni, axborot resurslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni;
axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining yaxlitligi va ish qobiliyati nazorat qilinishini ta’minlashi kerak.
27. Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimida foydalaniladigan axborotni muhofaza qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyali va sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.
28. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari:
davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan talab qilish;
davlat axborot resurslarini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
davlat axborot resurslaridan foydalanilganligi uchun to‘lov miqdorini aniqlash va belgilash huquqiga egadir.
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida:
davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shu jumladan majburiy taqdim etiladigan axborot taqdim etilishi, to‘planishi va ishlov berilishi tashkil etilishi bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga;
davlat axborot resurslari muhofaza qilinishini, ularning holati, saqlanishi va ulardan foydalanish nazorat qilinishini tashkil etishga;
mazkur Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishga;
Keyingi tahrirga qarang.
barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali erkin foydalanish imkoniyatini berish bo‘yicha tartibni jismoniy va yuridik shaxslar e’tiboriga yetkazishga majburdir.
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari:
axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi, axborot ayirboshlashda huquqqa zid xatti-harakatlar sodir etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat axborot resurslari muhofaza qilinishi ta’minlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash va saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirishda o‘z axborot resurslaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimining texnik vositalarini ishlatish huquqiga egadir.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda:
axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etish tartibiga va ular bo‘yicha talablarga rioya qilishga;
davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularning mavjud bo‘lishini ta’minlashda litsenziyali dasturlardan va sertifikatlashtirilgan texnik vositalardan foydalanishga majburdir.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:
axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi;
davlat axborot resurslaridagi axborotning o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi;
mualliflik huquqi va intellektual mulk bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishi uchun javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1. Davlat organining rasmiy saytiga joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarga quyidagilar kiradi:
a) davlat organining huquqiy maqomini, shu jumladan davlat organining, uning bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, funksiyalari va vazifalarini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar;
v) davlat organining normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) Hukumat va davlat organlari tomonidan davlat organi faoliyati sohasida qabul qilingan dasturlar to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar (nomi, maqsadi, asosiy vazifalari, buyurtmachilari, bosh ijrochilari, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar);
d) davlat organi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot konferensiyalari, seminarlar va brifinglar, “davra suhbatlari”, rasmiy tashriflar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar, davlat organining kundalik faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotlar;
e) davlat organining davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
j) amalga oshirilishida davlat organi ishtirok etadigan xalqaro shartnomalar to‘g‘risidagi axborotlar;
z) davlat organi faoliyati sohasiga kiradigan tarmoqning ahvolini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda uning rivojlanish dinamikasini tavsiflaydigan asosiy ko‘rsatkichlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
i) davlat organi, uning tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tovarlar yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha ochiq tanlovlar (tenderlar) va kimoshdi savdolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
l) rasmiy saytning axborot materiallaridan foydalanishda unga havolalar majburiy ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi talab;
m) davlat organi rasmiy saytda joylashtirishni zarur deb hisoblaydigan umumiy foydalaniladigan boshqa axborotlar va ma’lumotlar.
1.2. Davlat organi tomonidan rasmiy sayt orqali ko‘rsatiladigan bazaviy axborot xizmatlari ro‘yxatiga quyidagilar majburiy tartibda taqdim etiladi:
a) davlat organi rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, biografik ma’lumotlar va ular bilan bog‘lanish ma’lumotlari, fuqarolarni qabul qilish kunlari);
b) davlat organining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘linmalarining telefon raqamlari va manzil rekvizitlari (pochta, elektron manzili va boshqalar), ularning ish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ma’lumotlar berish xizmati va ishonch telefonlarining raqamlari;
g) fuqarolarning arizalari, shikoyatlari va boshqa murojaatlarini qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi axborotlar;
i) elektron-raqamli imzo qo‘llanishiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslardan hisobotlar, xatlar, arizalar, shikoyatlar va boshqa shakldagi murojaatlarni qabul qilish imkoniyati.
1.3. Rasmiy saytda boshqa manbalardan axborotlarni joylashtirishga faqat axborot manbai ko‘rsatilgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat organi rasmiy sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pulli asosda qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
2.2. Rasmiy saytga joylashtirilayotgan axborotlarning sanasi ko‘rsatilishi va ular muntazam yangilab borilishi kerak. Axborotlarni yangilab borish muddati davlat organi tomonidan belgilanadi, biroq axborotlar bir haftada kamida bir marta yangilanib borishi kerak.
