Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020 10.03.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 910
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2000-yil 5-fevraldagi 461-son qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

Fan va texnologiyalar
davlat qo‘mitasi bilan

“KELIShILGAN”

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining avtomatlashtirilgan bank tizimlaridagi antivirus himoyasi to‘g‘risidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 10-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 910]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 25-yanvardagi 2/4-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3224, 10.03.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Mazkur Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va bank faoliyatiga doir boshqa me’yoriy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Nizom O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida antivirus himoyasining asosiy maqsadini, vazifasini, ishlarni tashkil etishni va shaxslarni mas’uliyatini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Antivirus himoyasi bo‘yicha olib boriladigan ishlardan asosiy maqsad avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot yo‘qolishining oldini olishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Antivirus himoyasi vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus tashxis vositalari tarkibini va ularni qo‘llash, taftishdan o‘tkazish va yangilash tartibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus tashxis vositalarini qo‘llagan holda profilaktika ishlarini o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan bank tizimini ishlatishning barcha bosqichlarida zarar keltiruvchi dasturlar ta’siridan uzluksiz tarzda axborot himoyasini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Kompyuter virusi — destruktiv xususiyat, o‘z nusxasini ko‘paytira olish (asl nusxa bilan to‘liq mos bo‘lmasligi ham mumkin) va foydalanuvchi bilmagan holda ularni kompyuter tizimlari, tarmoqlari turli resurslari va shu borada joriy etish qobiliyatiga ega bo‘lgan dasturdir (bajariladigan kodlar to‘plami). Bunda nusxalarning o‘zi ham keyinchalik tarqalish xususiyatiga ega bo‘lib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Antivirus dasturi — kompyuter tizimlari, tarmoqlari resurslarida va hokazolarda kompyuter viruslarini topib, zararsizlantirib va ularni yo‘qotib tashlaydigan dasturdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Antivirus himoyasi — antivirus dasturlari yordamida kompyuter viruslari ta’sirining oldini olish, viruslarni topish va zararsizlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Antivirus ximoyasiga doir ishlar ishtirokchilari — shaxsiy kompyutyerdan foydalanuvchilar, antivirus himoyasi bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, axborot hisoblash tarmoqlari (AHT) ma’murlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Antivirus himoyasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Bank rahbariyati antivirus himoyasi bo‘yicha ishlarni tashkil etishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Banklarda antivirus himoyasi bo‘yicha chora-tadbirni rejalash va o‘tkazish bilan axborotlashtirish bo‘linmalarining bu ishlar uchun maxsus ajratilgan mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida esa (keyingi o‘rinda — Markaziy bank), To‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departamenti hamda Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamentining mutaxassislari shug‘ullanadilar. Zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Davlat unitar korxonasi “Axborotlashtirish Bosh markazi”ning mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Bank axborot antivirus himoyasi bo‘yicha litsenziyali vositalarga yoki vakolatli davlat organlari tomonidan attestatsiyadan o‘tgan boshqa antivirus himoyasi vositalariga ega bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Antivirus himoyasi bo‘yicha barcha chora-tadbirlar yakka tartibda va markazlashgan holda olib boriladi. Yakka tartibdagi tadbirlar har bir foydalanuvchi tomonidan, markazlashgan holdagi tadbirlar esa, antivirus himoyasi mutaxassislari va AHT ma’murlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Yakka tartibdagi chora-tadbirlar kompyuter ishga tushirilganda, shuningdek zarur bo‘lganda kompyuterning ishlash jarayonida operatsion tizim va uning elementlari holatini tekshirishdan iboratdir. Antivirus himoyasi vositalari antivirus