LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tovarlar va xizmatlar haqi sifatida aholidan tushadigan naqd pul mablag‘larini qabul qilish hamda hisobga olishni tartibga solish, pul muomalasini mustahkamlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llash joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 1995-yilning 1-iyulgacha nazorat-kassa mashinalari o‘rnatmagan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyatlari to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra savdo korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining ayrim toifalariga joriy etilmaydi. Bular o‘z faoliyatlari xususiyatiga qarab aholi bilan hisob-kitobni nazorat-kassa mashinalarisiz amalga oshirishlari mumkin.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, turg‘un savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi o‘n kun muddatda:
aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra aholi bilan hisob-kitoblarini nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan savdo korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining alohida toifalari ro‘yxatini aniqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. Belgilab qo‘yilsinki, 2010-yil 1-oktabrdan boshlab aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llanilayotgan nazorat-kassa mashinalari yagona texnik talablarga muvofiq bo‘lishi kerak hamda “O‘zstandart” agentligi va uning hududiy bo‘linmalarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi lozim.
Sertifikatga ega bo‘lmagan yoki belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish, shuningdek bunday mashinalardan foydalangan holda chek berilishi aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 8-iyundagi 112-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 186-modda)
5. “O‘zeltexsanoat” uyushmasining nazorat-kassa mashinalarining 1995-yildan boshlab “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosqichma-bosqich ishlab chiqarish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki butlovchi, texnologiya va nazorat-sinash asbob-uskunalarini xorijiy firmalardan sotib olish uchun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlar bo‘yicha belgilangan tartibda kredit ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsin.
6. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazlar va shoxobchalar barpo etishni, ushbu shoxobchalarning tashkil qilinish va faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va chiqarishni 1995-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda ta’minlasinlar.
joylarda nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati ko‘rsatuvchi mintaqaviy markazlar va punktlarni barpo etishda yordam ko‘rsatsinlar;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish hollariga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilsin
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-sonli qarori tahririda)
8. Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda bo‘lgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha qat’iy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yo‘li bilan amalga oshirishga majburdirlar.
(8-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 15 bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. S. Hamidov, Y. F. Paygin va M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
(8 va 9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qaroriga muvofiq 9 va 10-bandlarga o‘zgartirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)