05.05.2026 yildagi PF-74-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Tibbiyot sohasida xususiy sektorni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiyot sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, investitsiya muhitini yaxshilash va sohaga zamonaviy boshqaruv usullari hamda ilgʻor texnologiyalarni joriy etish orqali tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar tibbiyot sohasida xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlashning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) xususiy sektorning tibbiy xizmatlar koʻrsatishdagi ulushini 2030-yilga qadar 30 foizga yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sogʻliqni saqlash sohasida investitsiya va davlat-xususiy sheriklik (keyingi oʻrinlarda — DXSH) asosidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda investorlarga kompleks xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududlarda aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini va qulayligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) nodavlat tibbiyot tashkilotlarini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash orqali tibbiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tibbiy xizmatlar koʻrsatishda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2026-yil 1-iyuldan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlariga davlat tibbiy sugʻurtasi hamda litsenziya doirasida barcha yoʻnalishlarda bemorlarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy xizmatlarni koʻrsatishga ruxsat beriladi. Bunda davolash xarajatlari davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yagona bazaviy narxlar asosida qoplab beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) milliy akkreditatsiya yoki Sogʻliqni saqlashda sifat boʻyicha xalqaro jamiyati (ISQua) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlarning akkreditatsiyasidan (keyingi oʻrinlarda — xalqaro akkreditatsiya) oʻtgan tibbiyot tashkilotlari uchun bemorlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davolash boʻyicha Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bilan shartnoma tuzishda Sogʻliqni saqlash vazirligi ekspert komissiyasining xulosasini olish talabi bekor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar doirasida bemorlarga tibbiyot tashkilotlarida ixtisoslashtirilgan ambulator tibbiy xizmatlar koʻrsatish va jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish uchun yoʻllanma berish tartibi joriy etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarni tibbiyot tashkilotlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinadi hamda kasalliklar yoʻnalishlari kesimida oylik mablagʻlar hajmini belgilash tartibi joriy qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) tibbiyot tashkilotlari tomonidan tibbiy faoliyat uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini faqat bunday buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida toʻxtatib turish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) tugʻuruqni qabul qilish yoʻnalishida tibbiyot tashkilotlarini tashkil etishda bakteriologik laboratoriya xizmatlarini autsorsing asosida yoʻlga qoʻyishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tibbiyot tashkilotlariga 2027-yil 1-maydan boshlab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib asosida transplantatsiya amaliyoti bilan shugʻullanishga ruxsat berilsin. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish tartibiga rioya etilishi tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlari etib belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) nodavlat tibbiyot tashkilotlarining inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalarini transplantatsiya qilish bilan bogʻliq faoliyati “xavfni tahlil qilish” tizimi orqali xavfi yuqori koʻrsatkichga ega faoliyat hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan transplantatsiya amaliyoti amalga oshirilgan bemorlar va donorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligiga muntazam taqdim etib boriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) transplantatsiya amaliyotini oʻtkazuvchi tibbiyot tashkilotining laboratoriyasi yoki autsorsing asosida respublikadagi boshqa laboratoriyalarda molekulyar-genetik tekshiruvlarni amalga oshirish boʻyicha talablar belgilanadi hamda transplantatsiya amaliyotini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan majburiy tahlillar roʻyxati tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda bemorlarni zarur dori vositalari bilan taʼminlash inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) transplantatsiya jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgandan soʻng bemorlarni reabilitatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi. Bunda nodavlat tibbiyot tashkilotining reabilitatsiya muddati davomida javobgarligi, shuningdek, bemorlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlab berish masalalari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash uchun institutsional tizimni takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) etib qayta nomlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Agentlikka quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) nodavlat tibbiyot tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish, ularning sogʻliqni saqlash tizimiga integratsiyasini taʼminlash, ilgʻor tibbiy texnologiyalarni joriy etish borasida ularni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tibbiyot tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalar (keyingi oʻrinlarda — investitsiya)ni jalb etish, DXSH va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat tibbiyot tashkilotlarini strategik rivojlanish dasturlari asosida boshqaruvga berishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) sogʻliqni saqlash tizimida “yagona darcha” tamoyili asosida mahalliy va xorijiy investorlarga konsalting va boshqa xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning master rejasini ishlab chiqishga va uni takomillashtirib borishga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik taʼsischiligida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Health Invest” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tashkil etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Health Invest” kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Davlat ishtirokidagi tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirishning asosiy mexanizmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agentlik qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilsin va quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining begʻaraz asosda ajratiladigan 10 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tibbiyot muassasalarini yoki tibbiyot tashkilotlaridagi ulushlarni sotishdan tushgan tushumlarning 20 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik koʻmak mablagʻlari va grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Belgilab qoʻyilsinki, Kompaniyaning ustav fondi Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 10 milliard soʻm miqdorida shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab sogʻliqni saqlash sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishning quyidagi yangi tizimi joriy etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning master rejasi asosida tibbiyot sohasini, shu jumladan, xususiy sektorni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) DXSH loyihalari boʻyicha davlat sherigi sifatida faoliyat yuritadi, Agentlik bilan birgalikda investitsiya va DXSH loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tibbiyot muassasalarini, yer uchastkalarini, bino va inshootlarni belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlik:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) investorlarni aniqlaydi va ular bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi, yangi investitsiya loyihalari (grant loyihalari bundan mustasno) va DXSH asosidagi loyihalarni ishlab chiqadi, ularni manfaatdor tomonlar bilan kelishishga koʻmaklashadi hamda DXSH loyihalarini Sogʻliqni saqlash vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) tayyor investitsiya paketlarini shakllantiradi, investorlarga investitsiya loyihalari va DXSH asosidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonida koʻmaklashadi va monitoring qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Kompaniya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Sogʻliqni saqlash vazirligi va oʻz tizimidagi xoʻjalik jamiyatlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, kelishish va amalga oshirishda Agentlikka koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) unga boshqaruvga topshirilgan tashkilotlarning hamda mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan ulushlarning samarali boshqarilishini taʼminlaydi. Bunda Kompaniya yangi xoʻjalik jamiyatlarini, shu jumladan, buyurtmachi funksiyasini bajarish boʻyicha injiniring kompaniyasini tashkil etishi mumkin. Kompaniyaga va uning boshqaruvidagi tibbiyot tashkilotlariga, istisno tariqasida, oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni, shuningdek, konsalting, ekspertlik va tahliliy xizmatlarni “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili orqali xarid qilishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agentlik Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda 2027-yil 1-aprelga qadar davlat tibbiyot muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) samarasiz faoliyat olib borayotgan tibbiyot muassasalariga aniq mezonlar asosida DXSH va boshqa shakllarda xususiy sektorni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) tibbiyot muassasalarini korporativ boshqaruv tamoyillari asosida transformatsiya qilish, shu jumladan, kuzatuv kengashlarini tashkil etish, mustaqil aʼzolar ishtirokini taʼminlash, menejment faoliyatini KPI asosida baholash va tashkilot rahbariyatini muddatli mehnat shartnomasi asosida lavozimga tayinlash tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. 