himoyasi mutaxassislari tomonidan chora-tadbirlar rejasi asosida markazlashgan tarzda oyiga kamida bir marta o‘rnatiladi va yangilanadi. So‘ngra antivirus himoyasi vositalarini installatsiya va yangilash daftarida qayd etiladi. Antivirus himoyasi bo‘yicha mutaxassislar ish joylarida o‘rnatilgan antivirus dasturining aktual holatda bo‘lishi uchun javobgardirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.6. Markazlashgan holdagi tadbirlar bank avtomatlashtirilgan tizimi serveri uchun antivirus himoyasi bo‘yicha profilaktik ishlar, tanlab olingan shaxsiy kompyuterlar tekshiruvidan, tashqi tashuvchilarda o‘rnatilgan arxivlarni rejali tekshirish ishlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.7. Umumiy foydalanishdagi serverlar antivirus himoyasi bo‘yicha profilaktik tekshirish ishlari antivirus himoyasi mutaxassislari tomonidan AHT ma’murlari bilan kelishilgan holda olib boriladi. Ularni o‘tkazish davri uzoq muddat saqlanadigan arxiv tuzish davriga mos kelishi shart, lekin bu ishlarni o‘tkazish xaftada bir martadan kam bo‘lmasligi kerak. Antivirus himoyasi bazalarini yangilash ishlari antivirus himoyasi mutaxassislari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.8. Tashqi tashuvchilarda saqlanuvchi arxivlarni rejali tekshirish ishlari antivirus himoyasi mutaxassislari va AHT ma’murlari bilan birgalikda tasdiqlangan jadval asosida olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.9. Tanlab olingan ayrim kompyuterlarni tekshirish ishlarini antivirus himoyasi mutaxassislari olib boradilar. O‘tkazilgan tekshiruv natijasi maxsus daftarda qayd etiladi. Kompyuter virusi aniqlanganda, antivirus himoyasi mutaxassisi viruslarni yo‘q qilish bo‘yicha hamma chora-tadbirlarni ko‘radi va olib borilgan ish, yo‘qotilgan axborot va virusning yuzaga kelishining taxminiy sabablari haqida dalolatnoma tuzadi. Mazkur dalolatnoma kompyutyerdan foydalanuvchi xodim va antivirus ximoyasi mutaxassisi, hamda mazkur kompyuter biriktirilgan bo‘lim boshlig‘i hamda bankdagi axborot xavfsizligi xizmati rahbari tomonidan imzolanadi. Bankdagi axborot xavfsizligi xizmati rahbari belgilangan tartibda kompyuter virusining kelib chiqishi sabablari bo‘yicha xizmat tekshiruvini o‘tkazadi va tegishli ta’sir choralarni ko‘radi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.10. Bank bo‘limlarida kompyuter virusi borligi aniqlanganda, virusning kelib chiqishi va uning turi haqida Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha Bosh boshqarmalariga tezkor axborot berilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.11. Antivirus himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlar quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus himoyasi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus himoyasi bo‘yicha yakka tartibda olib boriladigan qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus himoyasini markazlashgan holda olib borish uslubi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
antivirus himoyasi bo‘yicha ishlar qatnashchilarining lavozim yo‘riqnomalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu hujjatlar har bir tijorat banki tomonidan mustaqil ravishda tuziladi va Markaziy bankning texnikaviy-dasturiy majmualari bilan axborot almashinuvida, axborot xavfsiziligini ta’minlash qismi Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti bilan kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.12. Chora-tadbirlar rejasi har yili ishlab chiqiladi. Ushbu reja o‘zida quyidagilarni jamlashi kerak: profilaktik ishlar, tanlab olingan tekshiruvlar, hisobotlar tayyorlash va bankda antivirus himoyasi vositalarini tarqatish chora-tadbirlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Antivirus himoyasiga doir ishlar ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Antivirus himoyasi mutaxassisining lavozim yo‘riqnomasida mutaxassisga qo‘yiladigan talablar, ya’ni maxsus antivirus himoyasi texnologiyalarini bilishi va antivirus himoyasi vositalari bilan ishlash tajribasiga ega ekanligi aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. AHT ma’murining lavozim yo‘riqnomasida antivirus himoyasini markazlashgan holda olib borish bo‘yicha vazifalari belgilangan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Antivirus himoyasiga doir ishlar ishtirokchilarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Mazkur Nizom talablarini buzgan antivirus himoyasi ishtirokchilari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais o‘rinbosari Sh.Y. PULATOV