Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 14.08.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 474
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Hujjat 14.08.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

26.07.1998-y.

17-17/86-son

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 1-sonli BHMS
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosati va moliyaviy hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3544, 06.08.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi. Mazkur standart boshqa BHMSlar bilan birgalikda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlari, shuningdek turli xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlari qiyoslanishini taʼminlash maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotini shakllantirish va tuzish uchun asoslarni belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadga erishish uchun mazkur standart xoʻjalik yurituvchi subyektlarning hisob siyosati va moliyaviy hisobotiga asos boʻladigan konsepsiyani hamda moliyaviy hisobotning mazmuniga minimal talablarni koʻzda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim operatsiyalar va hodisalarni aks ettirish, oʻlchash va yoritib berish uchun batafsil talablar boshqa BHMSlarda bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur standart moliyaviy hisobotdan tashqari taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlarga talablarni bayon qilmaydi. Masalan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga qoʻshimcha axborot sifatida moliyaviy sharhlarni taqdim etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur standartda hisob siyosati deganda xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish uchun qoʻllaydigan usullari, ularning prinsip va asoslari bilan birgalikdagi jamlamasi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobini yuritish usullariga uni guruhlarga ajratish metodlari va xoʻjalik faoliyati faktlarini baholash, aktivlar qiymatini toʻlash, hujjatlar aylanmasini, inventarizatsiyani tashkil etish usullari, buxgalteriya hisobi schyotlarini qoʻllash usullari, hisob registrlari tizimi, axborotlarni qayta ishlash va boshqa tegishli usullar, uslublar va metodlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan mazkur BHMS asosida xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatining turli yillar uchun tuzilgan moliyaviy hisobotda keltiriladigan moliyaviy koʻrsatkichlari bir-biriga qiyoslanadigan boʻlishi uchun shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Moliyaviy hisobot xoʻjalik yurituvchi subyekt alohida mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektligi yoki xoʻjalik yurituvchi subyektlarning konsolidatsiyalashgan guruhiga kirishidan qatʼi nazar shu xoʻjalik yurituvchi subyektning maʼlum bir davrdagi faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy axborotni taqdim etish usulidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliyaviy hisobotlar maqsadi boʻlib iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun keng foydalanuvchilar doirasiga zarur boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati, uning faoliyati koʻrsatkichlari toʻgʻrisida va pul mablagʻlarining harakati haqida axborotni taqdim etish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlar xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbariyati tomonidan amalga oshiriladigan resurslarni boshqarish natijalarini ham koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur standart maqsadiga erishish uchun moliyaviy hisobotlar ulardan foydalanuvchilarga pul mablagʻlari harakati prognoz qilish, xususan pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilashda yordam beradigan quyidagi axborotlarni oʻzida mujassam etishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt nazorati ostidagi aktivlar toʻgʻrisida (naqd pul mablagʻi tushumlarining yoki boshqa iqtisodiy manfaatlarning manbai boʻlgan aktivlar toʻgʻrisida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektning majburiyatlari toʻgʻrisida (pul mablagʻlarining yoki boshqa iqtisodiy foydaning ehtimol tutilgan kamayishi manbalari boʻlgan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.3. Xoʻjalik yurituvchi subyektning taqsimlanmagan foydasi toʻgʻrisida (xoʻjalik yurituvchi subyektning iqtisodiy resurslari va majburiyatlariga bir hisobot davridan boshqasiga oʻzgartish kiritadigan, bundan mulk egalarining badallari va mulk egalariga toʻlovlar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7.4. Pul mablagʻining harakati toʻgʻrisida (kelgusida pul oqimlarining imkoniyatli harakati koʻrsatkichi sifatida).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning dividendlar va foizlarni toʻlash, shuningdek majburiyatlar boʻyicha oʻz vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyatlarini baholash uchun zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xoʻjalik yurituvchi subyektning rahbari hisob siyosati uchun, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tayyorlash va taqdim etish uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amal qilish sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur BHMS roʻyxati mazkur standartning 12-bandida keltirilgan umumiy maqsadlarga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllaniladi. Ushbu standartdan ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotini tayyorlashda ham, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishda ham qoʻllash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur BHMS quyidagilarga qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.1. Hisob siyosatini shakllantirish bobida — mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10.2. Hisob siyosatini yoritib berish bobida — qonun hujjatlariga, taʼsis hujjatlariga muvofiq yoki oʻz tashabbusi bilan moliyaviy hisobotini eʼlon qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur BHMS banklar, budjet va sugʻurta tashkilotlarining moliyaviy hisobotni tuzish tartibiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobot tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yillik moliyaviy hisobot quyidagi hisobotlarning umumiy shakllaridan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.1. Buxgalteriya balansi — 1-shakl;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.2. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shakl;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.4. Pul oqimlari haqidagi hisobot — 4-shakl;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.5. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-shakl;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.6. Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Davriy (choraklik) hisobotlar tarkibi yillik hisobotdan hisobotlar shakli sonining kamligi bilan farq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha axborotlar (izohlar, hisob-kitoblar, tushuntirishlar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Turli xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining koʻp qirraliligi hisobga olganda, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan barcha axborot bilan taʼminlay olmaydi. Shuning uchun yillik moliyaviy hisobotlarga qoʻshimcha ravishda maʼmuriyat tomonidan tuziladigan moliyaviy sharh kiritilib, unda xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyati va moliyaviy holatining asosiy belgilari tushuntirib beriladi va ular duch kelayotgan asosiy noaniqliklar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu sharhda xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati natijalariga, faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va mustahkamlash uchun investitsiya siyosatiga, jumladan joriy davrda va kelgusi davrlarda dividendlar siyosatiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar yoritib beriladi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektni moliyalashtirish manbalari va risklarni boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.2. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ishlab turgan tashqi muhitdagi oʻzgarishlar va bu oʻzgarishlarga uning munosabati hamda ularning subyekt faoliyatiga taʼsiri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.3. Foydalanuvchilar qaror qabul qilishi uchun boshqa muhim axborotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoʻshimcha axborotni taqdim etish. Tushuntirishlar, izohlar va hisob-kitoblar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan maxsus shaklda yoki erkin shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy prinsiplar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Pul oqimi haqidagi hisobotdan tashqari moliyaviy hisobotlar hisoblash prinsipi asosida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash prinsipiga muvofiq aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar, xoʻjalik operatsiyalari va hodisalar buxgalteriya hisobida ular boʻyicha pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari olingan yoki toʻlangan paytda emas, balki ular sodir etilgan (yoki haqiqatda olingan) paytda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblash prinsipi asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga oʻtmishda pul toʻlab yoki pul mablagʻlarini olib amalga oshirilgan xoʻjalik operatsiyalari toʻgʻrisidagina emas, shuningdek kelgusida pul toʻlanadigan majburiyatlar toʻgʻrisida ham axborot beradi, bu esa tegishli iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda juda zarur hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ikkiyoqlama yozuv usuli bilan hisob yuritish prinsipi xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida roʻyxatga olishi kerakligini bildiradi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi shundan iboratki, bir operatsiya boʻyicha bir summa buxgalteriya hisobining ikki schyotida — birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksizlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Moliyaviy hisobotni uzluksizlik prinsipi asosida tayyorlash xoʻjalik yurituvchi subyekt doimiy harakat qilishini va aniq boʻlmagan uzoq muddat davomida oʻz faoliyatini davom ettirishini, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning oʻzini tugatishiga yoki oʻz faoliyati sohasini qisqartirishga ehtiyoji yoʻqligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar rahbar xoʻjalik yurituvchi subyektni tugatish yoki uning faoliyati koʻlamlarini qisqartirish zarur deb hisoblasa yoxud shunday vaziyatga olib keladigan sharoit mavjud deb oʻylasa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bunday faktning mazmunini yoritib berishi va moliyaviy hisobotni tuzishga asos boʻlgan jihatlarni, uzluksizlik prinsipidan chekinish sabablarini koʻrsatishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzluksizlik prinsipi yana shuni bildiradiki, buxgalteriya hisobini yuritish muddati xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyat koʻrsatgan muddatga mos boʻlishi kerak, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisobi subyekt tugatilgan yoki u bankrot deb eʼlon qilingan paytgacha yuritilishi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini tugatgan kundan boshlab buxgalteriya hisobini yuritishni ham toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik operatsiyalarini, aktivlarni va passivlarni pulda baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Barcha xoʻjalik operatsiyalari, holatlar, aktivlar va passivlar yagona, bir xil birlikda oʻlchanishi — pul bilan baholanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida pul birligi — soʻm, uning boʻlaklari — tiyinlardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Axborotda muhim xato yoki gʻarazlilik boʻlmasa va foydalanuvchilar unga tayanishlari mumkin boʻlsa, ishonchli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operatsiyalar yoki hodisalarning ishonchliligi odatda boshlangʻich hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21.Oldindan koʻra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yoʻl qoʻyilmasligini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu prinsipning qoʻllanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki taʼminotni oshirib koʻrsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib koʻrsatishga huquq bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazmunning shakldan ustunligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini toʻgʻri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatkichlarning qiyosiyligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli boʻlishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan boʻlishi kerak. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha oʻzgarishlardan va shunday oʻzgarishlarning natijalaridan xabardor boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Moliyaviy hisobotda oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni yoritib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur boʻlsa, yangilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Moliyaviy hisobotning koʻrsatkichlarini tuzatish yoki moddalarini tasnif etishda joriy bilan qiyosiylikni taʼminlash uchun qiyoslama summalar qaytadan tasnif etilishi va bir vaqtni oʻzida bunday qaytadan tasnif etishning tavsifi, summasi, sababi yoritib berilishi kerak. Agar buning imkoniyati boʻlmasa, xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tasnif etish sababini va agar summalar qaytadan tasnif etilgan boʻlsa kiritilgan oʻzgartishlarning xarakterini yoritib berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan, maʼlum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi standartlarni ishlab chiqish va mavjud standartlarni oʻzgartirish natijasida qiyoslanadigan axborot taqdim etishga talablar doirasi kamaytirilishi mumkin. Yangi va qayta koʻrib chiqilgan standartlardagi oʻtish qoidalari standartdan birinchi marta foydalanilayotganda qiyoslanadigan axborot taqdim etishni talab qilmasligi ham mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Shunday holatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydi. Masalan, oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin boʻlmaydigan tarzda toʻplangan boʻlishi mumkin, bu esa axborotni oʻzgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday holatlarda qiyoslanadigan summalarga kiritilishi mumkin boʻlgan tuzatishlarning tavsifi yoritib berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qiyosiylik prinsipiga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28.1. Barcha miqdoriy axborotlarga nisbatan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28.2. Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv oʻzgarganda oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28.3. Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etishni amalga oshirish mumkin boʻlmasa, qayta tasnif etish amalga oshirilgan holda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning sabablari va tavsifi yoritib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotning betarafligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborotlar ishonchliligini taʼminlash uchun u gʻarazlilikdan xoli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Aktivlar va majburiyatlarni haqiqiy baholash prinsipi ularning tannarxi yoki xarid qilish qiymati baholashga asos boʻlishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Standartlarda nazarda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash xarid qilish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos boʻlgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aniqlash qiyin boʻlsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushunarlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun ochiq va tushunarli boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ahamiyatlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi shundan iboratki, bu axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida va operatsion, moliyaviy hamda xoʻjalik faoliyat hodisalariga baho berishda ularning talabini qanoatlandirish kerak. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga taʼsir qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhimlilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki notoʻgʻri koʻrsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Moliyaviy hisobotlarda bir moddada tavsifi va vazifalari jihatidan oʻxshashlari bilan umumlashtirilishi kerak boʻlgan yoki alohida koʻrsatilmasligi kerak boʻlgan summalar aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, yakka tartibda ham, birgalikda ham muhim hisoblangan axborot boshqa axborot bilan toʻligʻicha umumlashtirilmasligi kerak. Shu munosabat bilan, agar axborotning yoritib berilmasligi foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga taʼsir qilishi mumkin boʻlsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhimlilik uni oʻtkazadigan alohida aniq holatlarda koʻrib chiqiladigan moddaning hajmiga bogʻliq boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Moliyaviy hisobot tavsifi va vazifalari boʻyicha guruhlarga tarkibiy birlashtirilgan xoʻjalik operatsiyalarini qayta ishlash natijasidir. Mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi boʻlib moliyaviy hisobotlarda yoki modda koʻrinishida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, qisqa koʻrinishda tasnif etilgan axborot taqdim etish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotda ayrim koʻrsatkichlarni ajratib koʻrsatish yoki ularni boshqa koʻrsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu uchun, agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim boʻlmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining tavsifi va hajmi bir vaqtning oʻzida baholanadi. Holatga qarab moddaning tavsifi yoki hajmi belgilovchi omil boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Agar dastlabki axborot muhim boʻlmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni yoritib koʻrsatish talablarini bajarishga hojat boʻlmaydi. Biroq, agar umumiy foydalanishga moʻljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan boʻlsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni yoritib berish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bogʻliq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chogʻida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqqoniy va begʻaraz tasavvur etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarda subyektning moliyaviy holati, operatsiyalarning natijalari va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida haqqoniy va begʻaraz tasavvur hosil qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanganlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Ishonchlilikni taʼminlash uchun moliyaviy hisobotlardagi axborot toʻliq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izchillik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Foydalanuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatidagi oʻzgarishlar tendensiyalarini aniqlash uchun uning turli hisobot davrlaridagi moliyaviy hisobotlarini qiyoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Agar xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsiyalari tavsifida muhim oʻzgarishlar yoki hisobotni taqdim etish shaklini tahlil qilish hisobotni taqdim etish shaklini oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan dalolat bermasa, moliyaviy hisobot moddalarini taqdim qilish va tasnif etish saqlanib qolinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Vaqti-vaqti bilan katta miqdordagi xarid qilish yoki chiqib ketish yoki subyektni operatsion faoliyatining tavsifida ayrim boshqa muhim oʻzgarishlar yoki moliyaviy hisobotning sharhi moliyaviy hisobotlarni boshqacha taqdim etish maqsadga muvofiqligiga olib keladi. Bunday hollarda xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik va qiyosiylik prinsiplariga rioya qilish oʻrtasidagi muvofiqlikni taʼminlashi kerak. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta koʻrib chiqilgan tuzilish uzoq davr davomida saqlansa yoki muqobil taqdim etishning afzalligi ravshan boʻlsa, faqat shunday hollardagina moliyaviy hisobot taqdim etishni oʻzgartirishi mumkin. Hisob siyosati bir davrdan ikkinchisiga izchillik bilan oʻtkazilishi nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz vaqtidalik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Agar axborot oʻz vaqtida taqdim etilsa, u foydali hisoblanadi. Agar moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilar tasarrufiga tuzilgan vaqtdan keyin oqilona vaqt ichida taqdim etilmasa, ular oʻzining foydaliligini yoʻqotadi. Hisobot axborotlari asossiz ravishda ushlab qolinsa, u oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyekt mazkur BHMSning 62 — 65-bandlarida koʻrsatilgan muddatlarda moliyaviy hisobotni tuzishga qodir boʻlishi kerak. Hech qanday omillar, hatto xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsiyalari murakkabligi ham hisobotni vaqtida taqdim etishga qodir emasligi sababi sifatida foydalanilmaslik kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobot eʼlon qilish “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Agar hisobotni tuzish va taqdim etish uning hamma jihatlari maʼlum boʻlgan paytgacha kechiktiriladigan boʻlsa, eng ishonchli axborot ham kam foyda berishi mumkin, chunki foydalanuvchilar oldinroq qaror qabul qilishga majbur boʻladi. Ahamiyatlilik va ishonchlilik oʻrtasida muvozanatga erishish maqsadida iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda foydalanuvchilarning talablarini qanday qilib yaxshiroq qanoatlantirishni hal etish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Offsetting (moddalarning oʻzaro hisobga olinishi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Aktivlar va passivlar oʻrtasida oʻzaro hisobga olinishi boʻlmasligi kerak, boshqa BHMSlarda koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Daromadlar va xarajatlar moddalari oʻzaro hisobga olinishi mumkin emas, faqat quyidagi hollar bundan mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47.1. BHMS buni talab qiladi yoki ruxsat etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47.2. Foyda, zararlar, shuningdek bunday operatsiyalar va hodisalar bilan bogʻliq xarajatlar yakka holda ham, jamlangan holda ham muhim emas. Ularning taqdim etilishi operatsiyalarning yoki bir xildagi bitimlar guruhining mohiyatini eng yaxshi tarzda aks ettirsa, bunday summalar umumlashtirilishi va netto-asosda taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Agar daromadlar va xarajatlar oʻzaro hisobga olingan boʻlsa, shunga qaramay xoʻjalik yurituvchi subyekt muhimlik prinsipiga asoslanib, moliyaviy hisobotlarga izohlarda bu miqdorlarni ochib koʻrsatish ehtiyojini qarab chiqishi kerak. Masalan, agar buxgalteriya balansida debitorlik qarzlarini “Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar” moddasida tashkil etilgan zaxiralarni dargumon qarzlardan chiqarib tashlab aks ettirish koʻzda tutilgan boʻlsa. Lekin tushuntirish xatida debitorlik qarzi summasi ham, dargumon qarzlar boʻyicha tashkil etilgan zaxiralar summasi ham alohida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolislik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Moliyaviy hisobot subyektning moliyaviy holatini, faoliyatining moliyaviy natijalarini va pul mablagʻlarining harakatini xolisona koʻrsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolislik prinsipiga erishish uchun har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzishda BHMS va buxgalteriya hisobi asosiy prinsiplarini qoʻllashga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Faoliyatning xilma-xil turlari boʻyicha yangiliklarni joriy etishning tezligi hali bu boʻyicha BHMS ishlab chiqilmagan operatsiyalar va vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarda moliyaviy hisobotning xolisligiga xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan mazkur standartga muvofiq mustaqil ishlab chiqilishi kerak boʻlgan hisob siyosatini tanlash va qoʻllanish yoʻli bilan erishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Subyektning hisob siyosati mazkur standartning 16 — 50-bandlarida keltirilgan prinsiplar asosida belgilanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlash va tuzish uchun foydalanadigan maxsus prinsiplarni, konvensiyalarni, tartib va amaliy yondashuvlarni ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Hisob siyosati moliyaviy hisobot barcha maqbul BHMSlarni qoʻllanish asosida tuziladigan tarzda tashkil etilishi kerak. Maxsus talablar boʻlmagan taqdirda moliyaviy hisobot quyidagicha boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.1. Foydalanuvchilar ehtiyoji uchun ahamiyatli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2. Shu jihatdan ishonchli boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2.1. Subyekt faoliyati va moliyaviy holatining barcha natijalarini xolisona koʻrsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2.2. Faqat yuridik shakldan iborat boʻlmay, hodisa va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2.3. Betaraf (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2.4. Betaraflikka zarar yetkazmagan holda ehtiyotkor boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.2.5. Barcha muhim jihatlari toʻla (tugallangan) boʻlishi, yaʼni subyekt xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.3. Faoliyati oʻxshash boshqa subyektlar moliyaviy hisoboti bilan taqqoslanadigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52.4. Tushunarli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Subyektning hisob siyosatini aniq bir yoʻnalish (masala) boʻyicha shakllantirishda, buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzishda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi boʻyicha qonun hujjatlariga amal qilish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Maxsus ixtisoslashgan BHMSlar mavjud boʻlmaganda subyekt rahbari xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilarga eng foydali axborot beradigan hisob siyosatini ishlab chiqishda oʻz qarorlaridan foydalanishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz qarorlaridan foydalanish jarayonida rahbar quyidagilarni koʻrib chiqadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54.1. Bunday masalalar xususida BHMSning talablari va qoʻllanmalarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54.2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan eʼlon qilingan har qanday boshqa