12.06.2026 yildagi 310-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.07.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida” 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-noyabrdagi PQ-336-son qaroriga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining yigirma besh foizini qoplab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika hududidagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik kontrakt summasining oʻttiz foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oshmaydigan qismini qoplab berish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy taʼminot tizimi (keyingi oʻrinlarda — Dasturiy taʼminot tizimi) orqali arizalarni avtomatik tekshirish, subsidiya oluvchilarning reyestrlarini shakllantirish va ariza beruvchiga xabarnomalarni elektron tarzda yetkazish hamda subsidiya toʻlovlari bilan bogʻliq jarayonlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomlarda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ishchi komissiya faoliyati tashkil etilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Dasturiy taʼminot tizimiga ushbu bandning “a” kichik bandida belgilangan mexanizmlarni kiritish, ipoteka subsidiyasi boʻyicha reyestrlarni tasdiqlash va tanlovni belgilangan vaqtda shaffof oʻtkazish uchun zarur tashkiliy choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlari davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etish maqsadida “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasiga integratsiya qilinishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida arizalarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturiy taʼminot tizimida oliy taʼlim tashkilotlariga bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish boʻyicha ariza beruvchi va uning farzand(lar)i oʻrtasidagi qarindoshlik darajasini elektron tarzda tekshirish imkoniyatini yaratsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlarini koʻrsatishda davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga toʻlovlar miqdorini ikki baravar kamaytirish boʻyicha imtiyozlar qoʻllash choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilansinki, ushbu qarorga muvofiq ajratiladigan subsidiyalarni moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasidan mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yillik budjet parametrlarida Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasiga tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash xarajatlari uchun 100 mlrd soʻm ajratiladi hamda qoʻshimcha indeksatsiya qilib boriladigan mablagʻlar doirasida mazkur qarorda keltirilgan xarajatlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Dasturiy taʼminot tizimida oliy taʼlim tashkilotlarining axborot tizimlari orqali talabalarning oʻqish holati, shakli, bosqichi va yillik toʻlov-kontrakt miqdorini tasdiqlovchi maʼlumotlarning “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron almashinuvini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda tegishli tijorat banklari axborot tizimlarini Dasturiy taʼminot tizimiga “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 12-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
310-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun dastlabki badal toʻlovining yigirma besh foizini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlari — ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash, ushbu Nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar boʻyicha maʼlumotlarni aniqlash uchun foydalaniladigan elektron axborot tizimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturiy taʼminot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy taʼminot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mezon — ariza beruvchining amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega ekanligi bir vaqtning oʻzida tasdiqlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiq baholashga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyestr — arizalar qabuli yakunlangandan keyin “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalardan shakllantirilgan roʻyxat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan, davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlariga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun dastlabki badal toʻlovi qiymatining yigirma besh foizi miqdorida qoplab beriladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov — tegishli elektron platforma orqali reyestr asosida gʻoliblarni tasodifiy tarzda tanlash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan va berilgan vaqtdan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona milliy mehnat tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining ariza beruvchining ish holati va ish stajini tasdiqlovchi axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiya ajratish jarayonlari toʻliq raqamlashtirish, teng imkoniyat va shaffoflik, yagona mezon asosida saralash, mablagʻlarni fuqaroga naqd berilmasdan maqsadli toʻlov sifatida bank hisobvaragʻiga (yoki bank mexanizmida belgilangan toʻlov qabul qiluvchi rekvizitga) yoʻnaltirish, shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, elektron jurnallarda qayd etish hamda elektron materiallarni kamida besh yil saqlash prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya har yili yilning chorak qismida belgilangan umumiy sonning toʻrtdan bir qismi miqdorida ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Subsidiya fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida fuqarolarning talablaridan kelib chiqib ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan hududdan qatʼi nazar, istalgan hududdan subsidiya dasturi doirasida birlamchi uy-joy bozoridan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqaro ushbu Nizom talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun belgilangan ipoteka krediti shartlari asosida Toshkent shahrida qurilgan uy-joylarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan fuqaro ushbu Nizom talablariga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar uchun belgilangan ipoteka krediti shartlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda qurilgan uy-joylarni sotib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Arizalarni qabul qilish va rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza berish uchun ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (keyingi oʻrinlarda — JSHSHIR), aloqa maʼlumotlarini (telefon raqami va elektron pochtasi) kiritadi hamda shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlarni amalga oshirishga elektron rozilikni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritilishi bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bir JSHSHIR boʻyicha bir chorak doirasida faqat bitta ariza qabul qilinishi taʼminlanadi va bir JSHSHIR bilan takroriy ariza yuborishga urinish holatida tizim arizani qabul qilmasdan takroriy ariza berish mumkin emasligi, avval yuborilgan ariza maqomini shaxsiy kabinet orqali kuzatish lozimligi toʻgʻrisida elektron xabarnomani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza qabul qilinganda, Dasturiy taʼminot orqali arizaga avtomatik tarzda ID raqami (keyingi oʻrinlarda — Ariza ID) beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza beruvchini baholashda ariza beruvchining amalda davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlanishi shart hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchining ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari orqali avtomatik ravishda tekshiriladi va ikki ish kuni ichida Dasturiy taʼminot tizimiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza baholash jarayoniga oʻtkazilishidan oldin Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali ariza beruvchi va er (xotin) oʻrtasida rasmiy nikoh tuzilgani Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan avtomatik ravishda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul tashkilotlarning axborot tizimlari tomonidan quyidagi maʼlumotlar tekshiriladi va Dasturiy taʼminot tizimiga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud yoki mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimi faoliyati boʻyicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi ekanligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Avtomatik tekshirish natijasiga koʻra ariza maqomi quyidagi tartibda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona milliy mehnat tizimi maʼlumotlari orqali mezonlar toʻliq tasdiqlansa, ariza “Tanlovga qoʻyildi” maqomiga oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mezonlardan kamida bittasi mos kelmagan taqdirda, ariza “Rad etildi” maqomiga oʻtkaziladi va rad etish sababi ariza beruvchiga Dasturiy taʼminot tizimida tushunarli hamda aniq mazmunda koʻrsatilgan holda, ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish Dasturiy taʼminot tizimi orqali avtomatik tarzda rad etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) taqdim etilgan arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar mezonga mos kelmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʻgʻri yoki soxta boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza koʻrib chiqish jarayoniga oʻtkazilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) boshqa uy-joy subsidiya dasturlari doirasida ariza beruvchining va (yoki) uning turmush oʻrtogʻining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiyadan foydalangani aniqlanganda (shu jumladan, avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini soʻndirgan va uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya olish uchun topshirilgan arizasi koʻrib chiqish jarayonida boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ariza beruvchi davlat dasturlari doirasida ajratiladigan ipoteka kreditlaridan foydalangani aniqlanganda. Bunda qarz oluvchi tomonidan 2024-yil 1-mayga qadar olingan kreditlar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ushbu Nizomga muvofiq ajratiladigan subsidiya bir oilaga (eri yoki xotiniga) faqat 1 (bir) marta beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda gʻolib foydalanmagan subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani oʻz xohishiga koʻra Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali elektron ariza bilan murojaat qilgan holda rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻolibning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani bekor qilish haqidagi arizasi Dasturiy taʼminot tizimi tomonidan avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xabarnoma bekor qilingan taqdirda, subsidiya ajratish parametrlarida rad etilgan subsidiyalar soni qayta inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yagona milliy mehnat tizimidan maʼlumot kelmasligi yoki integratsiya kanalida texnik nosozlik yuzaga kelish holatida tizim qabul yopilguniga qadar maʼlumot olish uchun avtomatik takroriy soʻrovlarni amalga oshiradi, biroq qabul yopilgunga qadar tasdiq maʼlumotlari olinmasa, ariza “Rad etildi” maqomiga oʻtkaziladi va ariza beruvchiga maʼlumotlar texnik sabablarga koʻra tasdiqlanmagani haqida elektron xabarnoma yuboriladi, bunda kelgusi chorakda mezonlarga muvofiq boʻlgan taqdirda, qayta ariza berish huquqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ariza beruvchining avval ushbu imtiyozdan foydalangani qayta ishtirokni cheklash uchun asos hisoblanadi va Dasturiy taʼminot tizimi orqali avval toʻlovni toʻlagan shaxs aniqlangan taqdirda, ariza avtomatik ravishda “Rad etildi” maqomiga oʻtkaziladi hamda takroriy imtiyoz berilmasligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga elektron xabarnoma taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Arizalarning reyestrini shakllantirish