12.11.2026 yildagi PQ-395-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga muvofiq bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda ularni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha choralarni kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ichki ishlar vazirligi tizimidagi jazoni ijro etish muassasalarida jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim xizmatlari bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Maxsus davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ichki ishlar vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining 2026-yil 1-dekabrdan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidagi 21-son jazoni ijro etish koloniyasi qoshidagi Bolalar uyi negizida hamda 42-son manzil-koloniyada uch yoshgacha boʻlgan bolalar uchun “Ona va bola markazi” maxsus davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlari)ni tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlib, Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzurida tashkil etiladi hamda davlat taʼlim-tarbiya muassasasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) xodimlari qonunchilikda Bolalar uylari uchun belgilangan namunaviy shtat normativlariga muvofiq tasdiqlanadigan shtat jadvali asosida Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi. Bunda maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shtat birliklari Davlat budjeti hisobidan ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga belgilangan shartlar asosida toʻlanadi hamda barcha xodimlariga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga nisbatan har oyda 100 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniyadagi zarur shart-sharoitlarga ega bino-inshootlarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 5 nafargacha bolalarni qamrab oladigan kecha-yu kunduz faoliyat yurituvchi guruhlar tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tarbiyalanuvchilar yashashi, tibbiy xizmatdan foydalanishi, yoshiga mos ravishda rivojlanishi va kamol topishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) tarbiyalanuvchilar 21-son jazoni ijro etish koloniyasi va 42-son manzil-koloniya tomonidan qonunchilikda Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun belgilangan normalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq anjomlar bilan taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) taʼlim va tarbiyaviy ishlar Bolalar uylari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda, 2027-yil 1-apreldan boshlab esa Sogʻliqni saqlash vazirligi xamda Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan bolalarni rivojlantirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tarbiyalanuvchilarni oʻz vaqtida emlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har chorakda bola va ona uchun yaratilgan sharoitni oʻrganish maqsadida monitoring amalga oshiriladi, zarur hollarda oʻrnatilgan tartibda bolaga vasiylik yoki boshqa muqobil joylashtirish shakllarini belgilash choralari koʻriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) faoliyat yuritadigan xodimlarning ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Taʼlim va ilm-fan vazirligi hududiy boʻlimlarining Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan, uning boshqa barcha xarajatlari, shu jumladan, bolalar taʼminoti esa Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, jazoni oʻtayotgan mahkuma ayollarning Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 132-moddasida belgilangan huquqlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan jazoni ijro etish koloniyalarida bolasini maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirgan mahkuma ayollarga ishdan boʻsh vaqtida, shu jumladan, tunda uch yoshga toʻlmagan bolalari bilan birga qolishi (boʻlishi) uchun zarur sharoitlar yaratilishi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yilda maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar Taʼlim va ilm-fan vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, bolalar taʼminoti va boshqa xarajatlar esa Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ajratilgan mablagʻlar, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sogʻliqni saqlash vazirligi Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda 2027-yil 1-aprelga qadar maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotlarida uch yoshgacha boʻlgan bolalarni rivojlantirish dasturini hamda guruh xonalarini jihozlash talablarini ishlab chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) ikki oy muddatda mazkur qarorning 5-bandi ijrosini samarali taʼminlash maqsadida zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov hamda Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri E.O. Turdimov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 12-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-395-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2026-y., 07/26/395/1129-son)