Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 4-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 8-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2026-yil 8-avgustda maʼqullangan
Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida erishilgan xalqaro kelishuv bitimlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (Nyu-York, 2018-yil 20-dekabr) quyidagi qoʻshimcha shartlar bilan qoʻshilinsin:
1) ushbu Konvensiya 8-moddasi 1-bandining “a” kichik bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyani taraflaridan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan yoki har qanday hukumat muassasasi yoxud hukumat muassasasi nomidan harakat qiluvchi har qanday shaxs boʻlgan kelishuv bitimlariga nisbatan tatbiq etmaydi;
2) ushbu Konvensiya 8-moddasi 1-bandining “b” kichik bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyani faqat, agar kelishuv bitimining taraflari mazkur Konvensiyani oʻz oʻrtalaridagi munosabatlarga nisbatan qoʻllashga kelishib olgan boʻlsa, tatbiq etadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 14-avgust,
OʻRQ-1167-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1167/0844-son)