va ularni tanlovga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 da qabul avtomatik tarzda yopilgandan keyin Dasturiy taʼminot tizimida “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalardan reyestr avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda reyestr har bir ariza boʻyicha Ariza ID, ariza yuborilgan sana va vaqt hamda JSHSHIRni oʻz ichiga oladi, biroq ommaviy eʼlon qilinadigan axborotlarda shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish maqsadida JSHSHIR va ariza beruvchining toʻliq F.I.O. maʼlumotlari aks ettirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Reyestr shakllantirilgan paytdan eʼtiboran reyestr tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, Dasturiy taʼminot tizimi reyestr shakllantirilgan sana va vaqtni hamda reyestr yaxlitligini tasdiqlovchi texnik belgilarni (reyestr identifikatori va uning nazorat summasi/xeshi kabi) qayd etadi va arxivda saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Tanlovni oʻtkazish, gʻoliblarni aniqlash va natijalarni eʼlon qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tanlov keyingi chorakning birinchi ish kunida onlayn tarzda oʻtkaziladi va tanlovga faqat “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalar kiritiladi, bunda mezonlarga toʻliq muvofiq ishtirokchilar orasidan har chorak uchun belgilangan kvota doirasida 125 (bir yuz yigirma besh) nafar gʻolib avtomatik tasodifiy tanlash imkonini beruvchi veb-saytlar (random.org) orqali aniqlab olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tanlov jarayoni shaffofligi va natijani qayta tekshirish imkoniyatini taʼminlash maqsadida tanlovning onlayn translyatsiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallari orqali amalga oshiriladi va yozuvi arxivlanadi, tanlovda aynan qaysi reyestrdan foydalanilgani va reyestr oʻzgarmagani tasdiqlanadi, tanlov natijalari Dasturiy taʼminot tizimida gʻoliblarning Ariza IDlari kesimida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir ishtirokchi YIDXPdagi shaxsiy manzili orqali oʻz natijasini koʻradi hamda natija uning egasiga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda xabarnoma (keyingi oʻrinlarda — subsidiya ajratish xabarnomasi) koʻrinishida yuborilib, SMS orqali ham xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tanlov natijasiga koʻra kvota doirasida har chorakda 125 nafar ishtirokchiga “Gʻolib” maqomi, qolgan ishtirokchilarga “Tanlovdan oʻtmadi” maqomi beriladi, biroq “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalar soni 125 nafardan kam boʻlgan holatda mezonga toʻliq muvofiq kelgan barcha ishtirokchilar “Gʻolib” deb topiladi va keyingi bosqichga, yaʼni hujjatlarni taqdim etish jarayoniga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Gʻoliblar tomonidan hujjatlarni taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan subsidiya ajratish xabarnomasini olgan gʻolib uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda subsidiya ajratish xabarnomasini olgunga qadar qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi, ulush kiritish asosida tuzilgan shartnomalar hamda subsidiya ajratish xabarnomasining muddati doirasida tuzilgan birlamchi shartnoma ham inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun gʻolib subsidiya ajratish xabarnomasi amal qilish muddatining oxirgi kunigacha boʻlgan muddatda istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish xabarnomasini va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan tuzilgan birlamchi shartnomani hamda fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan badal mablagʻlarini bankdagi hisobvaragʻiga joylashtirgani yoki qurilish (pudrat) tashkilotiga toʻlaganini tasdiqlovchi hujjatni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti boʻyicha birgalikda qarz oluvchining (kafilning) tegishli maʼlumotlarini taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ishtirok etuvchi tijorat banki tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan soʻng besh ish kuni ichida qarz oluvchiga kredit berish masalasini oʻrganib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza qanoatlantirilgan taqdirda, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisida ariza beruvchiga kafolat xatini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Gʻolib qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatida koʻrsatilgan muddat doirasida tijorat bankiga yetkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badal summasi ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdorlari doirasida ajratiladigan ipoteka krediti miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan uy-joy qiymatining oʻn besh foizi miqdorida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badalning yigirma besh foizi Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal ushbu bandga muvofiq aniqlanadigan boshlangʻich badal summasidan oshib ketgan taqdirda, qolgan qismi gʻolibning oʻz mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal summasini oshirish orqali qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joyni sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning yigirma besh foiz qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SM = KS*0,15/0,85*0,25
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SM — ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning yigirma besh foiz qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiya summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KS — ipoteka krediti shartnomasida ajratilayotgan ipoteka krediti miqdori (shartnomadagi kredit miqdoridan qatʼi nazar, har yili davlat dasturlarida belgilanadigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishning eng koʻp miqdoridan oshib ketmagan holda aniqlanadigan ipoteka miqdori).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Ushbu Nizomga muvofiq tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga ipoteka kreditlari ishtirok etuvchi tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan, keyinchalik ushbu mablagʻlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta moliyalashtiriladigan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan subsidiyani hisoblash va toʻlovni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sotib olinadigan uy-joy boʻyicha gʻolib tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan boshlangʻich badal toʻliq shakllantirilgandan soʻng ishtirok etuvchi tijorat banki gʻolib bilan bir ish kuni ichida ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ipoteka krediti shartnomasida uy-joyning ipoteka krediti asosida sotib olinayotgani, dastlabki badal summasi hamda toʻlov yoʻnaltiriladigan bank rekvizitlari aniq va oʻqiladigan shaklda aks ettirilgan boʻlishi lozim. Subsidiya fuqaroga faqat maqsadli toʻlov sifatida uning bank hisobvaragʻiga (yoki bank tomonidan belgilangan qabul qiluvchi rekvizitga) yoʻnaltiriladi, biroq rekvizitlar toʻliq boʻlmagan taqdirda, toʻlovni toʻlash imkoniyati yuzaga kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Taqdim etilgan hujjatlarda texnik nuqson, oʻqilmaslik, rekvizitlar noaniqligi yoki boshqa kamchiliklar aniqlansa, tijorat banki kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qayta yuklash boʻyicha aniq izoh berilgan elektron xabarnoma yuboradi hamda qayta yuklash imkoniyati taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Gʻolib xabarnoma amal qilish muddatida subsidiyadan foydalanmagan taqdirda, ariza avtomatik “Bekor qilindi” maqomiga oʻtkaziladi va toʻlov jarayoni ushbu ariza boʻyicha toʻxtatiladi, bu haqida ariza beruvchiga asosi koʻrsatilgan elektron xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Hujjatlar toʻliq va talablarga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, bank tomonidan toʻlov uchun maʼlumotlar toʻplami shakllantiriladi, unda Ariza ID, ipoteka krediti shartnomasi raqami va sanasi, dastlabki badal summasi, qoplanadigan yigirma besh foiz subsidiya miqdori, toʻlov yoʻnaltiriladigan bank rekvizitlari va toʻlov maqsadi boʻyicha maʼlumotlar jamlanadi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligiga toʻlovni toʻlash uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi, shu bilan bir vaqtda toʻplam Dasturiy taʼminot tizimida elektron arxiv sifatida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tijorat banklari axborot tizimlari orqali barcha rekvizitlar bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga buyurtmanoma yuboradi va Dasturiy taʼminot tizimida avtomatik ravishda shartnoma maʼlumotlariga asosan dastlabki badal va uning yigirma besh foiz qismi hisoblanadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan besh ish kuni ichida toʻlovlar Dasturiy taʼminot tizimi orqali toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Subsidiya fuqaroga naqd koʻrinishda berilmaydi va faqat maqsadli toʻlov sifatida ipoteka krediti rasmiylashtirilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi, toʻlov hujjatida esa Ariza ID, ipoteka shartnomasi raqami va sanasi hamda toʻlov maqsadi “uy-joy ipotekasi boʻyicha dastlabki badal toʻlovining yigirma besh foizini qoplash” mazmunida koʻrsatilishi orqali toʻlovning maqsadliligi va keyinchalik auditda tekshirish imkoniyati taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Toʻlov toʻlangandan keyin Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻlov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki bank referensi, elektron kvitansiya maʼlumotlari) qabul qiladi va ushbu maʼlumotlar Dasturiy taʼminot tizimiga kiritilishi yoki integratsiya orqali uzatilishi asosida ariza maqomi “Toʻlov amalga oshirildi”, keyin esa “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga oʻtkaziladi, shuningdek ariza beruvchiga toʻlov toʻlangani, toʻlangan summa va toʻlov qaysi bank rekvizitiga yoʻnaltirilgani haqida SMS-xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Ariza “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga oʻtkazilgandan keyin ariza beruvchi mazkur imtiyozdan takroran foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi va keyingi choraklarda ariza topshirishga urinish holatlarida mazkur holat avtomatik rad etish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ariza qabul qilishdan toʻlovni toʻlashga qadar boʻlgan barcha harakatlar (OneID tizimi orqali kirish, ariza yuborish, Yagona milliy mehnat tizimi tekshiruv natijalari, reyestrni shakllantirish, tanlov natijasini qayd etish, hujjatni yuklash, toʻlov uchun maʼlumotlar toʻplamini shakllantirish, Sogʻliqni saqlash vazirligiga toʻlov uchun taqdim etish, toʻlovni toʻlash va toʻlov natijasini qayd etish) elektron jurnallarda qayd etiladi hamda elektron materiallar, jurnallar va yozuvlar kamida besh yil saqlanadi, ommaviy eʼlon qilinadigan maʼlumotlarda esa JSHSHIR va shaxsni tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari oshkor qilinmaydi va raqamlangan koʻrinishda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ariza beruvchi rad etish, tanlov natijasi, hujjatlar boʻyicha qarorlar yoki toʻlov jarayonidan norozi boʻlgan taqdirda, shikoyat kiritish huquqiga ega boʻladi va shikoyatni koʻrib chiqish qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda taʼminlanadi, bunda shikoyatni koʻrib chiqish natijasi ariza beruvchiga elektron tarzda yetkaziladi hamda shikoyat qanoatlantirilgan hollarda, maqom oʻzgarishi xabarnoma asosida Dasturiy taʼminot tizimiga kiritilishi orqali jarayonning uzluksizligi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Mazkur Nizom ijrosini taʼminlash, monitoring va hisobot yuritish Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Dasturiy taʼminot tizimida (subsidiya.mf.uz) roʻyxatdan oʻtadi yoki istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi.

