Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008 13.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 817
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Tushuntirishi, 13.09.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 817
Дата вступления в силу
13.09.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.01.2008
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi tomonidan

1999-yil 12-avgust,

EG/04-02-05/1690-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

soliq qoʻmitasi tomonidan

1999-yil 12-avgust

99-96-son

“TASDIQLANGAN”

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IMPORT QILINGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) BOʻYIChA QOʻShILGAN QIYMAT SOLIGʻI SUMMALARNI HISOBGA OLISh TARTIBINI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushuntirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 13-sentabrda 817-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur tushuntirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga asosan Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi uning import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlarga oid qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini hisobga olish tartibini tushuntiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 74 va 75-moddalari oʻzgartirilishi munosabati bilan 1999-yilning 17-yanvaridan boshlab budjetga badal sifatida kiritilishi lozim boʻlgan QQS summasi soliqqa tortiladigan oborotlar asosida hisoblangan QQS summasi bilan hisobot davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan tovarlar (ishlar, xizmatlar), shu jumladan, nol stavkasi boʻyicha oborot bilan birgalikda soliq solinadigan oborot uchun foydalaniladigan, import qilingan tovarlar, (ishlar, xizmatlar) uchun olingan hisobvaraq-fakturalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasi oʻrtasidagi farq koʻrinishida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining Adliya vazirligida 1997-yil 27-dekabrda 383-son bilan roʻyxatga olingan “Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomasiga muvofiq import qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobga olish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona yuk deklaratsiyasi (bajarilgan ishlar. koʻrsatilgan xizmatlar dalolatnomalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshilgan qiymat soligʻining haqiqatda toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda 1999-yilda bojxona qonunchiligi va hukumat qarorlariga muvofiq tarkibiga qoʻshilgan qiymat soligʻi ham kiruvchi bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlarining uzaytirilishi va boʻlib-boʻlib toʻlanishi taqdim etilgan hollarda, ushbu import qilingan tovarlarga oid QQS summasi 19-hisobvaraqda (tegishli ilova hisobvaragida) hisobga olinadi va qoʻshilgan qiymat soligʻining haqiqatda toʻlanishiga qarab hisobga olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir oʻrinbosari E.F. GADOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Raisning birinchi oʻrinbosari B.A. XODJAYEV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son)