08.09.2026 yildagi 474-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-270-son qaroriga muvofiq nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishni taʼminlash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtkazish mexanizmini joriy qilish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan oʻtkazish natijalari boʻyicha yakuniy qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtgan sud ekspertiga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish hamda ularni qayta rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 8-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
474-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 474-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, shu jumladan sud-ekspertlik byurolarida faoliyat yuritayotgan sud ekspertlarini davriy attestatsiyadan oʻtkazish, ularning qonunchilik hujjatlarida belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, davriy attestatsiya natijalariga koʻra qaror qabul qilish va qayta attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma — sud ekspertining attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy attestatsiya (keyingi oʻrinlarda — attestatsiya) — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishni taʼminlash maqsadida test sinovlari hamda suhbat shaklida oʻtkaziladigan baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti — shartnoma asosida fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy sud ishlari va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazishga ixtisoslashtirilgan notijorat tashkilot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud eksperti — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotida yoki sud-ekspertlik byurosida faoliyat yurituvchi va maʼlum bir ekspertiza turi yuzasidan sud ekspertizasini oʻtkazuvchi sud eksperti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud eksperti sertifikati — muayyan sud ekspertizasi turi boʻyicha nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertining kasbiy layoqatini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor — nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnomaga ega boʻlmagan yoxud bunday guvohnomasining amal qilish muddati tugayotgan sud eksperti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish ularning oʻz kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, sud ekspertiga qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, shuningdek, ularning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish hamda muntazam ravishda bilim va koʻnikmalarini oshirib borishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sud ekspertlari sifatida oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan oʻtkazilishiga ruxsat berilgan sud ekspertizalari turlarining roʻyxatida koʻrsatilgan sud-ekspertiza mutaxassisligi boʻyicha qayta tayyorgarlikdan oʻtgan hamda sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi har uch yilda bir marotaba attestatsiyadan oʻtishi shart, bundan sud-ekspertlik faoliyatini yigirma yildan ortiq muddatda amalga oshirgan sud ekspertlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Cud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini boshqa tashkilotlar yoki kollegial organlar tomonidan attestatsiyadan oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sud eksperti sifatida lavozimga qabul qilingan shaxslar ishga qabul qilingan kundan boshlab kelgusida bir yoki bir nechta tashkilotlarda faoliyat yuritishidan qatʼi nazar, umumiy sud-ekspertlik faoliyatini yuritganiga uch yil muddat toʻlishidan ikki oy oldin attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud-ekspertlik faoliyatini yigirma yildan ortiq muddat amalga oshirgan sud ekspertlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy taʼtildagi homilador ayollar, shuningdek uch yoshgacha bolasi bor ayol yoki uch yoshgacha boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota (vasiy) hamda oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolani yolgʻiz tarbiyalayotgan ota-ona (ularning oʻrnini bosuvchi shaxs) (ushbu toifadagi xodimlar mazkur imtiyozli davr tugagandan soʻng olti oydan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oydan ortiq vaqt davomida davolanayotgan yoki harbiy xizmatni oʻtayotgan xodimlar (ushbu toifadagi xodimlar xizmat vazifalarini bajarishga kirishganidan soʻng olti oydan keyin attestatsiyadan oʻtkaziladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat tekshiruvi oʻtkazilayotgan yoki bir oygacha boʻlgan muddatda mehnatga layoqatsizlik davrida boʻlgan xodimlar (ushbu toifadagi xodimlar xizmat tekshiruvi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tugaganidan keyin attestatsiyadan umumiy tartibda oʻtkaziladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tegishli muddatlar yoki sud ekspertlarining attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilish muddati tugashidan ikki oy oldin, ushbu Nizomda belgilangan tartibda Komissiyaga murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Sud ekspertlarining hujjatlarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda Komissiyaga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemada belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazish uchun yuborilgan sud ekspertlari malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini, shuningdek huquqiy bilimlarini oshirib borgani toʻgʻrisida belgilangan namunadagi sertifikat olgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ekspertlari malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini, shuningdek huquqiy bilimlarini oshirib borgani toʻgʻrisidagi sertifikat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnoma (birinchi marotaba attestatsiyadan oʻtayotganlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud eksperti sifatida lavozimga qabul qilingani toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirmasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya davlat organlari axborot tizimlarida mavjud hujjat va maʼlumotlarni talabgordan talab qilishga haqli emas hamda ularni idoralararo elektron hamkorlik orqali mustaqil oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar sud ekspertini attestatsiyaga qoʻyishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ekspertlari malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini, shuningdek huquqiy bilimlarini oshirgani toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda yoki hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlganida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyish boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishiga asos boʻlgan kamchiliklar bir oy muddatda bartaraf etilgan taqdirda, sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat takroran koʻrib chiqish uchun yuboriladi. Bunda avval taqdim etilgan va oʻzgarmagan hujjatlarni qayta taqdim etish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Attestatsiyadan oʻtishga qoʻyishning rad etilishi uchun asos boʻlmagan taqdirda, talabgor nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari murojaati kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Attestatsiyani oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida talabgorning ish joyi boʻyicha nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga hamda talabgorning shaxsiy kabineti/elektron manziliga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sabablarga koʻra kelmagan talabgorlar Komissiyaning keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyaga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan talabgorlar boʻyicha ular ishlayotgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi. Attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelinmagan taqdirda, Komissiya taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma berishni rad etish haqida qaror chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiya uning uchdan ikki qismi aʼzolari hozir boʻlganda, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya aʼzosi boʻlgan nodavlat sud eksperti yoki uning xodimi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish masalasi koʻrib chiqilayotgan hollarda, ular Komissiya majlisida qatnashishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor ishlaydigan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining vakili Komissiya majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Komissiya majlisi Komissiya aʼzolarini talabgorlarning hujjatlari bilan tanishtirishdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Attestatsiya Komissiya tomonidan umumiy huquqiy bilimlar va sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha maxsus bilimlar yuzasidan ikki bosqichda — test sinovlari hamda suhbat shaklida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha yigʻilishlari rasmiy veb-sahifalarda real vaqt rejimida translyatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Komissiyaning bitta majlisida bir nechta talabgorlar uchun attestatsiya oʻtkazilganda talabgorlar attestatsiyaga, qoida tariqasida, besh nafargacha talabgordan iborat guruh shakllantirilib, navbat boʻyicha kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor attestatsiyaga shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida yoki zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron identifikatsiyadan oʻtkazilib, uning shaxsiga oid maʼlumotlari tasdiqlangandan soʻng kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Test va suhbat savollari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda, muntazam ravishda yangilab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Test va suhbat savollari talabgor tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, maxsus elektron dastur orqali tasodifiy ravishda tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor tomonidan tasodifiy ravishda tanlangan savollar Komissiya masʼul kotibi tomonidan talabgorga taqdim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Test savollari beshta huquqiy hamda oʻn beshta sud-ekspertlik faoliyatiga oid savollardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suhbat savollari bitta huquqiy, uchta sud-ekspertlik faoliyatiga oid savollar hamda bitta muammoli vaziyat (kazus)lardan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Talabgorlarga test savollarini yechish uchun yigirma daqiqa hamda suhbat savollariga javob berishga tayyorgarlik koʻrishlari uchun oʻn besh daqiqa vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Attestatsiyani oʻtkazish jarayonida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqa va telekommunikatsiya vositalari (telefon, kompyuter, planshet va boshqalar), kitob hamda shpargalkalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya tugamasdan attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgorning mazkur qoidalarga amal qilmasligi uni attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holatda Komissiya kotibi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakldagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va Komissiya aʼzolarining kamida uch nafari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyada qatnashishdan chetlashtirilgan talabgor ikki oy davomida attestatsiyaga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tayyorgarlik koʻrish uchun berilgan vaqt tugagandan soʻng talabgor test javoblarini taqdim qilgan holda, Komissiyaga suhbat savollari boʻyicha javob beradi. Komissiya aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida suhbat savollari doirasida qoʻshimcha savollar berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabgor savollarga javob berib boʻlganidan soʻng uning xonadan chiqishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Test savollarining har bir toʻgʻri javobi ikki ballik tizimda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Attestatsiya natijalarini aniqlash uchun Komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil holda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan shaklda baholash byulletenida talabgorning savollarga bergan javobini 10 ballik hamda kazus javoblarini 20 ballik tizimda baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Komissiyaning har bir aʼzosi talabgorni berilgan savollarga toʻliq va