Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA XALQ XOʻJALIGINI VA AHOLIsiNI GAZ
BILAN TAʼMINLAShNI TAShKIL ETIShNI YaXShILASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
BILAN TAʼMINLAShNI TAShKIL ETIShNI YaXShILASh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika xalq xoʻjaligini va aholisini tabiiy gaz bilan ishonchli ravishda taʼminlash, shuningdek, uni eksportga yetkazib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikaning har yilgi gazdan foydalanish hajmi, neft-gaz tarmogʻining texnologik ehtiyojlarini hisobga olgan holda 40 — 42 mlrd kub. m. atrofida belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yangi korxonalarni gaz taʼminoti tizimiga ulash ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) bundan mustasno toʻxtatilsin, bunda ularning yoqilgʻining boshqa turlari bilan ishlashi nazarda tutilsin. Favqulodda hollarda korxonalarni gaz taʼminoti tizimiga ulash Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 42-modda)
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan birgalikda, Fanlar akademiyasi, vazirliklar, idoralar va ularning ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini jalb etgan holda, 1994-yilning 1-iyuligacha 1995-1996-yillar uchun respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlari va aholisining yoqilgʻi-energetika resurslariga boʻlgan ehtiyoji toʻgʻrisida ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqishni taʼminlasin.
“Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasiga viloyatlar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha gazdan foydalanish limitlarini belgilash yuklatilsin,
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, konsernlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
yanada takomillashgan texnika vositalari va texnologiyalarni joriy etish hisobiga gazdan foydalanishni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
gazdan foydalanish tartibi va limitlariga qatʼiy rioya etishni, xomashyo va yoqilgʻi sifatida gazni sarflashning ilmiy asoslangan joriy etishni taʼminlasinlar, ularning meʼyordan oshib ketishiga yoʻl qoʻymasinlar ;
foydalaniladigan gaz hajmlarini har yil “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan kelishib olsinlar;
sanoat korxonalarining bir qismini tabiiy gazdan yoqilgʻining boshqa turlaridan foydalanishga oʻtkazishini nazarda tutsinlar;
Energetika va elektrlashtirish vazirligi, boshqa idoralar obyektlarining 1994/95 yil qish davrida uzluksiz ishlashi uchun zarur boʻlgan hajmda qoʻshimcha qoramoy saqlash joylari zaxiralari qurilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi:
1994-yilning 1-yanvarigacha barcha gazdan foydalanuvchilarni roʻyxatdan oʻtkazsin, gazdan foydalanishga ruxsati boʻlmaganlarni gaz tarmoqlaridan uzib qoʻysin, gaz sarfini hisobga olish asboblari boʻlmagan korxonalarga gaz yetkazib berishni taqiqlasin;
har bir viloyat va tarmoq boʻyicha respublika ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan gaz hajmlarini “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan kelishib olsin;
vazirlikka gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulaganlik, shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik, tabiiy gazdan samarali foydalanmaganlik, xavfsizlik qoidalarini buzganlik va gazdan foydalanganlik haqini muntazam toʻlamaganlik uchun, idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, sanoat, kommunal va maishiy soha foydalanuvchilarini gaz taʼminoti tarmoqlaridan uzib qoʻyish huquqi berilsin;
aholini gaz bilan taʼminlashni gaz bilan taʼminlash va taqsimlash tizimining mavjud quvvatlari bilan oʻzaro bogʻliq holda amalga oshirsin;
gazdan foydalanuvchilar bilan limitlarda belgilangan hajmdan ortiqcha gaz yetkazib berish shartnomalar tuzishni taqiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari gaz isteʼmolchilarining barcha toifalari tomonidan gazdan oqilona foydalanishni, gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulash hollariga yoʻl qoʻymaslikni, isteʼmolchilarni gaz taʼminoti tarmoqlariga bundan buyon ulashni toʻxtatishni ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari (ipak qurti boqish va xususiy uylar hovlisidagi issiqxonalar hamda ovqat tayyorlash uchun) bundan mustasno taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 20-martdagi 90-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 5-6-son, 42-modda)
7. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq. bosh boshqarmasi, Oliy xoʻjalik sudi bilan birgalikda tabiiy gazdan oqilona foydalanmaganlik hamda isteʼmolchilar, shu jumladan, aholi tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilganligi uchun sanksiyalarni kuchaytirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi 1994-yilning birinchi choragida markazlashgan eksportdan tushadigan valyuta mablagʻlari hisobidan “Shlyumberje Industri” (Fransiya) firmasidan gaz hisoblagichlar ishlab chiqarish asbob-uskunalarini, gaz sarfini hisobga olish asboblarini sinash va sozlash qurilmalarini sotib olish, mutaxassislarni oʻqitish uchun (Radioelektrontexasbob” davlat konsernining “Rele va avtomatika” zavodiga 2,2 mln AQSh dollari ajratishni nazarda tutsinlar.
“Radioelektrontexasbob” davlat konserni 1994-yilda “Rele va avtomatika” zavodida, Fransiyaning “Shlyumberje Industri” firmasi litsenziyasi boʻyicha, gaz sarfini hisobga olish asboblari ishlab chiqarishni tayyorlashni hamda 1995-yildan boshlab har yili 50 mingtadan ana shunday asboblar chiqarishni taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
9. “Oʻzkommunxizmat” agentligi “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasining “Oʻzneftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bilan birgalikda, sanoat va kommunal-maishiy korxonalarda foydalanish uchun, gaz goryelkalari qurilmalarining eng maqbul va energiyani tejaydigan xillarini yaratsin hamda 1994-yildan boshlab ularni ishlab chiqarishni oʻzlashtirsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 1994-yilda bosimi 1 kv. sm. hisobiga 12 kilogrammgacha boʻlgan gaz quvurlarini qurish hamda foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. “Oʻzdavteleradio”, Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda turmushda va xalq xoʻjaligida gazdan xavf-xatarsiz, oqilona foydalanishga doir tegishli dasturlarni, reklamalarni va videofilmlarni tayyorlashni hamda muntazam yoritib borishni taʼminlasinlar. Moliya vazirligi mazkur tadbirlarni oʻtkazishga, hisob-kitoblarga muvofiq har yili mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 13-modda)
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish, faoliyat tarmoqlari boʻyicha, Bosh vazir oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 2-dekabr,
587-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 37-son, 411-modda)