Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XALQARO SHARTNOMALARNI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlansin:
2004-yil 28-mayda Ostana shahrida imzolangan “Markaziy Osiyo Hamkorlik” tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasida tele-radioeshittirish dasturlarini oʻzaro tarqatish toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 23-martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim;
2004-yil 23-martda Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida erkin savdo toʻgʻrisidagi Bitimga (1996-yil 27-may, Boku sh.) oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma.
2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlariga ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-avgust,
370-son