Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2006 26.08.1998 yildagi 370-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2006
Hujjat 24.10.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISTEʼMOLChILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh va reklama TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI UChUN MONOPOLIYAGA QARShI FAOLIYATNI AMALGA OShIRUVChI DAVLAT ORGANI TOMONIDAN SOLINADIGAN JARIMALARNI XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARGA QOʻLLASh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni)”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 27-moddasining isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar solishga oid qismini “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 26-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
370-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
26-avgustdagi 370-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Tartib “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasini va “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Tartibning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchiga, ularning idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Tartibning amal qilishi jismoniy shaxslarga nisbatan joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlarini buzganligi uchun yuridik shaxs boʻlmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan jarima undirish maʼmuriy qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi) isteʼmolchi huquqlarining quyidagi buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarishdan boʻyin tovlangan yoki ular oʻz vaqtida bajarilmagan hollarda ishlab chiqaruvchiga, ijrochiga va sotuvchiga:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarlar yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda yoki yaroqlilik muddati oʻtgan holda sotishga qabul qilinganligi va sotilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh yuz baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovarning sotib olinganligini yoki ishning haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning bahosi haqidagi maʼlumot koʻrsatilgan kassa va tovar cheklari hamda boshqa hujjatlar isteʼmolchiga berilmasdan tovarlar sotilganligi yoki xizmatlar koʻrsatilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) toʻgʻrisidagi zarur axborot, tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisidagi axborot mavjud emasligi, shuningdek tovarni almashtirish tartibi va shartlari bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yetmish baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisida ishonchli boʻlmagan yoki yetarlicha toʻliq boʻlmagan axborot berilganligi, kafolat muddati belgilanadigan tovarlar kafolat majburiyatlarisiz sotilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan Tovarlarning ayrim turlarini sotish (xizmatlar koʻrsatish) tartibi talablari buzilishining boshqa hollari uchun eng kam oylik ish haqining ellik baravari miqdorida jarima solishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi (Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganliklari uchun reklama beruvchilarga, reklama tayyorlovchilarga va uni tarqatuvchilarga:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) notoʻgʻri reklama, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilinmaganligi va aksilreklama berish rad etilganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdoridan besh yuz baravari miqdorigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasida koʻrsatib oʻtilgan davlat organlariga reklamaga tegishli maʼlumotlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining qirq baravari miqdoridan ellik baravari miqdorigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozma koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun eng kam oylik ish haqining yuz baravari miqdorigacha jarima solishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida, shuningdek, 4-bandi “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda jarimalar monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari tomonidan mustaqil ravishda solinadi, mazkur Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida va 4-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda esa Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda solinadi.
(4-band 5-band deb hisoblanib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-martdagi 123-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Gerbli muhr bilan tasdiqlangan va monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi organ rahbarining vizasi qoʻyilgan hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan, ishlab chiqaruvchi, ijrochi, sotuvchini tekshirish uchun berilgan bir martalik guvohnoma asosida amalga oshirilgan tekshirishning raqamli dalolatnomasi jarima solish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organining mansabdor shaxsi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishni koʻrib chiqadi va qaror chiqaradi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaror chiqarilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektni tekshirish dalolatnomasining tartib raqami va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi meʼyoriy hujjatga havola;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jarimaning aniq miqdori, shikoyat qilish tartibi, toʻlov muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaror yozma shaklda chiqariladi va ushbu qarorni qabul qilgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) solingan jarimalar soʻzsiz tartibda undirib olinadi,
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Tartibning 3-bandida nazarda tutilgan isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) solinadigan jarimalar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus budjetdan tashqari schyotida Narxlarni boshqarish jamgʻarmasida jamlanadi va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi xoʻjalik yurituvchi subyektga jarimani boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish huquqiga egadir, basharti jarima solish toʻgʻrisidagi qarorni darhol bajarish uning bankrot boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mansabdor shaxslarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jarima toʻlash xoʻjalik yurituvchi subyektlarni ular tomonidan yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq toʻldirilishidan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqaruvchilar (ijrochilar, sotuvchilar) monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi qarorlarini toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza berilishi isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima solish haqidagi qarorlar ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi, basharti koʻrsatib oʻtilgan qarorning bajarilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida sud tomonidan ajrim chiqarilmagan boʻlsa.