Davlat organining normativ-huquqiy hujjatlari ushbu organning rasmiy saytga hujjatlar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin ikki kundan kechikmay joylashtirilishi kerak.
2.3. Davlat organi rasmiy saytdagi axborotlarni shakllantirish, joylashtirish, shuningdek yangilab borish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs (bo‘linma)ni buyruq bilan belgilaydi.
2.4. Davlat organining rasmiy sayti “.UZ” domen zonasida hamda Internet tarmog‘idagi O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida server (xosting)da fizik jihatdan joylashtirilishi kerak.
2.5. Rasmiy saytga axborot davlat tilida taqdim etilishi kerak. Rasmiy sayt axborotlari boshqa tillarda ham bo‘lishi mumkin.
2.6. Davlat organi o‘zining rasmiy saytida joylashtirilgan axborotlarning yo‘q qilinishi, to‘sib qo‘yilishi, buzib talqin qilinishi, qalbakilashtirilishi va soxtalashtirilishining hamda boshqa shakllardagi ruxsatsiz aralashuvlarning oldini olish bo‘yicha tegishli muhofaza chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
3.2. Rasmiy saytga joylashtirilgan axborot ishonchli bo‘lishi kerak. Davlat organi rahbarlari rasmiy saytga joylashtiriladigan axborotlarning ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladilar.
3.3. Rasmiy saytga joylashtiriladigan axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan axborot bilan teng kuchga ega bo‘ladi.
3.4. Rasmiy saytda davlat sirlariga taalluqli va qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa axborotlar bo‘lmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom davlat organlarining axborot tizimlariga umumiy talablarni, ularni yaratish tartibiga talablarni, shuningdek axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining vazifalarini belgilaydi.
1. Davlat organlarining axborot tizimi axborotlarni to‘plash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yig‘indisi hisoblanadi.
2. Davlat organlarining axborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
3. Davlat organlarining axborot tizimini yaratishning maqsadi ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan axborot xizmatlari spektrini kengaytirish, kompyuter texnologiyalarining zamonaviy yutuqlarini qo‘llanish hisobiga davlat boshqa organlari, xo‘jalik yurituvchi birlashmalar, yuridik va jismoniy shaxslar bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etishdan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Axborot resurslarini taqsimlash va ulardan foydalanishni nazorat qilish, yangi ehtiyojlarni o‘z vaqtida qondirish hamda paydo bo‘layotgan imkoniyatlarni tezda baholash, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyatining samaradorligi, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish orqali boshqaruvda zarur dinamizm darajasiga erishish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
dasturiy-apparatning ishonchli ishlashi va ularning uzilishlarga, shu jumladan foydalanuvchilarning tartibsiz ishlashi hollariga chidamliligini;
apparat va dasturiy vositalarni modernizatsiya qilish, tizimni yangi komponentlar bilan boyitish yo‘li bilan yanada kengaytirish imkoniyatini;
davlat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni ta’minlashi kerak.
davlat organlari tomonidan o‘zlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarishni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan tranzaksion va hisobga olish tizimlari;
davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tizimlari;
davlat organlari faoliyatida amaliy jarayonlar va ma’muriy reglamentlarning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan resurslarni boshqarish tizimlari;
davlat organlari tomonidan o‘zlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlaydigan axborot-tahlil tizimlari;
foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);
jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilishning Internet yoki boshqa aloqa kanallari orqali, shu jumladan telefon xizmati ko‘rsatish portallari va markazlari orqali davlat organlari tomonidan axborotlar berilishini ta’minlaydigan tizimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari xodimlari tomonidan o‘zlarining kundalik faoliyatida hujjatlarni tayyorlash va axborotlar almashish uchun foydalaniladigan idora tizimlari.
