12.09.2026 yildagi PQ-325-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda elektrotexnika sanoatini ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali jadal rivojlantirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni keng jalb etish, mahalliy korxonalarning global qoʻshilgan qiymat zanjirlari va tashqi bozorlarga integratsiyalashuvini kuchaytirish hamda tarmoqda zamonaviy sanoat ekotizimini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar 2030-yilga qadar elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 130 trillion soʻmga, eksport hajmini 5 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 3 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etish hamda tarmoqdagi bandlikni 50 ming kishiga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sohada keng koʻlamli ilmiy-texnologik transformatsiyani amalga oshirish, mis xomashyosidan qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish darajasini 35 foizga olib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari doirasida elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha mahalliy mahsulot ulushini 70 foizga yetkazish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va imtiyozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab elektrotexnika sanoati korxonalari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) aylanma mablagʻlar bilan taʼminlashga tijorat banklari orqali quyidagi shartlarda kreditlar ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) mablagʻlari hisobidan 2 yil muddatgacha 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz (shundan 2 foiz bank marjasi) stavkada bitta tadbirkorlik subyekti uchun koʻpi bilan 5 million AQSH dollari miqdorida. Bunda kredit qarzdorligi korxona tomonidan birinchi yilda soʻndirilgan taqdirda kredit foizi yillik 4 foiz (shundan 1 foiz bank marjasi) stavkada qayta hisob-kitob qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) kreditning 50 foiziga, biroq 20 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan miqdorda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ hisobidan kafillik, qolgan qismiga — korxona tomonidan likvidli mol-mulk, sugʻurta polisi, eksport shartnomasi (kelgusidagi pul tushumlariga talab huquqi asosida) va/yoki boshqa turdagi taʼminot taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda hisob-kitob qilishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-oktabrdagi PQ-304-son qarorining 6-bandiga muvofiq ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismi hisobidan Kompaniya tomonidan “Oʻzsanoateksport” AJga toʻgʻridan-toʻgʻri 40 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) birja savdolarida mis xomashyosini xarid qilishda 25 foiz toʻlov korxona tomonidan, qolgan 75 foiz toʻlov “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan uch kun ichida amalga oshiriladi. Bunda bitta tadbirkorlik subyektining “Oʻzsanoateksport” AJ oldidagi qarzdorligi 3 million AQSH dollaridan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) korxonalar tomonidan “Oʻzsanoateksport” AJ oldidagi majburiyatini taʼminlash uchun sugʻurta polisi taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iv) “Oʻzsanoateksport” AJ tomonidan amalga oshirilgan 75 foiz miqdoridagi toʻlov korxonalar tomonidan 90 kun ichida qaytariladi. Bunda kechiktirib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun yillik 6 foiz stavkada foiz hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi korxonalarni aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadlariga Kompaniyaga 2030-yil 1-yanvarga qadar qaytarish sharti bilan yillik 2 foiz stavkada 50 million AQSH dollari miqdorida, shundan 20 million AQSH dollarini bir oy muddatda, qolgan qismini 2027-yildan boshlab Kompaniyaning buyurtmanomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-15-son qarorining 4-bandida belgilangan mablagʻlarning oʻzlashtirilmagan qismi hisobidan bosqichma-bosqich ajratishni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda hisob-kitoblarni “Oʻzsanoateksport” AJ orqali amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026 — 2028-yillarda elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan, kredit miqdoridan qatʼi nazar, uning 20 milliard soʻm ekvivalentidan oshmagan qismi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) barqarorlik reytingi va hudud toifasidan qatʼi nazar, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq boʻlmagan milliy valyutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida dastlabki ikki yilga taqdim etiladi, mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan taqdirda, kompensatsiya uchinchi yilda ham toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan polietilen granulalarini 2028-yil 1-yanvarga qadar aksiz soligʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tadbirkorlik subyektlariga investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan va foydalanishga qabul qilingan elektrotexnika sanoati yoʻnalishidagi yangi loyihalar boʻyicha ishlab chiqarish binolari hamda texnologik uskunalarni ular foydalanishga qabul qilingan