Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2023 04.11.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 982
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.08.2023
Hujjat 14.11.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan

2000-yil 24-iyunda

403-son bilan

“TASDIQLANGAN”

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining oʻrinbosari

T.I. Joʻrayev

2000-yil 3-noyabr

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARIDA AUDITORLIK TEKShIRUVLARINI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 4-noyabrda 982-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 31-martdagi 8/10-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklarida auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish toʻgʻrisida nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 982-4, 08.05.2023-y.) asosan 2023-yil 11-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda bank va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hamda meʼyoriy hujjatlarga asosan ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) qonunlariga asosan tijorat banklari faoliyati har yili Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Ushbu Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bankning Bank auditi komissiyasi faoliyati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi auditor malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, tugatish va bekor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlari (auditorlar) tomonidan ularning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlari tomonidan auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda tijorat banki Kengashi va Boshqaruvining faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.31. Auditorlik tashkilotlarining banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatlarini berish, qayta rasmiylashtirish, toʻxtatish, amal qilishini tugatish va bekor qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 56-son qarori bilan tasdiqlangan, Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat berishda ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Bankda auditorlik tekshiruvining maqsadi auditorlik tashkilotining bankning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy axborotining ishonchliligi hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiqligiga nisbatan fikrini xolis ifodalashidadir. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish jarayonida auditorlik tashkiloti bankning ichki nazorati tuzilmasidagi kamchiliklar toʻgʻrisida alohida hisobot tuzishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Markaziy bankning bank auditi komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Arizachining professional darajasini xolisona baholash va malaka sertifikatini berish masalasini koʻrib chiqish uchun Markaziy bank Bank auditi komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi) tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Komissiyaga quyidagi masalalar boʻyicha kelib tushgan materiallarni koʻrib chiqish va qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlarga malaka sertifikatini berish yoki berishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotlari va auditorlarni banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkilotlari va auditorlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr deb yuritiladi) kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
roʻyxatga olish maʼlumotlari oʻzgargan holda, reyestrga tegishli aniqliklar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlarga qoʻyiladigan malaka talablarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlarning malaka imtihonlari va attestatsiyasini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatish, tugatish va bekor qilish bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Komissiya tarkibi Markaziy bank Raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi va kamida 10 aʼzodan iborat boʻladi. Markaziy bank Raisining kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish masalalari boʻyicha oʻrinbosari mazkur Komissiya raisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda), “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va mazkur Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya koʻrib chiqishi uchun hujjatlarni tayyorlash va taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.5. Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.6. Hujjatlar komissiyaning majlisida koʻrib chiqilishidan oldin Markaziy bankning tegishli boʻlinmalari va komissiyaning aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqdim etilgan hujjatlarga doir mulohazalar komissiyaning aʼzolari bilan kelishuv varaqasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan koʻpi bilan ikki kunda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqirish va qarorlar qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.8. Komissiya zarurat yuzaga kelishiga qarab chaqiriladi va oʻz majlislarini oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.9. Hujjatlar Markaziy bankning Kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti tomonidan tayyorlanadi va komissiya majlisi muhokamasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.10. Komissiya koʻrib chiqishi uchun tayyorlangan hujjatlar majlisdan kamida uch kun oldin komissiya raisiga taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.11. Komissiya majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarorlari ishtirok etayotgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.12. Komissiya qarorlari majlisda qatnashayotgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi, Komissiya raisi tomonidan imzolanadi va Markaziy bankning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Malaka sertifikatini olish va qayta rasmiylashtirish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihoniga Bank auditorlarini tayyorlash markazida bank buxgalteriya hisobi va auditi boʻyicha 40 soatdan kam boʻlmagan hajmdagi maxsus oʻquv kurslarini tugatgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Malaka