18.09.1998 yildagi 397-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.06.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AVTOMOBIL YONILGʻISI QUYISH SHOXOBCHALARINING ISHINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA ISTEʼMOLCHILARINI NEFT MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLASHNI YAXSHILASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlash va ularni sotishda qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari uchun neft mahsulotlari faqat neft mahsulotlari yetkazib beruvchining maxsus avtotransportida yetkazib berilishi hisobga olingan holda xoʻjalik yurituvchi subyektlar (avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobcha egalari) bilan neft bazalari oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, belgilangan tartibda beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
neft mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma AYOQS egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzneftgazinspeksiya”, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin xavfsizligi boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining AYOQS mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, yongʻinga qarshi talablar, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjudligi toʻgʻrisidagi tegishli xulosalari taqdim etilgan holda tuziladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 19/19/793/3787-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AYQSH xodimlari belgilangan tartibda texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha malakasini oshirish, tayyorlash, qayta tayyorlash va bilimlarini tekshirishdan oʻtishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQSHlarni sanitariya, ekologiya, yongʻin xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qiladilar va toʻliq javob beradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyundagi 444-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2018-y., 09/18/444/1353-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasining, shuningdek xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar uyushmalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ish tartibi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalarining talab qilinadigan neft mahsulotlari hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarini koʻrib chiqish hamda ularni yetkazib berish yuzasidan “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi boʻlinmalari bilan shartnomalar tuzish boʻyicha takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari egalari manfaatlarini himoya qilish va ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarida ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalarni hamda vatanimiz yuridik va jismoniy shaxslari mablagʻlarini avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari tarmogʻini rivojlantirish va rekonstruksiya qilishga jalb etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika hamda Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish komplekslari, hududiy ishchi guruhlari rahbarlari bir oy muddatda avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalari hududiy uyushmalarining taʼsis konferensiyalarini tayyorlasinlar va oʻtkazsinlar, qonunchilikda belgilangan tartibda rahbar va ijro etuvchi organlarini saylashda koʻmaklashsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi tizimining naqd pulga neft mahsulotlari sotuvchi ishlab turgan avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini 4-ilovaga* muvofiq 1998-yil oxirigacha va 1999-yilda xususiylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda belgilangan tartibda kimoshdi savdolari orqali va tender asosida avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarini, ular joylashgan yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga bergan holda va yer uchastkalari bilan birgalikda jismoniy va yuridik, shu jumladan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga, mablagʻlar manbalari yuzasidan deklaratsiya talab qilmasdan, sotsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi zarur tartibni hamda avtomobil yonilgʻisi kuyish shoxobchalarining mazkur qarorga 1-ilovada bayon qilingan talablarga muvofiq faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun ichki ishlar organlari va boʻlinmalarining masʼuliyatini oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hukumatning ayrim qarorlarga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarorining 1-bandidan, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandidan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yonilgʻi-moylash materiallarini sotishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 6-maydagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Avtoyonilgʻi quyish shoxobchalarining ishlash qoidalarining 8 va 20-bandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrini neft mahsulotlari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi nizomga ilova;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 11-sentabrdagi 433-fm farmoyishiga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 1998-yil noyabrda va 1999-yil yanvarda axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
397-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 97-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)