sanadan boshlab uch yil davomida tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tayanch investorlarni jalb qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Belgilab qoʻyilsinki, elektrotexnika, elektronika va robototexnika sohalarida soʻnggi uch yilda “Forbes Global 2000” xalqaro reytingi va xalqaro yetkazib berish zanjirlariga kirgan hamda kiritadigan investitsiya hajmi kamida 50 million AQSH dollari boʻlgan tayanch investorlarni (Anchor Investor) jalb etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) investitsiya shartnomasida qoʻshilgan qiymatni uch yilda 40 foizdan oshirish hamda yillik foydaning kamida 3 foizini ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yoʻnaltirish majburiyati nazarda tutiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) respublikada xalqaro tajribaga muvofiq tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalardan binolar “tayyor holda topshirish” modeli boʻyicha (elektr tarmogʻi, gaz, suv, tozalash inshootlari, temir yoʻl kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan holda) ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) investorlarni jalb etish, investitsiya loyihalarini baholash, muzokaralar olib borish, investitsiya shartnomalarini tayyorlash hamda ularning amalga oshirilishini monitoring qilish jarayonlariga jalb etiladigan xalqaro konsalting kompaniyalarining xizmatlari qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) investorlarga yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, foyda soligʻini toʻlashdan 10 yil muddatga ozod etish tarzidagi imtiyozlar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda asosan tayanch investorlarni jalb qilish uchun xorijiy davlatlarda keng miqyosda targʻibot ishlarini tashkillashtirish, shuningdek, xalqaro forumlarda taqdimotlar (“Road Show”) oʻtkazib borish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Tarmoqda butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish hamda yondosh sanoat tarmoqlarini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi 2026-yil yakuniga qadar oʻzining Yagona elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — Platforma) “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi bilan birgalikda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari uchun zarur boʻlgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar hamda yondosh sanoat tarmoqlari mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash, tahlil qilish, shuningdek, yetkazib beruvchilar va xaridorlar oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkonini beruvchi alohida modul ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi boshqaruv kengashi tomonidan tavsiya etiladigan elektrotexnika sanoati uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan butlovchi va ehtiyot qismlarni oʻzlashtirgan mahalliy yetkazib beruvchilarga Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishlab chiqarish loyihasi doirasida xarid qilingan asbob-uskunalar qiymatining 30 foizigacha, biroq bitta tadbirkorlik subyekti uchun bir yilda bir marotaba 10 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi har yili kamida bir marotaba elektrotexnika mahsulotlari uchun xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar hamda yondosh sanoat tarmoqlari mahsulotlari sanoat zanjiri koʻrgazmasini Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi faoliyatiga koʻmaklashish jamgʻarmasi hamda Agentlik huzuridagi tashkilotlar mablagʻlari hisobidan tashkil etib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qarorning 6-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari muddatini 2030-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar Platformada roʻyxatdan oʻtgan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalarni yetkazib beruvchi mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkani 50 foizga kamaytirish tarzida soliq imtiyozini quyidagi shartlarda taqdim etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha ushbu kichik bandda nazarda tutilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushum miqdori umumiy tushum hajmining 50 foizidan kam boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sanoat tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsiyalar va ularni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sanoat korxonalarining ilmiy-tadqiqot, innovatsion-eksport faoliyati va sanoatda yuqori texnologiyalarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligida “Toʻrtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markazning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Markaz faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarorini qabul qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Toshkent shahar hokimligi Markaz uchun zarur yer maydonini ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Markaz faoliyatini umumiy boshqarish vakolati “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi zimmasiga yuklatilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Markazni unga yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshirish qobiliyatiga ega boʻlgan malakali kadrlar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Markaz faoliyatini dastlabki uch yil davomida boshqarish uchun sohada ilgʻor tajribaga ega chet el kompaniyasini jalb qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Markaz faoliyatini tashkil etish, uni moddiy-texnika bazasi bilan taʼminlash, zarur asbob-uskunalar va jihozlarni xarid qilish, shuningdek, bino qurish va taʼmirlash ishlari, chet el kompaniyasining boshqaruv xarajatlarini moliyalashtirish uchun ikki oy muddatda 2026-yilda respublika budjetining xarajatlarini maqbullashtirish hisobidan 20 milliard soʻm, 2027-yilda respublika budjetidan 60 milliard soʻm mablagʻ ajratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) kelgusi yillarda Markaz faoliyati boʻyicha xarajatlarni respublika budjetida koʻzda tutib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish agentligi ikki oy muddatda elektrotexnika sanoati yoʻnalishidagi startap loyihalar paketini shakllantirib, ularni inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etishi uchun “UzVC” milliy venchur fondiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) istiqbolli startap loyihalar inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida qatnashishi bilan bogʻliq xarajatlar “UzVC” milliy venchur fondi hisobidan moliyalashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) istiqbolli startap loyihalar boʻyicha prototiplarni tayyorlash, ularni laboratoriya sinovlari va boshqa sinovlardan oʻtkazish uchun Markaz imkoniyatlaridan bepul foydalanish hamda Markaz mutaxassislaridan bepul maslahatlar olishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. “UzVC” milliy venchur fondi 2027-yildan boshlab har yili inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan elektrotexnika sanoati yoʻnalishidagi kamida 10 tadan istiqbolli startap loyihalarga xususiy sektor yoki xorijiy venchur fondlar bilan hamkorlikda investitsiya kiritish choralarini koʻrsin. Bunda 2027-yildan boshlab mazkur xarajatlar uchun 10 milliard soʻm respublika budjeti hisobidan mablagʻ ajratish nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Soliq kodeksiga mazkur qarorning 5-bandi, 7-bandi “g” kichik bandi va 12-bandi “a” kichik bandidan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Elektrotexnika sanoatiga investitsiyalarni keng jalb etish, yangi quvvatlarni barpo etish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 12-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-325-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentabrdagi PQ-325-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toʻrtinchi sanoat inqilobi ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar markazi” davlat muassasasining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tenderlarda ishtirok etishi, tashqi bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish, shuningdek, xorijiy davlatlarda doimiy faoliyat yurituvchi savdo vakillari orqali milliy mahsulotlarni ilgari surish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanoat korxonalariga zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari, eksport koʻnikmalari, xalqaro standart va sertifikatlash yoʻnalishlari boʻyicha injiniring va konsalting xizmatlarini koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yangi turdagi mahsulotlarning raqamli zanjirini yaratish (CAD/CAM/CAE asosida), prototiplash, additiv texnologiyalar, revers-injiniring, texnologiyalarni mahalliylashtirish, kichik seriyali namunalar tayyorlash, shuningdek, amaliy ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sanoat korxonalarining texnologik salohiyatini oshirish uchun markazning yuqori texnologik uskunalari, sinov-oʻlchov laboratoriyalari va injiniring infratuzilmasidan umumiy foydalanish imkoniyatini yaratish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion gʻoyalar va ilmiy ishlanmalarning texnologik tayyorlik darajasini (Technology Readiness Level — TRL) baholash, investorlar va sanoat korxonalari bilan hamkorlikda texnologiyalarning tayyorgarlik darajasini bosqichma-bosqich oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sanoat korxonalarida kompleks energiya auditlarini oʻtkazish, energiya sarfi tahlilini amalga oshirish, ISO 50001 xalqaro standarti talablariga muvofiq energiya menejmenti tizimlarini joriy etishga amaliy koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va resurs samaradorligini oshirish boʻyicha texnologik jarayonlarni optimallashtirish, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa resurslar sarfini kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan texnik-iqtisodiy yechimlar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentabrdagi PQ-325-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektrotexnika sanoatiga investitsiyalarni keng jalb etish, yangi quvvatlarni barpo etish, kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“YOʻL XARITASI”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Elektrotexnika sanoati korxonalari eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash

1.

Markaziy Osiyoda Oʻzbekistonning elektrotexnika sanoati markazi sifatidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida joriy yil “E-Tech Expo” elektronika va elektrotexnika xalqaro koʻrgazmasi hamda “Uzbekistan Sourcing Week” xalqaro forumini yuqori darajada oʻtkazish.

1. Mazkur tadbirlarni tashkil etish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(X. Boboyev)

2. Xorijiy davlatlardan 100 ta yirik savdo tarmoqlari, sorsing kompaniyalar rahbarlari ishtirokini taʼminlash.

2026-yil noyabr

3. Tadbirlarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

talabga muvofiq

2.

Elektrotexnika mahsulotlarini tavakkalchiligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga eksport qilish uchun sugʻurta mexanizmini takomillashtirish.

Shartnoma qiymatining 80 foizigacha sugʻurta qoplamasini, 1 — 1,5 foiz stavka asosida (amaldagi tijorat sugʻurtasi 3 — 5 foiz oʻrniga) taʼminlovchi eksport bitimlarini sugʻurtalash mexanizmini joriy qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Ushbu tizimni Afrika, Yaqin Sharq, Afgʻoniston va davlat tavakkalchiligi yuqori boʻlgan mamlakatlarga nisbatan joriy etish.

2026-yil oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

3.

Oʻzbekistonda mavjud sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Oʻzbekistonda mavjud sinov laboratoriyalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, bu orqali mahsulotlarni SE, SASO, UL kabi sertifikatlash muddatini qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Oʻzbekistonda berilgan sertifikatlar xalqaro miqyosda tan olinishini taʼminlash maqsadida Xalqaro elektrotexnika komissiyasining muvofiqlikni baholash tizimi (IECEE CB Scheme)ga aʼzo boʻlish choralarini jadallashtirish.

2026-yil dekabr

4.

Elektrotexnika sanoati korxonalarini islom moliyasi yoʻnalishida moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy (kafolat, kompensatsiya) mexanizmlarni islomiy moliya tamoyillari asosida joriy etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda islom moliyasi boʻyicha beriladigan bank kafolati yoki murobaha shartnomasi boʻyicha ustama (komissiya) toʻlovlarining bir qismini qoplash masalasini nazarda tutish.

2026-yil dekabr

Markaziy bank

(T. Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

5.

Eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida yangi eksport bozorlarini (Afrika, Yaqin Sharq) oʻzlashtirish.

1. Yangi eksport yoʻnalishlarini tashkil etishda Afrika va Yaqin Sharq davlatlari uchun elektrotexnika mahsulotlari (kabel-sim mahsulotlari va kuchlanish qurilmalari) roʻyxatini shakllantirish.

2. Oʻzbekistonning Afrika va Yaqin Sharq davlatlaridagi elchixonalari orqali importyor korxonalar bilan uchrashuv oʻtkazib, ushbu roʻyxatdagi mahsulotlar boʻyicha batafsil maʼlumot yetkazish.

2026-yil noyabr

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov)

6.

MDH davlatlarining davlat xaridlarida mahalliy elektrotexnika korxonalari ishtirokini kengaytirish va davlatlarga eksport hajmlarini oshirish.

1. Qoʻshni davlatlarda amalga oshirilayotgan loyihalar bosh pudratchilari va xarid menejerlari uchun Oʻzbekistonga biznes-turlarni tashkil etish.

Ikki oy muddatda

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(X. Boboyev),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Armaniston, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Moldova, Turkmaniston davlatlarida faoliyat yuritayotgan elchixona savdo vakillari tomonidan ushbu davlatlarning yirik importchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish.

2026-yil oktabr

3. Xorijiy EPC (loyihalash, xarid qilish va pudratchi) kompaniyalari va bosh pudratchilar reyestrini shakllantirish.

2026-yil dekabr

7.

