LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-sonli “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Sug‘urta to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, milliy eksport qiluvchilarni sarmoya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlarida sug‘urtalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
to‘lovni kechiktirish shartlarida amalga oshirilayotgan hamda birinchi darajali banklarning to‘lov majburiyatlari bilan ta’minlanmagan eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish ilovaga muvofiq tartibga binoan amalga oshiriladi.
2. To‘lov kechiktirilishini nazarda tutuvchi eksport kontraktlari bo‘yicha siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qoplamasi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan eksport qiluvchilar va tijorat banklariga sug‘urta tashkilotlari tomonidan beriladi.
Eksport yuk tashishlarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va “Inmeterms” xalqaro qoidalariga muvofiq sug‘urta qilish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Tartib eksport kontraktlarini sug‘urta qilish, shuningdek sarmoya, tovarlar va xizmatlar xalqaro bozorlarida davlatning va milliy eksport qiluvchilarning manfaatlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan himoya qilish maqsadida eksport kontraktlari bo‘yicha tijorat banklarining kreditlariga sug‘urta qoplamasi berish tartibini belgilab beradi.
1. Sug‘urta qoplamasi O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan eksport qiluvchilarga (keyingi o‘rinlarda “eksport qiluvchi” deb ataladi) va O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tijorat banklariga faqat kelib chiqqan mamlakati O‘zbekiston bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilish (lizing ham shu jumlaga kiradi) bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha beriladi.
2. Eksport kontraktlari eksport sug‘urtasining xalqaro normalariga muvofiq sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta qilinadi.
Tijorat tashkilotlari hisoblangan va sug‘urta qilish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar sug‘urta tashkilotlari sifatida e’tirof etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Eksport kontraktlarini sug‘urta qilish tavakkalchiliklarning quyidagi guruhi qoplanishini ta’minlaydi:
Siyosiy tavakkalchiliklar — xorijiy hamkor mamlakatida uning tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlari bajarilishiga to‘liq yoki qisman to‘sqinlik qiluvchi siyosiy va makroiqtisodiy vaziyat noqulay o‘zgarishi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar, ular eksport kontraktlari bajarilishi va investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarga bo‘linadi.
xorijiy hamkor mamlakatidagi e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan urushlar, fuqarolar g‘alayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj;
xorijiy hamkor mamlakati hukumatining tuzilgan kontrakt shartlari umuman yoki uning qismlari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlari, shu jumladan O‘zbekistonga nisbatan kamsituvchi tusdagi yangi qonun hujjatlari joriy etilishi;
xorijiy hamkor mamlakatida konvertatsiya qilinadigan valyuta yetishmasligi tufayli transfert kechiktirilishi, O‘zbekiston bilan xorijiy hamkor mamlakati o‘rtasidagi to‘lovlarni cheklab qo‘yuvchi xorijiy hamkor mamlakatining O‘zbekistonga tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishga moratoriy e’lon qilinishi.
Investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bog‘liq siyosiy tavakkalchiliklarga quyidagilar kiradi:
mulkning ekspropriatsiya qilinishi, shuningdek xorijiy hamkor mamlakatida qabul qilingan mulk yoki ulardan olinadigan daromad ustidan nazorat qilish yo‘qotilishiga olib keladigan har qanday qonun hujjatlari yoki ma’muriy choralar, xorijiy hamkor mamlakati hukumati tomonidan o‘z hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadida joriy etiladigan umumiy qo‘llaniladigan kamsitmaydigan tusdagi choralardan tashqari;
xorijiy hamkor mamlakatidagi e’lon qilingan yoki e’lon qilinmagan urushlar, fuqarolar g‘alayonlari, inqiloblar, terroristik harakatlar, sabotaj.
Tijorat tavakkalchiliklari. Bu — xorijiy hamkorning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda uning isbot qilingan to‘lovga qodir emasligi yoki bankrotligi bilan va kontrakt bo‘yicha uning tomonidan qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bajarilishi mumkin emasligi bilan ifodalanadi.
Bank kreditlarini jalb qilmasdan to‘lovni to‘liq (yoki qisman) kechiktirish shartlarida amalga oshiriladigan eksport kontrakti bo‘yicha sug‘urta qoplamasi olish uchun eksport qiluvchi sug‘urta tashkilotiga:
eksport kontraktini qo‘llab-quvvatlash uchun xorijiy xaridorning kafili tomonidan sug‘urta tashkiloti yoki eksport qiluvchi foydasiga berilgan qarshi kafolat (aksilkafolat)ni;
Keyingi tahrirga qarang.
eksport kontrakti qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lovi olinganligi to‘g‘risida bankning (eksport qiluvchining vakolatli bankining) ma’lumotnomasi nusxasini taqdim etadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan kontraktlar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi (A-ilova — eksport kontraktlarini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish sxemasi)*.
