O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT BOJI STAVKALARIGA QO‘ShIMChA KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 205-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son va 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan davlat boji stavkalariga quyidagi qo‘shimcha kiritilsin:
7-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan to‘ldirilsin:
| “g) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun | eng kam ish haqining 30 foizi miqdorida”. |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 14-oktabr,
443-son