1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni takomillashtirish va davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Reglament) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazishni, shu jumladan, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “e-akkreditatsiya” axborot tizimi orqali tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya, takroriy akkreditatsiya, akkreditatsiya sohasini kengaytirish, qisqartirish va davriy baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash, toʻxtatish (tiklash) va tugatish tartibi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi Adliya vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrdan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari, YIDXP yoxud “e-akkreditatsiya” axborot tizimi orqali koʻrsatilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu qarorga muvofiq davlat xizmati koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 30-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
349-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼMURIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) muvofiqlikni baholash organlari faoliyatini akkreditatsiyadan oʻtkazish va davriy baholash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organlarining muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatliligini akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya belgisi — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarning akkreditatsiya maqomini koʻrsatish maqsadida ular qoʻllashi uchun moʻljallangan Markaz tomonidan beriladigan belgi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya boʻyicha baholovchi — muvofiqlikni baholash organini baholash uchun akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, mazkur faoliyatni mustaqil ravishda yoki baholash guruhi tarkibida amalga oshiradigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya boʻyicha texnik ekspert — akkreditatsiya organi tomonidan tayinlangan, akkreditatsiya boʻyicha baholovchi rahbarligida ishlaydigan, baholanayotgan akkreditatsiya sohasida maxsus bilimlarga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan va mustaqil baholashni amalga oshirmaydigan jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya komissiyasi — Markaz huzurida tashkil etiladigan komissiya boʻlib, akkreditatsiya talablari va shartlariga oid ishlar natijalarini koʻrib chiqish hamda ushbu Reglamentda nazarda tutilgan tegishli qarorlarni qabul qilish uning asosiy vazifasi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt — milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi — faoliyatning muayyan sohasi boʻlib, unda akkreditatsiya uchun akkreditatsiya obyektining yoxud akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning vakolatliligi tasdiqlanadi yoki tasdiqlangan boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatliligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya uchun ariza beruvchi (keyingi oʻrinlarda — akkreditatsiya obyekti) — akkreditatsiya uchun ariza bergan muvofiqlikni baholash organi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiya komissiyasi — akkreditatsiya organining akkreditatsiyadan oʻtkazish, akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish, akkreditatsiyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirishga doir qarorlari boʻyicha apellyatsiyalarni koʻrib chiqish hamda qarorlar qabul qilish maqsadida akkreditatsiya organi huzurida tuziladigan komissiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash guruhi rahbari — zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholash — akkreditatsiyaning aniq bir sohasi uchun normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlar asosida akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt vakolatli ekanini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy baholash — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt faoliyatining akkreditatsiya davrida belgilangan talablarga muvofiqligini akkreditatsiya davrida qayta baholash tartib-taomili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri — akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar, shuningdek, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalarning joriy maqomi haqidagi rasmiy axborot bazasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlikni baholash organi — muvofiqlikni baholashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“e-akkreditatsiya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya jarayonlari amalga oshiriladigan axborot tizimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Akkreditatsiya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talab va shartlari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektlari yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarining vakolati va baholashga qoʻyilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlarga majburiy rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarning samarali faoliyat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli boʻlgan bino va inshootlar, texnik-texnologik hamda apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy etilgan va amaldagi menejment tizimining mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt faoliyatida uning talablariga rioya etish, ularga oʻzgartirishlarni kiritishda amaldagi menejment tizimining yaxlitligini saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali mutaxassislarning shtat birligida mavjudligi, ularning oʻzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq hujjatlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektlari va akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar tomonidan ushbu Reglamentning 18, 31-bandlarda, shuningdek, 9 — 11-boblarida koʻrsatilgan tartiblarga hamda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida belgilangan talablarga va mezonlarga rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni akkreditatsiyadan oʻtkazish va oʻz faoliyatida belgilangan talablarga rioya etishi uchun qoʻshimcha shartlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mahsulotlarni sertifikatlash organi sifatida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va isteʼmolchilardan mustaqilligi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan obyektning texnik reglament va standartlarida belgilangan majburiy koʻrsatkichlarning aksariyat qismi aniqlashini taʼminlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan oʻz sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
