Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 11-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 8-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2026-yil 8-avgustda maʼqullangan
Mamlakatimizda tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, arxiv ishi sohasini zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish hamda mazkur sohaga raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga arxiv ishi sohasidagi huquqiy munosabatlarni aniqlashtirish, shuningdek faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirishini yengillashtirish lozim.
Mazkur Qonun bilan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga arxiv ishi sohasidagi vakolatli davlat organlarining vakolatlarini, nodavlat arxivlarni va elektron arxivlarni tashkil etishga doir qoidalarni hamda arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlarini aniqlashtiruvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qoʻshimcha bilan toʻldirilib, tadbirkorlik subyektlariga amalga oshirilishi uchun litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan uch oy muddat davomida shugʻullanish imkoniyati yaratilmoqda.
Ushbu Qonun fuqarolarni tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb etishga, arxiv ishining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 8, 469-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 199-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 970-modda; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 5, 316-modda; 2024-yil, № 2, 105-modda; 2025-yil, № 4, 515-modda, № 10, 1153-modda) 69-moddasining uchinchi qismidagi “bolaga ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga koʻra boboning ismi boʻyicha familiya” degan soʻzlar “bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy anʼanalarga koʻra boboning ismi boʻyicha familiya” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-iyunda qabul qilingan “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-252-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 6, 233-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2023-yil, № 11, 923-modda; 2025-yil, № 2, 1025-modda, № 12, 1329-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 3-modda:
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“arxiv — arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxs boʻlmagan alohida boʻlinma”;
oltinchi xatboshisidagi “kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari” degan soʻzlar “kinohujjatlar, fotohujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“arxiv hujjatining elektron nusxasi — arxiv hujjatining asl nusxasini raqamlashtirish orqali undagi axborotni oʻqish yoki koʻrish (eshitish) imkonini beruvchi koʻchirma nusxasi”;
sakkizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha toʻqqizinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “yuridik shaxsning” degan soʻzlar “yuridik shaxsning oʻz faoliyati davomida shakllangan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“elektron arxiv — arxivning va idoraviy arxivning arxiv ishi faoliyatini elektron shaklda amalga oshirishga qaratilgan texnik vositalar tizimi”;
2) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida” degan soʻzlar “Davlat hokimiyati organlarida, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 6-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“arxiv hujjatlari davlat arxivlariga topshirilishi lozim boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar roʻyxatini tuzish tartibini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini kirib koʻrish tartibi va shartlarini belgilaydi”;
oʻn ikkinchi xatboshisi oʻn toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) quyidagi mazmundagi 61-modda bilan toʻldirilsin:
“61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
arxiv ishi sohasini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va davlat arxiviga topshirish tartibini belgilaydi;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda koʻrsatiladigan xizmatlar nomenklaturasini tuzish hamda tasdiqlash tartibini belgilaydi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni axborot-kutubxona muassasalariga va davlat arxivlariga taqdim etish tartibini belgilaydi;
davlat hokimiyati organlari hamda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan axborot-kutubxona muassasalariga va davlat arxivlariga taqdim etilgan hujjatlar bilan ishlash tartibini belgilaydi;
arxiv hujjatlarini alohida qimmatli hujjatlar va noyob hujjatlar sirasiga kiritish tartibini, shuningdek ularning sugʻurta nusxalarini tayyorlash hamda saqlash tartibini belgilaydi;
hujjatlarning saqlash muddatlari koʻrsatilgan namunaviy roʻyxatini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
5) 7-modda birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “amalga oshiradi” degan soʻzlar “amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga koʻmaklashadi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“davlat mulki boʻlgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi koʻchirma nusxalarini, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini yoki ularning oʻrnini bosuvchi koʻchirma nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha olib chiqishga ruxsat beradi;
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;
davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan sohaviy roʻyxatlarini kelishadi”;
6) 8-modda birinchi qismining:
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
7) 11-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari faqat yoʻqolgan yoki yemirilgan hollarda Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibidan chiqarilishi mumkin.
Yoʻqolgan arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibidan chiqarish tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yoki sudning qarori olinganidan keyin amalga oshiriladi.
“Oʻzarxiv” agentligi arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondi tarkibidan chiqarish yoki chiqarmaslik toʻgʻrisida “Oʻzarxiv” agentligining Markaziy ekspert tekshiruv komissiyasi xulosasiga asosan qaror qabul qiladi.
