O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1994 YIL 3 NOYABRDAGI 533-SON QARORIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (“Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil, 11-son, 49-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilingan holda “j”, “z” va “i” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
| “j) Nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida |
| z) voyaga yetmagan bolalarga ota-onalar tomonidan aliment to‘lanishi haqidagi kelishuvni tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida |
| i) ota-onalar tomonidan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalariga, mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalar tomonidan mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj ota-onalariga aliment to‘lash, er-xotinlar (sobiq er-xotinlar), qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-biriga ta’minot berish haqidagi kelishuvini tasdiqlaganlik, shuningdek unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchun | eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida”. |
“j”—“x” kichik bandlar tegishli ravishda “k”—“sh” kichik bandlar deb hisoblansin.
5-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun”;
“b” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi “eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida” so‘zlaridan oldin “er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan” so‘zlari qo‘shilsin;
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| v) 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun | eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida |
| 18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun | eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida”; |
“d” kichik bandida “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 20-oktabr,
448-son