Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008 09.12.1992 yildagi 742-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2008
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PATTA TO‘LOVI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim Qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Patta haqi to‘lovchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozorlar, yarmarkalar va oldi-sotdi qilish uchun maxsus belgilangan boshqa joylarda mollar, buyumlar va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotayotgan jismoniy shaxslar patta haqi to‘laydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Patta to‘lovi olish obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovi oldi-sotdi qilishga ajratilgan har bir joy uchun, savdo qilingan har bir kun yoki har bir mol, buyum, har bosh chorva mol uchun olinadi. Agar oldi-sotdi qilish uchun ajratilgan joy uchun ijara shartnomasiga ko‘ra ijara haqi to‘lansa, u holda patta to‘lovi ijara qiymatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Patta to‘lovi olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovi har bir to‘lovchidan naqd pul olib, unga patta qog‘ozi berish yo‘li bilan undiriladi. Patta qog‘ozini boshqa to‘lovchilarga berish man etiladi. Patta to‘lovi bozorlar, yarmarkalar va oldi-sotdi uchun maxsus ajratilgan boshqa joylar xodimlari tomonidan yig‘iladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Patta to‘lovi miqdorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Patta haqini to‘lovchi hamda oluvchi idoralarning vazifalari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mollar, buyumlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotini bozorlar, yarmarkalar yoki oldi-sotdi qilish uchun ajratilgan boshqa maxsus joylarda patta haqi to‘lamasdan sotish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozorlar, yarmarkalar hamda mollar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish uchun maxsus ajratilgan boshqa joylarning ma’muriyati patta haqi to‘g‘ri va o‘z vaqtida undirilishiga rioya qilishi shart. Patta to‘lovidan tushgan mablag‘ budjetga har oyda bir marta, lekin hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirilmay o‘tkaziladi. Patta to‘lovidan tushgan mablag‘ni o‘z vaqtida budjetga o‘tkazmaganlik uchun har bir kechiktirilgan kun hisobidan 0,5 foiz miqdorda jarima undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Patta to‘lovidan tushgan mablag‘dan foydalanish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovi mablag‘laridan foydalanishning tartibi har yili xalq deputatlari Kengashlari tomonidan belgilanadi, lekin shu mablag‘ning kamida yarmi bozor, yarmarka yoki mollar, buyumlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish uchun maxsus ajratilgan joylardan foydalanish huquqiga ega boshqa tashkilot tasarrufida qolishi sharti bilan.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovining qolgan qismi mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Patta to‘lovi to‘g‘ri undirilishi ustidan nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patta to‘lovi to‘g‘ri undirilishini davlat soliq idoralari nazorat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Ushbu Qonunni qo‘llanishga doir yo‘riqnoma
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunni qo‘llanishga doir yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan chiqariladi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 9-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
742-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 25-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)