18.08.2026 yildagi 447-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2026-yil 3-avgustdagi PQ-288-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaz (keyingi oʻrinlarda — Markaz)lariga joylashtirish muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning bevosita murojaati asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar Markazga qabul qilishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosa asosida joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga joylashtirilgan shaxslar dastlab yetti kalendar kun ichida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs sifatida eʼtirof etiladi hamda ularning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojlari baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar ijtimoiy xodimlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash razryadlari, ish haqi miqdorlari hamda faoliyatining samaradorligini baholash natijalari boʻyicha toʻlanadigan mukofot miqdorlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-oktabrdan tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar davlat taʼminotidagi hamda nomida mol-mulki boʻlmagan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan oilalarga ustuvor ravishda ijara asosida beriladi. Bunda munitsipal uy-joy fondidagi uylarning ijara haqi har yil uchun tasdiqlanadigan mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalarining 50 foizidan oshmagan miqdorda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga boʻlmagan shaxslarga tuman (shahar), hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida ambulator yoki rejali statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilishi Markaz joylashgan aholiga xizmat koʻrsatuvchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ushbu tibbiy xizmatlar Markaz boshligʻining shaxsni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qarori hamda “YAMIH” ATdagi identifikatsiya raqami asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining Markazlarni qurilish-taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshirish boʻyicha quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlarini — Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish-taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlash xarajatlarini — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan shakllangan mablagʻlari, tegishli mahalliy budjetlarda yetarlicha mablagʻlar shakllanmagan taqdirda, mahalliy hokimliklarning soʻrovlariga asosan Agentlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2026-yil 1-sentabrga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarning nizomlari hamda ichki tartib-qoidalarini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar ijtimoiy xodimlarining faoliyat samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqsin va Agentlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlarning ijtimoiy xodimlari ish faoliyati uchun zarur boʻlgan zamonaviy kompyuter hamda Internet aloqasi bilan taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazlar binolariga qoʻyilgan minimal talablarni Agentlik bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Agentlik bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-sentabrga qadar Markazlarni malakali, yuqori kasbiy kompetensiyaga ega boʻlgan mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 1-oktabrga qadar Markazlar rahbarlari va barcha xodimlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazlarga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha malakasini oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2027-yil 1-iyulga qadar barcha Markazlarni sanitariya hamda qurilish norma va qoidalariga hamda Markazlar binolariga qoʻyilgan minimal talablarga muvofiq rekonstruksiya qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Markazlar joylashgan hududdagi tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarini muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari mavjud emasligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazish va tegishli xulosa berish uchun biriktirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agentlik Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilgan holda, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga joylashtirish, ularni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb eʼtirof etish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida alohida axborot moduli ishga tushirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 18-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
447-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 447-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Reglament muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Reglament doirasida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deganda doimiy yoki vaqtincha yashash joyiga ega boʻlmagan, yashash uchun moʻljallanmagan bino va inshootlarda (baraklar, omborxonalar, koʻp kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylari va boshqalarda) yoxud jamoat joylarida (xiyobonlar, bogʻlar, vokzallar va shu kabi joylarda) yashaydigan shaxs tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga qabul qilish, soʻrovnoma toʻldirish, joylashtirish, roʻyxatga olish, individual ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish rejasi (keyingi oʻrinlarda — individual reja)ni tasdiqlash hamda ijtimoiy xizmat va yordamlarni koʻrsatish “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “YAMIH” AT)da amalga oshiriladi. Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazi) tomonidan Markazlarning faoliyati muvofiqlashtiriladi hamda ularga uslubiy yordam koʻrsatib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga qabul qilishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsning qadr-qimmatini hurmat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga ixtiyoriylik asosida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamsitmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxfiylik va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfsizlik va favqulodda holatlarda tezkor yoʻnaltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy xizmatlarni kompleks tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash, Markazga joylashtirish va ularga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga joylashtirish va chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan koʻcha, vokzal, bozor, yer osti yoʻlaklari, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs joylashish uchun Markazga bevosita murojaat qiladi. Bunda voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari mavjud boʻlsa, ular ushbu shaxs bilan birgalikda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tibbiyot muassasasi) tomonidan ular olib kelingan vaqtda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Mazkur tibbiy koʻrikda shaxsda Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari hamda yuqumli kasalliklar mavjud boʻlmagan taqdirda Markazga qabul qilinadi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shoshilinch va tez tibbiy yordamga muhtoj shaxsga tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilib, tibbiy koʻrsatmaga asosan yuqumli kasalliklari mavjudligi boʻyicha koʻrik va tekshiruvdan oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxs shoshilinch va tez tibbiy yordamga muhtoj boʻlmagan taqdirda tibbiyot muassasasiga Markaz yoʻllanmasiga asosan boradi hamda tibbiy koʻrsatmaga asosan yuqumli kasalliklari mavjudligi boʻyicha koʻrik va tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tibbiyot muassasasi tomonidan tibbiy koʻrik natijasiga koʻra muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsda mastlik holati yoki psixoaktiv moddalar taʼsirida mast holatda ekanligi, ruhiy holati buzilishi, shuningdek, yuqumli kasalliklariga gumon boʻlgan taqdirda, tegishliligi boʻyicha belgilangan tartibda ixtisoslashgan tibbiyot muassasasiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs ushbu bandda koʻzda tutilgan muassasalardan chiqarilgandan soʻng muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning roziligi asosida Markazga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar Markazga kecha-kunduz qabul qilinadi. Bunda Markazga faqat bir kechaga tunash uchun kelgan shaxslar har kuni soat 17-00 dan boshlab qabul qilinadi va qabul qilingan kundan keyingi kun soat 08-00 da Markazdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi tibbiy holatlar aniqlanmaganda, Markazning ijtimoiy xodimi yoki Markaz navbatchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (shaxsning yuzini biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi (Face-ID), daktiloskopiya va boshqalar) yoki fuqaroning biometrik pasporti yoxud ID-kartasi orqali uning shaxsini aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni Markazda yashash shartlari, xizmatlar, ularning huquq va majburiyatlari bilan tanishtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni “YAMIH” ATda roʻyxatga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs ishtirokida ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma)ni toʻldiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni Markazga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi va soʻrovnomada avtomatik ravishda shakllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs va uning toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi darajadagi qarindoshlari va eri (xotini)ning shaxsiga doir maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga nogironlik belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga tayinlangan pensiya, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning mehnat faoliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsga mulk huquqi, ijara yoki boshqa huquq asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning doimiy va vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning sogʻligiga oid maʼlumotlar, shu jumladan ruhiy kasalliklar va narkologiya dispanserida roʻyxatda turishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni boʻlmagan taqdirda, soʻrovnoma uning soʻzlariga asosan toʻldiriladi va soʻrovnomada bu haqida yozuv qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan soʻrovnomani toʻldirish uchun maʼlumotlarning taqdim etilishi, uning Markazga joylashtirish, Markazning ichki tartib-qoidalariga amal qilish hamda unga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida uning shaxsiga doir maʼlumotlaridan foydalanishga roziligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Soʻrovnoma shakllantirilganidan soʻng muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs Markazga yetti kunga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markazga bir kechaga tunash uchun qabul qilingan shaxslar “YAMIH” ATda roʻyxatdan oʻtkazish orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs quyidagi barcha talablarga bir vaqtning oʻzida javob bergan taqdirda, u Markazga