2. Ariza beruvchi nomidan yoki mustaqil ravishda arizani elektron tarzda toʻldiradi (JSHSHIRni kiritadi, telefon raqami va elektron pochtasini koʻrsatadi).

3. Shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlarga elektron rozilikni belgilaydi.

4. Arizani yuboradi.

Har chorakning birinchi ish kunidan boshlab chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 gacha

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

1. Arizaga Ariza IDni avtomatik beradi va ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi.

2. Arizani Dasturiy taʼminot tizimiga yuboradi.

3. Ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi.

4. Ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va avtomatik tekshiruv boshlanishi toʻgʻrisida elektron xabar taqdim etadi.

5. Bir JSHSHIR boʻyicha bir chorak doirasida faqat bitta arizaga yoʻl qoʻyadi va takroriy urinishda “Avval yuborilgan ariza mavjud” xabarnomasini taqdim etadi.

Ariza qabul qilingan kunning oʻzida

3-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligining dasturiy taʼminot tizimi

1. Masʼul tashkilotlarning elektron maʼlumotlar bazasidan kelib tushgan maʼlumotlar asosida arizani avtomatlashtirilgan tarzda quyidagi mezonlar asosida baholaydi:

ariza baholash jarayoniga oʻtkazilishidan oldin “FHDY yagona elektron arxivi” maʼlumotlari bazasidan ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi oʻrtasida rasmiy nikoh tuzilgani;

ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi.

