12.12.2002 yildagi 437-II-son
Hujjat 11.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Belgilab qo‘yilsinki, ushbu Qonunning 5 va 6-moddalari, shuningdek VI bobi qoidalari harbiy va muqobil xizmatga 2003-yilning aprel oyidan boshlab chaqirilgan fuqarolarga tatbiq etiladi.
3. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga kiritilguniga qadar muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun chaqirilgan harbiy xizmatchilarga, muqobil xizmatni o‘tash uchun chaqirilgan fuqarolarga nisbatan muddatli harbiy va muqobil xizmatni o‘tashning ilgari belgilangan muddatlari saqlab qolinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati (O‘. Sultonov) o‘z qarorlarini “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Harbiy qasamyod to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 348-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda);
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Muqobil xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 11, 434-modda);