baholanayotgan obyekt majburiy koʻrsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini taʼminlovchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) inspeksiya organi sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob-uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi (zarur hollarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
standartlar, sinash va kalibrlash usullari (uslubiyatlari) talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof-muhit sharoitlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar oʻtkazilishini va (yoki) oʻlchashlar bajarilishini taʼminlaydigan sinash, oʻlchash vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan laboratoriyalar sinov bayonnomalarining (ishlab chiqarishdagi laboratoriyalar ichki ehtiyojlari uchun oʻtkazgan sinovlari bundan mustasno) axborot tizimida roʻyxatga olingan holda rasmiylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
laboratoriyalararo solishtirish sinovlari hamda oʻlchash vositalarini kalibrlash natijalari, shuningdek, malaka testlari oʻtkazilgani.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.Tadbirkorlik subyektlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan ikki va undan ortiq muvofiqlikni baholash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlarini tashkil etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.03.00 Baholovchining malaka sertifikati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) amaldagi akkreditatsiya sohasiga muvofiq oʻzi qoʻllayotgan sinov va oʻlchash vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va (yoki) ularni qoʻllash huquqlarining akkreditatsiyadan oʻtishga talabgor boʻlgan akkreditatsiya obyektlari foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va (yoki) Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akkreditatsiya obyektlarini ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazish amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti Markaz tomonidan belgilangan shakl boʻyicha Markazga Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda, Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud axborot tizimi orqali ariza (keyingi oʻrinlarda — buyurtma) beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti zarur maʼlumotlarni buyurtmaga kiritgandan soʻng undagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtma axborot tizimlari orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida akkreditatsiya obyekti tomonidan yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda buyurtma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari Markazga kelib tushganda, navbatdagi ish kuni buyurtmaning Markazga tushgan va u tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Akkreditatsiya obyekti buyurtmaga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi loyihasi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektlarining vakolati va baholash talablarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, standartlar va akkreditatsiya tartib-taomillarini belgilovchi hujjatlarga rioya qilingani yuzasidan oʻzini-oʻzi baholash anketasi (chek-list);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat boʻyicha qoʻllanma va menejmenti tizimi tartib-tamoyil hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot, xizmatlar, jarayonlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organlari va inspeksiya organi uchun qoʻshimcha ravishda — xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, sertifikatlash (inspeksiyadan oʻtkazish) tartibi toʻgʻrisidagi hujjat va inspeksiya organi tomonidan qoʻllanadigan (zarur hollarda) texnika vositalari va asbob-uskunalar haqidagi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) uchun qoʻshimcha ravishda — laboratoriya, xodimlar va ular tomonidan qoʻllanadigan sinash, oʻlchash vositalari hamda sinov uskunasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Akkreditatsiya obyektidan ushbu Reglamentning 8-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti oʻz ixtiyoriga koʻra akkreditatsiya obyektiga aloqador qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Buyurtma tahlili natijasida buyurtma bilan birga taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarda notoʻgʻri, yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganda yoki Reglamentning 8-bandida belgilangan barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay akkreditatsiya obyektiga hujjatlar puxta ishlab chiqish uchun qaytariladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar buyurtmaning tahlili natijasida akkreditatsiya obyektini baholashga jalb etilishi mumkin boʻlgan tegishli baholovchi va texnik ekspertlar boshqa akkreditatsiya obyektlarini baholash jarayonlariga jalb etilgan boʻlsa, Markaz bu haqida akkreditatsiya obyektida dastlabki baholash jarayonlarini amalga oshirish muddatlari toʻgʻrisida yozma xabar berib, unda tomonlarga qulay boʻlgan muddat taklif etilishi lozim. Bunda