Berilgan sug‘urta qoplamasi sug‘urta tashkiloti tomonidan tasdiqlangan standart polis ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Sug‘urta haqini to‘lash shartlari sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuziladigan yakka tartibdagi bitimda qayd etiladi.
Sug‘urta tashkilotining sug‘urta polisi bo‘yicha majburiyatlari sug‘urta haqi uning joriy schyotiga tushgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Sug‘urta tovoni to‘lash to‘g‘risidagi qaror e’tirozni o‘rganish hamda sug‘urta voqeasini va uning sababini hamda yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan xulosa asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan tijorat banklari va (yoki) eksport qiluvchilar tomonidan eksportga kredit berishning xalqaro amaliyotiga muvofiq shartlarda va muddatlarga beriladigan kreditlar sug‘urta bilan ta’minlanadi, xususan:
xorijiy hamkor (xaridor) tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovi to‘langanda, basharti kredit bir yildan ortiq davrga berilsa;
kreditdan foydalanishning 5 yilgacha (imtiyozli davr chiqarib tashlangan holda) bo‘lgan, tovarlarning ayrim turlari bo‘yicha 12 yilgacha bo‘lgan eng ko‘p muddatiga rioya qilinganda;
eksport kontrakti bajarilgandan keyin kredit bo‘yicha asosiy qarz kreditning to‘lanmagan summasiga qo‘shilgan foizlar bilan bir vaqtda to‘langan holda kamida har olti oyda izchil teng to‘lovlarda qaytarilganda.
6. Eksport va kredit talablariga yon bosish faqat sug‘urta tashkiloti bilan yozma kelishuvga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Kompensatsiya yoki qarshi bitishuv tuzilgan taqdirda eksport va import kontraktlari mutlaqo bir-biridan ajratilishi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
7. Tijorat banklarining eksport qiluvchilarga to‘lovni kechiktirish bilan bog‘liq bo‘lmagan kontraktlar uchun beriladigan kreditlari sug‘urta qilinmaydi.
8. Tijorat banklarining eksport kontraktlari bo‘yicha kreditlari mahsulot yetkazib beruvchining krediti va xaridorga beriladigan kredit sifatida berilishi mumkin.
Mahsulot yetkazib beruvchining krediti — kredit eksport qiluvchi tomonidan yetkazib berilgan texnologiya, tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovni kechiktirish ko‘rinishida Xaridorga beriladi.
Eksport qiluvchi sug‘urtalanuvchi, eksport qiluvchi va (yoki) O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banki benefitsiar (naf ko‘ruvchi) bo‘ladi.
“Mahsulot yetkazib beruvchining krediti” turi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi berish kuyidagi izchillikda amalga oshiriladi (B-ilova — eksport kontraktlari yuzasidan “mahsulot yetkazib beruvchining krediti” turi bo‘yicha tijorat banklarining kreditini sug‘urta qilish sxemasi)*:
arizaning vakolatli tijorat bankida va sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilishi, loyihani mablag‘ bilan ta’minlash maqsadga muvofiqligi va sug‘urta qoplamasi berish (yoki rad etish) imkoniyati to‘g‘risidagi xulosa asosida qaror qabul qilish;
eksport qiluvchi tomonidan xorijiy xaridor bilan mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzilishi;
xorijiy xaridor tomonidan sug‘urta tashkilotiga yoki eksport qiluvchiga import qiluvchi mamlakati Hukumati yoki xorijiy bank nomidan aksilkafolat berilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli tijorat banki bilan eksport qiluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuzilishi va mablag‘ bilan ta’minlash boshlanishi;
eksport qiluvchi tomonidan xorijiy hamkorning majburiyatlari bajarilishi bo‘yicha talablar huquqining sug‘urta tashkilotiga berilishi, sug‘urta haqi to‘lanishi, sug‘urta tashkilotidan sug‘urta polisi olinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
kredit bir yildan ortiq muddatga berilgan taqdirda xorijiy xaridor tomonidan kontrakt qiymatining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘lanishi;
tuzilgan kontrakt shartlariga muvofiq eksport qiluvchi tomonidan xorijiy xaridorga mahsulot yetkazib berilishi. Qarz majburiyatlarining O‘zbekistonning vakolatli tijorat bankida hisobga olinishi;
eksport kontrakti bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulot uchun xorijiy xaridor tomonidan eksport qiluvchiga haq to‘lanishi;
a) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sug‘urta voqeasi yuz berganligi to‘g‘risida sug‘urta tashkilotiga xabardor qiladi;
