“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari E. Gadoyev
1999-yil 25-mart, EG 04-02-05/624-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari E. Gadoyev
1999-yil 25-mart, EG 04-02-05/624-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
1999-yil 25-mart, 02/8-50-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
1999-yil 25-mart, 02/8-50-son
KIChIK VA OʻRTA BIZNES KORXONALARINI ULAR TOMONIDAN TAShKIL ETILAYOTGAN IShLAB ChIQARIShLAR UChUN TEXNOLOGIK JIHOZLARI BOʻYIChA IMPORT BOJXONA BOJINI TOʻLAShDAN OZOD QILISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 8-aprelda 694-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 23-iyundagi 65 va 01-02/8-41-sonli “Kichik va oʻrta biznes korxonalarini ular tomonidan tashkil etilayotgan ishlab chiqarishlar uchun texnologik uskunalar yuzasidan import bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish Tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 694-1, 26.06.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi “Xususiy tadbirkorlik, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF–1987-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-maydagi “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 232-son qarorini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan hamda kichik va oʻrta biznes korxonalarini, ular tomonidan tashkil qilinadigan ishlab chiqarishlar uchun texnologik uskunalar importi chogʻida toʻlanadigan bojxona bojlarini toʻlashdan ozod qilish tartibini tartibga soladi.
1.2. Mazkur Tartib Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi yoki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi aʼzolari (keyingi oʻrinlarda — shaxslar) boʻlib hisoblangan kichik va oʻrta biznes korxonalariga tatbiq etiladi.
Kichik va oʻrta biznes subyektlari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ishlab chiqarish tarmoqlarida band oʻrtacha yillik xodimlari soni 10 kishigacha boʻlgan; mikrofirmalar, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 5 kishigacha;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sanoat sohasida band oʻrtacha yillik xodimlari soni 40 kishigacha boʻlgan kichik korxonalar: qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlarida — 20 kishigacha; ilm—fan, ilmiy xizmat koʻrsatish, chakana savdo va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 10 kishigacha;
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, oʻrtacha yillik xodimlari soni kichik korxonalar uchun belgilanganidan ortiq, biroq sanoat sohasida 100 kishidan, qurilishda — 50 kishidan, qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida, ulgurji savdoda 30 kishidan, chakana savdo, xizmat koʻrsatish va boshqa noishlab chiqarish sohasi tarmoqlarida — 20 kishidan oshmaydigan oʻrta korxonalar.
II. IMPORT BOJLARINI TOʻLAShDAN OZOD QILISh TARTIBI
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga bojxona bojlari undirilmasdan texnologik uskunalarni olib kirish huquqiga ega shaxslar bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
korxonaning notarial tasdiqlangan ustavining koʻchirma nusxasi;
vakolatli organlar tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatga olingan kontrakt;
shaxsning Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga yoki Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasiga aʼzoligini tasdiqlovchi guvohnoma;
bojxona yuk deklaratsiyasi;
vakolatli bankning olib kirilayotgan uskuna texnologik uskuna boʻlib hisoblanishi va kichik va oʻrta biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun olib kirilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi.
2.2. Hududiy bojxona organi shaxs turar joyidagi soliq organini u tomonidan imtiyozli shartlarda olib kirilgan texnologik uskunadan foydalanish ustidan nazoratni oʻrnatish uchun, shuningdek, shaxsni shaxs tomonidan tashkil etiladigan ishlab chiqarishlar uchun olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining talablari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
2.3. Texnologik uskunani sotish yoki foydalanishga oid belgilangan meʼyorlar davrida shaxsning tugatilishi hollarida (TIA yoki boshqa hujjatlarda aytib oʻtilgan) bank va shaxsning turar joyidagi soliq organi import bojlarining sotish yoki tugatish vaqtiga qoldiq qiymati boʻyicha boʻlgan amaldagi stavkalar boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan summalarini undirishga oid choralarni koʻruvchi hududiy bojxona organiga xabar beradi.
III. HUJJATLARNI KOʻRIB ChIQISh MUDDATLARI
3.1. Texnologik uskunani olib kirish chogʻida kichik va oʻrta biznes subyektlari maʼlumotnoma olish uchun hujjatlar majmuini, ushbu hujjatlarni belgilangan, biroq besh kundan ortiq boʻlmagan muddatlarda koʻrib chiquvchi vakolatli bankka taqdim etadilar. Subyektlarning oʻzaro munosabatlari: korxona — bank — korxona — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy bojxona organi.
Bank xulosasi quyidagi rekvizitlar albatta koʻrsatilgan holda maʼlumotnoma — xat koʻrinishida taqdim etiladi:
olib kirilayotgan texnologik uskunaning soni va turlari;
chet el kredit liniyasi mablagʻlari hisobidan berilgan (texnologik) uskunaning chet el kreditlari hisobidan olib kirilishi chogʻida valyuta va kredit summasi;
uskuna texnologik xususiyatga ega va ular tomonidan ishlab chiqarishlarni tashkil qilish maqsadida olib kirilmoqda.
Bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini mazkur Tartib talablarini qoʻllagan holda, olib kirish dalili asosida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.
3.2. Yuqorida keltirilgan hujjatlarni taqdim etmaslik, yuqorida sanab oʻtilgan talablarning bajarilmasligi uskunani bojxonada rasmiylashtirishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi. Bunday hollarda kichik va oʻrta biznes subyektlarining texnologik uskunalarini bojxonada rasmiylashtirish umumiy asoslarda, bojxona bojini undirish orqali amalga oshiriladi.
“KELIShILGAN”
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
M. Sobirov
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
M. Sobirov
“KELIShILGAN”
Dehqon va fermer xoʻjaliklar uyushmasi
A. Bobomirzayev
Dehqon va fermer xoʻjaliklar uyushmasi
A. Bobomirzayev
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 4-son)