sertifikatlarini olish va malaka imtihonlarini topshirish uchun arizachi tomonidan Markaziy bankka ariza topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikatining notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy iqtisodiy maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (diplom xorijiy davlatda olingan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiya qilinganligi haqidagi hujjatning nusxasi) va mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaxsiy varaqa (kompyuterda ishlov berilmagan va ariza topshirilgan kundan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda olingan 3 x 4 hajmdagi 2 dona fotosurat bilan birga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank buxgalteriya hisobi va auditi boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini oʻtaganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Daʼvogarlar malaka imtihonlarini Markaziy bankda topshiradilar. Imtihonlarni topshirish tartibi, uning shakli va mazmuni Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Bajarilgan ishlar “qoniqarli” yoki “qoniqarsiz” tizimi boʻyicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. “Qoniqarli” baho olgan daʼvogarlar malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon komissiyasi imtihonlar oʻtkazilgandan soʻng sertifikat olish uchun daʼvogarlar topshirgan imtihon natijalari boʻyicha ijobiy yoki salbiy qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.7. Malaka imtihonlarining natijalari imtihon komissiyasining raisi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolangan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.8. Malaka imtihonlarining natijalari imtihonlar oʻtkazilgandan soʻng 3 kun ichida imtihon komissiyasi tomonidan daʼvogarlarga eʼlon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.9. Komissiya 3 kun davomida imtihon natijalarini koʻrib chiqadi va ikki hafta muddat ichida imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarlarga malaka sertifikatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.10. Malaka sertifikati uni berish haqida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun muddat ichida, berilgan malaka sertifikatlari davlat reyestriga sertifikat egasining imzosi qoʻydirilgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.11. Malaka sertifikati Markaziy bank tomonidan auditorga uning banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish boʻyicha professional malakasini tasdiqlash maqsadida beriladi (1-ilova). Malaka sertifikati auditorga 5 yil muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.12. Malaka sertifikatini auditorning familiyasi (ismi, otasining ismi) yoki pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi) oʻzgarganligi yoxud uning amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish uchun auditor bir oy muddat ichida, amal qilish muddati tugaguniga qadar malaka sertifikatining asl nusxasi va mazkur Nizomning 3.3-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Malaka sertifikatini amal qilish muddati tugaganligi munosabati bilan qayta rasmiylashtirish auditor yangi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganidan soʻng amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.13. Komissiya tomonidan malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, auditorga avval berilgan malaka sertifikatining raqami bilan yangi malaka sertifikati beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.14. Malaka sertifikatini berish quyidagi asoslarga koʻra rad etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arizachi Markaziy bank qoʻygan talablarga javob bermasa, shu jumladan, oliy iqtisodiy maʼlumotga, soʻnggi oʻn yillik ish staji davomida bank sohasida (kamida 2 yil) kamida yetakchi mutaxassis lavozimida yoki xalqaro auditorlik tashkilotlarida (kamida 1 yil) auditor lavozimida ish tajribasiga ega emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benuqson ishchanlik va shaxsiy obroʻ-eʼtiborga ega emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikati va Markaziy bank tomonidan berilayotgan malaka sertifikatining amal qilish muddatlarining nomuvofiqligi. Malaka sertifikatlarining amal qilish muddati oʻzaro uch yildan kam boʻlmagan muddatga muvofiq kelishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiylashtirilgan hujjatlarning notoʻgʻri taqdim etilishi, hujjatlarda yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning keltirilishi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.14-1. Quyidagi shaxslar benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obroʻ-eʼtiborga egalik mezonlariga muvofiq deb hisoblanmaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrot boʻlgan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari — yuridik shaxsni bankrotlikka olib kelgan harakatlarning ular tomonidan sodir etilganligi aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud qarori bilan jazoni oʻtash davrida va undan keyin sudlov qonunda belgilangan tartibda soʻndirilgunga (olib tashlangunga) qadar moliyaviy-xoʻjalik munosabatlari sohasida maʼlum lavozimlarni egallamaslik yoki maʼlum faoliyat bilan shugʻullanmaslik (maʼlum huquqlardan mahrum qilish) koʻrinishidagi jazo qoʻllangan holda sudlanganlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlganlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.15. Markaziy bankning malaka sertifikatini bermaslik toʻgʻrisidagi qarorlari boʻyicha manfaatdor tomonlar qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.16. Markaziy bank qoʻygan talablarga nomuvofiqligi uchun malaka sertifikatini berish rad etilgan auditor komissiyasining malaka sertifikatini rad etish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan davrdan boshlab bir yildan kam boʻlmagan muddatda ushbu sertifikatni berish toʻgʻrisida ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.17. Markaziy bank berilgan malaka sertifikatlari reyestrini olib boradi, unga quyidagilar kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, manzili va boshqa pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, berilgan