18.09.1998 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AVTOMOBIL YONILGʻISI QUYISH SHOXOBCHALARINING ISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA ISTEʼMOLCHILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qaroriga muvofiq respublika xalq xoʻjaligini va aholisini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni tartibga solish, ularni sotishda qonun buzilishlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan Namunaviy shartnoma 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga xoʻjalik yurituvchi subyektlarning neft mahsulotlari sotish huquqini litsenziyalash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining yoqilgʻi-energetika kompleksi vakolatli organlar tomonidan neft mahsulotlari sotish huquqini beruvchi litsenziya olish uchun hujjatlarni taqdim etish va rasmiylashtirish tartibiga rioya etilishini va ularning toʻgʻri berilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus ruxsatnoma (litsenziya)siz neft mahsulotlari sotayotgan yuridik shaxslarning faoliyati noqonuniy hisoblanadi va ularning ushbu faoliyat turini amalga oshirishdan olgan daromadi (foydasi) olib qoʻyiladi, ularga yuqoridagi miqdorda jarima solinadi, aybdor shaxslar esa amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari faqat ular bilan neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi oʻrtasida belgilangan shaklda (3-ilova) tuzilgan shartnoma asosida beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining qurilishi faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ish tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablagʻlarini avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining taʼsis konferensiyalarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablagʻlar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari va boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʻi-moylash materiallarini sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
397-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
18-sentabrdagi 397-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish yuzasidan
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY SHARTNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

________________________‎

199_yil “___”______________‎

(shahar, tuman)

‎‎Bundan keyin “Yetkazib beruvchi” deb ataluvchi___________________________‎
‎‎___________________________________________________________nomidan‎

‎‎(neft mahsulotlari bilan taʼminlash korxonasi nomi)

‎‎______________________________________________________bir tomondan

‎‎(rahbarning lavozimi, familiyasi va ismi)

‎‎hamda bundan keyin “Isteʼmolchi” deb ataluvchi_________________________‎
‎‎___________________________________________________________nomidan‎

(yuridik shaxsning nomi)

‎‎_________________________________________________ikkinchi tomonidan‎

(rahbarning lavozimi, familiyasi va ismi)‎‎‎

quyidagilar toʻgʻrisida shartnoma tuzdilar:‎‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga kuyidagi neft mahsulotlarini sotadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Nomi

Miqdori
‎(tonna)‎

Narxi
‎(1 tonnasi uchun soʻm)

Sifati
‎(GOST, OST va boshqalar)

Muddatlari (yetkazib berish jadvali)