b) eksport qiluvchi yoki vakolatli tijorat banki sug‘urta tashkilotiga zararlar bo‘yicha regress huquqiga ko‘ra talabnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sug‘urta tashkiloti e’tirozni o‘rganib chiqadi va sug‘urta tovoni to‘lash yoki uni berishni rad etish haqida asoslangan qaror qabul qiladi;
g) xaridorning kafili yoki xorijiy xaridor kontrakt bo‘yicha qarzni sug‘urta tashkiloti foydasiga to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
“Xaridorga beriladigan kredit” — kredit amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tijorat banki tomonidan, kreditni keyinchalik xorijiy xaridorga qayta moliyalash uchun xorijiy xaridor bankiga yoxud eksport kontrakti haqini to‘lash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy xaridorga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Sug‘urta qoplamasi berish quyidagi izchillikda amalga oshiriladi (V-ilova — eksport kontraktlari yuzasidan “xaridorga beriladigan kredit” turi bo‘yicha tijorat banklari kreditlarini sug‘urta qilish sxemasi)*:
eksport qiluvchi bilan xorijiy xaridor o‘rtasida mahsulot yetkazib berishga eksport kontrakti shartlarining kelishilishi;
vakolatli tijorat banki bilan xorijiy xaridor yoki xorijiy xaridor banki o‘rtasida kredit bitimi loyihasining kelishilishi;
eksport kontraktiga sug‘urta qoplamasi olish uchun vakolatli tijorat banki nomidan sug‘urta tashkilotiga ariza berilishi;
arizaning sug‘urta tashkilotida ko‘rib chiqilishi va sug‘urta qoplamasini ma’qullash (rad etish) to‘g‘risidagi xulosa asosida qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan vakolatli tijorat banki bilan xorijiy xaridor banki yoki xorijiy xaridor o‘rtasida kredit bitimi imzolanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
vakolatli tijorat banki tomonidan sug‘urta mukofotining to‘lanishi, sug‘urta tashkiloti tomonidan eksport krediti qoplamasining berilishi;
eksport kontrakti shartlariga muvofiq eksport qiluvchiga xorijiy xaridor tomonidan 15 foiz avans to‘lovining to‘lanishi;
Keyingi tahrirga qarang.
a) vakolatli tijorat banki tomonidan sug‘urta tashkilotining sug‘urta voqeasi yuz berganligi to‘g‘risida xabardor qilinishi;
b) vakolatli tijorat banki sug‘urta tashkilotiga zararlar bo‘yicha regress huquqiga ko‘ra talabnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) sug‘urta tashkiloti tomonidan e’tirozning o‘rganib chiqilishi va sug‘urta tovoni to‘lash yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida asoslangan qaror qabul qilinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Tavakkalchiliklarni qoplash sug‘urta tashkiloti tomonidan so‘mlarda yoki har qanday erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sug‘urta to‘lovi tuzilgan sug‘urta shartnomasiga binoan so‘mlarda yoki erkin almashtiriladigan valyutada to‘lanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari xorijiy valyutadagi sug‘urta to‘lovlarini sug‘urta tashkilotlari tomonidan xorijiy banklarda ochilgan joriy schyotlarga to‘lashlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Zarar yetkazilgan taqdirda tovon sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta to‘lovi to‘langan valyutada amalga oshiriladi.
Sug‘urta to‘lovi milliy valyutada to‘langanda tovon sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan xorijiy valyutaning to‘lov kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
a) urush, inqiloblar yoki fuqarolarning g‘alayonlari bo‘lgan hollarda asosiy sarmoyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ziyon yetkazilgani isbotlanganda yoki xorijiy hamkor 10 oy majburan bekor turgan taqdirda;
v) ma’murlar tomonidan pul o‘tkazishga cheklashlar joriy etilganda 6 oy mobaynida valyutani repatriatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda;
g) kontrakt munosabatlariga xorijiy hamkor ma’murlari aralashgan taqdirda ma’murlar aralashuvi yuridik tan olingan sanadan boshlab 3 oy o‘tgandan keyin;
d) O‘zbekistonlik investorlarga nisbatan kamsituvchi tusga ega bo‘lgan yangi qonun-qoidalar joriy etilgan taqdirda joriy etilgan yangi qonun-qoidalarning kamsituvchi tusdaligi xalqaro e’tirof etilgan sanadan boshlab 3 oydan keyin;
e) xorijiy xaridordan va (yoki) xorijiy xaridor bankidan belgilangan to‘lov kunidan boshlab 3 oy (kontrakt yoki kredit bitimida kelishilgan sana) o‘tgandan keyin kutilayotgan to‘lovlar olinmagan taqdirda;
j) xorijiy xaridor va (yoki) xorijiy xaridor banki bankrotlikka uchragan taqdirda ularning bankrotligi e’tirof etilganligining isboti taqdim etilgandan keyin 30 kun mobaynida to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.