axborotni;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54.3. Aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlar uchun aks ettirish va oʻlchashning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilab qoʻyilgan mezonlarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54.4. Kapitallarning asosiy jahon moliya bozorlari qabul qilgan tarmoq ish tajribasini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosati xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbarining tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish va boshqalar) bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatini shakllantirishda subyekt tanlab olgan buxgalteriya hisobini yuritish usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjati chiqarilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qoʻllaniladi, hisobot yili davomida yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bundan mustasnodir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ular xoʻjalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy boʻlinmalarida (jumladan, alohida balansga ajratilgan boʻlinmalarida) ularning qayerda joylashganidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tanlab olgan hisob siyosatini mazkur bandga muvofiq moliyaviy hisobot birinchi marta eʼlon qilingunga qadar, lekin davlat roʻyxatidan oʻtib yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 90 kundan kechiktirmay rasmiylashtiradi. Subyekt tanlab olgan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat roʻyxatidan oʻtgan) kundan boshlab qoʻllanish mumkin deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini quyidagi hollarda oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56.1. Subyekt qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborilganda, boʻlinganda, qoʻshib olinganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56.2. Mulk egalari almashganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56.3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi meʼyoriy tizimda oʻzgarishlar boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56.4. Buxgalteriya hisobining yangi usullari ishlab chiqilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatining oʻzgartirilishi asoslab berilishi va mazkur standartning 55-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzgarishlarning oqibatlari subyektning buxgalteriya hisobini yuritishning oʻzgartirilgan usullari qoʻllanila boshlagan vaqtdagi (oyning birinchi kunida) tekshirilgan maʼlumotlar asosida qiymat jihatidan baholanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlarning asosiy identifikatsiyalangan rekvizitlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotlarning bir xil turdagi shakllarida aniq identifikatsiyalangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Quyidagi axborotlar moliyaviy hisobotlarning har bir sahifasida iloji boricha toʻliq aks ettirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58.1. Subyektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, boʻysunishi, identifikatsiya raqami va subyektni aniqlash uchun boshqa rekvizitlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58.2. Moliyaviy hisobotlar yakka korxonalarni yoki korxonalar guruhini oʻz ichiga oladimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58.3. Hisobot sanasi yoki moliyaviy hisobotlar bilan qamrab olingan davr.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Taqdim etilgan hisobot axborotini toʻgʻri tushunish uchun quyidagi rekvizitlar ham yoritib berilishi va zarur boʻlganda takrorlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59.1. Moliyaviy hisobotlar oʻlchangan valyuta va agar bir necha valyutadan foydalanilgan boʻlsa, ular ifodalangan valyutalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59.2. Moliyaviy hisobotlarda raqamlarni koʻrsatish uchun foydalanilgan aniqlik darajasi, masalan, raqamlar minglar hisobida koʻrsatilganmi yoki millionlar hisobidami va hokazo.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davri va hisobot sanasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan kalendar yil moliyaviy hisobotning hisobot davri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobot kalendar yildan farqli davr uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda oy yoki chorak uchun tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Moliyaviy hisobotlar uchun hisobot sanasi hisobot davrining soʻnggi kalendar kuni hisoblanadi. Chunonchi subyektning yillik buxgalteriya balansi uchun 31-dekabr hisobot sanasi hisoblanadi, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi yillik hisobot uchun 1-yanvardan 31-dekabrgacha boʻlgan davr hisobot davri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotni taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Moliyaviy hisobot quyidagilarga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62.1. Subyektning mulk egalariga (davlat mulkini boshqarishga vakolatli organlarga, ishtirokchilarga, taʼsischilarga) — taʼsis hujjatlariga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62.2. Davlat soliq xizmati organlariga — subyekt roʻyxatga olingan joyi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62.3. Davlat statistika organlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62.4. Qonun hujjatlariga muvofiq — boshqa organlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni hisobot yilidan keyingi 15-fevraldan kechiktirmay topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Vazirliklar, idoralar, boshqa boshqaruv organlari va ayrim subyektlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobot taqdim etishning boshqa muddatlarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Subyekt bilan bir shaharda joylashgan mahkamalarga moliyaviy hisobotni taqdim etish vaqti uni amalda tegishli joyga topshirish kuni, boshqa shahardagilar uchun esa pochta korxonasi shtempelida koʻrsatilgan sana uni joʻnatish kuni hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobotni taqdim etish sanasi dam olish kuniga toʻgʻri kelib qolgan hollarda taqdim etish muddati dam olish kunidan keyingi birinchi ish kuniga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya balansi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya balansining maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini tushunib yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy holatini aks ettirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylanma (joriy) va uzoq muddatli aktivlar oʻrtasidagi tafovut
