Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.05.1998 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 06.07.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RESPUBLIKA BALIQChILIK TABIIY SUV HAVZALARIDAN FOYDALANIShNI YaXShILASh VA BALIQ RESURSLARI MUHOFAZASINI KUChAYTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baliqchilik tabiiy suv havzalaridan oqilona foydalanish, ularda baliq zahiralarini koʻpaytirish, muhofaza qilishni kuchaytirish va baliq mahsulotlari sotishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Respublika hududida baliqchilik tashkilotlari va korxonalari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etilishi belgilab qoʻyilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi respublika baliqchilik tabiiy suv havzalarini birkitib qoʻyish va ulardan foydalanish tartibini, bunda “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari va tashkilotlarining ustuvor huquqini hisobga olgan holda, bir oy muddatda ishlab chiqsin va Adliya vazirligi, “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa baliq ovlovchi tashkilotlar respublika tabiiy suv havzalaridagi baliq zaxiralarining ahvoli va ularni koʻpaytirishning zarur chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi axborotni har yili dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasiga taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan hisob-kitob maʼlumotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi xulosasi asosida yanvar oyida joriy yilga baliq ovlash uchun kvota belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiologik tadqiqotlar asosida ovlanadigan yosh baliq turlarini saqlab qolish va baliq xoʻjaligi melioratsiyasi ishlarini oʻtkazish uchun har yili suv havzalari roʻyxatini aniqlab chiqsin, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi va boshqa baliq ovlovchi tashkilotlar va korxonalar esa koʻrsatilgan ishlarni amalga oshirsinlar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbaliq” aksiyadorlik kompaniyasi, boshqa baliq ovlovchi tashkilotlar va korxonalar birkitib qoʻyilgan tabiiy suv havzalarida baliq resurslarini koʻpaytirishni taʼminlasinlar, baliq ovlash va sotishda qatʼiy hisob va hisobotni yoʻlga qoʻysinlar, suzish vositalaridan foydalanishda zarur tartib oʻrnatsinlar, ularni oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazish chora-tadbirlarini koʻrsinlar. Bu ishlar ustidan tegishli nazorat oʻrnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-iyuldagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 13-son, 86-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tabiiy suv havzalarida baliq resurslarini oʻgʻrincha ovlash, oʻgʻirlashlar va talon-toroj qilishdan muhofaza etishni kuchaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Baliq va baliq mahsulotlari faqat tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan belgilanadigan joylarda, ular sanitariya talablariga muvofiq jihozlangan taqdirdagina sotilishi mumkinligi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlar va shaharlar hokimliklariga sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitlarda baliq va baliq mahsulotlarini sotish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish taqiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi sanitariya meʼyorlari va savdo qoidalarini buzgan holda baliq va baliq mahsulotlari sotishning oldini olish maqsadida bozorlar, magistral yoʻllarni muntazam ravishda tekshirib tursinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 11-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198-son