2026-yil yakuniga qadar tibbiyot muassasalari faoliyatini zamonaviy boshqaruv modellari asosida samarali tashkil etish maqsadida sinov tariqasida “Jizzax viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazi”, “Bolalar milliy tibbiyot markazi”, “Milliy tibbiyot markazi” davlat muassasalari va “Koʻpfunksiyali tibbiyot markazi” MCHJ hududi bilan birga Kompaniya boshqaruviga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agentlikka:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagi qoʻshimcha shtat birliklari ajratilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan — 20 ta (shu jumladan bitta direktor oʻrinbosari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan — 13 ta;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan malakali ekspertlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Belgilansinki, Agentlik direktoriga sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari uchun belgilangan vakolatlar beriladi hamda uning zimmasiga sogʻliqni saqlash sohasida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish, DXSH loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq vazifalar yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Tibbiy xizmatlarni koʻrsatishga xususiy sektorni keng jalb etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan 200 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit liniyasi ochilib, tadbirkorlik subyektlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridan boshqa tuman (shahar)larda, shuningdek, chegara hududlarida yuqori texnologik tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi tibbiyot markazlarini (keyingi oʻrinlarda — Klinikalar) tashkil qilish uchun Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz band yuqori stavkada 10 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davr bilan) 10 million dollargacha ekvivalent miqdorida milliy valyutada imtiyozli kredit ajratiladi. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan Klinikalarni tashkil etish boʻyicha loyiha tashabbuskorlariga kredit ajratish uchun ularga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tijorat banklariga resurs ajratilishiga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Klinikalarni barpo etgan tadbirkorlik subyektlariga loyihaning oʻzini oqlash davriga mos muddatlarga mutanosib ravishda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hisobidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 50 foizi miqdorida kompensatsiya toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Klinikalar zimmasiga oʻz faoliyatini yoʻlga qoʻygandan soʻng 3 yil muddatda milliy yoki xalqaro akkreditatsiyadan oʻtish majburiyati yuklatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) hududlardagi aholi soni, salomatlik koʻrsatkichlari, kasallanish darajasi, tibbiy xizmatlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, Klinikalarni tashkil etishga oid talablar, shu jumladan, texnik talablar, ularning joylashuvi, faoliyat yoʻnalishlari va boshqa muhim parametrlar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagilarni amalga oshirish choralarini koʻrsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Klinikalar tashkil etish uchun tanlab olingan yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi bilan davlat sherigiga ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish orqali Klinikalar tashkil etish uchun tegishli yer uchastkalarini belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga chiqarib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Klinikalarni qurishda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (elektr, tabiiy gaz, suv, kanalizatsiya, yoʻl va boshqalar) ulanish boʻyicha ustuvorlik berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sogʻliqni saqlash vazirligining 2027-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Samarqand viloyatida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bino-inshootlarini qurish va ularda rekonstruksiya ishlarini olib borish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) obyektlarda tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan loyihalar asosida qurilish-montaj ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng belgilangan tartibda obyektlarda nazorat oʻlchovi oʻtkaziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) obyektlarni qabul qilish ishlari yakunlangach tadbirkorlik subyektlariga belgilangan mablagʻlar toʻlab beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Soliq va bojxona imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) tibbiyot tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan chet el fuqarosi boʻlgan shifokor, menejer, konsultant va tibbiy jihozlarga xizmat koʻrsatadigan texnik mutaxassislar uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 2029-yil 1-mayga qadar ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yigʻim miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash ishlari tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ korxonalari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2029-yil 1-iyulga qadar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzining har bir xodimi va uning har bir oila aʼzosi uchun yiliga 10 million soʻmdan oshmagan miqdorda toʻlanadigan ixtiyoriy tibbiy sugʻurta badallari uchun xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tibbiyot tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxat boʻyicha oʻz ehtiyojlari uchun respublika hududiga olib kiriladigan tibbiy jihozlar, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda ularga qoʻllanadigan sarf materiallari, shuningdek, A toifadagi maxsus tibbiyot maqsadlariga moʻljallangan yangi avtotransport vositalari 2026-yil 1-iyundan boshlab 2029-yil 1-iyungacha boʻlgan muddatga import bojxona bojidan ozod qilinsin. Bunda mazkur bandda nazarda tutilgan avtotransport vositalarining muvofiqligini baholash, ularning miqdoridan qatʼi nazar, muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uch oy muddatda sohada amalga oshirilayotgan va ishlab chiqilayotgan DXSH loyihalarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin hamda maʼlumotlarni Agentlikka taqdim etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 2026-yil yakuniga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda xoʻjalik jamiyatlariga aylantirilib, ularning aksiyalari (ulushi) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun Kompaniyaga beriladigan yoki belgilangan tartibda sotiladigan davlat tibbiyot muassasalarining roʻyxatini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) qiymati 10 million AQSH dollari va undan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini belgilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Iqtisodiyot va moliya vazirligi uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu Farmonda nazarda tutilgan imtiyozlarni amaliyotga joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilangan talablar asosida tadbirkorlik subyektlari tomonidan qurilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarida rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan sotib olish mexanizmlari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) uch oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) Adliya vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga akkreditatsiyadan oʻtgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan inson aʼzolari hamda toʻqimalarining transplantatsiyasini amalga oshirishga ruxsat berish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma berish uchun yigʻim miqdorini mazkur Farmon talablariga muvofiq belgilash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlik, Jamgʻarma bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar tibbiyot tashkilotlari xizmatlarining ommabopligini taʼminlash, narxlarni tartibga solish, sifat nazoratini amalga oshirishni nazarda tutuvchi takliflarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Hisob palatasi 2026-yil yakuniga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida amalga oshirilgan DXSH loyihalarini tanqidiy oʻrganib chiqsin va natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Ushbu Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 5-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-74-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-son Farmoniga
1-ILOVA