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Har bir subyekt joriy aktivlarni va joriy majburiyatlarni buxgalteriya balansida alohida tasnif sifatida koʻrsatishni (yoki koʻrsatmaslikni) belgilab olishi kerak. Mazkur standartning 69 — 71-bandlari ana shunday cheklash amalga oshirilganda qoʻllaniladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt bu tasnifni amalga oshirmaydigan variantni tanlab olsa, aktivlar va majburiyatlarni toʻlash muddatlari boʻyicha axborotlar baribir yoritib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Xoʻjalik yurituvchi subyekt aniq belgilanadigan operatsion siklidan foydalanib tovarlar va xizmatlarni yetkazib berganda, balans hisobotidagi joriy va uzoq muddatli aktivlar hamda majburiyatlarning alohida tasnif etilishi aylanma mablagʻ sifatida doimo murojaat qilinadigan sof aktivlar bilan subyektning uzoq muddatli operatsiyalarida foydalaniladigan aktivlar oʻrtasidagi tafovutni farqlash yoʻli bilan juda foydali axborot boʻladi. Shuningdek u joriy operatsion sikli davomida olinishi kutilayotgan aktivlarni hamda shu davr ichida toʻlanishi lozim boʻlgan majburiyatlarni ham taʼkidlab koʻrsatadi. Subyekt joriy va uzoq muddatli aktivlari hamda majburiyatlarini alohida-alohida koʻrsatsa, bunday hollarda ular 69 — 76-bandlarga muvofiq tasnif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylanma (joriy) aktivlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Aktivlar quyidagi hollarda joriy aktiv sifatida tasnif etilishi kerak, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69.1. Xoʻjalik yurituvchi subyekt operatsion faoliyatining bir qismi boʻlsa va subyektning bir normal oʻtayotgan operatsion siklida uni olish yoki isteʼmol qilish kutilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69.2. Asosan qayta sotish maqsadida yoki qisqa muddatda saqlab turilgan boʻlsa va undan hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida foydalanish kutilayotgan boʻlsa. Boshqa barcha aktivlar joriy boʻlmagan aktivlar (uzoq muddatli aktivlar) sifatida tasnif etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Joriy aktivlarning ikki turi mavjud. Birinchi turi xoʻjalik yurituvchi subyekt aylanma kapitalining bir qismi sifatida namoyon boʻlib, xoʻjalik yurituvchi subyektning normal operatsion sikli davomida olingan yoki isteʼmol qilingan boʻladi. Ikkinchi turi operatsion aktivlar hisoblanmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida sotish kutilayotgan joriy aktivlar sifatida namoyon boʻladi. Joriy aktivlarga hisobot sanasidan keyingi 12 oy mobaynida olinadigan yoki isteʼmol qilinadigan zaxiralar va debitorlik qarzlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Xoʻjalik yurituvchi subyektning operatsion sikli — bu materiallarni xarid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlikcha pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlar hisobiga sotish oʻrtasidagi oʻrtacha vaqtdir. Operatsion aktivlarni uzoq muddatli va joriy operatsion sikl oʻrtasida tasnif etish maqsadida bir yil hisoblanadi, agar faqat shu tarmoq yoki faoliyat turi uchun kattaroq davr ancha muvofiqroq hisoblanmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) aktivlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. 67-bandda talab qilingan tasniflash usuliga asoslanib, subyektning joriy boʻlmagan aktivlari quyidagi aktivlardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72.1. Subyekt faoliyatida uzoq muddatli asosda foydalaniladigan aktivlar, jumladan subyektning mulki, binolari va uskunalari, nomoddiy aktivlari, taraqqiyot xarajatlari va gudvill;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72.2. Investitsiya maqsadida saqlab turilgan va hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida sotilishi mumkin boʻlmagan aktivlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Quyidagilar joriy majburiyat hisoblanadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73.1. Hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida ular boʻyicha hisob-kitob qilinsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73.2. Majburiyatlarning qolgan moddalari joriy emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Joriy majburiyatlarning tavsifi joriy aktivlar tavsifiga oʻxshash. Kreditorlik qarzi, ish haqi, soliqlar va boshqa operatsion xarajatlar boʻyicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar hisobidan hisob-kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsion siklida foydalaniladigan aylanma kapitalni tashkil etuvchi moddalar boʻyicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsion moddalar hatto hisobot sanasidan boshlab 12 oydan ortiq davr mobaynida hisob-kitob qilinishi kerak boʻlsada, joriy majburiyatlar koʻrinishida tasnif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Joriy majburiyatlarga hisobot kunidan boshlab 12 oy mobaynida hisob-kitobni talab etsada, operatsion sikli nuqtai nazaridan ularni joriy hisoblanishini aniqlash qiyin boʻlgan quyidagilar ham kiradi: bank overdraftlari, toʻlanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa kreditorlik qarzlari, foizlarni toʻlashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli asosda aylanma kapitalni pul bilan taʼminlanadigan, foizni toʻlashni talab qiluvchi va 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinmaydigan majburiyatlar uzoq muddatli (joriy boʻlmagan) majburiyatlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qisqa muddatli (joriy) majburiyatlarni qayta moliyalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Hisobot sanasidan keyin 12 oy mobaynida hisob-kitob qilinishi lozim boʻlgan majburiyatlar faqat quyidagi shartlarda joriy boʻlmagan majburiyatlar sifatida tasnif etilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76.1. Dastlabki muddat 12 oydan uzoqroq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76.2. Subyekt majburiyatni uzoq muddatli asosda qayta moliyalashtirishni rejalashtirayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76.3. Bu niyat moliyaviy hisobot maʼqullangunga qadar toʻldiriladigan qayta moliyalashtirishga yoki toʻlovlar tarkibiy jihatdan oʻzgartirishga qaratilgan bitim bilan qoʻllab-quvvatlansa,.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy majburiyatlardan chiqarib yuboriladigan har qanday qisqa muddatli qarz miqdori uni taqdim etishni qoʻllab-quvvatlovchi axborot bilan birgalikda buxgalteriya balansiga izohlarda yoritib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya balansida aks ettirilishi lozim boʻlgan axborotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Xoʻjalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi moliyaviy holatning turli jihat rekvizitlarini aks ettiradigan tarzda taqdim etilishi kerak. Quyidagilar buxgalteriya balansining majburiy elementlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.1. Moddiy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.2. Nomoddiy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.3. Moliyaviy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.4. Zaxiralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.5. Debitorlik qarzi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.6. Pul mablagʻi va pul ekvivalentlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.7. Kreditorlik qarzi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.8. Ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.9. Foiz toʻlashni talab qiluvchi majburiyatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77.10. Xususiy kapital va zaxiralar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Mazkur standartda buxgalteriya balansini taqdim etish zarur boʻlgan tartib yoki shakl koʻrsatilmaydi. Buxgalteriya balansining shakli alohida BHMS “Buxgalteriya balansi”da keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. 77-banddagi majburiy talablar zaxiralarni aks ettirish uchun alohida satrlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taxminiy baholashdan koʻproq darajada foydalanish orqali baholanishi mumkin boʻlgan majburiyatlar zaxira hisoblanadi. Subyektni va kredit bergan tashkilotlarni zarar oqibatlaridan qoʻshimcha muhofaza qilishni taʼminlash uchun qonun hujjatlari yoki ustavda zaxiralarni tashkil etish koʻzda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar

80. Subyekt tushuntirishlarda quyidagilarni yoritib berishga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasi boʻyicha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.1. Eʼlon qilingan aksiyalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.2. Chiqarilgan, haqi toʻla toʻlangan, chiqarilgan, lekin haqi toʻla toʻlanmagan aksiyalar soni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.3. Aksiyalarning nominal qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.4. Yilning boshida va oxirida haqi toʻlanmagan aksiyalar sonining kamayishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.5. Aksiyadorlik kapitalining har bir toifasiga taalluqli huquqlar, afzalliklar va cheklashlar, shu jumladan dividendlarni taqsimlash va kapitalni qoplashga doir cheklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.6. Jamiyatning oʻziga, xoʻjalik yurituvchi subyektga qarashli shuʼba va uyushgan jamiyatlariga tegishli aksiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.1.7. Opsion va savdo kontrakti boʻyicha emissiya uchun zaxiraga ajratilgan aksiyalar, shu jumladan ularning muddatlari va miqdorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.2. Xususiy kapitaldagi zaxiralar mohiyati va maqsadlari bayoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80.3. Majburiyatlarda aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) yigʻilishida rasman maʼqullanmagan dividendlarni (daromad) toʻlash uchun summalarning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Subyekt xususiy kapitaldagi oʻzgarishlarni aks ettirishi lozim va bunda quyidagilarni alohida koʻrsatishi zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81.1. Davr boshida va hisobot sanasida jamgʻarilgan foyda yoki zararlarning qoldigʻi hamda shu davrda yuz bergan muhim oʻzgarishlar, jumladan davr uchun sof foyda va aksiyadorlar (taʼsischilar, ishtirokchilar) har bir toifasiga taqsimlanashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81.2. Xususiy kapital va rezervlarni har bir toifasining joriy summasini davrning boshi va oxirida oʻzgarishlarning miqdori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning maqsadi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot davridagi moliyaviy faoliyatini tavsiflaydi va bu faoliyatning turli jihatlarini tushunishga imkon beradigan usul bilan koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilishi kerak boʻlgan axborotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagi majburiy elementlar boʻlishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83.1. Tushum;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83.2. Operatsion faoliyatining natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83.3. Moliyaviy faoliyat natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83.4. Favqulodda foydalar va zararlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83.5. Davrdagi sof foyda yoki zarar. Qoʻshimcha satrlar, sarlavhalar va yakunlar moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotning yuz tomonida BHMSga muvofiq koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda taqdim etiladigan axborotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Xoʻjalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda daromadlar va xarajatlar turlari yoki faoliyat turlari boʻyicha tasniflash yoʻli bilan daromadlar va xarajatlarni tahlil qilib berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Xarajatlarni faoliyat turlari boʻyicha tasniflaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar xarajatlarning turlari boʻyicha qoʻshimcha axborotni, jumladan eskirish (amortizatsiya) xarajatlarini, xodimlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni, xom ashyo va xalq isteʼmoli tovarlaridan foydalanish xarajatlari boʻyicha qoʻshimcha axborotlarni yoritib berishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pul oqimlari haqidagi hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Xoʻjalik yurituvchi subyekt pul oqimlari haqidagi hisobotni BHMS “Pul oqimlari haqidagi hisobot” ga muvofiq taqdim etishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. BHMS “Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot” pul oqimlari haqidagi hisobotni taqdim etish va unga tegishli tushuntirishlarni taqdim etish boʻyicha talablarni belgilaydi. Mavjud oqim haqidagi axborot moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga xoʻjalik yurituvchi subyektning pul mablagʻini va pul ekvivalentlarini xoʻjalik subyektining ehtiyojlariga yoʻllash qobiliyatini baholash imkoniyatini taqdim etishda foydalidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobotda xususiy kapitalning harakati, rezervlarni shakllantirish, toʻlash uchun hisoblangan dividendlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarni tuzishdan maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotga izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlarda quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotini tuzishda va hisob siyosatida tanlab olingan va qoʻllanilayotgan asos toʻgʻrisidagi axborot taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90.2. BHMS talab qiluvchi, moliyaviy hisobotning hech bir joyida koʻrsatilmagan axborotni yoritib berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90.3. Moliyaviy hisobotda keltirilmagan, lekin moliyaviy hisobotni aniq va haqqoniy tasavvur etish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tahliliy axborotni taqdim etishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirishlar tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Moliyaviy hisobotlarga tushuntirishlar tizimli ravishda tushuntirish xati koʻrinishida taqdim boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tushuntirishlardagi axborot moliyaviy hisobotda keltirilgan tegishli moddalarga havola etilgan holda taqdim etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Tushuntirish odatda shunday tuziladiki, u foydalanuvchiga moliyaviy hisobotlarni yaxshiroq tushunishga va ularni boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisoboti bilan quyidagicha qiyoslashiga yordam beradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.1. Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiqligi haqidagi hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.2. Oʻlchov asosi va buxgalteriya hisobida qoʻllanilayotgan siyosat toʻgʻrisidagi hisobot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.3. Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan moddalar uchun yordamchi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.4. Quyidagilarni oʻz ichiga olgan boshqa yoritib berishlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.4.1. Shartli majburiyatlar, oddiy majburiyatlar va boshqa moliyaviy yoritib berishlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92.4.2. Moliya bilan bogʻliq boʻlmagan yoritib berishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash asosi va buxgalteriya hisobi bobidagi maxsus siyosat haqidagi axborot moliyaviy hisobotga izohlar oldidan alohida hisobot koʻrinishida taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatini yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xatidagi hisob siyosati toʻgʻrisidagi boʻlim quyidagilarni bayon qilib berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94.1. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda qoʻllanilgan (qoʻllanilayotgan) baholash asosi (asoslari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94.2. Moliyaviy hisobotlarni aniq tasavvur etishda muhim ahamiyatga ega boʻlgan hisob siyosatining har bir maxsus qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94.3. Hisob siyosatida biror oʻzgarish sodir boʻlganda tuziladigan tushuntirish hisoboti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Moliyaviy hisobotlarni tuzishda qoʻllaniladigan maxsus hisob siyosatiga qoʻshimcha ravishda hisobotdan foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarda qoʻllaniladigan baholash (boshlangʻich qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymat va balans qiymati) asosini (asoslarini) anglash juda muhimdir. Bu prinsiplar koʻp jihatdan uzluksizlik va hisoblash prinsiplariga oʻxshash boʻlib, ular moliyaviy hisobotni tuzishning asosini shakllantiradi. Ular ana shu prinsiplardan baʼzi holatlarda baholash asoslarini tanlab olish imkoniyati mavjudligi bilan farq qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar moliyaviy hisobotlarda baholashning bittadan ortiq asosi qoʻllanilsa, masalan, asosiy vositalarning muayyan turini baholashda bitta asos qoʻllanilsa, oʻlchashning alohida asosi qoʻllanilgan aktivlar va majburiyatlar toifasi aks ettirilishini koʻrsatish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Hisobotdan foydalanuvchi uchun hisob siyosatining oʻziga xos jihatlarini yoritib berishning ustuvorligini koʻrib chiqishda rahbarlar u xoʻjalik yurituvchi subyektning xatarlarini va kelgusidagi pul mablagʻi oqimini baholashga imkon berishini eʼtiborga olishi kerak. Hisob siyosatini yoritib berish quyidagi axborotlarni oʻz ichiga oladi, lekin ular bilan cheklanib qolmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.1. Foydani aks ettirish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.2. Konsolidatsiyalash prinsiplari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.3. Faoliyat turlarini uygʻunlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.4. Birgalikdagi faoliyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.5. Moddiy va nomoddiy aktivlarning aks etishi va eskirishi (amortizatsiyasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.6. Jalb etilgan mablagʻlar qiymatining kapitalizatsiya qilinishi va boshqa xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.7. Kapital quyilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.8. Investitsiya mulki;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.9. Moliyaviy instrumentlar va investitsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.10. Ijara;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.11. Tadqiqot va taraqqiyot bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.12. Tovar-moddiy zaxiralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.13. Soliqlar, jumladan kechiktirilgan soliqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.14. Zaxiralar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.15. Xodimlarni saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.16. Xorijiy valyutani oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.17. Faoliyat turlarini, jugʻrofiy segmentlarni va xarajatlarni segmentlar oʻrtasida taqsimlash usulini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.18. Inflyatsiyani hisobga olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96.19. Hukumat subsidiyalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa yoritib berishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Xoʻjalik yurituvchi subyekt, agar boshqa moliyaviy hisobotlarda yoritilmay qolgan boʻlsa, quyidagi axborotlarni yoritib berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97.1. Xoʻjalik yurituvchi subyektning huquqiy shakli, taʼsis etilgan mamlakat va roʻyxatga olingan idoraning yuridik manzili (yoki amaliy faoliyat aniq joyi, agar amaliy faoliyatning manzili roʻyxatga olingan idora manzilidan farq qilsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97.2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar asosiy faoliyati xoʻjalik muomalalari mohiyatining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97.3. Bosh kompaniya yoki guruh bosh kompaniyasining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97.4. Xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni.