08.06.2026 yildagi PQ-214-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.06.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va ayrim fuqaro xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turarjoy bilan taʼminlanmagan harbiy xizmatchilarning turarjoy taʼminotini yaxshilash hamda mudofaa ishlari organlari fuqaro xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish orqali ularni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2026-yil 10-iyundan boshlab Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) mudofaa ishlari boʻlimlari shtatidagi (shtat jadvalidagi) fuqaro xodimlarning (chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari bundan mustasno) ish haqi miqdori 2026-yil 10-iyundan boshlab 20 foizga, 2027-yil 1-yanvardan boshlab esa 50 foizga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda fuqaro xodimlarning tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari (mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasi) boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishlicha 2026-yil 10-iyundan eʼtiboran 1,2 baravarga, 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran 1,7 baravarga koʻpaytirish orqali amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratish, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-112-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar (kommunal xizmatlar haqi bundan mustasno) doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Samarqand shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nukus shahri va boshqa viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 3,6 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlari, tuman markazlari va aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda, harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda har yili Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilab boriladi. Bunda turarjoy ijarasining bozor narxlarini qayta belgilashda Soliq qoʻmitasining har yili 1-oktabr holatiga koʻra soliq organlari avtomatlashtirilgan axborot tizimiga hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasi boʻyicha bergan maʼlumoti asos hisoblanadi. Turarjoy ijarasining bozor qiymati mazkur bandda koʻrsatilgan har oylik kompensatsiya meʼyorlaridan kam miqdorlarni tashkil etsa, har oylik kompensatsiyaning ushbu qarorda belgilangan meʼyorlari oʻzgartirilmaydi va uni oʻzgartirish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilinguniga qadar toʻlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mudofaa vazirligi uch oy muddatda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 8-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-214-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2026-y., 07/26/214/0572-son)