Avtomatik tarzda (real vaqt rejimida)

4-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Mezonlar toʻliq tasdiqlansa “Tanlovga qoʻyildi”, tasdiqlanmasa “Rad etildi” maqomini belgilaydi, rad etish sababini aniq koʻrsatadi.

2. Avval ushbu imtiyozdan foydalangan shaxslar “Imtiyozdan foydalandi” maqomi aniqlanganda, avtomatik “Rad etildi” maqomiga oʻtkaziladi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Chorakning oxirgi ish kuni soat 14:00 da arizalar qabulini avtomatik tarzda toʻxtatadi.

2. “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalardan reyestrni avtomatik shakllantiradi, reyestr har bir ariza boʻyicha Ariza ID, ariza yuborilgan sana/vaqt va JSHSHIRni oʻz ichiga oladi.

3. Reyestr identifikatorini qayd etadi va reyestr tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻymaydi.

Har chorakning oxirgi ish kunida

6-bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1. Keyingi chorakning birinchi ish kunida onlayn tanlov oʻtkazadi.

2. Reyestrdan 125 (bir yuz yigirma besh) nafardan ortiq boʻlmagan gʻoliblarni tasodifiy usulda aniqlaydi. “Tanlovga qoʻyildi” maqomidagi arizalar soni 125 dan kam boʻlsa, barcha ishtirokchilarni “Gʻolib” deb topadi.

3. Tanlovning onlayn translyatsiyasini rasmiy veb-sahifalari orqali amalga oshiradi va yozuvni arxivlaydi.

4. Tanlov natijalarini rasmiy veb-sahifalari orqali eʼlon qiladi va gʻoliblarga “Gʻolib”, subsidiya ajratish rad etilgan ariza beruvchilarga “Tanlovdan oʻtmadi” maqomini beradi hamda har bir ishtirokchiga natija haqida Davlat xizmatlari markazi orqali xabarnoma yuboradi.

Har chorakning oxirgi ish kunida

7-bosqich

Talabgor

1. Oʻzining daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib, moʻljallayotgan uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish boʻyicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan birlamchi shartnoma tuzadi.

1. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingunga qadar yoki subsidiya xabarnomasining muddati doirasida

2. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun gʻolib istalgan ishtirok etuvchi tijorat bankiga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish boʻyicha tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

2. Xabarnoma amal qilish muddatining oxirgi kunigacha

8-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgorning hujjatlarini oʻrganib chiqadi.

2. Ipoteka kreditini ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi kafolat xatini taqdim etadi.

Bunda talabgorga ipoteka kreditini ajratish rad etilgan taqdirda, toʻlov platformasida yaratilgan buyurtmanomani bekor qiladi.

5 ish kuni ichida

9-bosqich

Talabgor

Qurilish (pudrat) tashkiloti bilan notarial tasdiqlangan uy-joyning oldi-sotdi shartnomasini hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi kadastr hujjatlarini tijorat bankiga taqdim etadi.

Belgilangan tartibda

10-bosqich

Ishtirok etuvchi tijorat banki

1. Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi.

1. 1 ish kuni ichida

2. Dasturiy taʼminot tizimi orqali boshlangʻich badalning bir qismini qoplash uchun kadastr hujjatlarini ilova qilgan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanoma yuboradi.

2. 1 ish kuni ichida

11-bosqich

Jamgʻarma (Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi)

1. Tijorat banklari axborot tizimlari orqali barcha rekvizitlar bilan buyurtmanomani qabul qiladi.

2. Subsidiyani ipoteka krediti rasmiylashtirilgan bank tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraqqa oʻtkazadi.

3. Toʻlov hujjatida Ariza ID, ipoteka shartnomasi raqami/sanasi va toʻlov maqsadini aniq koʻrsatadi.

4. Toʻlov tasdiqnomasini (tranzaksiya ID yoki bank referensi) Dasturiy taʼminot tizimiga uzatadi.

5 ish kuni ichida

12-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Toʻlov tasdiqlangandan keyin ariza maqomini “Toʻlov amalga oshirildi”dan “Imtiyozdan foydalandi”ga oʻtkazadi.

2. Ariza beruvchiga toʻlov toʻlangani, toʻlangan summa va qaysi bank rekvizitiga yoʻnaltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboradi.

3. “Imtiyozdan foydalandi” maqomiga oʻtkazilgandan keyin ariza beruvchi mazkur imtiyozdan takroran foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi va keyingi choraklarda ariza topshirishga urinishda avtomatik rad etish asosi hisoblanadi.

Toʻlov tasdiqlanganidan soʻng avtomatik tarzda

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

ARIZA

I. Ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

2. Tugʻilgan sanasi

3. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

5. Turmush oʻrtogʻining shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

6. Telefon raqami

7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ish joyi va staj maʼlumotlari

8. Davlat tibbiyot muassasasining toʻliq nomi

9. Lavozimi

10. Tibbiyot/farmatsevtika ixtisosligi

11. Davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish staji (yil/oy)

Men tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismi qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.

Yagona milliy mehnat tizimidan ish holati va ish staji maʼlumotlarini olish va tekshirishga hamda yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman hamda kredit axboroti toʻgʻrisidagi va tegishli maʼlumotlarning oshkor etilishiga roziligimni bildiraman.

Ariza topshirilgan sana:
______
______________

(QR kod)

Ariza ID: _____________

Ariza holati:

Dasturiy taʼminot tizimi (subsidiya.mf.uz)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ajratiladigan davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini baholashning ijtimoiy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEZONLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Mezonlar

Masʼul tashkilot

1.

Ariza beruvchi, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida ikki va undan ortiq mulk huquqi bilan turar joy mavjud emasligi

Kadastr agentligi

2.

Ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasalarida tibbiyot va farmatsevtika xodimi faoliyati boʻyicha kamida 15 yil ish stajiga ega yoki ega emasligi, shu jumladan, ariza topshirgan vaqtda faoliyat yuritayotgani

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

3.

Ariza beruvchining davlat tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi ekanligi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida

___________-son

XABARNOMA

Ariza raqami __________

Berilgan sanasi 20___ yil “___” _________

Fuqaro _________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “____” ___________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning _________________ sababli rad etishga asosli deb topildi.

