06.11.2026 yildagi 611-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatuvchi qutqaruvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 3-apreldagi PQ-123-son qarorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi (keyingi oʻrinlarda — Texnikum) faoliyatini yoʻlga qoʻyish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikum Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida, yagona taʼlim kampusida alohida yuridik shaxs maqomida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikum faoliyati 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumning tarkibiy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikum harbiy xizmatchi lavozimlarini jamlash Akademiya boshligʻining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hamda xizmatchi lavozimlari Akademiya tomonidan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi hamda oʻquv jarayoni boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2029-yildan boshlab Texnikumning kasbiy taʼlim yoʻnalishlarini tamomlagan bitiruvchilar tarkibidan favqulodda vaziyatlar organlari uchun kadrlar zaxirasi shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumda ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlari, ish beruvchi tashkilotlarning takliflari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi buyurtmasi asosida kasbga oʻqitishga moʻljallangan qisqa muddatli kurslar tashkil etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumga respublikaning yirik iqtisodiyot va toifalangan obyektlari hamda xavfli ishlab chiqarish korxonalarida faoliyat yuritayotgan qutqaruvchilar ushbu tashkilotlarning buyurtmasi asosida toʻlov-kontrakt asosida kasbiy taʼlim yoʻnalishlariga imtiyozli oʻqishga qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumda davlat taʼlim standarti talablariga rioya qilinishi Akademiya tomonidan nazorat qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha qabul komissiyasi raisi va tarkibi Akademiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlar organlarida qutqaruvchi lavozimlarida xizmat qilayotgan xodimlar Texnikumga oʻqishga qabul qilinganda, oʻqish davrida ularning oylik maoshi teng miqdorda saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikumning faoliyati amaldagi kasbiy taʼlim tashkilotlarini moliyalashtirish tartibi asosida hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Akademiya tomonidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
favqulodda vaziyatlar organlariga kasbiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha zamon talablariga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan qutqaruvchilarni tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar (poligon)ni tashkil etish orqali nazariya va amaliyotning uygʻunligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv dasturlarini jahonda va mamlakatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar hamda yangiliklar, fan va texnikada erishilgan yutuqlarni inobatga olgan holda takomillashtirib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra qutqaruvchi egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim jarayoni uchun zarur moddiy-texnik, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Texnikumning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda Texnikum kasbiy taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-fevralga qadar favqulodda vaziyatlar organlari, respublikaning yirik iqtisodiyot va toifalangan obyektlari hamda xavfli ishlab chiqarish korxonalarining real ehtiyojlarini oʻrgangan holda, kelgusi oʻquv yili uchun qabul parametrlari boʻyicha takliflarni Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligiga taqdim etib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
611-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2026-y., 09/26/611/1105-son)