06.05.2026 yildagi PQ-172-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.09.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Maqsad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini isloh qilishning asosiy maqsadi etib sohaga masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-78-son Farmoniga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning hududiy boʻlimlari tashkil etilganligi, Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Agentlik Adliya vazirligi tashkiliy boʻysunuvida faoliyat yuritadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan adliya vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori rahbarlik qiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-sentabrdagi PQ-306-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2026-y., 07/26/306/0884-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Agentlik direktori adliya vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlik toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida belgilangan asosiy vazifalariga muvofiq 1-ilovada koʻrsatilgan funksiyalarni amalga oshiradi hamda huquqlardan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vazifa va vakolatlari 2-ilovaga muvofiq taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tashkiliy chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Agentlikning Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 tani tashkil etadi, jumladan, Agentlik markaziy apparatida 40 nafar, hududiy boʻlimlarida 41 nafar xodim faoliyat yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Agentlikning shtat birliklari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish bilan bogʻliq vazifa va funksiyalari Agentlikka oʻtkazilishi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligidan 15 ta shtat birligini qisqartirish, mahalla fuqarolar yigʻinlari maqbullashtirilishi va ixchamlashtirilishi natijasida mahallalarga biriktirilgan 10 nafar davlat soliq inspektori shtat birligini qisqartirish, shuningdek, ish jarayonlari raqamlashtirilishi va maqbullashtirilishi natijasida davlat xizmatlari markazlarining budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan 56 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) adliya vaziriga xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Agentlik markaziy apparati va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlik direktori maqomi va mehnatiga haq toʻlash shart-sharoitlariga koʻra adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari tegishlicha Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari rahbar va xodimlariga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) adliya organlari va muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat xizmatlari va boshqa pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Agentlik tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq uning vakolat doirasida qoʻllangan maʼmuriy jarima summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agentlik va uning hududiy boʻlimlari vaqtincha Adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmalari binolariga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qaror ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi ikki oy muddatda Agentlik toʻgʻrisidagi nizomni, uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 6-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-172-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PQ-172-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FUNKSIYALARI VA HUQUQLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari amalga oshirilishini, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) yuridik shaxslarning suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizligi ishlari boʻyicha vakolatli organ faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy jihatdan taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda ularga uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) toʻlovga qobiliyatsizlikka oid tartib-taomillarga rioya etish jarayonlarida vujudga kelayotgan hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda barcha manfaatdor shaxslarga toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) qonunchilikka muvofiq majburiy ravishda eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ishlar boʻyicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi maʼlumotlar Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida eʼlon qilinishini tashkillashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda ishtirok etadi va maxsus vakolatli organ vakolatlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik boshqarish ishlarini tashkillashtiradi va hisobini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy va axborot taʼminoti boʻyicha choralarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarning oldini olish choralarini koʻradi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) oʻz arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni monitoringini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish boʻyicha sud boshqaruvchisining yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va holatlarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(k) toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya oʻtkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(l) davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya jarayonida boʻlgan yuridik shaxslarning reyestrini yuritish hamda sudgacha sanatsiyaning natijadorligini Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali monitoring qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ular faoliyatini nazorat qilish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻqitish huquqiga ega boʻlgan taʼlim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega boʻlgan taʼlim muassasalarining roʻyxatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan, qayta attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga malaka attestatini beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga aʼzolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxati va narxlarini kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(j) sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq toʻlash tartibini, shuningdek sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi statistik hisobotlarni shakllantirish va ularni taqdim etish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(z) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan kelishgan holda sud boshqaruvchilari ish yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan normalarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(i) sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi boʻyicha ishlar yuzasidan doimiy monitoring olib boradi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy maʼlumot va takliflar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Agentlik oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi vakolatlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlari koʻrib chiqishi uchun toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sudlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qilish va ular boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va takliflarni Oliy sudga taqdim etib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat organlari va tashkilotlariga, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi boshqa vakolatli organlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini ijro etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek, ushbu sohada qonunbuzilishlarga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha har qanday ishni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda, shu jumladan, quyidagi vakolatlarni amalga oshirgan holda ishtirok etish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(a) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish boʻyicha sud tomonidan qabul qilingan sud hujjatlari haqida maʼlumotlarni sudlardan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvi tizimi orqali elektron tarzda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(b) sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularni vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida sudga ariza bilan murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(v) majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(g) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllanadigan har qanday tartib-taomillar jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(d) qonunda nazarda tutilgan boshqa vakolatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda — boshqa yuridik shaxslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish hamda ushbu ishlarni sudda koʻrib chiqishda vakolatli organ sifatida ishtirok etish va qonunda belgilangan vakolatlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlardan maʼlumotlarni bepul olish, shu jumladan, ularning axborot tizimlaridan Toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha idoralararo elektron axborot almashinuvi tizimi orqali foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yuridik shaxslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarining amalga oshirilishini joylarga chiqqan holda oʻrganish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra yoxud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) qarzdorlikni undirish, restrukturizatsiya qilish (shu jumladan, toʻlov muddatlarini oʻzgartirish), sudgacha sanatsiya qilish, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish masalalariga doir maʼlumotlar va hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlardan bepul soʻrab olish, shuningdek, ularning maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida aniqlangan qonunbuzilishlar, shu jumladan, jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan holatlar boʻyicha hujjatlarni qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini boshqarish, unda joylashtiriladigan (eʼlon qilinadigan) maʼlumotlar va boshqa hujjatlar tarkibini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritish doirasida belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni raqamlashtirish hamda muayyan maʼlumotlarni ushbu organlarning axborot tizimlariga va veb-saytlariga joylashtirish toʻgʻrisida vakolatli organlariga koʻrsatmalar berish, ularning ijrosini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) sud boshqaruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) sud boshqaruvchilari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularning faoliyatiga qoʻyilgan talablarga rioya etmaganlik holatlari boʻyicha sud boshqaruvchilariga rasmiy ogohlantirishlar berish, sud boshqaruvchilarini malaka attestatini bekor qilish va uning amal qilishini toʻxtatish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra yoxud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatish hamda uni lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish, Palataning navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish, shuningdek, ushbu Palataga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan homiylik hamda xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyaviy koʻmak berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilish va ikki tomonlama hamkorlik toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi shartnomasi hisoblanmagan shartnomalar, memorandumlar, qoʻshma rejalar va boshqa hujjatlarni imzolash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida, shu jumladan, transchegaraviy toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish va ularning loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari boʻyicha regulatorlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAIR) bilan hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PQ-172-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida boshqa davlat organlari va tashkilotlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAZIFA VA VAKOLATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Vakolatli organlar