(Ushbu Nizomning qaysi bandiga asosan rad etilishi koʻrsatilishi kerak)

Pasport (ID-karta) maʼlumotlari:

seriyasi _______ raqami ______________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _________________

Kim tomonidan berilgan _________________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili __________________________________________

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

Uy-joy sotib olish uchun davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga subsidiya ajratish toʻgʻrisida

_____________-son

XABARNOMA

Ariza raqami___________

Berilgan sanasi 20___ yil “____” _________

Amal qilish muddati 20___ yil “___” _________

Fuqaro __________________________________________________________________________________

(F.I.O)

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil “___” _________dagi ____-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joyning dastlabki badal toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlarga muvofiqligi sababli gʻolib deb topildi.

Pasport (ID-karta) maʼlumotlari:

seriyasi _______ raqami_________________________________

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) ________________

Kim tomonidan berilgan ____________________________,

Berilgan sanasi _______________________

Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan manzili __________________________________________

Davlat budjeti hisobidan uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha subsidiya miqdori ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibga muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi.

Mazkur xabarnoma fuqaroga ipoteka krediti ajratilishini kafolatlamaydi. Ipoteka kreditini ajratish ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Xabarnoma berilgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)

QR-kod

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan qoplab berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi — amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgan, davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega tibbiyot yoki farmatsevtika xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot tizimlari — ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini taʼminlash, ushbu Nizomda belgilangan ijtimoiy mezonlar boʻyicha maʼlumotlarni aniqlash uchun foydalaniladigan vazirlik va idoralarning elektron axborot tizimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturiy taʼminot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining subsidiya.mf.uz axborot-dasturiy taʼminot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mezon — ariza beruvchining bir vaqtning oʻzida amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlangan boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul tashkilotlar — ariza beruvchining arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni ushbu Nizom talablariga muvofiq baholashga masʼul boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi — oliy taʼlim tashkilotining talaba(lar)ning taʼlim shakli, taʼlim bosqichi, toʻlov-kontrakt miqdori va oliy taʼlim tashkilotining tegishli hisobvaragʻini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etuvchi axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
reyestr — kalendar oy boʻyicha tekshiruvdan oʻtgan arizalar (farzandlar) kesimida shakllantiriladigan va toʻlovni toʻlash uchun asos boʻladigan roʻyxat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subsidiya — amalda ariza beruvchining farzandi uchun respublika oliy taʼlim tashkilotlaridagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi miqdoridagi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi hisoblangan va oliy taʼlim tashkilotining tegishli hisobvaragʻiga maqsadli toʻlov sifatida oʻtkaziladigan mablagʻ;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabarnoma — ariza beruvchiga subsidiya ajratish yoki uni ajratishni rad etish toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan va berilgan vaqtdan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida amal qiladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzand (talaba) — ariza beruvchining qarindoshlik maʼlumotlari orqali tasdiqlangan va respublika oliy taʼlim tashkilotida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan (yoki talabalikka tavsiya etilgan) shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FHDY axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ariza beruvchi va uning farzandlarining qarindoshlik munosabatlarini tasdiqlovchi axborot tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona milliy mehnat tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining ariza beruvchining ish holati va ish stajini tasdiqlovchi axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Subsidiya ajratish jarayonlari toʻliq raqamlashtirish, teng imkoniyat va shaffoflik, yagona mezon asosida muvofiqlikni aniqlash, mablagʻlarni fuqaroga naqd berilmasdan oliy taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga maqsadli toʻlov sifatida yoʻnaltirish, shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish, elektron jurnallarda qayd etish hamda elektron materiallarni kamida besh yil saqlash prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga asosan ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bir ariza beruvchining mazkur imtiyoz doirasida bir vaqtning oʻzida bir nechta farzandi uchun ariza berishga yoʻl qoʻyiladi, bunda subsidiya har bir farzand (talaba) boʻyicha alohida hisoblanadi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Arizalarni qabul qilish va rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Arizalar Dasturiy taʼminot tizimida yil davomida uzluksiz qabul qilinadi, bunda har kalendar oy boʻyicha toʻlovga chiqarish uchun reyestr mazkur oyning oxirgi ish kuni soat 23:59 da avtomatik tarzda shakllantiriladi hamda keyingi kundan boshlab kelib tushgan arizalar keyingi oy reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ariza beruvchi farzandiga yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish boʻyicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi kelib murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron tarzda toʻldiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ariza berish uchun ariza beruvchi JSHSHIRini kiritadi, aloqa maʼlumotlarini koʻrsatadi va har bir farzand uchun alohida maʼlumotlarni (farzand JSHSHIRi, oliy taʼlim tashkilotning taʼlim yoʻnalishi, bosqichi, toʻlov-kontrakt miqdori va boshqa zarur rekvizitlar) kiritadi hamda shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlar va maqsadli toʻlovni toʻlashga elektron rozilikni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan arizada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali koʻrsatiladigan xizmatlar hamda markaz tomonidan tegishli tashkilotlarga soʻrov yuborish orqali maʼlumotlarga aniqlik kiritish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ariza yuborilgan paytda Dasturiy taʼminot tizimi arizaga ID raqamini (keyingi oʻrinlarda — Ariza ID) avtomatik tarzda beradi, ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi, ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi hamda ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va keyingi avtomatik tekshiruvlar boshlanishi toʻgʻrisida elektron xabarnomani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bir ariza beruvchi bir kalendar oy davomida oʻzining bir yoki bir nechta farzandi boʻyicha bitta arizani yuborishi mumkin, bunda mazkur oy reyestriga kiritilgan ariza boʻyicha farzandlar roʻyxatini toʻldirish yoki oʻzgartirish faqat reyestr shakllantirilguniga qadar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchidan arizada qayd etilgan maʼlumotlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ariza beruvchi farzandi boʻyicha maʼlumotlarni notoʻgʻri kiritgani aniqlansa, reyestr shakllantirilguniga qadar arizani bekor qilish va qayta toʻldirish huquqiga ega boʻladi, reyestr shakllantirilganidan keyin esa ariza Dasturiy taʼminot tizimida shikoyat (apellyatsiya) tartibida koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Arizalarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Arizalarni koʻrib chiqishda yagona mezon qoʻllanadi, yaʼni ariza beruvchining bir vaqtning oʻzida amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani hamda davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega ekanligi tasdiqlanishi shart hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tizim ariza beruvchi kiritgan JSHSHIR asosida Yagona milliy mehnat tizimidan elektron integratsiya orqali ariza beruvchining ish holati (hozir ishlayotgan/ishlamayotgan), ish joyi (davlat tibbiyot muassasasi nomi) va davlat tibbiyot muassasalaridagi ish staji (yil va oylarda) haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda oladi hamda ushbu maʼlumotlarni mezonlarga muvofiqlikni baholash uchun hal qiluvchi asos sifatida qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimi farzand (talaba) boʻyicha FHDY axborot tizimidan qarindoshlik munosabatlarini (ota-ona/farzand) avtomatik tekshiradi, qarindoshlik tasdiqlanmagan taqdirda esa ushbu farzand boʻyicha subsidiya tayinlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qarindoshlik tasdiqlangan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimi Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi orqali farzandning respublikadagi oliy taʼlim tashkilotida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgani, bosqichi, oʻqish holati (oʻqimoqda/chetlashgan) hamda yillik toʻlov-kontrakt summasi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda aniqlaydi va ariza maʼlumotlari bilan solishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Dasturiy taʼminot tizimida avtomatik tekshirish natijasiga koʻra har bir farzand boʻyicha “Muvofiq” yoki “Rad etildi” maqomi belgilanadi, bunda rad etish sababi tushunarli va aniq mazmunda koʻrsatiladi (jumladan, “mezon tasdiqlanmadi”, “qarindoshlik tasdiqlanmadi”, “bakalavriat emas”, “oʻqish statusi faol emas”, “Oliy taʼlim tashkiloti maʼlumoti taqdim etilmadi/tasdiqlanmadi”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yagona milliy mehnat tizimi, FHDY