sanasi), talab qilib olinguncha depozit hisob raqami, aloqa vositalari raqamlari, mavjud malaka sertifikatining raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.18. Auditorlar qayd etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida 10 kun muddat ichida yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatga tuzatish kiritish uchun Markaziy bankka maʼlum qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Malaka sertifikatining amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor malaka sertifikatining amal qilishini tugatish haqidagi ariza bilan murojaat etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditga buyurtma bergan shaxsning ruxsatisiz auditor tomonidan audit jarayonida olingan maʼlumotlarning uchinchi shaxslarga (Markaziy bankdan tashqari) taqdim etilishi, qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish, shuningdek audit oʻtkazishda aniqlangan moliyaviy hisobot tuzishning belgilangan talablari buzilganligi faktlarini yashirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uch yil davomida auditorlik faoliyatida qatnashmaganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
malaka sertifikatining boshqa shaxsga auditorlik faoliyatida oʻz nomidan ishtirok etishi uchun ushbu hujjatdan foydalanish maqsadida berilganligi fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning moliyaviy-xoʻjalik munosabatlari sohasida maʼlum lavozimlarni egallash yoki maʼlum faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq jazolarni koʻzda tutuvchi qarori qonuniy kuchga qirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish haqida qaror qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Komissiyasi tomonidan berilgan malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditor malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan auditorga dalillar bilan asoslangan holda yozma shaklda, qaror qabul qilinganidan soʻng uch kun ichida yetkaziladi. Auditor tomonidan malaka sertifikatining amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror olinganidan soʻng oʻn kun mobaynida malaka sertifikati Markaziy bankka qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.4. Malaka sertifikatining amal qilish muddati tugaganligi toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.5. Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatining amal qilishi uning tugatilganligi toʻgʻrisidagi qaror chiqqan vaqtdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.6. Komissiyaning malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Malaka sertifikatini bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.2. Malaka sertifikati Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditor malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda malaka sertifikatini olish fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Komissiyasining malaka sertifikatini berish haqidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.3. Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank Komissiyasi tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.4. Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror berilgan kundan boshlab amal qiladi va ommaviy axborot vositlarida eʼlon qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.5. Markaziy bankning malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan amaldagi qonunchilikka muvofiq sudga murojaat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Auditorlik tekshiruvini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.1. Tijorat banklarining auditorlik tekshiruvlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.2. Tijorat banklari auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish uchun Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga malaka sertifikatiga ega auditor jalb etilishi mumkin, agar u bilan mehnat shartnomasi tuzilgan va u auditorlik tashkilotining shtatida turgan boʻlsa, yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy shartnomasini tuzgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank va auditorlik tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnoma va har qanday bitimlar auditorlik hisobotini Markaziy bankka berishni cheklash boʻyicha bandlarni koʻzda tutmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.4. Banklarda auditorlik tekshiruvlari har yili yillik hisobot boʻyicha oʻtkaziladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq davlat muassasalari talabiga koʻra yoki bankning oʻz tashabbusi bilan butun bank faoliyati hamda alohida masalalar boʻyicha oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.5. Auditorlik tashkilotlari banklar faoliyati tekshiruvi natijalari boʻyicha moliyaviy hisobotning toʻgʻriligini hamda buxgalteriya hisoboti yuritilishining qonun talablariga muvofiqligini tasdiqlaydilar (yoki tasdiqlamaydilar), shuningdek banklar yillik hisobotiga ilova qilinadigan rasmiy auditorlik xulosalarini beradilar. Auditorlik xulosasisiz bank yillik hisoboti Markaziy bank tomonidan qabul qilinmaydi va matbuotda chop etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.6. Auditorlik xulosasining titul varagʻida auditorlik tashkilotining toʻliq nomi, banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikat raqami, mazkur xulosa berilayotgan bankning toʻliq nomi koʻrsatilishi shart. Auditorlik xulosasining titul va keyingi varaqlari auditorlik tashkilotining malaka sertifikatiga ega va mazkur bankda auditorlik tekshiruvini oʻtkazishga masʼul boʻlgan auditorlari, auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlganda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank hisobotlari boʻyicha auditorlik xulosasi Markaziy bankning auditorlik tekshiruvi oʻtkazish boʻyicha talablariga muvofiq shaklda tuzilishi va auditorlik tashkilotining fikrini aniq ifodalashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotining fikri auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq oʻtkazilganligini bildirishi lozim. Auditorlik tekshiruvi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga va Audit