09.09.2026 yildagi O‘RQ-1172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 24-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 13-iyunda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi yillarda mamlakatimizda ov qilish va ovchilar tayyorlash tartibini tizimlashtirish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni tatbiq etish, ovchilik xoʻjaliklarida bioxilma-xillikni koʻpaytirish, ov turizmi infratuzilmasini rivojlantirish orqali mahalliy aholini ish bilan taʼminlash, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalari ajratish tartibini aniq belgilash, ov qilishni faqat belgilangan ov qilish joylarida amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, ovchilikka taalluqli hujjatlarni berish jarayonlarini raqamlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ovchilik guvohnomalari va yoʻllanmalarini berish tartibini takomillashtirishga, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni belgilash hamda taqsimlashning ilmiy asoslangan tartibini mustahkamlashga, ov qilishni faqat ovchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan joylarda, shuningdek erkin ov qilish joylarida amalga oshirishni belgilashga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarda hamda oʻrmon fondi yerlarida ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun ovchilik sohasida yagona va shaffof huquqiy mexanizmlarni yaratishga, davlat nazoratini kuchaytirishga, yovvoyi hayvonlar resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 545-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 19-sentabrda qabul qilingan OʻRQ-408-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 273-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 8, 470-modda; 2020-yil, № 7, 447-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 5, 466-modda, № 6, 570-modda; 2023-yil, № 9, 711-modda; 2024-yil, № 8, 831-modda, № 11, 1287-modda; 2025-yil, № 12, 1329-modda) 37-moddasining toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik va (yoki) baliq ovlash xoʻjaligini yuritish tartibi, shuningdek baliq ovlash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-iyulda qabul qilingan “Qurol toʻgʻrisida”gi OʻRQ-550-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 7, 388-modda; 2020-yil, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 466-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2026-yil, № 1, 2-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 11-moddaning sakkizinchi qismidagi “ovchilar jamoat birlashmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 13-modda yettinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “ovchilar jamoat birlashmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 23-moddaning oltinchi qismidagi “ovchilar jamoat birlashmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyulda qabul qilingan “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-627-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 7, 447-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda; 2024-yil, № 1, 7-modda, № 8, 831-modda, № 10, 1073-modda, № 12, 1287-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 3-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ov qilish qoidalari va ov qilish joylarida ov qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 5-moddaning birinchi qismidagi “Haqiqiy” degan soʻz chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ov qilish ovchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan ov qilish joylarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan erkin ov qilish joylarida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 14-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota yovvoyi hayvonlarning koʻp miqdorda tutiladigan turlariga, shuningdek yovvoyi hayvonlarning kamyob va oz sonli turlariga nisbatan belgilanadi. Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri maʼlumotlaridan, yovvoyi hayvonlar sonini hisobga olish va tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish maʼlumotlaridan, respublikadagi mavjud oʻrmon xoʻjaliklaridan hamda shunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan olingan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish maʼlumotlaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi — yettinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi talabnomalar asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasini tayyorlaydi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga doir kvota loyihasi 25-noyabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 25-aprelga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishga doir kvota loyihasi boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar va chop etilgan ilmiy tadqiqotlar asosidagi xulosasini 5-dekabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 5-mayga qadar) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni 10-dekabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 10-mayga qadar) boʻlgan muddatda tasdiqlaydi, kvotani taqsimlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi qoʻmitasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining viloyatlar hamda Toshkent shahar Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmalariga (bundan buyon matnda Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari deb yuritiladi) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir tasdiqlangan kvotalarga muvofiq Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari 20-dekabrga qadar (qoʻshimcha kvota uchun 20-mayga qadar) kvotalarni berilgan talabnomalarga muvofiq taqsimlaydi hamda hayvonot dunyosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarni beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi kvota hamda qoʻshimcha kvota Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) 17-modda ikkinchi qismining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn ikkinchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organiga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn uchinchi xatboshisidagi “9-moddasining ikkinchi qismida” degan soʻzlar “9-moddasining uchinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlariga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻninchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlariga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻrtinchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlariga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn toʻqqizinchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlarining mansabdor shaxslarini” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tizimidagi mansabdor shaxslarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ov qilish mavsumida haftaning ikki kuni — seshanba, chorshanba — Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qushlarni ov qilish uchun yopiqdir. Bundan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosasi inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida ilmiy, tibbiy va nazorat ishlarini amalga oshirish uchun qushlarni tutish hollari hamda ushbu moddaning oltinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sinovdan oʻtkaziladigan har bitta itga toʻgʻri keladigan uch bosh qushni otgan holda, ovchi itlarning baliqchi qushlarga doir dala sinovlarini — 15-martdan 1-mayga qadar va bedanaga doir dala sinovlarini — 1-apreldan 15-mayga qadar oʻtkazishga ruxsat beriladi. Sinovlarni oʻtkazish joylari hamda tartibi Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan kelishuvga koʻra ovchilik xoʻjaliklari tomonidan aniqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik xoʻjaliklari pitomniklarda yovvoyi hayvonlarni toʻliq bosqichda yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan holda oʻzlariga biriktirilgan ov qilish joylariga qoʻyib yuborilgan yovvoyi hayvonlar soniga teng miqdordagi yovvoyi hayvonlarni ularning urchish paytidan tashqari yil davomida ov qilishni tashkil etishi mumkin. Bunda yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma olish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yovvoyi hayvonlarning urchish payti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining xulosasi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻlja olish maqsadida ov qilish ruxsatnomalar asosida yovvoyi hayvonlarning urchish paytidan tashqari, ov mavsumidan qatʼi nazar, haftaning barcha kunlarida amalga oshirilishi mumkin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) 24-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi qismidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlariga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) 27-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlarining” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, ovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus oʻquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan ikki yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasini rasmiylashtirganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida, pensiyadagi va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasining amal qilish muddati talabgorning arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bunda ovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun maxsus oʻquv kurslarida qayta oʻqish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasini berish tartibi va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasining amal qilishi uning amal qilish muddati oʻtganligi munosabati bilan tugagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik guvohnomasining amal qilishini muddatidan oldin tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasi egasining uning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik guvohnomasi egasining vafot etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning ovchilik guvohnomasi egasini belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning ov qilish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan qarori”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organlari” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organiga” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismidagi “ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi hududiy organining” degan soʻzlar “Ekologiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) 31-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik yoʻllanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) yovvoyi hayvonlarni tutishga doir olingan kvotalar asosida beriladi va uning egasiga mavsumiy yoki bir martalik ovni amalga oshirish huquqini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik yoʻllanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) ovchilarga maxsus elektron dastur orqali:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan ov qilish joylarida — ovchilik xoʻjaliklarining egalari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin ov qilish joylarida — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik yoʻllanmasi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) uni olganlik uchun toʻlov kiritilganidan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik yoʻllanmasida (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasida) quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ov qurolini saqlash va olib yurishga doir ruxsatnoma raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqami va berilgan sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xoʻjaligining nomi (ovchilik yoʻllanmasi ovchilik xoʻjaligi tomonidan berilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ov qilishga ruxsat etiladigan hudud;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yovvoyi hayvon turining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tutish uchun ruxsat etilgan yovvoyi hayvonlar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ov qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ov qilish turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik yoʻllanmasining (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasining) narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik yoʻllanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalari) berilganligi uchun toʻlov miqdori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovchilik xoʻjaliklariga biriktirilgan ov qilish joylarida — ovchilik xoʻjaliklarining egalari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
erkin ov qilish joylarida — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik yoʻllanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, muhofaza hamda takror koʻpaytirish tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini ilmiy asoslantirilgan tarzda rejalashtirish va amalga oshirish ovchilik xoʻjaligini yuritishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik xoʻjaligini yuritish huquqi ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijara huquqi asosida ajratish boʻyicha elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi oʻrtasida ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ovchilik xoʻjaliklariga tutash hududdagi ov qilish joylarini biriktirish yuzasidan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolangan kundan eʼtiboran yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlardan hamda oʻrmon fondi yerlaridan 10 gektargacha yer uchastkasi ovchilik bazalari va 100 gektargacha yer uchastkasi pitomniklar barpo etish uchun bitta lot sifatida investitsiyaviy hamda shartnomaviy majburiyatlar belgilangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyaviy va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda — 10 yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi bosqichda — 29 yil muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ikki yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror koʻpaytirish uchastkasi tashkil etilmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ijara huquqi asosida ajratish boʻyicha elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xoʻjaliklariga (ovchilik bazalariga va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun biriktirib beriladi. Bunda elektron onlayn-auksion gʻolibi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun tutash hududdagi ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishdan bosh tortgan taqdirda, elektron onlayn-auksion natijalari bekor qilinadi va yer uchastkalari qayta elektron-onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlardan hamda oʻrmon fondi yerlaridan yer uchastkalarini ajratish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ov qilish joylari yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar bilan kelishuvga koʻra hamda ulardan yerlar olib qoʻyilmagan holda biriktirib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biriktirilgan ov qilish joylaridan foydalanganlik uchun undiriladigan yillik haq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ovchilik xoʻjaliklari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan formatda ishlab chiqilgan va kelishilgan, oʻn yilga moʻljallangan texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari asosida faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik-iqtisodiy asosnoma materiallari va ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnoma ovchilik xoʻjaliklarini yuritishning kompleks tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek ovchilik resurslaridan oqilona, barqaror foydalanishga, ularni muhofaza qilishga, takror koʻpaytirishga hamda biriktirilgan ov qilish joylarining hududini ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatda saqlab turishga qaratilgan joriy va istiqboldagi rejalashtirishni rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish hamda yuritish uchun asosiy normativ-texnik hujjatlardir”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnoma ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali ajratilgan yer uchastkalarining ijara muddatiga mutanosib boʻlgan muddatga tuziladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi shartnomaning namunaviy shakli Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) 36-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) 41-moddaning matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) 1-ilova:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“QUSHLAR” pozitsiyasiga oid Izohning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“UMURTQASIZLAR” pozitsiyasiga oid Izohning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oltinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yettinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) 2-ilovaning izohidagi (havolasidagi) “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 3-moddasi 17-bandining oʻn birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ovchilik xoʻjaliklarini tashkil etish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlardan hamda oʻrmon fondi yerlaridan yer uchastkalarini ajratish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 3-moddasi 1-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ov qilish qoidalarini va ov qilish joylarida ov qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 3-moddasi 13-bandining oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan ovchilik guvohnomasini berish tartibini va ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʻquv kurslarida oʻqitish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Qonun 3-moddasi 16-bandining yigirma birinchi xatboshisida nazarda tutilgan ovchilik yoʻllanmalarini (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalarini) berish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 9-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-1172-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2026-y., 03/26/1172/0917-son)