yoki Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimlaridan maʼlumot kelmasligi yoxud integratsiya kanallarida texnik nosozlik yuzaga kelishi holatida, Dasturiy taʼminot tizimi reyestr shakllantirilguniga qadar maʼlumot olish uchun avtomatik takroriy soʻrovlarni amalga oshiradi, reyestr shakllantirilguniga qadar tasdiq maʼlumotlari olinmasa, ushbu farzand boʻyicha ariza “Rad etildi” maqomiga oʻtkaziladi va kelgusi oyda qayta ariza berish huquqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bir oʻquv yili uchun bir farzand boʻyicha subsidiya bir marta tayinlanadi, bunda keyinchalik toʻlov-kontrakt miqdori oʻzgargan taqdirda, qayta hisob-kitob va qoʻshimcha (yoki kamaytirilgan) toʻlovlar mazkur Nizomda belgilangan yillik qayta tasdiqlash jarayoni doirasida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Reyestrni shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Har kalendar oyning oxirgi ish kuni soat 23:59da Dasturiy taʼminot tizimi “Muvofiq” maqomidagi farzandlar boʻyicha reyestrni avtomatik shakllantiradi, reyestr har bir yozuv boʻyicha kamida quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza topshirilgan sana va vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza ID;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining JSHSHIRi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzandning JSHSHIRi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim tashkiloti nomi va STIRi (mavjud boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim yoʻnalishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bosqich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yillik toʻlov-kontrakt summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisoblangan subsidiya summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv natijasi va maqomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Reyestr shakllantirilgan paytdan eʼtiboran reyestr tarkibini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi, shu sababli Dasturiy taʼminot tizimi reyestr shakllantirilgan sana va vaqtni hamda reyestr yaxlitligini tasdiqlovchi texnik belgilarni (reyestr identifikatori va uning nazorat summasi/heshi) qayd etadi va arxivda saqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Reyestr shakllantirilgandan keyin Dasturiy taʼminot tizimi reyestrni Jamgʻarmaga elektron tarzda taqdim etadi, Jamgʻarma esa reyestr asosida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirish va toʻlov toʻlanishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Subsidiya miqdorini hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Subsidiya miqdori har bir farzand (talaba) boʻyicha alohida hisoblanadi va quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S = min (K × 0,30; BHM × 15),
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bu yerda, S — subsidiya miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K — farzandning tegishli oʻquv yili uchun yillik toʻlov-kontrakt summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BHM — toʻlov toʻlanayotgan kunda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Misol uchun, yillik toʻlov-kontrakt summasi K = 20 000 000 soʻm boʻlganda, K × 0,30 = 6 000 000 soʻmni tashkil etadi, BHM = 412 000 soʻm deb olinsa, BHM × 15 = 6 180 000 soʻm boʻladi va subsidiya S = 6 000 000 soʻm miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
K = 25 000 000 soʻm boʻlganda K × 0,30 = 7 500 000 soʻm, BHM ×15 = 6 180 000 soʻm boʻlsa, subsidiya S = 6 180 000 soʻm miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bir ariza beruvchining bir nechta farzandi boʻyicha subsidiya miqdori har bir farzand uchun alohida hisoblanadi va toʻlovlar ham har bir farzand kesimida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Toʻlovni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamgʻarma reyestr kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtiradi va subsidiyani oliy taʼlim tashkilotining tegishli hisobvaragʻiga maqsadli toʻlov sifatida oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Subsidiya oliy taʼlim tashkiloti tomonidan farzand (talaba)ning tegishli oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt boʻyicha toʻlovlarini hisobga olishda qoʻllanadi hamda mazkur toʻlovlar boʻyicha belgilangan muddatlarga rioya etilishi taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda toʻlovlar Jamgʻarma tomonidan bir oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan bir necha talabalarning toʻlov-kontrakt boʻyicha toʻlovlari bitta toʻlov topshiriqnomasiga koʻra reyestr asosida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Toʻlov toʻlangandan keyin Jamgʻarma toʻlov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki toʻlov referensi) qabul qiladi va ushbu maʼlumotlar Dasturiy taʼminot tizimiga kiritilishi yoki integratsiya orqali uzatilishi asosida tegishli farzand boʻyicha ariza maqomi “Toʻlov toʻlandi” maqomiga oʻtkaziladi, ariza beruvchiga esa toʻlangan summa va toʻlov qaysi oliy taʼlim tashkiloti rekvizitiga yoʻnaltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Subsidiya fuqaroga naqd koʻrinishda berilmaydi hamda boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Yillik qayta tasdiqlash va toʻlovni davom ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Subsidiya har bir farzand (talaba) uchun respublika oliy taʼlim tashkiloti bakalavriat taʼlim yoʻnalishini bitirguncha har oʻquv yilida toʻlanadi, bunda navbatdagi oʻquv yili uchun toʻlovni toʻlashdan oldin Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi orqali farzandning oʻqishi davom etayotgani, bosqichi va yillik toʻlov-kontrakt miqdori avtomatik qayta tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Navbatdagi oʻquv yili uchun qayta tasdiqlash natijasi “Muvofiq” maqomida boʻlgan taqdirda, farzand boʻyicha subsidiya mazkur Nizomning 5 va 6-boblariga muvofiq hisoblanadi va toʻlanadi, “Rad etildi” maqomida boʻlgan taqdirda esa toʻlov toʻxtatiladi va ariza beruvchiga sababi koʻrsatilgan elektron xabarnoma yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Farzandning oʻqish statusi akademik taʼtilga chiqqan, talabalar safidan chetlashtirilgan yoki bakalavriat taʼlim yoʻnalishidan boshqa taʼlim darajasiga oʻtgan hollarda hamda kursdan kursga qolganda ushbu oʻquv yili uchun navbatdagi toʻlovlar toʻlanmaydi, avval toʻlangan mablagʻlarni qayta hisob-kitob qilish masalalari esa oliy taʼlim tashkilotining ichki hisob-kitob tartibi va kontrakt shartlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Ariza beruvchida yangi farzandning bakalavriatga qabul qilinishi (yoki avval koʻrsatilmagan farzand boʻyicha murojaat) paydo boʻlgan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimida tegishli farzandni qoʻshgan holda qayta ariza berish huquqiga ega boʻladi, bunda mezon va avtomatik tekshiruvlar toʻliq takror qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Rad etish asoslari, xabardor qilish va shikoyat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Quyidagi holatlar farzand boʻyicha arizani rad etish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mezon tasdiqlanmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchi davlat tibbiyot muassasasida ishlamayotgani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish staji kamida oʻn besh yilga yetmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarindoshlik tasdiqlanmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
farzandning respublika hududidagi oliy taʼlim tashkilotida bakalavriatda oʻqimasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqish statusi faol emasligi (akademik taʼtil/chetlashtirilgan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim tashkiloti tomonidan yillik toʻlov-kontrakt summasi tasdiqlanmagani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza maʼlumotlariga qasddan notoʻgʻri maʼlumotlar kiritilgani.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tizim rad etish toʻgʻrisidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi va ariza beruvchiga shaxsiy kabinet orqali, zarur hollarda elektron pochta orqali xabar qiladi, xabarnomada rad etish sababi va qayta murojaat qilish imkoniyati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ariza beruvchi rad etish, tekshiruv natijalari yoki toʻlov jarayonidan norozi boʻlgan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimi orqali elektron shikoyat (apellyatsiya) kiritish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Shikoyatlarni koʻrib chiqish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi taʼminlanadi, shikoyat natijasi Dasturiy taʼminot tizimida qayd etiladi va ariza beruvchiga elektron tarzda yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda, tegishli farzand boʻyicha maqom oʻzgarishi va reyestrga kiritish amallari elektron qaror asosida Dasturiy taʼminot tizimida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Dasturiy taʼminot tizimida autentifikatsiya OneID tizimi orqali amalga oshiriladi, Dasturiy taʼminot tizimida rol-model (administrator, operator, nazoratchi) joriy etiladi va har bir rol vakolatlari minimallashtirish prinsipi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Arizani qabul qilish, maʼlumot almashinuvi, reyestrni shakllantirish va toʻlov jarayonlariga oid barcha harakatlar elektron jurnallarda qayd etiladi, jurnallar va elektron materiallar kamida besh yil saqlanadi hamda ularga ruxsatsiz kirishdan himoya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Integratsiya kanallari orqali maʼlumot almashinuvi himoyalangan aloqa kanallarida amalga oshiriladi, shaxsiy maʼlumotlarni uzatish va saqlashda shifrlash, identifikatsiya, autentifikatsiya va audit mexanizmlari qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ommaviy eʼlon qilinadigan maʼlumotlarda ariza beruvchi va farzandning JSHSHIRi, pasport maʼlumotlari va boshqa identifikatsiyalovchi maʼlumotlar oshkor qilinmaydi hamda faqat raqamlangan (ID) koʻrinishda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Mazkur Nizomda nazarda tutilmagan masalalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mazkur Nizom ijrosini taʼminlash, monitoring va hisobot yuritish Sogʻliqni saqlash vazirligi va Jamgʻarma tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(tibbiyot va farmatsevtika xodimlari)

