Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.07.1993 yildagi 339-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURUVChILARNI VA UY-JOYQURILISh KOOPERATIVLARI A’ZOLARINI IJTIMOIY HIMOYA QILISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi va kooperativ uy-joy qurilishini kengaytirish hamda yanada rivojlantirish va respublika aholisining muayyan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O‘zsanoatqurilishbanki”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank”, “O‘zjag‘armabank” va boshqa tijorat banklariga 1993-yildan boshlab, kredit resurslarini shakllantirishda yakka tartibda va kooperativ uy-joylar qurish, fuqarolar tomonidan hovli binolari bo‘lgan uy-joylarni sotib olish, uy (kvartira)larni asosli tuzatish, gazlashtirish, uy-joylarni suv va kanalizatsiya bilan ta’minlash, bog‘ uylari sotib olish va qurish, bog‘ maydonlarini obodonlashtirishga kreditlardan foydalanganlik uchun to‘lovni 20 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholining kapital mablag‘larini uzoq muddatli kreditlash va pul bilan ta’minlash to‘g‘risida Qoidalar ishlab chiqilgan, ularda uy-joy-qurilish kooperativi a’zolari uchun kvartiralar qiymatining 90 foizi miqdorida (ish haqining 240 ta eng kam okladi), yakka tartibda quruvchilar uchun uy qiymatining 75 foizi miqdorida (ish haqining 200 ta eng kam okladi) kredit berish ko‘zda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga kreditlardan foydalanganlik uchun foiz to‘lovlarisiz ssudalar berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan uy-joy-qurilish kooperativlari uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish uchun uy-joy maydoni va uy-joy maydoni (kvartiralar)ning umumiy kattaligi me’yorlariga doir belgilangan cheklashlar olib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar yakka tartibda uy-joy quruvchilarga va uy-joy qurish kooperativlariga yer maydonlari, moddiy resurslar ajratishda, muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlashda yordam ko‘rsatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1993-yil 8-iyul.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
339-son