Arxiv hujjatlarini Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismi tarkibiga oʻtkazish yoki undan chiqarish “Oʻzarxiv” agentligining organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar bilan birgalikda hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi”;
8) 12-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Davlat va nodavlat arxivlari, davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari roʻyxatiga kiritilgan tashkilotlar hamda Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi tashkilotlar Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan, vaqtincha saqlovda boʻlgan oʻz arxiv fondlari, shuningdek idoraviy arxivlarning arxiv fondlari va ularning jamlash manbalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzarxiv” agentligiga hamda uning tegishli organlari va muassasalariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart”;
9) 15-modda birinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur hujjatlar yoʻqolgan yoki yemirilgan hollarda, ular ushbu Qonunning 11-moddasida belgilangan tartibda Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibidan chiqariladi”;
10) 19-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlarida hamda davlat ishtirokidagi korxonalarda, shu jumladan, agar amaliy jihatdan ehtiyoj mavjud boʻlsa, ularga bevosita boʻysunadigan alohida boʻlinmalarda, filiallarda arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda idoraviy arxivlar tashkil etiladi.
Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda idoraviy arxivlar tashkil etishi mumkin.
Idoraviy arxiv yuridik shaxsning qaroriga koʻra tarkibiy boʻlinma sifatida tashkil etiladi.
Idoraviy arxiv arxiv hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanish talablariga javob beradigan moddiy-texnika bazasi, shu jumladan saqlovxonalar (binolar), zarur jihozlar, muhofaza vositalari hamda yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlanadi.
Idoraviy arxiv “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi nizom asosida faoliyat yuritadi.
Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
11) 4-bob quyidagi mazmundagi 191 va 192-moddalar bilan toʻldirilsin:
“191-modda. Nodavlat arxivlarni tashkil etish
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli boʻlmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki boʻlmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkin.
Nodavlat arxivlar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar tomonidan vakolatli organlarni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
Nodavlat arxivlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tuzilishi mumkin emas.
Nodavlat arxivlar arxiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish talablariga rioya etishi, shuningdek Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish faoliyati bilan shugʻullanmasligi kerak.
Nodavlat arxivlar quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida pulli xizmatlar koʻrsatish;
arxiv hujjatlarini tartibga keltirish huquqini beruvchi Kasbiy kompetentlik toʻgʻrisidagi guvohnomani olish uchun belgilangan tartibda murojaat qilish;
oʻz faoliyatini amalga oshirish davomida “Oʻzarxiv” agentligi bilan hamkorlik qilish.
Nodavlat arxivlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Nodavlat arxivlar tugatilayotganda arxivning mulkdorlari (muassislari) tomonidan mazkur arxivning arxiv fondlari tegishincha boshqa arxivlarga yoki arxiv hujjatlarining egalariga belgilangan tartibda topshirilishi shart.
192-modda. Elektron arxivni tashkil etish
Elektron arxiv qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi.
Elektron arxivlarning oʻziga xos talablari quyidagilardan iborat:
elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy taʼminoti mavjudligi;
elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi;
elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi;
elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini taʼminlash;
elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish”;
12) 20-moddaning:
ikkinchi qismidagi “davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
13) 21-moddaning ikkinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
14) 23-modda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Davlat hokimiyati organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan sohaviy roʻyxatlarini ishlab chiqishi hamda “Oʻzarxiv” agentligi bilan kelishishi shart.
Elektron hujjatlarni, shuningdek arxiv hujjatining elektron nusxalarini saqlash muddatlari ushbu turdagi qogʻozdagi hujjatlar uchun belgilangan muddatlardan kam boʻlmasligi kerak”;
toʻqqizinchi qismi oʻn birinchi qism deb hisoblansin;
15) 24-moddaning:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, respublika boʻysunuvidagi davlat muassasalari va tashkilotlarining, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarning arxiv hujjatlari — oʻn besh yil mobaynida;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy boʻlinmalarining, viloyat boʻysunuvidagi davlat muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari — oʻn yil mobaynida”;
toʻqqizinchi xatboshisidagi “kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari” degan soʻzlar “kinohujjatlar, fotohujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxfiy hujjatlar — oʻttiz yil mobaynida”;
ikkinchi qismidagi “alohida qimmatga ega boʻlgan” degan soʻzlar “alohida qimmatli hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Agar qonunchilikda yoki hujjatlarni saqlash muddatlari koʻrsatilgan sohaviy roʻyxatda boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik holati dalolatnomalarining yozuvlari, notarial harakatlarning yozuvlari, sud ishlari va xoʻjalik kitoblari idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim hamda idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari oʻtgach ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Arxiv hujjatlarining elektron nusxalari Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali topshiriladi.