Yangi bozorlarda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish hamda qulay transport-logistika yoʻnalishlarini ishlab chiqish.

1. Mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish uchun Iroq, Suriya kabi davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish.

2026-yil dekabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Oʻzbekiston tyexnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov)

Transport vazirligi

(I. Maxkamov)

2. Ushbu davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, transport-logistika masalalari boʻyicha ishchi guruh tashkil etish.

3. Eksport operatsiyalarida talab etiladigan sertifikat va boshqa hujjatlarni oʻzaro tan olish boʻyicha yagona talab, standart va tartibotlarni ishlab chiqish hamda kelishish.

4. Ushbu davlatlarning dengiz portlaridan Oʻzbekiston tashqi savdo yuklari uchun foydalanish istiqbollarini oʻrganish.

2027-yil mart

5. Logistika jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha ushbu davlatlar bilan avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimlar loyihalarini ishlab chiqish, ularni xorijiy tomon bilan kelishish va imzolashga tayyorlash.

2027-yil davomida

II. Budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash.

8.

Davlat xaridlarida mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ulushini oshirib borish.

1. Xaridlar jarayonida mahalliy elektrotexnika mahsuloti ulushi boʻyicha tahliliy, shu jumladan, maqsadli koʻrsatkich bajarilishi yuzasidan maʼlumotlarni Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Boshqaruv kengashiga kiritib borish.

Har chorakda

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov),

“Oʻzbekekspertiza” AJ

(U. Aʼzamxoʻjayev),

Budjet buyurtmachilari

2. Davlat xaridlari orqali xarid qilinadigan mahalliy elektrotexnika mahsulotlarining roʻyxatini tasdiqlab, zaruratga koʻra yangilab borish.

Doimiy ravishda

3. Budjet buyurtmachilari tomonidan har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil uchun elektrotexnika sanoati mahsulotlariga buyurtmalar portfelini, texnik shartlarini toʻliq koʻrsatgan holda Davlat xaridlari markaziy axborot portaliga joylashtirib borish.

Har yili 1-dekabrga qadar

9.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining yagona elektron platformasida mahalliy korxonalar uchun zarur boʻlgan xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar hamda yondosh sanoat mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish imkonini beruvchi alohida modulni ishga tushirish.

1. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining yagona elektron platformasini yaratish va uni tegishli axborot tizimlari va elektron savdo platformalari bilan integratsiya qilish.

2026-yil dekabr

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Elektron savdo platformalari, tovar-xomashyo birjalari tomonidan mazkur integratsiyalarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, texnik hujjatlar hamda API ulanishlarini belgilangan tartibda taqdim etib borish.

Doimiy

III. Elektrotexnika sanoatiga innovatsiyalarni jalb qilish va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish

10.

Koreyaning “ROBOTIS” kompaniyasi tomonidan “Gumanoid robotlar va ularning komponentlarini ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonining qurilish maydoni nisbati (QMN) koʻrsatkichini qayta koʻrib chiqish.

Loyiha uchun Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan “Yangi avlod” MSZ hududidan tanlangan yer maydonining qurilish maydoni nisbati (QMN) koʻrsatkichini loyiha talablaridan kelib chiqqan holda 70 foiz etib belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Vazirlar Mahkamasi

(J. Xodjayev),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

11.

Xorijiy brendlarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilishda royalti (brendni ishlatish huquqi uchun toʻlov) xarajatini qisqartirish.

Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy brendlar nomi ostida mahsulot ishlab chiqarish uchun elektrotexnika sanoati korxonalariga royalti xarajatini qoplab berish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda royalti kompensatsiyasi uchun korxonalarga texnologiyalar transferi va boshqa aniq mezonlarni belgilashni nazarda tutish.

2026-yil oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

12.

Elektrotexnika sanoatida yangi materiallar yoʻnalishini joriy etish.

