OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAhKAMASINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining maʼlumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 8-avgustdagi PQ-149-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining maʼlumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 8-avgustdagi PQ-149-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 16-martdagi 140-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 16-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi oʻn toʻqqizinchi xatboshidan “va “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maʼlumotlar uzatish milliy tarmogʻini tashkil etish va jahon axborot tarmoqlaridan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 5-fevraldagi 52-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki, Maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻidan, shu jumladan, Internetdan foydalanish va uni rivojlantirish milliy operatori (provayder) funksiyalari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasiga yuklanadi”;
b) 3-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Quyidagilar milliy operator (provayder) sifatida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:”;
v) 3-bandning uchinchi xatboshida “UzPAK” soʻzi “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandda “UzPAK” maʼlumotlarni uzatish davlat tarmogʻini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi” soʻzlari “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 30-iyundagi 253-son qaroriga 4-ilovaning I boʻlimi birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-oktabr,
221-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 306-modda)