Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.10.1993 yildagi 514-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992 VA 1993 YILLAR HOSILIDAN PAXTA TOLASINI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd qiladiki, xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasi va boshqa mahsulotlarni sotish boʻyicha Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar uyushmalari tomonidan tovar ayirboshlash (barter) operatsiyalarini bajarishda paxta tolasidan nooqilona foydalanishning koʻplab hollariga yoʻl qoʻyilmoqda. Tola ikkinchi darajali tovarlar va resurslarga almashtirish uchun joʻnatilmoqda, ayirboshlashning teng qiymatliligiga hamma vaqt ham rioya qilinmayapti. Bahosini pasaytirish kabi suiisteʼmolliklar va buning hisobiga pora olish hollari koʻplab yuz bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini sotish koʻpincha bir qancha vositachilar ishtirokida hamda tumanlar va viloyatlar hokimliklarining aralashuvi bilan amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bularning barchasi amalga oshirilayotgan barter bitishuvlarining samaradorligini pasaytirmoqda, respublika xalq xoʻjaligiga iqtisodiy zarar yetkazmoqda, xoʻjaliklarning mustaqilligini va tashabbusini boʻgʻib qoʻymoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasi resurslaridan oqilona foydalanish va uni MDH mamlakatlaridagi isteʼmolchilarga sotishda zarur tartib oʻrnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzshartnomasavdo” va “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmalari hukumatlararo bitimlar boʻyicha barcha paxta tolasini sotishni, eksportga yetkazib berish va erkin almashtiriladigan valyutaga sotishdan tashqari, respublikaga eng zarur tovarlarni, birinchi navbatda oziq-ovqat va xomashyo keltirishni nazarda tutgan holda mutlaqo kliring asosida amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan barcha paxta tolasi Qopaqalpogʻicton respublika va viloyat uyushmalari orqali isteʼmolchilar bilan tuziladigan toʻgʻridan- toʻgʻri shartnomalar asosida asosan erkin almashtiriladigan valyutaga ular tomonidan mustaqil sotiladi. Qolganlari belgilangan tartibda oziq-ovqat va moddiy-texnika resurslariga almashtirilib faqat kliring asosida va barter shartlari boʻyicha sotiladi, respublika isteʼmolchilari bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (oʻrtoq Zikriyoyev), uning viloyat boʻlinmalari davlat resurslaridagi va xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasidan maqsadga muvofiq foydalanish ustidan qatʼiy hisob-kitob va nazorat oʻrnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari xoʻjaliklar ixtiyorida qoldiriladigan paxta tolasini sotishda ularning manfaatlari va huquqlari kamsitilishiga yoʻl qoʻymasinlar, paxta tolasi resurslarini oʻta taqchil boʻlmagan tovar-moddiy resurslarini respublikaga keltirishga jalb qilish hollarining oldini olsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi (oʻrtoq Zikriyoyev), “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi (oʻrtoq Sharipov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (oʻrtoq Rustambekov), Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi (oʻrtoq Jeltouxov), “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi (oʻrtoq Axmetov), Bojxona qoʻmitasi (oʻrtoq Abdugʻaniyev) rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 21-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
514-son