_________________
‎(avtobenzin)‎

‎‎

_________________
‎(dizel yoqilgʻisi)‎

‎‎

_________________
‎(moylar)‎

‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Shartnomaning umumiy summasi_______________soʻm
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Isteʼmolchi aholiga neft mahsulotlarini faqat turgʻun va konteynerli avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarida sotadi.
(1.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OʻZARO HISOB-KITOBLAR TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Ushbu shartnoma Yetkazib beruvchi bilan Isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar uchun asos hisoblanadi. Hisob-kitoblar toʻlov topshiriqnomasi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Isteʼmolchi olinadigan neft mahsulotlari uchun Yetkazib beruvchining hisob-kitob schyotiga oldindan mablagʻlar oʻtkazish yoʻli bilan belgilangan tartibda haq toʻlash majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Hisob-kitob schyotiga mablagʻlar kelib tushgach Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlari berish yuzasidan tegishli neft bazasiga yozma ruxsatnoma (topshiriq, bildirishnoma) joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. NEFT MAHSULOTLARINI SOTISH SHARTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga neft mahsulotlarini operatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda amalda boʻlgan ulgurji narxlar boʻyicha sotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Neft mahsulotlari narxlari oʻzgargan taqdirda Yetkazib beruvchi Isteʼmolchini bu haqda oʻz vaqtida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.3. Isteʼmolchi aholiga neft mahsulotlarini respublikada belgilangan chakana narxlar boʻyicha naqd pulga, toʻliq tushumni nazorat-kassa apparatlari orqali kirim qilgan va tasdiqlangan tartibga muvofiq albatta inkassatsiya qilgan holda sotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.4. Isteʼmolchining avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarida yetkazib beruvchidan sotib olingan va boshqa manbalardan olingan neft mahsulotlarini ayni bir vaqtda sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(3.4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.5. Isteʼmolchining avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalariga neft mahsulotlari yetkazib berish Yetkazib beruvchining maxsus avtotransporti bilan, kelishilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
(3.5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.1. Yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan, yetarli miqdorda yetkazib berilmagan taqdirda Yetkazib beruvchi Isteʼmolchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har kun uchun foiz, lekin yetarli miqdorda yetkazib berilmagan (yetkazib berilmagan) neft mahsulotlari qiymatining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.2. Yetkazib berilgan neft mahsulotlari sifati boʻyicha standartlar, texnik shartlar, qabul qilishning qonunchilikda yoki mazkur shartnomada belgilangan boshqa majburiy shartlariga muvofiq kelmagan taqdirda Isteʼmolchi neft mahsulotlarini qabul qilishdan yoki ularga haq toʻlashdan bosh tortish hamda Yetkazib beruvchidan sifatsiz mahsulot qiymatining foizi miqdorida jarima undirish, agar mahsulot uchun haq toʻlangan boʻlsa, toʻlangan summalarni qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.3. Isteʼmolchi neft mahsulotlari oʻz vaqtida qabul qilinmaganligi uchun Yetkazib beruvchiga muddati oʻtkazib yuborilgan har soat uchun qabul qilinmagan mahsulot qiymatining ____ foiz miqdorida penya toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.4. Isteʼmolchi olingan mahsulot uchun haq toʻlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Yetkazib beruvchiga haq toʻlashdan bosh tortgan yoki haq toʻlashni rad etgan summaning_____ foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.5. Isteʼmolchi neft mahsulotlarini saqlashning texnikaviy shart-sharoitlari va xavfsizligi uchun, shuningdek ularning belgilangan narxga va sifatga rioya qilgan holda hamda tasdiqlangan standartga muvofiq aholiga uzluksiz sotilishi uchun amaldagi qonunlarda nazarda tutilgan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.6. Isteʼmolchi neft mahsulotlarining uchinchi shaxslarga ulgurji qayta sotilishiga va ularning respublika tashqarisiga noqonuniy olib chiqib ketilishiga yoʻl qoʻyganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.7. Yetkazib beruvchi va Isteʼmolchi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori talablariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4.8. Mazkur shartnomada uning biron-bir shartlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan buzilish uchun javobgarlik chorasi qonunchilikka muvofiq qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. NIZOLARNI KOʻRIB CHIQISH VA SHARTNOMANING AMALDA BOʻLISHINI TOʻXTATISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Ushbu shartnoma boʻyicha barcha kelishmovchiliklar va nizolar tomonlar oʻrtasida muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi. Mustaqil ravishda hal qilib boʻlmaydigan nizoli masalalar paydo boʻlgan hollarda ular xoʻjalik sudi orqali koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Ushbu shartnoma tomonlar uni imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 199__ yil “___ ”____________ gacha amalda boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jadval keltirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yetkazib beruvchi‎
‎Yuridik manzili
‎________________________
‎________________________

Isteʼmolchi
‎‎Yuridik manzili ‎‎________________________
‎‎________________________

Bank rekvizitlari
‎_________________________
‎_________________________‎

Bank rekvizitlari
‎‎_________________________ ‎_________________________‎ ‎

Lavozim

‎‎F.I.O.

Imzo

‎‎M.Oʻ.‎

Lavozim

‎‎‎F.I.O.

Imzo ‎‎

‎M.Oʻ.‎ ‎

Keyingi tahrirga qarang.