Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.12.1993 yildagi 599-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ENERGIYA MANBALARI SARFINI
HISOBGA OLADIGAN ASBOBLAR IShLAB ChIQARIShNI
TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida energiya manbalari sarfini hisobga oladigan roʻzgʻor hisoblagichlari ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi gaz sarfini hisobga oladigan asboblar yaratishga oid tajriba-konstruktorlik ishlarini tugallasin, 1994-yilning ikkinchi choragida tajriba namunalarini qabul qilish sinovlarini oʻtkazsin, 1994-yilda seriyali ishlab chiqarishning 10000 donadan iborat birinchi turkumi tayyorlanishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzelektroapparat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilning birinchi choragida elektr sarfini hisoblagichlarning tayyorlanayotgan namunalarini qabul qilish sinovlarini tugallasin, 1994-yil oxirigacha yiliga 50 ming dona mahsulotni seriyali ravishda chiqaradigan ishlab chiqarish quvvatlarini tayyorlab qoʻysin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toshkent “Algoritm” ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilda birlashmaning oʻzida tayyorlangan detallar asosida elektr energiyasi sarfini hisobga oladigan asboblar ishlab chiqarishni oʻzlashtirsin. Butlovchi materiallar olib kelinishini hisobga olgan holda 1994-yilda 50 ming dona elektr sarfini hisoblagich tayyorlashini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Nita” qoʻshma korxonasi 1994-yilda unumdorlik soatiga 16 kub metrgacha 500 dona gaz sarfini hisobiga oladigan roʻzgʻor hisoblagichlarni tayyorlash boʻyicha kichik seriyali ishlab chiqarishni tashkil etsin, unumdorlik soatiga 6 kub metr boʻlgan hisobga olish asboblarining tajriba turkumi ishlab chiqarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Kimyoavtomatika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi 1994-yilning birinchi choragida suv sarfini hisobga oladigan asboblarni seriyali ravishda ishlab chiqarishga kirishsin hamda 1994-yilning 11 ming dona ana shunday asboblar ishlab chiqarilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Energiya manbalari sarfini hisobga oladigan asboblarni tayyorlash va sinab koʻrish ishlarini amalga oshirish, ularni ishlab chiqaradigan quvvatlar barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki “Oʻzsanoatqurilishbank”ka aniq maqsadlar uchun 5 foizdan koʻp boʻlmagan yillik toʻlov sharti bilan 2340 mln soʻm kredit resurslari ajratsin, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzelektroapparat” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga elektr sarfini hisoblagichlarni seriyali ravishda ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni tayyorlash uchun 710 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent “Algoritm” ishlab-chiqarish birlashmasiga elektr sarfini hisoblagichlarni ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni barpo etish uchun 550 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Rele va avtomatika” zavodiga — Fransiyaning “Shlyumberje Industri” firmasi litsenziyasi boʻyicha gaz sarfini hisobga oladigan asboblar ishlab chiqarish boʻyicha quvvatlarni tayyorlash uchun 580 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Signal” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga — gaz sarfini hisobga oladigan asboblar yaratish va ularni tekshirib koʻradigan moslamalar yaratishga doir tajriba-konstruktorlik ishlarini tugallash uchun 110 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”ning “Maxsustuzatishsozlash” respublika ishlab chiqarish birlashmasiga — gaz sarfini hisobga oladigan roʻzgʻor hisoblagichlarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 200 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nita” qoʻshma korxonasiga membrana hamda va gaz sarfini hisoblagichlarning boshqa detallarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish maqsadida press-qolip tayyorlash uchun 40 mln soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Kimyoavtomatika” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga — sovuq suv sarfini hisoblagichlarni seriyali ravishda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 150 mln soʻm ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzdavkimyo” konserni, “Oʻzdavmashkonsern”, “Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash” konserni manbalari sarfini hisobga oladigan asboblar tayyorlashda qatnashuvchi korxonalarning buyurtmalari boʻyicha detallar, jihozlar va nostandart asbob-uskunalar tayyorlashda kooperatsiya asosida ishtirok etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning faoliyat turlari boʻyicha tarmoq oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 13-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
599-son