joylashtirilgandan boshlab olti kun ichida Markazning ijtimoiy xodimi “YAMIH” ATda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisidagi xulosa shakllantiradi va ushbu Reglamentning 19-bandidagi qarorlardan birini qabul qilish uchun Markaz boshligʻiga yoʻnaltiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk huquqi, ijara yoki boshqa huquq asosida koʻchmas mulki mavjud boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi darajadagi qarindoshlari yoki eri (xotini)ga tegishli boʻlgan yashash joyda doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash uchun moʻljallanmagan bino yoki inshootlarda (baraklar, omborxonalar, koʻp qavatli uylarning umumiy foydalanish joylari va boshqalar) yoki jamoat joylarida (xiyobonlar, bogʻlar, vokzallar va shu kabi joylar) yashayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda ushbu shaxs mazkur band talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligidan qatʼi nazar, muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisida xulosa shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning yashash uchun moʻljallanmagan bino yoki inshootlarda, jamoat joylarida yashayotganligi uning soʻrovnomadagi koʻrsatmasiga asosan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsda mulk huquqi, ijara yoki boshqa huquq asosida koʻchmas mulki mavjudligi yoxud uning toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi darajadagi qarindoshlari yoki eri (xotini)ga tegishli boʻlgan yashash joyda doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganligi aniqlangan taqdirda olti kun ichida Markaz tomonidan shaxsni yashash joyiga qaytarish choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Markaz boshligʻi bir ish kuni ichida “YAMIH” ATda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi hamda “Inson” markaziga yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topish toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topishni rad etish toʻgʻrisida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi ushbu shaxsga tegishli qaror qilingan kundan boshlab qoʻshimcha ikki oy davomida Markazda qolish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Quyidagi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning Markazda qolish muddati Markaz boshligʻining iltimosnomasiga asosan qabul qilingan “Inson” markazi direktorining qaroriga koʻra qoʻshimcha olti oyga uzaytirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsi tasdiqlanmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshga doir pensiya yoshidagi shaxslar va I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi muassasalar va xizmatlarga yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi yashash joyga joylashtirish imkoniyati boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur Reglamentning 20-bandida nazarda tutilgan Markazda qolish muddati tugashidan kamida uch ish kuni oldin Markaz boshligʻi “Inson” markaziga ushbu muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. “Inson” markazi direktori Markaz boshligʻining iltimosnomasiga asosan uch ish kuni ichida quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Markazda qolish muddatini uzaytirish haqida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Markazda qolish muddatini uzaytirishni rad etish haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Markazda qolish muddatini uzaytirish haqida qaror qabul qilingan taqdirda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning Markazda qolish muddati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Markazga ikki va olti oyga qadar joylashtirilgan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar quyidagi holatlarda Markazdan chiqariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazdan chiqish toʻgʻrisidagi arizaga asosan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs ushbu Reglamentning 29-bandiga asosan ijtimoiy muassasalarga, tuman (shahar) hokimliklari balansidagi munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi yashash joyga joylashtirilganda yoki yashash joyiga qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs Markazda boʻlish davrida ketma-ket uch kun Markazga kelmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs vafot etganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni ushbu bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asosga koʻra Markazdan chiqarish Markaz boshligʻining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Reglamentning 24-bandiga asosan Markazdan chiqarilgan shaxslar bir kecha tunash huquqidan foydalanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Markaz boshligʻi ushbu Reglamentning 19-bandiga muvofiq muayyan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish bilan bir paytda “YAMIH” ATda ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq individual rejani tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual reja unga kiritilgan ijtimoiy xizmatlarning ijrosini taʼminlash maqsadida “YAMIH” AT orqali unda belgilangan vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimiga avtomatik tarzda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik va idoralar individual rejada belgilangan xizmatlar ijrosini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlaydi va tasdiqlovchi maʼlumotlarni tegishli axborot tizimlari orqali “YAMIH” ATga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Markazning ijtimoiy xodimi individual rejada belgilangan har bir ijtimoiy xizmat