“Health Invest” kompaniyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish, sogʻliqni saqlash sohasidagi va oʻz tizimidagi xoʻjalik jamiyatlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini shakllantirish, kelishish va amalga oshirishda Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Unga ishonchli boshqaruvga topshirilgan xoʻjalik jamiyatlarining samarali boshqarilishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Investitsiya va biznes-forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing tadbirlarini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kompaniya boshqaruviga berilgan tibbiyot tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va takomillashtiradi, ularni rivojlantirish va koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻz tizimidagi xoʻjalik jamiyatlarining ulushlar portfelini maqbullashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻz tasarrufidagi tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashgan korporativ xizmatlarni amalga oshiradi (moliyaviy, yuridik xizmatlar, xaridlar, kadrlar boshqaruvi va boshqalar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-son Farmoniga
2-ILOVA

Davlat ishtirokidagi tibbiyot tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyatini takomillashtirishning asosiy mexanizmlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xoʻjalik jamiyatlarini tashkil etish, davlat tibbiyot muassasalarini xoʻjalik jamiyatlariga aylantirish, davlat ulushlarini, koʻchmas mulk obyektlarini va davlat muassasalarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish orqali amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida ishtirok etishga xususiy investorni jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) infratuzilmani loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sogʻliqni saqlash sohasida tovarlarni yetkazish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) davlat tibbiyot muassasalarining yer uchastkalari, binolari yoki ularning qismlari va xonalarini belgilangan tartibda berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat tibbiyot muassasalarini ishonchli boshqaruvga topshirish, ularning mulkini ijaraga berish, rahbarlik lavozimlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasini olish (franshizing).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, tuman (shahar) va hududiy darajadagi shifoxonalar, respublika darajasidagi tashkilotlarning hududiy filiallarini birlashtiruvchi integratsiyalashgan hududiy tibbiyot klasterlarini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-74-son Farmoniga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-20-son Farmoniga 1-ilovaning 10-pozitsiyasida “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2025-yil dekabr” soʻzlari “2027-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmonida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“(a) 1-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 11-pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nazorat qiluvchi organ nomi” ustunidagi “Sogʻliqni saqlash vazirligi” soʻzlaridan keyin “va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nazorat sohasi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Tibbiy faoliyat ustidan nazorat”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) quyidagi mazmundagi 111-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

