23.07.2026 yildagi 403-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrini kompleks rivojlantirish, qurilish ishlarini rejalashtirish, mazkur ishlarning sifati va darajasini oshirish, shaharning meʼmoriy-rejalashtirish qiyofasini hamda infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq “Oʻzshaharsozlik LITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — bosh loyiha tashkiloti) tomonidan Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasi ishlab chiqilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) bilan belgilangan tartibda kelishilgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi “2026-2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-35-son qaroriga asosan Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantirish boʻyicha bosh reja va shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jizzax shahrini kompleks rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining asosiy yechimlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jizzax viloyati hokimligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qisqa, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan qurilish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish istiqbollarini rejalashtirishni hisobga olgan holda, Jizzax shahrining bosh rejasini roʻyobga chiqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu qaror bilan tasdiqlangan Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining asosiy yechimlariga muvofiq Jizzax shahri chegarasini oʻzgartirish yuzasidan iltimosnomani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) manfaatdor vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalarida belgilangan koʻchalarning qizil chiziqlari doirasidagi maydonlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkalarining bosh rejaga zid ravishda egallab olinishini cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosh rejaga asosan yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish, sanoat zonasi, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish, koʻkalamzorlashtirish va daraxt ekish uchun moʻljallagan rekreatsiya hududlarida boshqa maqsadlar uchun bosh rejaga zid ravishda obyektlarni joylashtirish hamda qurilish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida doimiy nazorat oʻrnatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bino va inshootlarni joylashtirishda tarixiy zona va shaharning boshqa hududlarida joylashgan madaniy yodgorliklarning muhofaza zonalari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali suv taʼminoti, oqova suv, irrigatsiya, elektr energiyasi, gaz, issiqlik va telekommunikatsiyalar taʼminoti obyektlarini modernizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududning shaharsozlik qiyofasini shakllantiruvchi mavjud maydonlar, obodonlashtirilgan xiyobonlar va bogʻlarni rekonstruksiya qilish hamda yangilarini qurish orqali shaharning meʼmoriy qiyofasini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, madaniyat, sanʼat va dam olish obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda kapital taʼmirlash hisobidan ijtimoiy va turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-gidrogeologik tadqiqotlar asosida sizot suvlar sathini pasaytirish boʻyicha shahar hududini muhandislik jihatidan tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) birinchi navbatda qurilish ishlari olib boriladigan hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqsin hamda ularning bosqichma-bosqich amalga oshirilishini tashkil etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining kompleks amalga oshirilishi yuzasidan mualliflik nazoratini oʻrnatish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti bilan shartnoma imzolash, ishlarni bajarish va moliyalashtirish oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, investorlar va ijtimoiy soha muassasalari tomonidan kiritilgan takliflar (loyihalar) Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasida ushbu obyektlarni joylashtirish maqsadida Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqiladi va kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov va Jizzax viloyati hokimi U.M. Mustofoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