koʻrsatilgani toʻgʻrisidagi axborotni, uni tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan birgalikda xizmat koʻrsatilgandan soʻng shu kunning oʻzida “YAMIH” ATga kiritib boradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Individual rejalarning ijrosi Markazning ijtimoiy xodimi tomonidan doimiy ravishda, biroq bir oyda kamida bir marotaba, unga kiritilgan ijtimoiy xizmatlar belgilangan muddatlarda koʻrsatilayotganligi oʻrganib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Individual rejaga yangi ijtimoiy xizmat kiritish yoki undan mavjud ijtimoiy xizmatni chiqarish zarurati yuzaga kelganda, unga Markaz boshligʻi tomonidan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Markazning ijtimoiy xodimi tomonidan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga joylashtirilgan kundan boshlab ikki oy ichida belgilangan tartibda quyidagi muassasalarga yoʻnaltirish choralari koʻriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan yoki odam savdosidan jabrlanganlar deb tan olingan shaxslar va ularning voyaga etmagan farzandlari (agar mavjud boʻlsa) — Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga yoki Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga etmagan farzandlari (agar mavjud boʻlsa) — Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh bolali ayollar — “Ona uyi” ijtimoiy markazlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz yashovchi I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ruhiy holati buzilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — “Gʻamxoʻrlik” markazlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensiya yoshidagi va I yoki II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar — tuman (shahar) hokimliklari tasarrufidagi munitsipal yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joyga joylashtirish choralari koʻriladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar, ularning ehtiyojiga koʻra boshqa ijtimoiy muassalarga joylashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi darajadagi qarindoshlari yoki eri (xotini)ga tegishli boʻlgan yashash joyiga doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish choralari koʻriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashash joyi yoki qarindoshlari aniqlangan shaxslar yashash joyiga yoki qarindoshlarining yashash joyiga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mehnatga layoqatli ishsiz va band boʻlmagan shaxslar ularning xohishi, kasbiy malakasi, mehnat qobiliyati va sogʻligʻi holatidan kelib chiqib, ishsiz shaxs sifatida eʼtirof etish, kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish, shuningdek, maqbul ishga joylashtirish choralarini koʻrish uchun tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Markaz joylashgan yoki kelgusida yashashi rejalashtirilgan mahalladagi hokim yordamchisi shaxsga mos boʻsh ish oʻrinlarini aniqlash, ish beruvchilar bilan muloqot oʻrnatish va ishga joylashtirish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga tuman (shahar), hududiy va respublika darajasidagi tibbiyot muassasalarida ambulator yoki rejali statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilishi Markaz joylashgan aholiga xizmat koʻrsatuvchi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda ushbu tibbiy xizmatlar Markaz boshligʻining shaxsni muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qarori hamda “YAMIH” ATdagi identifikatsiya raqami asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ijtimoiy xizmatlardan foydalangan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning ijtimoiylashuv holati monitoringi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazdan chiqarilgan hamda oilaga qaytarilgan yoki ijara asosida uy-joyga chiqqan shaxslarga nisbatan ushbu hududdagi mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazdan ushbu Reglamentning 29-bandiga asosan tegishli ijtimoiy muassasaga yoʻnaltirilgan shaxslarga nisbatan Markazning ijtimoiy xodimi tomonidan olti oy davomida bir oyda kamida bir marotaba amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring tadbirlarini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Agentlik tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Monitoring davrida muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarning qayta boshpanasiz boʻlib qolish xavflari hamda ularning qoʻshimcha ijtimoiy xizmat va yordamga muhtojligi oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlar mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim va Markazdagi ijtimoiy xodimlar tomonidan “YAMIH” ATga kiritib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisida elektron shaklda avtomatlashtirilgan tarzda olingan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining “Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq himoyalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. “YAMIH” ATda ishlashga ruxsat berilgan tashkilot va idoralar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlari va vakolatli organlar qarorlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari Markaz va “Inson” markazi xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari ushbu Reglament talablariga rioya qilinishi ustidan doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ushbu Reglament talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni aniqlash, Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish va ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