Vazifa va vakolatlari

1.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sanatsiya tartib-taomili doirasida davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

2.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(a) davlat ishtirokidagi korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qilish;

(b) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni aniqlash va ularning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

(v) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish;

(g) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini, shu jumladan, sudgacha sanatsiya qilish rejalarini (moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni) ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

(d) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan korxonalarning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishish;

3.

Soliq qoʻmitasi

(a) soliq va yigʻimlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish, uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida soliq va yigʻimlar boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;

4.

Markaziy bank

(a) bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalarini va banklarni sanatsiya qilish, banklarni suddan tashqari tugatishga oid qonunda belgilangan vakolatlarni mustaqil amalga oshirish;

(b) banklarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda Omonatlarni kafolatlash agentligi bilan birgalikda ishtirok etish;

5.

Bojxona qoʻmitasi

(a) bojxona toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish va uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida bojxona toʻlovlari boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;

6.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

sugʻurtalovchilarning va qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilariga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

7.

Davlat maqsadli jamgʻarmalari

(a) davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarning bajarilmaganligi munosabati bilan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida sudga ariza bilan murojaat etish, uni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha kreditor funksiyasini bajarish;

8.

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

(a) shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi korxonalariga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni sudda koʻrib chiqishda ishtirok etish;

(b) faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarning, shuningdek, qishloq xoʻjalik korxonalarining sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishish.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2026-y., 07/26/172/0460-son; 03.09.2026-y., 07/26/306/0884-son)