Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.12.1993 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QIShLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI, “OʻZMEVASABZAVOTUZUMSANOAT”, “OʻZKOOPTAYYORLOVSAVDO” TIZIMLARIDA ShARTNOMAVIY (ERKIN ) NARXLARNI ShAKLLANTIRISh VA QOʻLLAShDAGI JIDDIY QOIDA BUZIShLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikada bozor iqtisodiyoti qoidalarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu chora-tadbirlar orasida narxlarni erkinlashtirish jarayoni asosiy oʻrin tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy ishlarning bu sohasida dehqonchilik sanoati majmuiga yetakchi oʻrin ajratiladi, bu tarmoqda paxta va boshoqli don ekinlaridan tashqari barcha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari shartnomaviy (erkin) narxlar bilan sotilmoqda. Bu majmua xoʻjaliklari va korxonalarining mustaqilligini taʼminlamoqda, ularga iqtisodiy erkinlik va ishbilarmonlikni keng rivojlantirish, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni olinadigan foyda bilan muvofiqlashtirish, oʻz mehnat jamoalarining ijtimoiy vazifalarini faollik bilan hal etish imkonini bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, Moliya vazirligi, Davlat nazorati qoʻmitasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi tomonidan joylarda ishlarning ahvolini oʻrganish va dehqonchilik sanoati majmuiga qarashli xoʻjaliklar, korxonalar va tashkilotlardan 624 tasini tanlab tekshirish davomida narx belgilash masalalarida bozor iqtisodiyoti qoidalari qoʻpol ravishda buzganligi, tarmoq idoralari shartnomaviy (erkin) narxlar shakllanishi va belgilanishi jarayoniga oʻzboshimchalik bilan aralashganligi hollari aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” hamda ularning respublika va viloyat boʻlinmalari oʻzlarining buyruqlari, yoʻriqnomalari va direktiv koʻrsatmalari bilan oʻzlariga qarashli korxonalar va tashkilotlarga mahsulotlarning har xil turlariga hech bir narsa bilan asoslanmagan narx darajalarini belgilab berganlar. Masalan, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni 1993-yilda oʻz tasarrufidagi boʻlinmalarda yangi uzilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining 907 turiga narx belgilashga doir 10 ta meʼyoriy tavsifnoma tayyorlab joʻnatgan, holbuki, respublikada bu mahsulotlar shartnoma (erkin) narxlarda sotilmoqda. “Oʻzparrandasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasida, Qashqadaryo va Toshkent viloyati tayyorlash va kooperativ savdo tashkilotlarida, Andijon, Buxoro va Jizzax viloyatlarining koʻpgina xoʻjaliklari hamda korxonalarida ham ana shunday hollar aniqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan bir vaqtda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini hamda qayta ishlangan mahsulotlarni sotish narxlarining shakllanishi ustidan tegishli idoraviy nazoratning yoʻqligi oqibatida koʻpgina korxona va tashkilotlar narxlarni sunʼiy ravishda oshirmoqdalar. Foyda hisobiga qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlar, shu jumladan, chorva mollari, parrandalar nobud boʻlishi oqibatidagi meʼyordan ortiqcha zarar va boshqa zararlar mahsulotning tannarxiga kiritilmoqda. Tayyorlash va savdo ustamalari oʻzboshimchalik bilan belgilanmoqda. Buning natijasida ayrim xoʻjaliklarda sunʼiy ravishda yuqori rentabellikka erishilmoqda. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlari boʻyicha esa rentabellik darajasi 400 foizgacha yetmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlanadigan, yetishtiriladigan va sotiladigan mahsulotlarga narxning shakllanishidagi juda koʻp buzilishlar mazkur tarmoqlarda iqtisodiy ishlar saviyasining yetarli emasligi, respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” va “Oʻzkooptayyorlovsavdo”, ularning hududiy boʻlinmalari rahbariyati va kollegial organlari faoliyatida bozor munosabatlari qoidalarini amalda roʻyobga chiqarishda talabchanlikning yoʻqligi sababli yuz bergan. Bu masalalarda respublika Moliya vazirligi tegishlicha uslubiy ishni taʼminlamayapti. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari narxlarni erkinlashtirish jarayoniga chuqur kirib bormayaptilar va tahlil qilmayaptilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Moliya vazirligi, Davlat nazorati qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasining shartnomaviy (erkin) narxlarning shakllanishi va qoʻllanilishi asoslanganligini tekshirish yakunlariga doir axboroti kechinmalarini tugatish yuzasidan amaliy choralar koʻrish uchun vazirliklarga, idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuborilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (N. Q. Qayumov), “Oʻzkooptayyorlovsavdo” (E. Q. Qurbonov), “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” (Sh. M. Mirzayev)da narx belgilash va idoraviy nazorat masalalariga doir ishlarning tashkil etilishi qoniqarsiz deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narx belgilash sohasida jiddiy buzilishlarga yoʻl qoʻyilganligi uchun Qishloq xoʻjaligi vaziri N. Q. Qayumovga va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni raisi Sh. M. Mirzayevga hayfsan berilsin, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” boshqaruvi raisi E. Q. Qurbonov qattiq ogohlantirilsin, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni raisining oʻrinbosari A. D. Ibrohimov va “Oʻzkooptayyorlovsavdo” boshqaruvi raisining oʻrinbosari T. K. Umarbekovga qattiq hayfsan berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar va nuqsonlar Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” tomonidan koʻrib chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, Qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” boshqaruvining qarori hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni raisining buyrugʻi bilan “Oʻzparrandasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi raisining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari V. I. Kim, Gʻijduvon parrandachilik fabrikasining direktori I. H. Hakimov, “Niyozbotir” ijarachi fabrikasining xoʻjaligi raisi Gʻ. Xuriboyev, Gʻallaorol konserva zavodining direktori B. Botirov, Gʻazalkent konserva zavodining direktori A. D. Tojiboyev, Peshku tuman mahsulot tayyorlash va kooperativ savdo birlashmasi raisi R. Asfarov, Gʻuzor tuman mahsulot tayyorlash va kooperativ savdo birlashmasi raisi Gʻ. Poʻlatov ishdan olingan. Mazkur idoralarning toʻrt nafar masʼul mansabdor shaxslariga qattiq hayfsan va oʻn bir nafar masʼul mansabdor shaxslariga hayfsan berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining eʼtibori oʻz hududlarida joylashgan tayyorlash, qayta ishlash va savdo tashkilotlarida narx belgilash qoidalari buzilganligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqonchilik sanoati majmui tarmoqlaridagi iqtisodiy ishlarda talabchanlik boʻshashtirib yuborilganligi, shuningdek, shartnomaviy (erkin) narxlar shakllanishi va qoʻllanishi ustidan tegishli nazorat taʼminlanmaganligi uchun Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari hokimlarining oʻrinbosarlari M. O. Olimov, S.Q. Xusenov, A. Soatov, R. N. Nasimov, A. A. Rahimboyevlar ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika vazirliklari, idoralari, konsernlari, uyushmalari va korporatsiyalari rahbarlarining eʼtibori yetishtiriladigan va sotiladigan mahsulotlarga korxonalar va tashkilotlar tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar toʻgʻri shakllantirilishi va qoʻllanilishi lozimligiga qaratilsin, narxlarni buyruq bilan belgilash hollariga yoʻl qoʻyilmasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarning umumiy soni doirasida markaziy apparatlar tarkibida narx belgilash masalalari bilan shugʻullanuvchi tarkibiy boʻlinmalar tuzilsin, ular malakali mutaxassislar bilan mustahkamlansin, iqtisodiy ishlar va xodimlarga bozor munosabatlarini amalga oshirish qoidalarini oʻrgatish sifati oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qaror hamda tekshirish oʻtkazgan idoralarning axboroti matbuotda eʼlon qilinsin, televideniye va radio orqali eshittirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H Joʻrabekov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 10-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
594-son