taklif etiladigan muddat uch oydan oshmasligi talab etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmaning tahlili natijasi ijobiy boʻlganda, shuningdek, ushbu bandning ikkinchi xatboshisida keltirilgan hollarda dastlabki baholash jarayonlarini amalga oshirish muddatlari kelishib olinganidan soʻng, ikki ish kunidan kechikmay hujjatlar ekspertizasi boʻyicha shartnoma tayyorlanadi va akkreditatsiya obyektiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega. Akkreditatsiya obyekti davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning buyurtmasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov toʻlangach, uch ish kuni davomida Markaz tomonidan malakasi baholangan va roʻyxatga olingan baholovchilar hamda texnik ekspertlardan iborat baholash guruhi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Baholash guruhi tarkibi akkreditatsiya obyektining asoslangan takliflarini inobatga olgan holda, u bilan kelishib olinganidan soʻng taqdim etilgan akkreditatsiya obyekti hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertizadan oʻtkazish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish natijasida akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqliklar aniqlansa, Markaz joyning oʻzida baholashni davom ettirmaslik yuzasidan qaror qabul qiladi. Bunda qabul qilingan qaror natijalari va ularning asoslari akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida xabar qabul qilgandan soʻng toʻrt oydan oshmaydigan muddatda ularni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmasa, akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida xabarni qabul qilgandan soʻng keyingi akkreditatsiya jarayonini amalga oshirishni rad etish huquqiga ega va bu haqida Markazni yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza natijalari ijobiy boʻlganda, Markaz tomonidan joyning oʻzida baholash uchun shartnoma tayyorlanadi va akkreditatsiya obyektiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Joyning oʻzida baholashni oʻtkazish uchun shartnomaga muvofiq, toʻlov toʻlangach, baholash guruhi tomonidan baholanishi kerak boʻlgan faoliyat turlari, baholash ishlari bajariladigan joylar, baholash sanasi, baholash guruhi tarkibi va uning vazifalarini qamrab oluvchi baholash rejasi ishlab chiqiladi hamda akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt bilan kelishib olinadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini hamda akkreditatsiya obyekti soʻralgan funksiyalarni bajara olish qobiliyatini baholash baholash guruhining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni joyning oʻzida baholash muddatlari ularning faoliyati xususiyatlarini, shuningdek, ularni ixtisoslashtirilgan (laboratoriya, tashxis, metrologiya, metodologik, ishlab chiqarish va texnologik) baholash zaruratini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya obyektini baholash muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Baholash ishlari tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkaziladi. Baholash rejasini Markaz rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Baholash guruhi akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektining akkreditatsiya sohasiga kiritilgan har bir soʻralgan faoliyat yoʻnalishini baholaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt joyning oʻzida baholash ishlari uchun shart-sharoitlar, shu jumladan, baholash guruhiga zarur maʼlumot, yozuvlar va hujjatlardan (shu jumladan, ichki audit natijalaridan) foydalanish, binolarga kirish hamda xodimlar malakasini baholash imkoniyatini yaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlar malakasi ularning shaxsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, maʼlumotini, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish va suhbatdan oʻtkazish orqali baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash guruhi laboratoriyalararo solishtirma sinovlar natijalarini hamda oʻlchash vositalarini kalibrlash natijalari, shuningdek, soʻralgan sohalarda malaka testlari oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiga akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt kiradigan yuridik shaxsda sertifikatlangan menejment tizimining mavjudligi akkreditatsiya obyekti uchun bu boradagi akkrreditatsiya talablari va shartlari bajarilganining tasdigʻi boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Joyning oʻzida baholash ishlarini bajarish uchun shart-sharoit yaratib berilmagan holatda, baholash guruhi rahbari Markazga tegishli bildirgi taqdim etishi shart, Markaz uning asosida baholash ishlarini bir oydan oshmaydigan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti koʻrsatilgan muddatda joyning oʻzida baholash ishlari uchun shart-sharoit yaratib bermasa, akkreditatsiyadan oʻtkazishga berilgan buyurtma bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Baholash yakunlari boʻyicha baholash guruhining baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (ular mavjud boʻlganda) oʻz ichiga olgan hisoboti (keyingi oʻrinlarda — hisobot) tuziladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot baholash guruhi aʼzolari tomonidan imzolanadi va akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning vakolatli vakiliga tanishish uchun taqdim etiladi. Bunda akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning vakolatli vakili oʻzining alohida fikrini (zarurat boʻlganda) yozma ravishda ifodalashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi akkreditatsiya obyektining yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning vakolatli vakiliga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Baholash guruhi ijobiy hisobot rasmiylashtirgan taqdirda (nomuvofiqlik mavjud boʻlmaganda), uch ish kuni mobaynida