111.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi ustidan nazorat

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) 43-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

43.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish hamda ularning realizatsiya qilinishini tartibga solish hamda farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

Quyidagi masalalar boʻyicha tekshiruv oʻtkazish: tibbiy faoliyatni litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish; tibbiy faoliyat litsenziya olinmasdan amalga oshirayotganligini tekshirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) quyidagi mazmundagi 12-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

12.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) 15-pozitsiyaning “Nazorat funksiyalari (tekshiruvlar)” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Farmatsevtika faoliyatini (shu jumladan, dori vositalari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishni) litsenziya talablari va shartlariga muvofiq amalga oshirilishini tekshirish”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-4513-son qarorining 13-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Belgilansinki, tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʻruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika va klinik-biokimyo laboratoriyasi hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlgan, bakteriologik laboratoriya xizmatlarini muassasada laboratoriya tashkil qilish orqali yoki autsorsing shartnomasi asosida yoʻlga qoʻygan, shuningdek, sogʻliqni saqlash va FHDY organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “a” kichik bandi yettinchi xatboshisidagi “60” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) “b” kichik band chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (E. Adilov)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) quyidagi mazmundagi “v” kichik bandi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“v) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab axborot tizimini Jamgʻarmaning tegishli axborot dasturlari bilan integratsiya qilish orqali yoʻllanmalarni rasmiylashtirishga oid boʻlgan barcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaga uzatish choralarini koʻrsin. Bunda yoʻllanmalar tasdiqlanishi ushbu maqsadlar uchun tegishli davrga (oy, chorak yoki yil) rejalashtirilgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi koʻzda tutilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 1-pozitsiyaning “Talab etiladigan maʼlumotlar” ustuni quyidagi mazmundagi 8-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“8. Dasturli gemodializ oluvchi bemorlar toʻgʻrisida maʼlumot”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 2-pozitsiyaning “Talab etiladigan maʼlumotlar” ustunidagi 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“4. Chernobil AESi falokatini tugatishda ishtirok etgan va yadro poligonida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-374-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 3-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi “talab qilishga haqli emas,” soʻzlaridan keyin “tibbiy va farmatsevtika faoliyatni litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifat nazorati boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) 14-bandning birinchi xatboshisi “Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar” soʻzlaridan keyin “, tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifat nazorati boʻyicha tekshiruvlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) 24-bandning uchinchi xatboshisi “qayta tekshiruv oʻtkazilmaydi,” soʻzlaridan keyin “tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifat nazorati boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(iii) 37-bandning toʻqqizinchi xatboshisida “ruxsat berish rejimini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, tibbiy va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifatini taʼminlash boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PQ-8-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxati quyidagi mazmundagi 731-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