 

1-bosqich

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs (keyingi oʻrinlarda — shaxs)

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ga joylashish uchun murojaat qiladi.

Zaruratga koʻra

 

2-bosqich

Tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul boʻlimlari

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari mavjud emasligi yuzasidan koʻrikdan oʻtkazadi va xulosa beradi.

Shu kunning oʻzida

 

3-bosqich

Markaz ijtimoiy xodimi / Markaz navbatchisi

1. Shaxsni roʻyxatga oladi.

2. Soʻrovnomani rasmiylashtiradi.

3. Shaxsni Markazga joylashtiradi.

Bir ish kunida

 

4-bosqich

Markaz ijtimoiy xodimi

Shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisidagi  xulosani rasmiylashtiradi.

Olti kun ichida

 

5-bosqich

Markaz boshligʻi

Shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish yoki muayyan yashash joyiga ega emas deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va individual rejani tasdiqlaydi.

Bir ish kunida

 

6-bosqich

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” AT

Individual rejani unga kiritilgan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish uchun masʼul vazirlik va idoralarga yuboradi.

Avtomatik tarzda

 

7-bosqich

Markaz boshligʻi

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga tegishli shaxsning Markazda qolish muddatini olti oyga uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritadi.

Shaxsning Markazda qolish muddati tugashidan uch ish kun oldin

 

8-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi

Shaxsning Markazda qolish muddatini olti oyga uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Uch ish kunida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha
SOʻROVNOMA

Soʻrovnoma oʻtkazilgan sana: 20___ yil “__”________

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirishga roziligi: □ roziman □ rozi emasman.

T/r

Savollar

Javob

Taklif etiladigan xizmat

1-boʻlim. Umumiy maʼlumotlar

1.

F.I.O.

 —

2.

Tugʻilgan yili va sanasi

 —

3.

Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami

Yoʻqotilgan

Hujjatini tiklash

Mavjud emas

Shaxsini aniqlash

Seriyasi: ___ raqami: ____________

 —

4.

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

Maʼlum

 —

Maʼlum emas

Shaxsini aniqlash

2-boʻlim. Yashash holati

5.

Oʻzingizga tegishli uy-joy bormi?

Ha

Oilaga qaytarish

Yoʻq

Boshpana bilan taʼminlash Ijtimoiy uylarga joylashtirish/navbatga qoʻyish

6.

Markazga kelgunga qadar qaysi joyda yashagansiz?

Koʻchada

Boshpana bilan taʼminlash

Vokzal/jamoat joyida

Vaqtincha boshpanada

7.

Qancha vaqtdan beri boshpanasiz yashaysiz?

3 oydan kam

Oilaga qaytarish

3 — 6 oy

Boshpana bilan taʼminlash

6 oydan koʻp

Ijtimoiy uylarga joylashtirish/navbatga qoʻyish

8.

Yashash joyi boʻyicha doimiy roʻyxatdan oʻtkazilganmi?

Ha

Oilaga qaytarish

Yoʻq

Boshpana bilan taʼminlash

Ijtimoiy uylarga joylashtirish/navbatga qoʻyish

3-boʻlim. Qarindoshlar va ijtimoiy aloqalar

9.

Yaqin qarindoshlar mavjudmi?

Ha

Oilaga qaytarish

Yoʻq

 —

10.

Ular bilan aloqalaringiz saqlanib qolganmi?

Saqlanib qolgan

Oilaga qaytarish

Saqlanmagan

 —

11.

Qarindoshlar Sizni qabul qiladimi?

Ha

Oilaga qaytarish

Yoʻq

 —

Nomaʼlum

 —

4-boʻlim. Sogʻliq holati

12.

Sogʻliq holatingiz

Qoniqarli

 —

Yomon

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish

Ogʻir

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish

13.

Nogironlik bormi?

I guruh

 —

II guruh

 —

III guruh

 —

Yoʻq — nogironlik belgilashga ehtiyoj yoʻq

 —

Yoʻq — nogironlik belgilashga ehtiyoj bor

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish,
Nogironlik belgilash

14.

Ruhiy holatingiz qanday?

Normal

 —

Muammo bor

Psixologik yordam

15.

Oʻzingizga zarar yetkazishni oʻyladingizmi?

Ha

Psixologik yordam

Yoʻq

 —

16.

Spirtli ichimlik/ psixotrop moddalar isteʼmol qilasizmi?

Ha

Narkologik dispanserga yoʻnaltirish

Yoʻq

 —

17.

Spirtli ichimlik/psixotrop moddalar isteʼmoli hayotingizga taʼsir qilmoqdami?

Taʼsir qilmaydi

 —

Qisman taʼsir qiladi

Psixologik yordam

Taʼsir qiladi

Psixologik yordam

5-boʻlim. Bandlik va daromad

18.

Mehnatga layoqatliligi?

Mehnatga layoqatli

Ishga joylashtirishga koʻmaklashish / yoʻnaltirish

Mehnatga layoqatsiz

Tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, Nogironlik belgilash

19.

Hozir ishingiz bormi?

Bor

 —

Yoʻq

Ishga joylashtirishga koʻmaklashish / yoʻnaltirish

20.

Daromad manbaingiz bormi?

Bor

 —

Yoʻq

Nafaqa / moddiy yordam tayinlashga koʻmaklashish

21.

Kasb-hunaringiz bormi?