403-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-iyuldagi 403-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY YECHIMLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasida aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda kelajakda aholi soni inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, hududlarning zonalashtirilishi va ularni qurish navbati, aholi punkti hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar taʼsiridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlari, aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududlari nisbati, aholi punktini rivojlantirish uchun zaxira hududlar va chegaralar hamda aholi punktining iqtisodiy, sanoat va hududiy salohiyati, aholining koʻpayish surʼatini nazarda tutuvchi loyiha yechimlari belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharsozlik va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda shaharning sanoat salohiyati, ishchi resurslari rivojlanishi, tabiiy-ekologik muhitning oʻzgarishi Jizzax viloyati va Jizzax shahrining shu sohalardagi rivojlanish yoʻnalishi bilan bogʻliq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrida 2043-yil oxiriga qadar (keyingi oʻrinlarda — hisob davri) quyidagilar rejalashtirilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aholi soni va hududi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi soni oʻsishi — 191,62 ming kishidan hisob davrida — 460,0 ming kishiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharning hududi — 6 520,0 gektardan hisob davrida — 12 730,0 gektarga oʻzgaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uy-joy qurilishi va uy-joy fondi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondi umumiy maydoni — 3 048,88 ming kv metrdan hisob davrida — 9 660,0 ming kv metrga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy maydoni bilan taʼminlanish darajasi bir kishiga — 15,91 kv metrdan hisob davrida — 21,0 kv metrga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondi qisqarishi hisob davrida — 447,0 kv metrni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob davrida uy-joy fondining qavatlar kesimida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-2 qavatli yakka tartibdagi uylar — 2 144,88 ming kv metrdan hisob davrida — 3 822,68 ming kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 qavatli kottej uylar — 0,8 ming kv metrdan hisob davrida — 304,1 ming kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 qavatli uylar — 148,5 ming kv metrdan hisob davrida — 59,4 ming kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-5 qavatli uylar — 656,6 ming kv metrdan hisob davrida — 2 993,45 ming kv metrni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7 — 9 qavatli uylar — 98,1 ming kv metrdan hisob davrida — 678,66 ming kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 — 12 qavatli uylar hisob davrida — 1 396,35 ming kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16 qavatdan yuqori uylar hisob davrida — 405,36 ming kv metrni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ijtimoiy sohada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholining ijtimoiy soha obyektlariga boʻlgan talabini amaldagi meʼyorlarga moslashtirish maqsadida soha koʻrsatkichlari quyidagi tarzda oʻzgaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim tashkilotlari — 11 849 oʻrindan hisob davrida — 29 440 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari — 34 357 oʻrindan hisob davrida — 78 200 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shifoxonalar — 2 323 oʻrindan hisob davrida — 11 413 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poliklinikalar bir smenada — 5 595 ta tashrifdan hisob davrida — 19 380 ta tashrif;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doʻkonlar savdo maydoni — 44 066 kv.metrdan hisob davrida — 134 500 kv metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy ovqatlanish korxonalari — 8 025 oʻrindan hisob davrida — 21 250 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
klublar, madaniyat saroylari — 1 870 oʻrindan hisob davrida — 18 685 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kinoteatrlar hisob davrida — 12 205 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
teatrlar — 785 oʻrindan hisob davrida — 2 775 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehmonxonalar — 1 030 oʻrindan hisob davrida — 2 760 oʻrinni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari — 580 ish oʻrni hisob davrida — 3 695 ish oʻrinlarini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamoat transporti, avtomobil yoʻllari va koʻchalar hisob davrida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar magistral koʻchalarining uzunligi — 90,35 kmdan hisob davrida — 263,14 km;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yiliga tashiladigan yoʻlovchilar hisob davrida — 230,0 million yoʻlovchini tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Muhandislik va texnik infratuzilma sohalari boʻyicha hisob davrida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) suv taʼminoti boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichimlik suvining umumiy taʼminoti kuniga — 32,36 ming kub metrdan hisob davrida — 107,64 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal-maishiy ehtiyojlar kuniga — 15,75 ming kub metrdan hisob davrida — 82,80 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlari kuniga — 7,23 ming kub metrdan hisob davrida — 16,56 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar kuniga — 7,8 ming kub metrdan hisob davrida — 8,28 ming kub metrni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kanalizatsiya boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oqova suv hajmi kuniga — 11,45 ming kub metrdan hisob davrida — 67,34 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal-maishiy korxonalar oqova suvlari kuniga — 5,25 ming kub metrdan hisob davrida — 51,52 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari oqova suvlari kuniga — 6,2 ming kub metrdan hisob davrida — 13,24 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tozalash inshootining umumiy quvvati kuniga — 30,0 ming kub metrdan hisob davrida — 75,0 ming kub metrni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) issiqlik taʼminoti boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy markazlashgan issiqlik taʼminoti quvvati — 33,1 Gkal/soatdan hisob davrida — 788,47 Gkal/soatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondi issiqlik ehtiyojlari — 4,8 Gkal/soatdan hisob davrida — 397,216 Gkal/soatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal-maishiy korxonalar issiqlik ehtiyojlari — 1,2 Gkal/soatdan hisob davrida — 384,642 Gkal/soatni tashkil qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) gaz taʼminoti boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gazning umumiy isteʼmoli yiliga — 211 483,4 ming kub metrdan hisob davrida — 465 580,3 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isitish qozonxonalari gaz taʼminoti yiliga — 2 059,1 ming kub metrdan hisob davrida — 160 527,9 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy fondi gaz taʼminoti yiliga — 121 536,5 ming kub metrdan hisob davrida — 190 047,4 ming kub metrni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kommunal-maishiy ehtiyojlar gaz taʼminoti yiliga — 36 291,1 ming kub metrdan hisob davrida — 44 293,0 ming kub metr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz taʼminoti yiliga — 51 596,7 ming kub metrdan hisob davrida — 70 712,0 ming kub metrni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) elektr taʼminoti boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy elektr energiyasi isteʼmoli yiliga — 496,531 million kVt s dan hisob davrida — 1 428,171 million kVt s;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari yiliga — 157,731 million kVt s dan hisob davrida — 409,306 million kVt s;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy kommunal ehtiyojlar yiliga — 236,991 million kVt s dan hisob davrida — 1 012,0 million kVt s;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar yiliga — 101,809 million kVt s dan hisob davrida — 6,865 million kVt s ni tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) sanitar tozalash boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi yiliga — 208,9 ming kub metrdan hisob davrida — 436,0 ming kub metr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish hududi hisob davrida — 26,5 gektarni tashkil qilish rejalashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Shaharni funksional hududlashtirish va meʼmoriy rejalashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar hududiy va son jihatdan oʻsishi shimoli-gʻarbiy, shimoli-sharqiy va janubdagi turar joy massivlariga yaqin tutashgan Sh. Rashidov tumanidagi 24 ta mahallaning qoʻshib olinishi hisobidan kengayadi. Hozirda shaharda 34 ta mahalla mavjud. Ushbu hududda asosan koʻp qavatli turar joylar hamda aholiga xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahri aholi punktlari guruh tizimining markazi boʻlib, bu uning rejalashtirish tuzilmasida va ularning viloyat markazi tomon rivojlanishi bilan magistral koʻchalar tarmogʻi qurilishida oʻz ifodasini topadi. Ushbu magistral koʻchalar tarmogʻi “Uchtepa” MFY, “Sayxon” MFY va “A. Temur” MFYni bogʻlash bilan birgalikda Samarqand va Toshkent viloyatlarini ham bogʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar hududi asosan turar joy va sanoat zonalaridan iborat. Sanoat hududi mavjud sanoat hududlari negizida rivojlantirilmoqda hamda shaharning gʻarbiy qismida yangi sanoat hududi tashkil etish rejalashtirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz navbatida, turar joy hududi maʼmuriy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, sogʻliqni saqlash va turar joy zonalariga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar hududi 4 ta rejalashtirish qismiga boʻlingan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi rejalashtirish qismi Jizzax shahrining sharqiy, shimoli-sharqiy hamda janubi-sharqiy markaziy hududi qismlarini qamrab oladi va mehnat, dam olish, tibbiyot va taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan turar joy, ishlab chiqarish, maʼmuriy, sport va boshqa funksional hududlar majmuasidan iborat. Ushbu qism bosh rejada 15 ta turar joy massiviga boʻlib ishlab chiqilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi rejalashtirish qismi shaharning shimoli-gʻarbiy, gʻarbiy hamda markaziy qismlarini oʻz ichiga oladi. Ushbu qismda ham turar joy, dam olish, tibbiyot va taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan, maʼmuriy, sport va boshqa funksional hududlar majmuasidan iborat. Ikkinchi rejalashtirish qismida yangi sanoat hududini tashkil etish rejalashtirilgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi rejalashtirish qismiga gʻarb tarafga rivojlangan boʻlib, mavjud “A. Temur” MFYdan iborat boʻlib, “Xayrobod”, “Tuyoqli”, “Kattaqishloq”, “Sharilloq”, “Oqtoshota” MFYlari kiradi — (Yangi Oʻzbekiston);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi rejalashtirish hududi janubiy qismga rivojlangan boʻlib, ushbu qismga “Xayrobod”, “Tuyoqli”, “Kattaqishloq”, “Sharilloq”, “Oqtoshota” MFYlari hamda Yangi Oʻzbekiston massivi kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumshahar avtomobil yoʻllari tizimi shaharning mavjud asosiy koʻchalar tarmogʻini rivojlantiradi va tartibga soladi. Shu maqsadda shaharning mavjud avtomobil yoʻllari bilan bogʻlangan shahar miqyosidagi avtomobil yoʻllarini yaratish, keyinchalik ularni aylanma avtomobil yoʻllariga olib chiqish va keyinchalik Paxtakor, Samarqand, Gʻallaorol, Uchtepa va Bogʻdon shaharchalari bilan bogʻlashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shimoliy aylanma yoʻl”ning yaratilishi Oʻzbekiston Milliy avtomagistralidan Forish tumani tomon kelayotgan tranzit transport vositalarining shaharni aylanib oʻtishi hamda qoʻshni aholiga xizmat koʻrsatishni yaxshilash imkonini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumshahar markazining joylashuvi markazda saqlanadi, shaharning shimoli-gʻarbiy yoʻnalishdagi umumiy rivojlanishi va shimoli-sharqiy qismida rejalashtirish hududning yangi markaziga mos ravishda rivojlanmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharning arxitektura va tarixiy qismlari ikki hududda joylashgan. Ulardan biri sharqiy rejalashtirish hududining shimoliy qismida sobiq Oʻrda qalʼasi oʻrnida joylashgan boʻlib, Jizzax qoʻzgʻoloni qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan yodgorlik majmuasi hududidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkinchisi esa sanoat hududida joylashgan boʻlib, “Qaliya tepa” deb nomlangan tepalik hududi boʻlib, u yerda vaqti-vaqti bilan arxeologik qazishmalar olib boriladi. Ushbu tarixiy obidalar atrofida qoʻriqlanadigan hududlar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh rejada Sangzor daryosining qirgʻogʻi boʻylab aholi dam olish maskanini tashkil etish rejalashtirilgan. Daryoning yashil qirgʻoq boʻylari mavjudligi iqlim sharoitiga foydali taʼsir koʻrsatadi va shahar aholisining turmush sharoitini yaxshilashga yordam beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahardagi umumiy yashil maydonlar Oʻrda hududidagi, koʻchadagi mavjud markaziy bogʻlar bilan ifodalanadi. I. Karimov, Sh. Rashidov, shuningdek, turar joy massivlari bogʻlari, turar joy va rejalashtirish massivlari markazlarini bogʻlovchi asosiy piyodalar yoʻllari boʻylab yashil xiyobonlar tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh reja mavjud qabristonlarni ularning atrofidagi uy-joylardan sanitar-himoya hududlarini bosqichma-bosqich shakllantirish bilan yopishni rejalashtirmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, kanal, ariq va kollektorlarning sanitar-himoya hududlarini koʻkalamzorlashtirish orqali tashkil etish koʻzda tutilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shaharning ekologik rivojlanishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlarda ekologik muhitni yaxshilash, atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatish omillarini kamaytirish maqsadida ekologik talablarga mos ravishda loyihada quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi koʻkalamzor hududlar — 50,1 gektardan hisob davrida — 460,0 gektarni va kishi boshiga — 2,61 kv metrdan 10 kv metr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitar-himoya hududlari — 13,9 gektardan hisob davrida — 698,6 gektar va kishi boshiga — 0,73 kv metrdan 15,19 kv metr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhandislik ishlari boʻyicha hududni tayyorlash tadbirlar loyiha qismlari hududdagi yogʻin suvlarini toʻgʻri yoʻnalish orqali chiqarish, ulardan unumli foydalanish, ariqlar va kanallar orqali yashil hududlarni sugʻorishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻorish hududi — 2 213,9 gektardan hisob davrida — 6 122,1 gektar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv miqdori — 3 690,0 l/sekunddan hisob davrida — 7 659 l/sekund;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi — 10,5 gektardan hisob davrida — 1 233,0 gektarni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-iyuldagi 403-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jizzax shahrining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritish loyihasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TEXNIK-IQTISODIY KOʻRSATKICHLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Hozirgi holati