7. Davlat organlarining axborot tizimlari ishonchli va barqaror faoliyat ko‘rsatish talablariga javob berishi kerak.
axborotlarning foydalanishga qulayligi, ishonchliligi, to‘liqligi va ularning o‘z vaqtida berilishi;
maxfiylik — axborotlar tizimi axborot resurslaridan foydalanuvchilarga berilgan vakolatlar doirasida foydalanishning cheklanishini ta’minlash;
oshkoralik — boshqa axborot tizimlari va milliy axborot tizimlari bilan integratsiyalanish imkoniyati;
Keyingi tahrirga qarang.
ko‘lamlilik — axborotlar tizimlari tarkibiga dasturiy — apparat vositalarini qo‘shish, modernizatsiya qilish va shu kabi yo‘llar bilan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkoniyati;
himoyalanganlik — axborot tizimlari tarkibiga kiruvchi axborot resurslarining saqlanishini va yaxlitligini ta’minlash.
9. Davlat organlarining axborot tizimlari davlat budjeti mablag‘lari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yaratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish jarayonida buyurtmachi, ishlab chiquvchi, yetkazib beruvchi, bosh loyihalovchi tashkilotlar, turli qismlarni loyihalash, montaj qilish, sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar qatnashishi mumkin.
11. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: talablarni shakllantirish, konsepsiyani, texnik topshiriqni, eskiz va texnik loyihalarni ishlab chiqish, ishchi hujjatlarni tuzish, ishga tushirish va kuzatib borish.
12. Har qaysi bosqichdagi ishlarning mazmuni va axborot tizimlarini yaratish qatnashchilarining vazifalarini taqsimlash tegishli standartlar bilan belgilanadi.
13. Davlat organlarining axborot tizimlari texnik hujjatlari Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organiga — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ekspertiza uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi ekspertizani bir oy muddatda, zaruriyatga ko‘ra, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va moliyalashtirish faqat ijobiy ekspert xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.
17. Axborot tizimlarini yaratish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat organlarining axborot tizimlarini foydalanishga topshirish qabul qilib olish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning kamida 3 nafar vakili, ularning kasb bo‘yicha tajribasini va axborot texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarini hisobga olgan holda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Davlat organlarining axborot tizimlari majburiy ravishda hisobga olinadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Davlat organlarining axborot tizimlari ushbu Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq himoya qilinadi.
21. Davlat organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini hamda dasturiy-apparat vositalarini o‘z ichiga oladigan tizim bilan ta’minlanishi kerak.
22. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat organlarining axborot tizimlarini loyihalash, yaratish va ulardan foydalanish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga jalb etishni tartibga soluvchi harakatlar va talablar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
23. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborotlarni ishlaydigan axborot tizimlarini yaratish ishlari ularni yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.
Zarurat bo‘lganda, davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun maxfiy axborotlarni ishlaydigan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda jalb etishga yo‘l qo‘yiladi.
24. Davlat organlarining axborot tizimlarida qo‘llanadigan axborotlarni himoya qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyalangan, sertifikatlangan bo‘lishi va quyidagilarni:
axborotlarni shakllantirish, uzatish, foydalanish, ishlash va saqlashda ma’lumotlarning yaxlitligini;
boshqaruvni (axborot tizimlari resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilash, ro‘yxatga olish daftarlaridagi axborotlarni ishlash, himoya tizimini o‘rnatish va olib tashlash);
foydalanuvchilarning kirish va chiqish harakatlarini, shuningdek axborot tizimi resurslaridan foydalanish huquqlari buzilishlarini ro‘yxatga olishni;
25. Foydalanuvchilarning axborotlarni himoya qilishning kriptografik vositalaridan, shu jumladan elektron — raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda davlat organlarining axborot tizimidagi ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotga ega bo‘lgan axborotlarni ishlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimlarining texnik vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Maxfiy axborotlar mavjud bo‘lgan va ular ishlanadigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga kiritish ularni himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin amalga oshiriladi.
Maxfiy va mutlaqo maxfiy axborotlarga ega bo‘lgan va ularni ishlaydigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
28. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi xavfsizlikka tahdidni, shuningdek ularning normal ishlashining buzilishi bilan bog‘liq sabablar va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan tegishli xavfsizlik siyosati bilan amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Ishlab chiqish va foydalanishning barcha bosqichlarida axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari axborot tizimining maqsadiga qarab hamda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan belgilanadi.
o‘z axborot tizimlarini axborotlar ayirboshlash uchun boshqa axborot tizimlari bilan tarmoqlararo bog‘lashni belgilangan tartibda amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z axborot tizimlarining milliy axborot tizimlariga kiruvchi axborot tizimlari bilan hamda xalqaro axborot tizimlari bilan muvofiqligini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.