Bor

 —

Yoʻq

Kasbga oʻqitish

6-boʻlim. Ijtimoiy holat va xavf omillari

22.

Tazyiq va zoʻravonlikka uchraganmisiz?

Ha

Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlariga yoʻnaltirish

Yoʻq

 —

23.

Odam savdosi bilan bogʻliq holatga uchraganmisiz?

Ha

Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga yoki Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlariga yoʻnaltirish

Yoʻq

 —

24.

Yosh bolalaringiz bormi?

Bor

“Ona uyi” markaziga yoʻnaltirish

Yoʻq

 —

25.

Oʻzingizga oʻzingiz xizmat qila olasizmi?

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj emasmisiz?

Muhtoj

Oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash

Muhtoj emas

 —

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining hududiy markazlariga hamda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markaziga yoki Ayollar va bolalarni reabilitatsiya qilish respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand va Fargʻona viloyati hududiy markazlariga yoʻnaltirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda mazkur soʻrovnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisida
XULOSA

Sana: 20__ yil _______________ 

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsning F.I.O.
__________________________________________________________________

Tugʻilgan sanasi
__________________________________________________________________

Manzili (viloyat, shahar (tuman)) va telefoni (agar mavjud boʻlsa)
__________________________________________________________________

Nogironlik guruhi (agar mavjud boʻlsa)
__________________________________________________________________

Ijtimoiy holatini baholash

Xulosa

I. Ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlanganligi

II. Huquqiy jihatdan himoyalanganligi

III. Moddiy va moliyaviy holati

IV. Qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan aloqalari

Xulosa: __________________________________________________________________
 

Ijtimoiy xodim

_______________
(imzo)

______________________
(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

“TASDIQLAYMAN”

______________________________

Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazi boshligʻi

______________________________

 (F.I.O.)

20 ___ yil “___” ____________

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs uchun
INDIVIDUAL IJTIMOIY XIZMATLAR REJASI

Tadbirlar mazmuni

Masʼul ijrochilar

Amalga oshirish muddati

Natija

Monitoring
natijasi

I. Ijtimoiy muhofaza choralari bilan taʼminlash tadbirlari

 

II. Huquqiy muhofaza qilish tadbirlari

III. Qarindoshlar, doʻstlar va boshqa shaxslar bilan aloqalarni tiklash tadbirlari

 

 

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

________________ VILOYATI
VAQTINCHALIK BOSHPANA
VA IJTIMOIY TIKLANISH
MARKAZI

20__ yil ___ _______dagi  _____- son

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs

toifasini belgilash haqida

      Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ______dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan hamda shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisidagi 20__ yil “__” ______dagi xulosasiga muvofiq,

QAROR QILAMAN:

__________________ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb eʼtirof etilsin va individual ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz boshligʻi

________________

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

________________ VILOYATI
VAQTINCHALIK BOSHPANA
VA IJTIMOIY TIKLANISH
MARKAZI

20__ yil ___ _______dagi  _____- son

Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs toifasini
belgilashni rad etish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20__ yil “___” ______dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan hamda shaxsni muayyan yashash joyiga ega emas deb topish toʻgʻrisidagi 20__ yil “__” ______dagi xulosasiga muvofiq,

QAROR QILAMAN:

1. ____________________ muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb eʼtirof etishda rad etilsin.

2. Fuqaro __________________ga mazkur qaror nusxasi yetkazilishi taʼminlansin.

Markaz boshligʻi

________________

(F.I.O.)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-avgustdagi 447-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi nizomning 151-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari klassifikatori 2-bobining 11-pozitsiyasi “Ogʻir (qiyin) hayotiy vaziyatni keltirib chiqaradigan holatlarning qisqacha tavsifi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Doimiy yoki vaqtincha yashash joyi boʻlmagan va yashash uchun moʻljallanmagan bino yoki inshootlarda (baraklar, omborxonalar, koʻp qavatli uylarning umumiy foydalanish joylari va boshqalar) yoxud jamoat joylarida (xiyobonlar, bogʻlar, vokzallar va shu kabi joylar) yashovchi shaxs”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari “aholi toifalariga” soʻzlardan keyin “hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxs deb topilgan shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali elektron axborot tizimiga yuboriladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 11-band “oilalarning aʼzolari” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2026-y., 09/26/447/0855-son)