Hisob davri

I

Aholi

1

Jizzax shahri aholi soni;

ming kishi

191,62

460,0

Aholining yosh tarkibi:

ming kishi

foiz

191,62

100,0

460,0

100,0

maktabgacha yoshdagi bolalar (0 — 6 yosh)

ming kishi

foiz

28,87

15,1

71,76

15,6

maktab yoshidagi bolalar (7 — 17 yosh)

ming kishi

foiz

33,21

17,3

78,2

17,0

mehnatga layoqatli yoshdagi aholi (18 — 59 yoshli erkaklar, 18 — 54 yoshli ayollar)

ming kishi

foiz

105,43

55,0

251,62

54,7

mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi

ming kishi

foiz

24,11

12,6

58,42

12,7

Aholining mehnat tarkibi:

shaharning shakllantiruvchi guruhi

ming kishi

foiz

38,32

20,0

92,0

20,0

shaharga xizmat koʻrsatuvchi guruh

ming kishi

foiz

42,16

22,0

105,8

23,0

II

Shaharni shakllantirish ahamiyatiga ega obyektlar

Sanoat korxonalari

kishi

10621

16010

Ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish tashkilotlari

kishi

702

1500

Maʼmuriy, xoʻjalik va jamoat tashkilotlari

kishi

6950

7078

Uquv muassasalari

kishi

4085

4315

Qurilish tashkilotlari

kishi

3931

9200

Transport:

Avtomobil transporti

kishi

1027

9007

Temir yoʻl transporti

kishi

1090

1100

Tayyorlov-taʼminot tashkilotlari

kishi

813

1400

Sogʻliqni saqlash muassasalari

kishi

8776

19615

Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari

kishi

696

3634

Dam olish va turizm muassasalari

kishi

179

500

Boshqa tashkilotlar

kishi

598

1200

III

Hudud

Shahar chegarasidagi hudud, jami:

ga

kv m/kishi

6520,0

340,26

12730,0

276,74

a)

turar joy hududlari, jami:

ga

kv m/kishi

4211,6

219,79

10175,2

221,20

shu jumladan:

turar joy hududlari

ga

kv m/kishi

3101,2

161,84

7290,4

158,49

xizmat koʻrsatish korxonalari

ga

kv m/kishi

275,90

14,40

684,60

14,88

umumiy foydalanishdagi koʻkalamzorlar

ga

kv m/kishi

50,10

2,61

460,0

10,0

sport inshootlari va maydonlari

ga

kv m/kishi

29,60

1,54

161,0

3,50

koʻchalar, yoʻllar, yoʻlaklar

ga

kv m/kishi

330,4

17,24

1144,5

24,88

boshqa hududlar

ga

kv m/kishi

424,40

22,15

434,70

9,45

b)

uy-joy boʻlmagan hududlar

ga

kv m/kishi

2308,4

120,47

2554,8

55,54

sanoat korxonalari, qurilish korxonalari, tayyorlov-taʼminot tashkilotlari omborxonalari, transport tashkilotlari hududlari

ga

kv m/kishi

503,2

26,26

790,9

17,19

ilmiy-tadqiqot institutlari, loyiha tashkilotlari, oliy oʻquv muassasalari hududlari

ga

kv m/kishi

61,4

3,20

82,5

1,79

tashqi transport hududlari

ga

kv m/kishi

173,7

9,06

173,7

3,78

koʻchalar, yoʻllar, yoʻlaklar, maydonlar, avtomobil turar joylari

ga

kv m/kishi

39,6

2,01

71,2

1,55

maxsus hududlar

ga

kv m/kishi

14,4

0,75

19,9

0,43

suv sathlari (daryo va uning qirgʻogʻi, kanal va kollektorlar)

ga

kv m/kishi

95,1

4,96

114,7

2,49

sanitar himoya hududlari, shu jumladan: sanoat korxonalari , qabriston, ETL muhandislik tarmoqlari

ga

kv m/kishi

13,9

0,73

698,6

15,19

qishloq xoʻjalik ahamiyatiga ega hududlar

ga

kv m/kishi

197,2

10,29

32,5

0,71

maxsus muhandislik tadbirlarini oʻtkazish talab etiladigan hududlar (suv bosadigan yerlar, adirliklar, jarlar va boshqalar)