731.

Tibbiy faoliyat uchun litsenziya talab va shartlariga rioya qilinishi hamda tibbiy xizmatlar sifati boʻyicha hisobot

Xususiy tibbiy faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Choraklik

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2024 — 2030-yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qaroriga 2-ilovaning 13-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 8-band quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d) “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimidan barcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaning tegishli axborot tizimlariga integratsiya asosida uzatilishini taʼminlasin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 9-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda reimbursatsiya dasturi bilan bogʻliq barcha jarayonlar (dori vositalarining roʻyxatini, cheklangan qoplash qiymatlarini, ajratilgan mablagʻlar hajmini belgilash va boshqalar) Jamgʻarma tomonidan yaratiladigan axborot dasturida yuritiladi hamda “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimi, shu jumladan “Elektron retsept” moduli bilan oʻzaro integratsiya qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) 3-ilovaning 10-pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“JCST bilan birgalikda davolangan holat boʻyicha moliyalashtirish tizimini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Jamgʻarma Kuzatuv kengashi bilan kelishilgan holda klinik xarajatlar guruhini ishlab chiqish boʻyicha loyihani Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirish uchun Jamgʻarma bilan JSCT oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(ii) “Amalga oshirish muddatlari” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2026-2027-yillar davomida”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-78-son qaroriga 5-ilovaning 39-pozitsiyasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “takliflar ishlab chiqish” soʻzlari “maslahat xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini imzolash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) “Amalga oshirish shakli” ustunidagi “Normativ-huquqiy hujjat loyihasi” soʻzlari “Amaliy chora-tadbirlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi 384-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy poliklinika toʻgʻrisida namunaviy nizom quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“41. Oilaviy poliklinika va ularning filiallarini tashkil qilish, mavjud bino-inshootlarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi bino-inshootlariga qoʻyiladigan talablar asosida quyidagi toifalarga ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 001 — 6 000 nafargacha aholi biriktirilgan 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 1a toifa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 001 — 12 000 nafargacha aholi biriktirilgan 1-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 1b toifa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12 001 — 24 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 2a toifa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24 001 — 36 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 2b toifa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36 001 — 48 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 2v toifa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48 001 — 54 000 nafargacha aholi biriktirilgan 2-tipdagi oilaviy poliklinikalar — 2g toifa.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomning 27-ilovasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) 6-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani koʻrib chiqish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir talabgor uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki yoki undan ortiq tibbiy ixtisosliklar boʻyicha litsenziya olishga ariza bergan talabgorlar uchun qoʻshimcha ravishda ikkinchi yoki undan keyingi tibbiy ixtisosliklarning har biriga nisbatan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ambulatoriya va diagnostika yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statsionar yoʻnalishlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari miqdorida toʻlovlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni ikkinchi xatboshidagi toʻlovlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11,25 foizi — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun, shuningdek, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaragʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 6-pozitsiyaning uchinchi ustuni uchinchi — beshinchi xatboshilaridagi toʻlovlar toʻliq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) 12-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 325-son qaroriga 2-ilova quyidagi mazmundagi 51-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

51.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi

Tibbiy faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun undiriladigan maʼmuriy jarimalar

30

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi davlat muassasasi

50

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomning 5-bandida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ilmiy-tadqiqot ishlari uchun olib kiriladigan, klinik oldi tadqiqotlar, klinik tadqiqotlar oʻtkazish, koʻrgazmalarda, yarmarkalarda, xalqaro anjumanlarda namoyish etish uchun moʻljallangan tibbiy jihozlar.”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Mazkur ilovaning 4-bandi “a” kichik bandining “ii” xatboshisi 2026-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 06/26/74/0453-son)