Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.12.2004 yildagi 611-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 28.12.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON TELERADIO KOMPANIYASI TIZIMI UChUN JALB ETILGAN XORIJIY KREDITLARNING TOʻLANIShINI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan qayta jihozlash uchun jalb etilgan xorijiy kreditlarni toʻlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasining tarkibiy boʻlinmalari Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash toʻgʻrisida” 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga muvofiq xorijiy kredit hisobiga sotib olingan asbob-uskunalar uchun mulk soligʻi toʻlashdan mazkur asbob-uskunalar boʻyicha mulk soligʻi yuzasidan ilgari berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati tugaydigan vaqtdan boshlab besh yil muddatga ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-avgustdagi 412-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi tizimini texnika bilan kompleks qayta jihozlash dasturi boʻyicha jalb etiladigan xorijiy kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarni toʻlash qarz bitimlari muddatlari va shartlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 1998-yil va keyingi yillar uchun markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlarini shakllantirishda avans toʻlovlarini amalga oshirish hamda xorijiy banklar kreditlarini va qarz bitimlari muddatlari va shartlarida ular boʻyicha belgilangan foizlarni toʻlash uchun Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasiga mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.MIRZIYOEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
611-son