hisobotni Akkreditatsiya komissiyasining tegishli qarorini qabul qilish uchun Markazga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22.Baholash vaqtida nomuvofiqliklar aniqlansa, akkreditatsiya obyekti nomuvofiqliklarni bartaraf etishga doir harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati baholash boʻyicha hisobot rasmiylashtirilgan sanadan boshlab toʻrt oydan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Akkreditatsiya obyekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari hisobotni ilova qilgan holda, akkreditatsiya boʻyicha ishlarni tugatish toʻgʻrisida Markazga bildirgi taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Markaz harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida baholash ishlarini bajargan baholash guruhi tomonidan akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektda nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilgan holatini zarur boʻlsa, joyning oʻziga borgan holda oʻrganishni taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, Markaz nomuvofiqliklarni bartaraf etishga berilgan muddat doirasida qoʻshimcha maʼlumot soʻrashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Baholash guruhi nomuvofiqliklarning amalda bartaraf etilgan holatini oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uch ishi kuni mobaynida Markazga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Markaz hisobotni qabul qilgan sanadan boshlab besh ish kuni mobaynida akkreditatsiya komissiyasi majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi. Akkreditatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Quyidagilar akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibida belgilangan barcha zarur hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarda notoʻgʻri maʼlumot mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya natijalariga koʻra ariza berilgan akkreditatsiya sohasidagi muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishga vakolatliligi tasdiqlanmagan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etmaslik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari boʻyicha qaror qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning uchinchi xatboshisiga muvofiq akkreditatsiya obyekti tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazda taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, akkreditatsiya obyektidan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab etmagan holda, Markaz ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Akkreditatsiya komissiyasi tomonidan ijobiy qaror qabul qilinsa, Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyadan keyingi shartnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz va akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini oʻrganish va ogohlantirishsiz tashrif orqali baholab borish, muvofiqlikni baholash ishlarining bajarilishi yuzasidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida axborot taqdim etish shartlari hamda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya belgisini qoʻllash shartlari va Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri raqamidan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya qilingan subyektni davriy baholashni amalga oshirish shartlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Markaz oʻzining rasmiy veb-saytida Milliy akkreditatsiya tizimi reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr), shuningdek, baholovchilar va texnik ekspertlar roʻyxatini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr Markaz tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibi Markaz tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markaz va akkreditatsiya qilingan subyekt oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma imzolangandan soʻng, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaQR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron shaklda shakllantirilib, besh yil muddatga beriladi hamda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning YIDXP yoxud axborot tizimidagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma reyestrda davlat tilida yuritiladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning yozma soʻroviga asosan ingliz yoki rus tiliga tarjima qilingan holda qogʻoz shaklida asliga toʻgʻriligini tasdiqlovchi muhr bosilib taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar oʻzining faqat akkreditatsiya sohasi tatbiq etiladigan muvofiqlikni baholash ishlariga nisbatan akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida akkreditatsiya belgisini va (yoki) Milliy akkreditatsiya tizimi reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan raqamiga havola (keyingi oʻrinlarda — matnli havola) toʻgʻri va haqqoniy qoʻllanishiga hamda oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash ishlari ishonchliligiga javobgardir.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Akkreditatsiya komissiyasi salbiy qaror qabul qilganda, Markaz akkreditatsiyani rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga YIDXP yoxud axborot tizimi orqali bu toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtma Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda rad etish toʻgʻrisidagi qaror haqidagi xabarnoma akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning elektron pochta manziliga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiyadan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ustidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida toʻrt oy oldin takroriy akkreditatsiyaga buyurtma taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt vakolatini baholashga qoʻyiladigan talablarni tartibga soluvchi standartlar yangi qabul qilinsa, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektda oʻtkazilgan baholashning ijobiy natijasi bilan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Ushbu Reglamentning 34-bandiga asosan takroriy akkreditatsiya basharti akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiyaning amal qilish muddati tugashidan kamida toʻrt oy oldin ariza bergan boʻlsa, ushbu subyektning avvalgi faoliyati natijalari hisobga olingan holda, mazkur Reglamentning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tegishli xalqaro standart talablari boʻyicha avval baholangan amaldagi menejment tizimiga va akkreditatsiya sohasiga oʻzgartirishlar kiritmaganligi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etilganda, takroriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mazkur Reglamentning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazmasdan, joyining oʻzida baholash ishlari amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar takroriy akkreditatsiya oʻtkazish natijasida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektda akkreditatsiya talablari va shartlariga nomuvofiqlik aniqlansa, uning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishi ushbu Reglamentning 48-bandida belgilangan muddatga, biroq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani amal qilish muddatini inobatga olgan holda toʻxtatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt arizasi boʻyicha ushbu Reglamentning 7 — 26, 32 — 33-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasi akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida qisqartiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt faoliyatini davriy baholash natijalariga koʻra;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohlik baholashga yoki muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarni namoyish qilishni kuzatishga sharoit yaratilmaganda (sharoit yaratilmagan soha yoʻnalishiga nisbatan).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Davriy baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Davriy baholash ishlari akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq joyning oʻziga borib amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi davriy baholash ishlari akkreditatsiya sanasidan keyin oʻn ikki oydan kechikmay oʻtkaziladi. Keyingi davriy baholash ishlari har chorak uchun oldindan Markaz rahbari tomonidan tasdiqlanadigan davriy baholash reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq avvalgi davriy baholash ishlari oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yigirma toʻrt oydan kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun oʻn ikki oydan kechikmay) oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Yigirma toʻrt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvalgi davriy baholash natijalariga koʻra akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishi toʻxtatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan qilingan subyekt faoliyati boʻyicha shikoyatlar boʻlmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan monitoring ijobiy natijalar bergan boʻlsa.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Akkreditatsiya qilingan subyekt faoliyati boʻyicha rejadan tashqari davriy baholash akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan, akkreditatsiya belgisidan foydalanish buzilganligi toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat Markazga tushganda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektdan haq undirilmagan va baholash rejasi kelishilmagan holda bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Davriy baholash ishlarini bajarish ushbu Reglamentning 14 — 18, 20-bandlariga muvofiq tartibda bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davriy baholash davomida Markaz akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisini va (yoki) matnli havolalarni qoʻllashning toʻgʻriligini ham oʻrganadi. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisini qoʻllash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga bajarilgan davriy baholash ishlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Markaz davriy baholash ishlari toʻgʻrisidagi hisobotni qabul qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini qisqartirish (oxirgi baholash ishlari davomida aniqlangan nomuvofiqliklar takroran aniqlanganda, nomuvofiqliklarga takroran yoʻl qoʻyilgan soha akkreditatsiya sohasidan chiqariladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya aʼzolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga qoʻshilmagan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qoʻshimcha baholash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Reglamentning 6-7-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Akkreditatsiya komissiyasining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish haqidagi qarori yuzasidan Markaz huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini aniq sabablarini koʻrsatgan holda bir kalendar yil ichida bir marotaba toʻxtatib turish haqidagi ariza bilan murojaat qilganida (davriy baholash reja-jadvaliga kiritilgan holatlar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻrt oydan oshmaydigan muddatda toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, reyestrda qayd etiladi va akkreditatsiya qilingan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori toʻgʻrisida maʼlumot reyestrda qayd etilgan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya qilingan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar akkreditatsiya belgisi va (yoki) matnli havolani qoʻllashi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma ushbu Reglament 47-bandining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshisiga muvofiq toʻxtatilganda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt guvohnoma amal qilishini tiklash uchun uning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etilgani yuzasidan tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Markazga yozma murojaat qilishi va uni oʻrganib chiqish uchun shart-sharoit yaratib berishi lozim.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz taqdim etilgan hujjatlar asosida guvohnomaning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni zarur boʻlsa, joyning oʻzga borgan holda oʻrganadi va uning natijalari boʻyicha akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani amal qilishini akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra tiklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻrganish natijalariga koʻra akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt tomonidan akkreditatsiya talablari va shartlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlansa yoki oʻrganish uchun shart-sharoit yaratib berilmasa, Markaz akkreditatsiya komissiyasi qaroriga koʻra akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tiklashni rad etadi hamda ularni bartaraf etish uchun ushbu Reglamentning 48-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatni beradi. Bunda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt mazkur bandning b) kichik bandida belgilangan tartibga koʻra tegishli choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshlarga muvofiq toʻxtatilganda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning a) va b) kichik bandlariga koʻra, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt tomonidan harakatlar rejasini bajarish haqidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish kerakligi xususida bildirgi taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Nomuvofiqliklarning bartaraf etilgan holatlari ushbu Reglamentning 24-25-bandlariga muvofiq oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilgandan soʻng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kundan kechikmay, Markaz tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash haqidagi maʼlumotlar reyestrda qayd etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqida ariza bilan murojaat qilsa (baholash jarayonida yoki baholash guruhining hisoboti rasmiylashtirilgandan soʻng ariza taqdim etish holatlari bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs (akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt) tugatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt tomonidan guvohnoma amal qilishining toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasi buzilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma soxta hujjatlar va maʼlumotlardan foydalangan holda olingani aniqlangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Reglamentning 48-bandiga asosan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilgan davrda, akkreditatsiya belgisi va (yoki) matnli havola qoʻllanganlik holatlari aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga koʻra Markaz tomonidan tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay reyestrda qayd etiladi va akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilingan qarori haqidagi maʼlumot reyestrda qayd etilgan sanadan boshlab tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Reglament 55-bandning toʻrtinchi — yettinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda, shuningdek, 44-bandning oltinchi xatboshisiga asosan akkreditatsiya sohasi qisqartirilganda akkreditatsiya uchun takroriy ariza bu haqida tegishli qaror qabul qilingan sanadan kamida olti oydan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi maʼlumotlar Reyestrda qayd etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanishning monitoringini amalga oshirish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan va (yoki) matnli havolalardan foydalanish qoidalariga rioya qilishning holatini oʻrganish asosida akkreditatsiyadan keyingi shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlardan vaqti-vaqti bilan soʻraladigan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sohada ularning faoliyati toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlari xizmatlari sifatidan qoniqishi toʻgʻrisidagi soʻrov natijalarini isteʼmolchilar bilan qayta aloqa orqali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning soʻrovi boʻyicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Monitoring natijalari boʻyicha Markaz uch ish kuni mobaynida akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarni ular tomonidan tegishli choralar koʻrish uchun monitoring natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda monitoring natijalari boʻyicha Markaz tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarga nisbatan biron-bir chora koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Monitoring natijalaridan davriy baholash davomida foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Markaz xizmatlariga haq toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar ekspertizasi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni baholash uchun (shu jumladan, guvohlik baholash, muvofiqlikni baholash ishlari yakunlangandan keyingi ularning natijadorligini oʻrganish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni davriy baholash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga ularning natijalaridan qatʼi nazar haq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari boʻyicha haq undirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizalar tahlili uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt faoliyatini rejadan tashqari davriy baholashni va ogohlantirishsiz tashrifni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.07.00 Xizmat safari vaqtida kafolatlar va kompensatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Markazning sarflangan vaqt va xizmat safarlari xarajatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sarflangan vaqtni hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pulli xizmatlar tushumidan ajratmalar 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda toʻliqligicha Markazga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ajratma hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaz tomonidan masofaviy oʻrganib boriladi hamda ularning haqqoniyligi tasdiqlanmagan holatlar akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaslik deb baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt qayta tashkil etilsa, uning nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Agar akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt ilgari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi boʻlmasa, hujjatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq keyingi tartib-taomillar ushbu Reglamentning 3-bobida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Akkreditatsiyadan oʻtgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarsa, yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma akkreditatsiya oʻtkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgandan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markazi) joylashgan joy oʻzgarsa, xabarnoma kelib tushgandan keyin Markazning buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul guruh tomonidan ushbu akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlarni baholash maqsadida bir ish kunida ogohlantirishsiz tashrifning ijobiy natijasiga asosan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amaldagi akkreditatsiya muddatiga qayta rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Yangi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-bob. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning materiallarini dolzarblashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan texnik reglament va standartlar oʻrniga yangisi amalga kiritilsa, ularga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilsa (qabul qilinayotgan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinash (oʻlchash) usullari koʻrsatilgan hollar bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sifat boʻyicha qoʻllanmaga va menejment tizimi tartib-tamoyil hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt xodimlarining tarkibi oʻzgarsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektlar buning sabablarini koʻrsatgan holda, oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartirishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib, Markazga ariza taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Markaz oʻn besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Ushbu Reglamentning 69-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.01 Umumiy qoidalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt akkreditatsiya yoki davriy baholash natijalari boʻyicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan, xalqaro ekspertlar orasidan apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida boʻlmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektini yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektni va baholash ishlarini bajargan guruh rahbarini apellyatsiya koʻrib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyekti yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyekt vakili va guruh rahbari apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Koʻrib chiqilgan apellyatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiyani qanoatlantirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiya ushbu Reglament talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Apellyatsiyani qanoatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Markaz ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yoki akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga yozma shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining185, 186-187-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Akkreditatsiyani oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Buyurtmachi
Akkreditatsiya olish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud axborot tizimi orqali zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
Markaz
Buyurtma ish vaqtidan keyin yoki dam olish kunlari Markazga kelib tushganda, navbatdagi ish kuni ariza Markazga tushgan va qabul qilingan hisoblanadi.
Buyurtma kelib tushgan kunda
2-bosqich
Markaz
1. Taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar yuzasidan buyurtmani tahlil qiladi:
ijobiy natija boʻlganda akkreditatsiya boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tayyorlaydi va akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoki axborot tizimi orqali taqdim etadi;
Ikki ish kuni mobaynida
hujjatlar va maʼlumotlarda — notoʻgʻri, shu jumladan, yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganda, ularni puxta ishlab chiqish uchun akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoki axborot tizimi orqali qaytaradi.
Bir ish kuni mobaynida
Markaz
2. Toʻlov toʻlangach, Markaz tomonidan malakasi baholangan va roʻyxatga olingan baholovchilar hamda texnik ekspertlardan iborat baholash guruhini shakllantiradi.
Uch ish kuni mobaynida
3. Baholash guruhi tarkibi akkreditatsiya obyekti bilan kelishib olinganidan soʻng taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazadi.
Oʻn besh ish kuni mobaynida
4. Ekspertiza natijalari boʻyicha kamchiliklar aniqlangan taqdirda, joyning oʻzida baholashdan avval markaz bu haqida akkreditatsiya obyektini ularni bartaraf etish yuzasidan xabardor qiladi.
Uch ish kuni mobaynida
Akkreditatsiya obyekti
5. Akkreditatsiya obyekti aniqlangan kamchiliklar toʻgʻrisida xabarni qabul qilgandan soʻng, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi
Olti oy mobaynida (xohishiga koʻra)
6. Joyning oʻzida baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmagan taqdirda, baholash ishlarini toʻxtatib turadi.
Bir oygacha
(xohishiga koʻra)
Markaz
7. Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.
Oʻn ish kuni mobaynida
Baholash guruhi
8. Ijobiy hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich*
Akkreditatsiya obyekti
1. Baholash guruhi tomonidan nomuvofiqliklar aniqlansa, harakatlar rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni Markazga taqdim etadi.
Toʻrt oy mobaynida
(akkreditatsiya obyektining xohishiga koʻra)
Markaz
2. Markaz harakatlar rejasini bajarish toʻgʻrisidagi maʼlumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni qabul qilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni mobaynida baholashni amalga oshirgan baholash guruhi tomonidan akkreditatsiya obyektida nomuvofiqliklar amalda bartaraf etilgani holatini zarur boʻlsa, joyning oʻziga borgan holda oʻrganishni taʼminlaydi.
Taqdim etilgan maʼlumot va tasdiqlovchi hujjatlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, nomuvofiqliklarni bartaraf etishga berilgan muddat doirasida qoʻshimcha maʼlumotni soʻraydi.
Oʻn ish kuni mobaynida
Baholash guruhi
3. Oʻrganish natijalari boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni rasmiylashtiradi va uni akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqish uchun Akkreditatsiya markaziga taqdim etadi.
Uch ish kuni mobaynida
4-bosqich
Markaz
1. Akkreditatsiya komissiyasida baholash natijalari koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Besh ish kuni mobaynida
2. Ijobiy qaror qabul qilinganda Markaz bilan akkreditatsiya uchun ariza beruvchi oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuzilgandan soʻng QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnomani shakllantiradi va akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoxud axborot tizimi (Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda akkreditatsiya obyektining elektron pochta manzili) orqali yuboradi.
Uch ish kuni mobaynida
Markaz
3. Salbiy qaror qabul qilinganda akkreditatsiya obyektiga YIDXP yoxud axborot tizimi (Davlat xizmatlari markazi orqali berilganda akkreditatsiya obyektining elektron pochta manzili) orqali akkreditatsiyadan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Uch ish kuni mobaynida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davriy baholash ishlarini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Markaz
Davriy baholashni oʻtkazishning reja-jadvali asosida:
baholash guruhi tarkibini va davriy baholash ishlarini bajarishning muddatini koʻrsatgan holda buyruq ishlab chiqadi;
davriy baholash ishlarini bajarishning rejasini tasdiqlaydi.
Reja-jadvalga muvofiq
2-bosqich
Baholash guruhi
Joyning oʻzida baholaydi va natijalar boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.
Oʻn ish kuni mobaynida
Hisobotni akkreditatsiya komissiyasi majlisida koʻrib chiqish uchun Markazga taqdim etadi.
Uch ish kuni mobaynida
3-bosqich
Akkreditatsiya markazi
Tegishli qaror qabul qilish uchun baholash natijalari akkreditatsiya komissiyasining majlisida koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Besh ish kuni mobaynida
Akkreditatsiya komissiyasining qarorini akkreditatsiyadan oʻtkazilgan subyektga yetkazadi.
Bir ish kuni mobaynida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 349-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi hamda qarorga 1-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida davlat nazorati departamenti toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2022-yil 11-martdagi 114-son qaroriga ilovaning 24-bandi “g” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 611-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Paxta mahsulotlarini sertifikatlash xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektor keng jalb qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 30-maydagi 223-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 1-iyuldagi 371-son qaroriga ilovaning 6-bandi “b” kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 24-apreldagi 349-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2024-yil 2-iyuldagi 372-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishda texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2025-yil 15-apreldagi 230-son qarorining 7-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 2025-yil 22-iyuldagi 456-son qaroriga ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/349/0660-son)