1. Elektrotexnika sanoatida yuqori texnologik qayta ishlash zanjiriga ega materiallar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil noyabr

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Sh. Vafayev)

2. Mazkur mahsulotlarni oʻzlashtirish boʻyicha xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2026-yil dekabr

13.

Avtomobilsozlik sanoati ehtiyojlari uchun elektrotexnika butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish.

1. Avtomobilsozlik sanoati uchun elektr va elektron butlovchi qismlar (avtojgutlar, sensorlar, elektron boshqaruv bloklari qismlari, zaryadlash tizimlari, kabel mahsulotlari va boshqa yuqori qoʻshilgan qiymatli qismlar) ishlab chiqarishni tashkil etish dasturini shakllantirish.

2026-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzavtosanoat” AJ

(U. Rozukulov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Dastur ishtirokchilarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2026-yil dekabr

3. Mahalliy avtomobilsozlik sanoatida barcha mavjud va yangi ishlab chiqaruvchilarga shaffof va teng sharoitlarni yaratish.

2027-yil oktabr

IV. Qoʻshimcha chora-tadbirlar

14.

Muomalaga chiqariladigan maishiy texnika mahsulotlari markirovkasini nazorat qilish mexanizmini takomillashtirish.

1. Mazkur sohani nazorat qiluvchi organlar vakolatini kengaytirish va doimiy nazorat tizimini yaratish.

Bunda:

maishiy texnika mahsulotlari track-and-trace raqamli markirovkasini isteʼmolchining mobil aloqa vositasi yordamida haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini yaratish hamda tizimni bojxona, soliq va texnik tartibga solish axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

Soliq qoʻmitasiga boshqa nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda nazorat xaridlarini oʻtkazish va nomuvofiq mahsulotlar savdosini cheklash vakolatini berish;

marketpleys va onlayn savdo qilinayotgan mahsulotlarga nisbatan ham majburiy markirovka talablarini qoʻllash uchun yetkazib beruvchini solidar javobgar etib belgilash;

nomuvofiq va xavfli mahsulotlarning ommaviy roʻyxatini Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi saytiga doimiy joylashtirish va OAV orqali yoritib borish (YEI Safety Gate/RAPEX tajribasi asosida).

2026-yil oktabr

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov),

nazorat qiluvchi organlar

2. Transformatorlarga nisbatan majburiy raqamli markirovkalash tizimini yoʻlga qoʻyish.

2027-yil 1-yanvardan

3. Oʻtkazilgan nazorat tadbirlari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish tizimini joriy etish.

har chorakda

4. Ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan oʻrganishlar natijalarini OAVlarda yoritib borish.

doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov)

15.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan elektrotexnika mahsulotlarining texnik reglamentlarda belgilangan majburiy xavfsizlik talablariga muvofiqligi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

Davlat xaridlari agentligi, Bojxona qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasi “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga oʻzaro integratsiyasini amalga oshirgan holda texnik reglamentlarning inson hayoti va sogʻligʻi, mol-mulk hamda atrof-muhit xavfsizligiga doir majburiy talablariga nomuvofiq mahsulotlar roʻyxatiga kiritilgan elektrotexnika mahsulotlari erkin muomalaga chiqarilishini va davlat xaridlaridagi ishtirokini taqiqlash.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(F. Pulatov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

16.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni respublika bozorlarida muomalaga chiqarilgan nomuvofiq mahsulotlar va ularning xavfi toʻgʻrisida xabardor qilish.

1. Respublika bozorlarida muomalaga chiqarilgan nomuvofiq mahsulotlar va ularning xavfi toʻgʻrisida audio-, video-, qisqa muddatli video lavhalar tayyorlash.

2. Davlat va xususiy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni ushbu turdagi mahsulotlardan foydalanish xavfi boʻyicha targʻibot olib borish.

Nomuvofiq mahsulotlar aniqlanganda

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov),

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

(A. Koʻchimov),

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(A. Djurabayev)

17.

Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini tasdiqlash.

1. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bir oy muddatda

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini rasmiy veb-saytlarga joylashtirish.

Bir oy muddatda

3. Elektrotexnika mahsulotlari boʻyicha yagona sinov dasturlarini yangilab borish.

Zaruratga koʻra

18.

JST talablariga muvofiq antidemping surishtiruvini boshlash boʻyicha oʻrganish oʻtkazish.

1. Elektrotexnika mahsulotlari importi boʻyicha demping, mahalliy ishlab chiqarish tarmogʻiga yetkazilgan moddiy zarar yoki zarar yetkazish xavfi hamda ular oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikka doir dalillarni dastlabki oʻrganish.

2026-yil sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Raqobat qoʻmitasi

(X. Turaxujayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Yetarli dalillar mavjud boʻlgan taqdirda, qonunchilik va Jahon savdo tashkilotining Antidemping bitimi talablariga muvofiq antidemping surishtiruvini boshlash va oʻtkazish.

2026-yil oktabr

3. Antidemping surishtiruvi natijalariga koʻra JST talablariga mos antidemping himoya choralari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli xulosani kiritish.

2027-yil oktabr

19.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqariladigan transformatorlarga xavfsizlik, texnik holat va minimal energiya samaradorligi talablarini belgilash.

1. Muomalaga chiqariladigan, shu jumladan, ilgari foydalanishda boʻlgan transformatorlarning (ularning kelib chiqishidan qatʼi nazar) xavfsizlik va minimal energiya samaradorligini belgilovchi xalqaro talablar va ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2026-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Sh. Xodjayev),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Energiya samaradorligi milliy agentligi

(Z. Badriddinov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

2. Oʻrganish natijalari asosida milliy standart ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

20.

Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʻyicha yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan zarur mablagʻlarni ajratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2027-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov),

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

(M. Yunusov)

21.

Davlat xaridlarida elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirokini kengaytirish.

Davlat xaridlarida kuchlanishli kabellar va texnik maqsadli qurilmalarni xarid qilish hujjatlarida belgilangan yetkazib berish muddatini mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini inobatga olgan holda kamida oʻttiz kun etib belgilash, bundan tayyor mahsulotlarni yetkazib berish mustasno.

Doimiy

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(B. Xaydarov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-sentabrdagi PQ-325-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4348-son qarorining 9-bandidagi “2027” raqami “2030” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi PQ-332-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridiga doir tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Markaz elektrotexnika mahsulotlarini budjet buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida xarid predmetining mahalliy ishlab chiqaruvchilarda mavjudligi yuzasidan oʻrganish oʻtkazadi va natijalarini ekspertiza xulosasida koʻrsatadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi “Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-15-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 4-bandning birinchi xatboshisidagi “2026” raqami “2028” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “2027” raqami “2030” raqami bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-77-son qaroriga 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Komissiya rahbari

2.

A.Ya. Xaydarov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari, Komissiya rahbari oʻrinbosari

3.

X.F. Teshabayev

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

4.

F.E. Karabayev

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

5.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

6.

M.M. Yunusov

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi

7.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

8.

T.Yu. Rapikov

Bosh vazir oʻrinbosari kotibiyati mudiri, Komissiya kotibi

Maslahatchi sifatida jalb qilinadigan korxonalar vakillari

9.

T.M. Sharipov

“Procab” QK MCHJ taʼsischisi

10.

A.N. Nodirxonov

“Metal Processing Technology” MCHJ direktori

11.

Lavozimi boʻyicha

boshqa korxonalar vakillari (Komissiya taklifiga asosan)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya ishiga boshqa davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari jalb qilinishi mumkin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 372-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“372. Davlat xaridlarida elektrotexnika mahsulotlarini (kuchlanishli kabellar va texnik maqsadli qurilmalar) yetkazib berish muddati oʻttiz kundan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yetkazib beruvchi tovarlarni shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berishi mumkin”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 07/26/325/0940-son)