19.05.2026 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.05.2026 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Vazirlar Mahkamasining “Suv va salqin ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gazlangan va gazlanmagan suvlar hamda ichimliklarni majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish uchun zarur texnik imkoniyatlar toʻliq yaratilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 631-son qarori bilan tasdiqlangan Suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish grafigi 4.4 va 5.2-pozitsiyalaridagi “2026-yil” soʻzlari “2027-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Soliq qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy axborot tizimi operatori bilan birgalikda suv va salqin ichimliklarni ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash mexanizmlarining amalda qoʻllanishi yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlarini amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 19-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 09/26/258/0511-son)