xalqaro standartlariga muvofiq oʻtkazilganligi haqida fikr bildirilmagan auditorlik hisobotlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan mazkur Nizom talablarini qondirmaydi deb baholanib, qabul qilinmaydi. Markaziy bank:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlari mazmuni va koʻlami yuzasidan qoʻshimcha talablar qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklar, ularning filiallari hamda bank bilan uzviy bogʻlangan (affillangan) yuridik shaxslar faoliyatini Markaziy bankning nazoratchilari va Markaziy bank tomonidan tayinlangan, banklarning har qanday maʼlumotlari bilan tanishish huquqiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.7. Markaziy bankning banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatiga ega boʻlmagan auditorlik tashkiloti yoki auditor amalga oshirgan bank auditi noqonuniy hisoblanadi va bu faoliyatdan olingan barcha daromadlar davlat budjetiga oʻtkazib yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.8. Auditorlik tashkiloti bank faoliyatining auditorlik tekshiruvini malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorning ishtiroki sharti bilan amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa auditorlarni jalb qilish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.9. Auditor ishini yordamchilariga topshirganda yoki boshqa auditorlar tayyorlagan materiallardan foydalanganda, oʻz xulosasining sifati va rasmiylashtirilishi, shuningdek moliyaviy maʼlumotlar sir saqlanishi uchun javobgarlikdan xoli boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bankning bank auditi oʻtkazilayotganda meʼyoriy hujjatlarga, tartib va metodologiyaga rioya etilishini nazorat qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.10. Auditorlik tashkilotlari Markaziy bankka oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi toʻgʻrisida hisobot va axborot taqdim etadilar. Markaziy bank 10 kun muddat ichida tekshiruv natijalari va auditorlik tashkiloti xulosasini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik xulosasini koʻrib chiqish natijalariga koʻra Markaziy bank bank Kengashi va Boshqaruviga aniqlangan kamchiliklarni, shu jumladan, auditorlik tashkilotining xulosasida bank tomonidan qonun hujjatlariga va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya etilmaganligi haqidagi fikrni “sharhlar” bilan bildirishga olib kelgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma yuboradi, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga rioya qilmaslik bank nazoratidan tashqarida boʻlgan hollar bundan mustasno. Ushbu holatda bir oy muddat ichida tijorat banki tomonidan auditorlik tashkilotining koʻrsatilgan kamchiliklari yuqoridagi sharhlarni inobatga olgan holda toʻgʻirlanadi va auditorlik tashkilotining yangi xulosasi olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.11. Banklar auditorlik tekshiruvi oʻtkazish huquqini beruvchi malaka sertifikatiga ega boʻlgan auditorlik tashkilotlari banklarda oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvlari toʻgʻrisida Markaziy bankka maʼlumot berib turishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.12. Auditorlik tashkilotlarining bank faoliyatining tekshiruvi toʻgʻrisidagi hisobotlari quyidagi holatlarda haqiqiy hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) auditorlik tashkiloti yoki auditor bank bilan aloqador shaxs boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) auditorlik tashkiloti yoki auditorning bank oldida pul majburiyatlari boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) auditorlik tashkilotining hisoboti mazkur auditorlik tekshiruvini oʻtkazgan va malaka sertifikatiga ega auditor, shuningdek auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolanmagan va auditorlik tashkilotining muhri bilan tasdiqlanmagan boʻlsa (muhr mavjud boʻlganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) auditorlik xulosasida tekshiruv oʻtkazishda cheklashlar boʻlganligi sababli “sharhlar” berib oʻtilgan boʻlsa (bank nazoratidan tashqari boʻlgan holatlar bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8.13. Markaziy bank meʼyoriy hujjatlariga, jumladan, bank auditi tartibi va metodologiyasiga rioya etilishini nazorat qilish bilan Markaziy bankning kredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamenti shugʻullanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Auditorlik tashkilotlari huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.1. Auditorlik tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun bankning taʼsis hujjatlari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilayotganda bank faoliyatiga tegishli barcha hujjatlarni toʻliq hajmda tekshirish, moddiy boyliklar va qimmatli qogʻozlarning amalda mavjudligini tekshirish, auditorlik tekshiruvi davomida yuzaga kelgan har qanday savol va qoʻshimcha maʼlumotlar boʻyicha tushuntirishlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma soʻrovnomaga asosan uchinchi shaxslardan kerakli maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvida ishtirok etish uchun shartnoma asosida boshqa auditorlik tashkilotlari va auditorlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirilayotgan bank tomonidan kerakli hujjatlar taqdim etilmagan holda auditorlik tekshiruvi oʻtkazishdan bosh tortish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlik tashkilotlari tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasida koʻzda tutilgan professional xizmatlar koʻrsatgan banklarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.2. Barcha auditorlar oʻzlari auditorlik tekshiruvi oʻtkazish uchun zarur deb hisoblagan har qanday maʼlumot va materiallarni olish, koʻrib chiqish va nusxa koʻchirish, shuningdek auditorlik tekshiruvi oʻtkazilishini muhokama qilish uchun bank rahbariyati bilan hech qanday toʻsqinliksiz muloqotda boʻlish borasida istisnosiz huquqqa egalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.3. Banklarda auditorlik tekshiruvi oʻtkazuvchi auditorlik tashkilotlari va auditorlar quyidagi talablarga amal qilishlari shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari hamda bank audit jarayoni va metodologiyasiga rioya etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik hisobotida moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshiruvlarini professional audit andozalariga muvofiq ravishda yuqori malaka bilan oʻtkazishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshiruv davomida oʻzlari oladigan va tuzadigan hujjatlarning but saqlanishini taʼminlashlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank talabiga muvofiq barcha ishchi hujjatlarni hamda ularning nusxalarini taqdim etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagilar toʻgʻrisida buyurtmachi va Markaziy bankka zudlik bilan xabar berishlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur auditorlik tekshiruvida oʻzi qatnasha olmasligining sabablari toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) audit jarayonida yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan tekshiruvda qatnashishga qoʻshimcha auditorlarni jalb etish zarurligi toʻgʻrisida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) auditorlik tekshiruvi davomida bankka uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditorlarning obyektivligi va mustaqilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.4. Auditor auditorlik natijalari boʻyicha xulosa va tavsiyalar berish chogʻida mustaqildir. Bank tekshiruv natijalari boʻyicha bevosita yoki bilvosita taʼsir oʻtkazish huquqiga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Auditor tekshiruvlarning obyektivligi va toʻliq boʻlishi uchun amaldagi qonunchilik va shartnoma talablariga asosan javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahfiylik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.5. Auditor ish davomida oʻziga maʼlum boʻlgan mahfiy axborot sir saqlanishini taʼminlashi va alohida ruxsatsiz uchinchi shaxslarga oshkor etmasligi shart, bundan Markaziy bankka taqdim etiladigan axborotlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9.6. Auditor mahfiy axborotni sir saqlay olmagani uchun amaldagi qonunchilik talablari hamda shartnoma shartlariga asosan javobgardirlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazishda bank kengashi va boshqaruvining majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.1. Bank Boshqaruvi yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobot tayyorlanishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.2. Bank Kengashi banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega boʻlmagan auditorlik tashkilotini jalb qilganligi uchun javobgar boʻladi. Auditorlik tashkiloti va bank oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi hisobot yilidan keyingi yilning 2 oyi davomida Markaziy bankka taqdim etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.3. Auditorlik tekshiruvlari yakunlangandan soʻng 10 kun muddat ichida auditorlik hisobotlarining nusxasini Markaziy bankka taqdim etish tijorat banklarining majburiyatiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bank tomonidan Markaziy bankka taqdim etilgan hisobotlar bilan auditdan oʻtkazilgan hisobotlar oʻrtasida farq aniqlansa, tijorat banki auditorlik hisobotini olgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida moliyaviy faoliyati toʻgʻrisidagi toʻgʻirlangan (tuzatishlar bilan) yillik hisobotini Markaziy bankka taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.4. Bank Kengashi quyidagi hujjatlar nusxasini Markaziy bankka taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) auditorlik hisoboti, balans, foyda va zararlar hisoboti va pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga olgan xolis auditorlik xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ichki audit ahvoli toʻgʻrisida alohida hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) auditorlik tekshiruvi jarayonida auditorlik tashkiloti tomonidan tayyorlangan barcha qoʻshimcha hisobotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.5. Bank Kengashi tijorat banki auditorlik hisobotini olgan vaqtdan boshlab 30 kun mobaynida auditorlik tashkiloti tomonidan aniqlangan ichki nazoratga doir kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalarni bajarishga qaratilgan choralar yuzasidan Markaziy bankka hisobot berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.6. Mazkur Nizom qabul qilinishi bilan Markaziy bankning 1998-yil 4-iyuldagi 403-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida banklarni audit qilish toʻgʻrisida” Nizom (Adliya vazirligida 1998-yil 17-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan) 1999-yil 18-sentabrda kiritilgan 403-1-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalari bilan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎DAVLAT GERBINING TASVIRI

‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎MARKAZIY BANKI

‎‎
‎Banklarda auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish
‎huquqini beruvchi
‎AUDITOR MALAKA SERTIFIKATI
‎№ __________


‎Auditor surati
‎(3 x 4) ‎‏

Toshkent sh.‎ ‎‎20___ y. “___” _______________ ‎‎
Mazkur malaka sertifikati auditor

‎‎______________________________________________________________________________________________ga,(auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi)

________________________________________________________________________________________________,
‎(pasport raqami va seriyasi, qachon va kim tomonidan berilgan)

berildi hamda mazkur sertifikat berilgan sanadan boshlab unga Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda auditorlik tekshiruvini oʻtkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega auditorlik tashkiloti nomidan banklarda auditorlik tekshiruvini amalga oshirishga ruxsat etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining
‎Bank auditi komissiyasi Raisi


‎(F.I.O./imzo)

‎‎Berilgan sanasi: 20___ y. “___” ___________

‎‎M.Oʻ.

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-apreldagi 12/13-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 10/18/982-3/1348-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)