1. Dasturiy taʼminot tizimida (subsidiya.mf.uz) roʻyxatdan oʻtadi yoki istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi.

2. Ariza beruvchi nomidan yoki mustaqil ravishda arizani elektron tarzda toʻldiradi. Elektron ariza shaklida JSHSHIRini kiritadi, aloqa maʼlumotlarini (telefon raqami va elektron pochtasi) koʻrsatadi va har bir farzand uchun alohida maʼlumotlarni (farzand JSHSHIRi, oliy taʼlim tashkiloti nomi, taʼlim yoʻnalishi, bosqich, toʻlov-kontrakt miqdori va boshqa zarur rekvizitlar) kiritadi.

3. Shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berish, avtomatik tekshiruvlar va maqsadli toʻlovni amalga oshirishga elektron rozilikni belgilaydi.

4. Arizani yuboradi.

Yil davomida uzluksiz

(har kalendar oy reyestr shakllanguniga qadar)

2-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Arizaga Ariza IDni avtomatik tarzda beradi.

2. Ariza qabul qilingan sana va vaqtni qayd etadi.

3. Ariza maqomini “Qabul qilindi” deb belgilaydi.

4. Ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga Ariza ID va keyingi avtomatik tekshiruvlar boshlanishi toʻgʻrisida elektron xabarnomani taqdim etadi.

Ariza yuborilgan vaqtda avtomatik tarzda

3-bosqich

Yagona milliy mehnat tizimi

(integratsiya orqali)

1. Ariza beruvchi kiritgan JSHSHIR asosida ariza beruvchining ish holati (hozir ishlayotgan/ishlamayotgan), ish joyi (davlat tibbiyot muassasasi nomi) va davlat tibbiyot muassasalaridagi ish staji (yil va oylarda) haqidagi maʼlumotlarni avtomatik ravishda taqdim etadi.

2. Tizim ushbu maʼlumotlar asosida mezonga muvofiqlikni baholaydi: ariza beruvchi amalda davlat tibbiyot muassasasida ishlayotgani va kamida 15 yil ish stajiga ega ekanini tasdiqlaydi.

Avtomatik tarzda

(real vaqt rejimida)

4-bosqich

FHDY axborot tizimi (integratsiya orqali)

1. Ariza beruvchining mezonlarga muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda, farzand va ariza beruvchi oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini (ota-ona/farzand) avtomatik tekshiradi.

2. Qarindoshlik tasdiqlanmagan taqdirda, ushbu farzand boʻyicha subsidiyani tayinlamaydi va “Rad etildi” maqomini belgilaydi.

Avtomatik tarzda

5-bosqich

Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot (HEMIS) tizimi

(integratsiya orqali)

1. Qarindoshlik tasdiqlangan taqdirda, farzandning respublikadagi oliy taʼlim tashkilotida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgani, bosqichi, oʻqish holati (oʻqimoqda/chetlashgan) hamda yillik toʻlov-kontrakt summasi haqidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda aniqlaydi.

2. Tizim ariza maʼlumotlari bilan solishtiradi va tasdiqlaydi yoki rad etadi.

Avtomatik tarzda

6-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Avtomatik tekshirish natijasiga koʻra har bir farzand boʻyicha “Muvofiq” yoki “Rad etildi” maqomini belgilaydi.