Idoraviy arxivda vaqtincha saqlash muddati tugagan maxfiy hujjatlar maxfiylikdan chiqarish nuqtai nazaridan koʻrib chiqilganidan keyin ekspertlar komissiyasining xulosasiga koʻra, davlat arxiviga belgilangan tartibda topshiriladi”;
16) quyidagi mazmundagi 241-modda bilan toʻldirilsin:
“241-modda. Shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlarni saqlash muddatlari
2019-yil 1-yanvargacha ish yurituvi yakunlangan shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanadi.
2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran shakllantirilgan shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar idoraviy arxivlarda ellik yil mobaynida saqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan idoraviy arxivlarda saqlash muddatlari tugaganidan keyin shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi oʻtkazilishi lozim.
Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha muddat yoki tartib belgilangan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan muddatlar qoʻllanilmaydi”;
17) 25-moddaning yettinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 27-moddaning toʻrtinchi qismidagi “Oʻzarxiv” agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 28-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish uchun zarur boʻlgan arxiv maʼlumotnomalarini, shuningdek davlat organlariga arxiv maʼlumotnomalarini va arxiv hujjatining koʻchirma nusxalarini berish bepul amalga oshiriladi”;
20) quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
“51-bob. Yagona milliy arxiv axborot tizimi
291-modda. Yagona milliy arxiv axborot tizimining asosiy qoidalari
Arxiv hujjatlarini va ular haqidagi maʼlumotlarni jamlash, saqlash, hisobga olish hamda ulardan foydalanish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish uchun va arxiv ishini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborotga oid hamkorlikning barcha turlarini taʼminlash uchun moʻljallangan axborot tizimi Yagona milliy arxiv axborot tizimidir.
Yagona milliy arxiv axborot tizimi “Oʻzarxiv” agentligiga tegishlidir.
“Oʻzarxiv” agentligi Yagona milliy arxiv axborot tizimidan boshqa idoralar tomonidan foydalanilishini taʼminlaydi.
Yagona milliy arxiv axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish arxiv hujjatlarining konfidensialligini oshkor etish deb hisoblanmaydi.
Yagona milliy arxiv axborot tizimi orqali almashilayotgan axborot qonunchilikka muvofiq ish yuritishga rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi.
292-modda. Yagona milliy arxiv axborot tizimiga maʼlumotlar kiritish
Yagona milliy arxiv axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish arxiv va tashkilotlarning xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yagona milliy arxiv axborot tizimidagi identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlariga ega boʻlgan elektron arxiv hujjati asl nusxa sifatida tan olinadi.
“Oʻzarxiv” agentligi Yagona milliy arxiv axborot tizimiga kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning turlarini hamda axborot tizimi bilan bogʻliq texnik talablarni belgilaydi.
293-modda. Yagona milliy arxiv axborot tizimining axborotga oid hamkorligi
Davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar oʻzining elektron arxiv axborot tizimlarini hamda resurslarini Yagona milliy arxiv axborot tizimiga integratsiya qilishi shart, bundan idoraviy arxivlarning davlat sirlarini tashkil etuvchi arxiv hujjatlarini oʻz ichiga olgan hujjatli materiallar mustasno.
Nodavlat korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzining elektron arxiv axborot tizimlarini tashkil etishi yoki mavjud axborot tizimlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimiga integratsiya qilishi mumkin”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1322-modda; 2026-yil, № 1, 2, 4-moddalar, № 2, 133-modda) quyidagi mazmundagi 281-modda bilan toʻldirilsin:
“281-modda. Litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida olishning oʻziga xos xususiyatlari
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi doirasida talabgor faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turini maxsus elektron tizim yoki YIDXP orqali vakolatli organga bepul tarzda xabar bergan holda, litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmasdan amalga oshirishi mumkin.
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati uch oy boʻlib, ushbu muddat davomida talabgor muayyan faoliyatni (harakatni) litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz amalga oshirganlik uchun javobgarlikka tortilmaydi.
Talabgor “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimining amal qilish muddati davomida:
oʻz faoliyatini (harakatlarini) litsenziya yoki ruxsat berish talablariga va shartlariga muvofiqlashtirish choralarini koʻradi;
tegishli litsenziyani yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni belgilangan tartibda oladi yoxud mazkur faoliyatni (harakatlarni) tugatadi.
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi amal qiladigan faoliyatning litsenziyalanadigan turi va amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash hamda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarda, shuningdek ularning pasportlarida belgilanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
6-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-avgust,
OʻRQ-1164-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1164/0838-son)