aniq javob berishi, faoliyat sohasi bilan bogʻliq tizimli bilimlarga ega boʻlishi, ulardan oʻz kasb faoliyatida mustaqil foydalanish qobiliyatiga koʻra baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Baholash byulletenida ballarni hamda test natijalarini hisoblab chiqish uchun Komissiya aʼzolari orasidan besh kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan shakldagi yigʻma baholash byulleteniga kiritiladi va Komissiya aʼzolariga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Attestatsiya natijalariga koʻra 55 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor attestatsiyani muvaffaqiyatli topshirgan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Komissiya talabgorning bilimlari va koʻnikmalarini hisobga olib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Komissiyaning qarorlari Komissiyaning majlisda hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan berilgan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Attestatsiya natijalari ball qoʻyish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining attestatsiyadan oʻtgan sud ekspertiga ikki ish kunida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning amal qilish muddati — uch yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar reyestri uning seriya raqami va amal qilish muddati koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan elektron tizim orqali avtomatik ravishda yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari mazkur sud ekspertlarini takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasining qarori bilan talabgorning muayyan ekspertiza turi boʻyicha sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikatining amal qilish muddati toʻxtatib turiladi hamda uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda talabgor attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtmaguniga qadar ushbu Nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun attestatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Sud ekspertlarining attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Komissiya qaroriga koʻra tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ekspertlari unga berilgan sud ekspertlari attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqishda Komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin. Majlis oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida sud ekspertlariga majlis oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishidan oldin sud eksperti ish materiallari bilan tanishish, ulardan nusxa olish, yozma va ogʻzaki tushuntirishlar berish, dalillar taqdim etish hamda vakil yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ekspertlarining Komissiya majlisida qatnashmasligi sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga toʻsqinlik qilmaydi. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida sud ekspertlariga uch kun ichida xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Komissiyaning qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya qarorining ijrosini nazorat qilish Komissiya kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Quyidagilar sud ekspertlarining attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud ekspertlari tomonidan oʻz xizmat majburiyatlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligi, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazilishiga olib kelgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud eksperti vafot etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganda, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudning hukmi bilan aybdor deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganligi holati aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud ekspertining xulosasi boshqa ekspert xulosasidan farq qilishi, protsess ishtirokchisi yoki davlat organi uning xulosasiga rozi emasligi oʻz-oʻzidan guvohnomaning amal qilishini tugatish uchun asos hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalarni qayta rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish sud ekspertlarining familiyasi, ismi yoki otasining ismi oʻzgargan taqdirda, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar sud ekspertlari oʻz faoliyatini ilgari berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Qayta rasmiylashtirishda attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma beriladi, ushbu guvohnomada oldingi guvohnomada koʻrsatilgan amal qilish muddati qayd etilgan boʻlishi kerak. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida oldin berilgan guvohnoma bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma qayta rasmiylashtirilishi uchun attestatsiyadan oʻtish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining yagona hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari hisobga olinishini va ular toʻgʻrisidagi axborotning tizimlashtirilishini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining kadrlar tarkibi, ushbu sud ekspertlari attestatsiyadan oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan sud ekspertlari maʼlumotlari bazasini shakllantiradi va uni markazlashtirilgan tartibda yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari har yili 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sud ekspertlari, shu jumladan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlaridagi mavjud vakant oʻrinlar toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil davomida sud ekspertlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda (boʻshatish yoki tayinlash va boshqalar), nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari oʻn kun muddatda tegishli axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan axborotlar, texnik imkoniyatlar mavjud boʻlgan taqdirda, elektron hujjat shaklida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Sud ekspertlari maʼlumotlari bazasini shakllantirish va yuritishning tartibi, maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun maʼlumotlarni taqdim etish shakli va muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun haq undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari

Sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni yozma yoki elektron shaklda Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasiga taqdim etadi.

Sud-ekspert lavozimiga qabul qilinganiga 3 yil muddat toʻlishidan yoki guvohnoma amal qilish muddati tugashidan 2 oy oldin

2-bosqich

Komissiya

1. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

1. Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida

2. Hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilgan taqdirda, talabgorni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, attestatsiya oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga bildirishnoma yuboradi.

2. Murojaat kelib tushgan kundan 2 oy ichida

(bildirishnoma attestatsiya sanasidan kamida oʻn kun oldin yuboriladi)

3. Hujjatlarda kamchiliklar yoki nomuvofiqliklar asosida talabgorni attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotiga tegishli bildirishnoma yuboradi.

3. Kamchiliklar bartaraf etilgan taqdirda, xat takroran koʻrib chiqish uchun 1 oy muddatda qayta yuboriladi

3-bosqich

Komissiya

Talabgorlarni (guruh shaklida) navbat bilan attestatsiyaga kiritadi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki elektron identifikatsiya orqali shaxsini aniqlaydi.

Komissiya majlisi oʻtkaziladigan kunda

4-bosqich

Komissiya

1. Test sinovini oʻtkazadi.

1. Javob berish uchun 20 daqiqa beriladi.

2. Suhbat oʻtkazadi.

2. Tayyorgarlik uchun 15 daqiqa beriladi, soʻngra suhbat oʻtkaziladi

5-bosqich

Komissiya

1. Komissiya aʼzolari talabgorni baholaydi.

1. Attestatsiya yakunlanganidan soʻng darhol

2. Attestatsiya natijalari asosida yakuniy qaror qabul qiladi va eʼlon qiladi.

2. Ball qoʻyish jarayoni tugashi bilan darhol

6-bosqich

Komissiya,

Adliya vazirligi

Attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi hamda reyestrga kiritadi.

2 ish kun ichida

7-bosqich

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti

1. Attestatsiyadan oʻtmagan sud ekspertini takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qiladi.

Attestatsiyadan kamida 3 oy oʻtgach, 6 oydan kechiktirmay

Komissiya

2. Takroriy attestatsiyadan oʻtganda yoki belgilangan muddatda murojaat qilmaganda, sud ekspertining sertifikati amal qilishini toʻxtatib turadi va ish joyiga xabar beradi.

8-bosqich

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari

Sud ekspertlarining attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Doimiy asosda

(tashkilotlar har yili 1-iyunga qadar maʼlumot taqdim etadi)

9-bosqich

Adliya vazirligi

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlarining hisobini yuritadi, ularning attestatsiyadan oʻtgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi.

Doimiy asosda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud ekspertlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

‎‎_______________________________________________________________________

(Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomi)

 

‎Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining sud ekspertini attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida

GUVOHNOMA

________ № ____________‎

(seriyasi)

______________________________________________________________________ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

Ekspert-malaka komissiyasining 20___-yil “___” ___________dagi qarori

‎‎_______________________________________________________________________

(Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti nomi)

asosida ___________________________________________________ mutaxassisligi

                                                                       (ekspert mutaxassisligi nomi)

boʻyicha ___________________________________ ekspertizasini oʻtkazish boʻyicha

(sud ekspertizasi turi)‎

nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarining sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida berildi.

Komissiya raisi‎

‎‎‎_______________________________________________

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

Komissiya kotibi‎

‎‎‎_______________________________________________

(imzo, familiyasi, ismi, otasining ismi)

M.Oʻ.‎

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2026-y., 09/26/474/0905-son)