2. Rad etish sababini tushunarli va aniq mazmunda koʻrsatadi (jumladan, “mezon tasdiqlanmadi”, “qarindoshlik tasdiqlanmadi”, “bakalavriat emas”, “oʻqish statusi faol emas”).

3. Ariza beruvchiga shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuboradi.

Avtomatik tarzda

(reyestr shakllanguniga qadar)

7-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Har kalendar oyning oxirgi ish kuni soat 23:59 da “Muvofiq” maqomidagi farzandlar boʻyicha reyestrni avtomatik shakllantiradi.

2. Reyestr har bir yozuv boʻyicha: ariza topshirilgan sana/vaqt, Ariza ID, ariza beruvchi va farzand JSHSHIRi, oliy taʼlim tashkiloti nomi va STIRi, taʼlim yoʻnalishi, bosqich, yillik toʻlov-kontrakt summasi, hisoblangan subsidiya summasi (S=min(K×0,30; BHM×15)), tekshiruvi natijasi va maqomini oʻz ichiga oladi.

3. Reyestr identifikatori va nazorat summasini qayd etadi va arxivda saqlaydi.

Har oy oxirgi ish kuni soat 23:59da

8-bosqich

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

1. Reyestrni elektron tarzda qabul qiladi.

2. Reyestr asosida toʻlov hujjatlarini rasmiylashtiradi.

3. Subsidiyani oliy taʼlim tashkilotining tegishli hisobvaragʻiga maqsadli toʻlov sifatida oʻtkazadi. Bunda bir oliy taʼlim tashkilotida taʼlim olayotgan bir nechta talabaning toʻlovlari bitta toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha reyestr asosida toʻlanadi.

4. Toʻlov tasdiqnomasini (tranzaksiya identifikatori yoki toʻlov referensi) Dasturiy taʼminot tizimiga uzatadi.

Reyestr kelgan kundan 10 ish kuni ichida

9-bosqich

Dasturiy taʼminot tizimi

1. Toʻlov tasdiqlangandan keyin tegishli farzand boʻyicha ariza maqomini “Toʻlov amalga oshirildi”ga oʻtkazadi.

2. Ariza beruvchiga toʻlangan summa va toʻlov qaysi oliy taʼlim tashkiloti rekvizitiga yoʻnaltirilgani haqida elektron xabarnoma yuboradi.

Toʻlov tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda

10-bosqich

Ariza beruvchi

Rad etish, tekshiruvi natijalari yoki toʻlov jarayonidan norozi boʻlgan taqdirda, Dasturiy taʼminot tizimi orqali elektron shikoyat (apellyatsiya) kiritadi.

Oʻz xohishiga koʻra

11-bosqich

Masʼul vazirliklar

(Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi)

1. Shikoyatni koʻrib chiqadi.

2. Shikoyat natijasini Dasturiy taʼminot tizimida qayd etadi va ariza beruvchiga elektron tarzda yetkazadi.

3. Shikoyat qanoatlantirilgan taqdirda, tegishli farzand boʻyicha maqom oʻzgarishi va reyestrga kiritish amallarini elektron qaror asosida tizimda aks ettiradi.

10 ish kuni ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tibbiyot muassasalarida kamida oʻn besh yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga respublika oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha yillik toʻlov-kontrakt summasining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

NAMUNA

ARIZA

I. Ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari

1. Familiyasi, ismi va otasining ismi

2. Tugʻilgan sanasi

3. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

5. Telefon raqami

6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)

II. Ish joyi va staj maʼlumotlari

7. Davlat tibbiyot muassasasining toʻliq nomi

8. Lavozimi

9. Tibbiyot/farmatsevtika ixtisosligi

10. Davlat tibbiyot muassasalaridagi umumiy ish staji (yil/oy)

III. Farzand (talaba) maʼlumotlari

(har bir farzand uchun alohida toʻldiriladi)

11. Farzandining familiyasi, ismi, otasining ismi

12. Farzandining JSHSHIRi

13. Oliy taʼlim tashkilotining nomi

14. Taʼlim yoʻnalishi/mutaxassisligi

15. Taʼlim bosqichi (kurs)

16. Taʼlim shakli (kunduzgi/sirtqi)

17. Oʻqish statusi (oʻqimoqda/tavsiya etilgan)

18. Yillik toʻlov-kontrakt summasi (soʻmda)

19. Oliy taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami/STIR)

Men tibbiyot va farmatsevtika xodimlari farzandlari uchun bakalavriat toʻlov-kontrakt summasining bir qismi subsidiya tarzida qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.

Yagona milliy mehnat tizimidan ish holati va ish staji, FHDY axborot tizimidan qarindoshlik, HEMIS tizimidan farzand taʼlim maʼlumotlarini olish va tekshirishga, subsidiyani oliy taʼlim tashkilotining hisobvaragʻiga maqsadli toʻlov sifatida oʻtkazishga hamda shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berishga roziligimni bildiraman. Ushbu arizada koʻrsatilgan barcha maʼlumotlarning haqqoniyligini tasdiqlayman.

Ariza topshirilgan sana:

_____________________

(QR kod)

Ariza ID: _____________

Ariza holati:

Dasturiy taʼminot tizimi (subsidiya.mf.uz)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibining izoh qismi 5-bandi “Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 256-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 3-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 4-ilovaning 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 5-bandi ikkinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 3-ilova quyidagi mazmundagi 152-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“152. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 15-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-ilova quyidagi mazmundagi 162-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“162. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 16-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 5b-ilova 152-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“152. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 15-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) 5v-ilova 132-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“132. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Nizomning 13-bandi birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi 555-son qarori bilan tasdiqlangan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti quyidagi mazmundagi 112-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“112. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali davlat xizmati koʻrsatilganda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 11-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno)”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-son qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 122-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“122. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur Reglamentning 12-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi 302-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“302. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur Reglamentning 30-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 10-bandi beshinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi tugallangan obyektni topshirish-qabul qilish va foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti quyidagi mazmundagi 272-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“272. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 27-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning dublikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 92-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“92. Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentining 9-bandi toʻrtinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qarori bilan tasdiqlangan Ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentining 11-bandi uchinchi xatboshisi “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga” soʻzlaridan keyin “, davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-dekabrdagi 897-son qarorining 2-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1-ilovada nazarda tutilmagan boshqa shaxslarga ijtimoiy kartani berganlik uchun bank xizmatlari toʻlovi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn foizidan oshmasligi lozim. Bunda davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlat tibbiyot muassasalarida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida tibbiyot va farmatsevtika sohasiga oid kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslardan mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan yigʻim summasining 50 foizi undiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son)