Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.09.2005 yildagi PF-3662-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VA KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISh KORXONALARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublikaning uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlari izchillik bilan tadbiq etilmoqda, qonunchilik va normativ-huquqiy baza mustahkamlanmoqda, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining mulkdorlar huquqlarini muhofaza qilish, kommunal xizmatlar haqini to‘lashdan olingan mablag‘lardan oqilona foydalanishga qaratilgan faoliyati kuchaytirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kommunal xizmatlar tariflari asossiz oshirilishining oldini olish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda, kommunal sohaga energiyani tejaydigan texnologiyalar tadbiq etilmoqda, muxandislik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda loyihalar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yilning 1-yanvaridan aholiga ko‘rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha “nulinchi” stavka joriy etilgan, bu esa kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining sarf-xarajatlarini kamaytirish va tariflar o‘sishini cheklash imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga joylarda tariflarning aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatiga muvofiqligi, to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan tegishli nazorat ta’minlanmayapti. Issiqlik va ichimlik suv isrofgarchiligini kamaytirish, ulardan oqilona foydalanish, uy-joy fondini hisoblagich asbob-uskunalari bilan jihozlash, kommunal xo‘jalik korxonalarining unumsiz xarajatlarini qisqartirish chora-tadbirlari yetarli darajada amalga oshirilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish, tariflarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining 2006-2007-yillarda markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti bo‘yicha aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflarining miqdori 10 foiz bo‘lgan farqini issiqlik ta’minoti korxonalariga Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-2007-yillardagi Davlat budjeti parametrlarida aholiga markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar tariflaridagi farqlarni qoplashga mablag‘larni nazarda tutsin;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda energiyani tejaydigan texnologiyalarni tatbiq etish, qozonxona uskunalarini, issiqlik tarmoqlarini kapital ta’mirlash va kuzgi-qishki isitish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazishga Davlat budjeti hisobidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 36-son, 477-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-2007-yillar mobaynida kommunal xo‘jaligi korxonalarini moliyaviy va texnik jihatdan restrukturizatsiya qilish, 2008-yildan boshlab aholiga xizmat ko‘rsatadigan markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minotining o‘zini-o‘zi to‘la qoplashga o‘tishi bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirsin;
(3-bandning ikkinchi xatoboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-yanvardagi PF-3840-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 4-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal xizmatlarning raqobat bozorini shakllantirish, xususiy korxonalarning kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishtirokini kengaytirish, barcha iste’molchilarni energiya va suv hisoblagich asbob-uskunalari bilan jihozlash asosida energiya hamda resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida tizimli chora-tadbirlar bajarilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari respublika aholisiga, birinchi galda kuzgi-qishki davrda, yaxshi turmush sharoitini ta’minlash, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun mablag‘lar to‘liq yig‘ib olinishi va tariflarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek markazlashtirilgan isitish va issiq suv ta’minoti bo‘yicha xizmatlar bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi qoplashga o‘tkazilishi uchun shaxsan javobgar bo‘lishlari to‘g‘risida ogohlantirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to‘g‘risida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-sonli Farmonining 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 23-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3662-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 283-modda; 2007-y., 1-2-son, 4-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 36-son, 477-modda)