OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOSHQARISH DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
DAVLAT ULUSHLARINI BOSHQARISH BOʻYICHA DAVLATNING ISHONCHLI VAKILLARI, BOSHQARUVCHI KOMPANIYALAR VA ISHONCHLI BOSHQARUVCHILAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI MONITORINGINI YURITISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 11-noyabrda 1394-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Davlatning ishonchli vakillari va professional boshqaruvchi kompaniyalarning xususiylashtirilgan korxonalarning korporativ boshqarish jarayoniga qatnashish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 2004-yil 21-iyulda 01/06-15-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari, boshqaruvchi kompaniyalar va ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2004-yil 30-iyul, roʻyxat raqami 1394) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-noyabr,
01/06-18/06-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 348-modda)