Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 08.11.2005 yildagi PQ-215-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

2006 YILDA QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVLARI (ShIRKATLARI)NI FERMER XOʻJALIKLARIGA AYLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Koʻchirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada fermer xoʻjaliklarini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish Dasturiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda tayyorlangan quyidagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga* muvofiq, zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni 2006-yilda fermer xoʻjaliklariga aylantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga* muvofiq, 2006-yilda qayta tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) hududida ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini barpo etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan holda qayta tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) roʻyxatini kengaytirish boʻyicha tegishli oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi rahbarlari zimmasiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga muvofiq ikki oy muddatda qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirishni Oʻzbekiston Respublikasining “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga toʻla muvofiq tarzda amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklarini tashkil etishga daʼvogarlar oʻrtasida ochiq va oshkora tanlovlar oʻtkazilishi, Gʻoliblarni aniqlashda xolislik va haqqoniylik tamoyillari qatʼiy taʼminlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shirkat xoʻjaliklarini tugatish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz vaqtida va toʻliq yakunlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yilda qayta tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) hududida barpo etiladigan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari 2-ilovaga qatʼiy muvofiq ravishda joylashtirilishini bir oy muddatda aniqlasin va ularni tashkil qilish ustidan nazoratni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzdonmahsulot” AK boʻlinmalari bilan qayta tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) oʻrtasida avval tuzilgan shartnomalarga teng hajmda davlat ehtiyojlari uchun 2006-yil hosilidan boshoqli don xarid qilish uchun yangi tashkil etilgan fermer xoʻjaliklari bilan shartnomalar imzolanishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida boʻshaydigan xodimlar ish bilan taʼminlanishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi televideniye va ommaviy axborot vositalarida fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini tashkil etish hamda rivojlantirish masalalarini yoritish boʻyicha maxsus koʻrsatuv va ruknlar tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 8-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ–215-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 45-son, 339-modda)