ga

kv m/kishi

1189,7

62,09

352,6

7,67

Qaliya-tepa arxeologik hududi

ga

kv m/kishi

21,2

1,11

21,2

0,46

shahar qurilishi uchun zaxira hududlar

ga

kv m/kishi

-

197,0

4,28

IV

Aholi zichligi

Shahar chegarasidagi hudud boʻyicha

kishi/ga

29,4

36,1

Turar joy hududi boʻyicha

kishi/ga

45,5

45,2

V

Uy-joy qurilishi

Uy-joy fondi umumiy maydoni

ming kv m

3048,88

9660,0

Uy-joy fondining qavatlar soni boʻyicha taqsimlanishi

ming kv m

foiz

3048,88

100,0

9660,0

100,0

1-2-qavatli yakka tartibdagi uylar

ming kv m

foiz

2144,88

70,35

3822,68

39,6

2 qavatli seksiyali uylar

ming kv m

foiz

148,5

4,87

59,4

0,6

2 qavatli kottej uylar

ming kv m

foiz

0,8

0,03

304,1

3,2

4-5 qavatli uylar

ming kv m

foiz

656,6

21,54

2993,45

30,9

7 — 9 qavatli uylar

ming kv m

foiz

98,1

3,21

678,66

7,0

9 — 12 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

1396,35

14,5

16 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

405,36

4,2

Uy-joy fondi bilan umumiy taʼminlanish darajasi

kv m kishi

15,91

21,0

Uy-joy fondi qisqarishi:

ming kv m

-

447,0

Yangi qurilishga nisbatan

foiz

-

8,6

Mavjud uy-joy fondiga nisbatan

foiz

-

9,0

Yangi uy-joy qurilishlari

ming kv m

foiz

-

5169,02

100,0

1-2 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

217,8

4,2

2 qavatli kottej tipidagi uylar

ming kv m

foiz

-

303,3

5,9

4-5 qavatli seksiyali uylar

ming kv m

foiz

-

2336,85

45,2

7 — 9 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

560,86

10,9

9 — 12 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

1344,85

26,0

16 qavatli uylar

ming kv m

foiz

-

405,36

7,8

VI

Ijtimoiy soha obyektlari

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, jami

oʻrin

11849

29440

1000 kishiga

oʻrin

62

64

Umumtaʼlim maktablari, jami:

oʻrin

34357

78200

1000 kishiga

oʻrin

179

170

Shifoxonalar, jami:

oʻrin

2323

11413

1000 kishiga

oʻrin

12,12

24,81

Poliklinikalar, jami:

qatnov

5595

19380

1000 kishiga

qatnov

29,2

42,1

Doʻkonlar, jami:

kv m savdo maydoni

44066,0

134500,0

1000 kishiga

kv m savdo maydoni

229,9

292,4

Umumiy ovqatlanish korxonalari, jami:

oʻrin soni

8025

21250

1000 kishiga

oʻrin soni

41,9

46,2

Madaniyat saroyi, klublar, jami:

oʻrin

1870

18685

1000 kishiga

oʻrin

9,8

40,6

Kinoteatrlar, jami:

oʻrin

-

12205

1000 kishiga

oʻrin

-

26,5

Teatrlar, jami:

oʻrin

785

2775

1000 kishiga

oʻrin

4

6/5,5

Mehmonxonalar, jami:

oʻrin

1030

2760

1000 kishiga

oʻrin

5,4

6

Kir yuvish korxonalari, jami:

1 kg quruq kiyim smenada

-

105800

1000 kishiga

1 kg quruq kiyim smenada

-

230

Maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, jami:

ishchi oʻrin

580

3695

1000 kishiga

ishchi oʻrni

3

8

VII

Shahar jamoat transporti va magistral koʻchalar tarmogʻi

Bir kishining bir yilda barcha shahar transport vositalarida qatnovlari soni

qatnov

-

500

Yiliga tashiladigan yoʻlovchilar soni

mln yoʻlovchi

-

230

Shahar magistral yoʻli va koʻchalari tarmoqlari

Shahar magistral koʻchalarining uzunligi, jami:

km

90,35

263,14

jumladan:

shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalarning uzunligi

km

65,4

157,84

shahar koʻcha tarmoqlarining zichligi, jami:

km kv m

0,80

2,06

jumladan:

shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar zichligi

km kv m

0,60

1,24

VIII

Muhandislik uskunalari va obodonlashtirish

a)

ichimlik suvi va taʼminoti:

ichimlik suvining umumiy taʼminoti, jami:

ming m3 sutka

1 sutka kishi

32,36

169

107,64

252

jumladan:

kommunal-maishiy ehtiyojlar

ming m3 sutka

1 sutka kishi

15,75

82

82,80

180

sanoat va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojlari

ming m3/sutka

7,23

16,56

hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar uchun

ming m3/sutka

7,8

8,28

suv inshootlari quvvati

ming m3/sutka

84,1

118,4

suv olish manbalari: yerosti suv inshootlari

ming m3/sutka

Zarafshon daryosidan suv oluvchi

74,1

82,0

“Uzunbuloq” yerusti suv inshooti va yakka tartibdagi quduqlar

10,0

36,4

uy-joy fondini markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanishi

foiz

97,7

100,0

b)

kanalizatsiya:

umumiy oqova suv hajmi, jami:

ming m3/sutka

11,45

67,34

jumladan:

xoʻjalik-maishiy chiqindi oqova suvlari

ming m3/sutka

5,25

51,52

sanoat va ishlab chiqarish korxonalari oqova suvlari

ming m3/sutka

6,2

13,24

hisobga olinmagan boshqa korxonalardan chiqadigan oqova suvlar

ming m3/sutka

-

2,58

tozalash inshootining umumiy quvvati

ming m3/sutka

30,0

75,0

uy-joy fondining oqova suv tarmogʻi bilan taʼminlangani

foiz

35,0

70,0

v)

elektr taʼminoti:

umumiy elektr energiyasi isteʼmoli

mln kVt soat yil

496,531

1428,171

jumladan:

sanoat va ishlab chiqarish korxonalari

mln kVt soat yil

157,731

409,306

uy-joy, kommunal ehtiyojlar

mln kVt soat yil

236,991

1012,0

hisobga olinmagan boshqa ehtiyojlar

mln kVt soat yil

101,809

6,865

g)

issiqlik taʼminoti:

umumiy markazlashgan issiqlik taʼminoti quvvati

Gkal/soat

(MVt)

33,1

(38,5)

788,47

(917)

issiqlik uzatish, jami:

Gkal/soat

(MVt)

6,0

(6,97)

781,858

(909,30)

jumladan:

uy-joy fondi ehtiyojlari

Gkal/soat

(MVt)

4,8

(5,58)

397,216

(461,96)

jamoat, kommunal va maishiy binolar ehtiyojlari

Gkal/soat

(MVt)

1,2

(1,39)

384,642

(447,33)

uy-joy fondining markazlashgan issiqlik va issiq suv quvvati bilan taʼminlanishi

foiz

5,0

100,0

d)

gaz taʼminoti:

gazning umumiy isteʼmoli

ming n m3 yil

211483,4

465580,3

jumladan:

uy-joy fondi gaz taʼminoti

ming n m3 yil

121536,5

190047,4

kommunal va maʼmuriy ehtiyojlar gaz taʼminoti

ming n m3 yil

36291,1

44293,0

sanoat va ishlab chiqarish korxonalari gaz taʼminoti

ming n m3 yil

51596,7

70712,0

isitish qozonxonalari gaz taʼminoti

ming n m3 yil

2059,1

160527,9

gazlashtirilgan xonadonlar soni

dona

73551

81579

uy-joy fondining tabiiy gaz bilan taʼminlangani

foiz

100,0

100,0

e)

hududni sanitar tozalash:

qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash hajmi

ming m3

yil

208,9

436,0

qattiq maishiy chiqindi poligoni, chiqindixonalarning foydalanish maydoni

ga

26,5

13,2

26,5

26,1

j)

hududni muhandislik tayyorlash:

sugʻorish maydoni

ga

2213,9

6122,1

yashil maydonlarni sugʻorish uchun hisoblangan suv miqdori

l/sek

3690,0

7659,0

yerosti sizot suvlari sathini kamaytirish hududi

ga

10,5

1233,0

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-iyuldagi 403-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “2030-yil davrigacha Jizzax shahrining bosh rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 30-sentabrdagi 266-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 26-oktabrdagi PF-4853-son Farmoni)” 2017-yil 25-martdagi 155-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2026-y., 09/26/403/0775-son)