27.03.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3797
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.03.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUGʻI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar”ni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 27-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3797]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 161-moddasiga muvofiq va budjet hisobini davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari bilan muvofiqlashtirish maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS)”Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 12-dekabrdagi 91-son “Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2853, 2016-yil 27-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 52-son, 610-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir D. KUCHKAROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2026-yil 10-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341-son

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 10-martdagi 341-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (1-sonli BHS) “Hisob siyosati, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va xatolar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) budjet tashkilotlari, davlat maqsadli jamgʻarmalari hamda boshqa budjetdan tashqari jamgʻarmalar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini tanlash va qoʻllash, hisob siyosatidagi oʻzgarishlarni, hisob baholaridagi oʻzgarishlarni va xatolarni tuzatishni hisobga olish tartibini belgilaydi. Mazkur Standart budjet hisobining boshqa standartlari bilan birgalikda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirib boʻlmaydigan holatlar — tashkilotlar budjet hisobi standartlarida belgilangan talabni qoʻllashga qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirganidan soʻng ham ushbu talabni qoʻllay olmasa, mazkur holat amalga oshirib boʻlmaydigan holat hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet hisobi — budjet tizimi budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek, mazkur aktivlar va majburiyatlarni oʻzgartiruvchi operatsiyalarning holati toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash, roʻyxatdan oʻtkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob siyosati — bu tashkilotlar tomonidan budjet hisobini yuritish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonida qoʻllaniladigan aniq tamoyillar, asoslar, shartli qoidalar, meʼyorlar hamda amaliy usullar majmuasidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob bahosidagi oʻzgarish — aktivlar va majburiyatlarning joriy holati hamda ular bilan bogʻliq kutilayotgan kelajakdagi foyda va majburiyatlarni baholash natijasida aktivning yoki majburiyatning balans qiymatiga yoki aktivning foydali xizmat davriga kiritilgan tuzatishdir. Hisob bahosidagi oʻzgarishlar aktivlar va majburiyatlarga doir yangi axborot olinishi yoki yangi holatlar yuzaga kelishi natijasida amalga oshiriladi va shu sababli bu oʻzgarishlar xatolarni tuzatish hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldingi davr xatolari — bu moliyaviy hisobotdagi oʻtkazib yuborishlar yoki notoʻgʻri koʻrsatishlar boʻlib, quyidagi ishonchli maʼlumotlardan notoʻgʻri foydalanish yoki foydalanmaslik natijasida yuzaga keladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) koʻrsatilgan davrlar uchun moliyaviy hisobotlar taqdim etishga ruxsat berilganda mavjud boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etishda qabul qilinishi va hisobga olinishi asosli boʻlgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday xatolarga matematik xatolar, hisob siyosatini qoʻllashdagi xatolar, faktlarni eʼtiborsiz qoldirish yoki notoʻgʻri talqin qilish va firibgarlik taʼsiri kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
perspektiv qoʻllash — hisob siyosati oʻzgargan sanadan keyin sodir boʻladigan operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlarga nisbatan yangi hisob siyosatini qoʻllash hamda hisob bahosidagi oʻzgarishning taʼsirini ushbu oʻzgarish taʼsir koʻrsatadigan joriy va kelgusi davrlarda tan olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retrospektiv qoʻllash — bu yangi hisob siyosatiga muvofiq oʻtgan davrlarda sodir boʻlgan operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlarga ham shu siyosat avvaldan qoʻllanganidek amal qilishdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
retrospektiv qayta hisoblash — bu oldingi davrdagi xatolarni tuzatish uchun moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlarining tan olinishi, baholashi va ochib berishini xatolar oldindan boʻlmaganidek qayta hisoblashdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Standartning maqsadi hisob siyosatidagi oʻzgarishlarni, hisob baholaridagi oʻzgarishlarni va xatolarni tuzatishni hisobga olish va yoritib berish bilan birgalikda hisob siyosatini tanlash va oʻzgartirish mezonlarini belgilashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Standart tashkilotlarning moliyaviy hisobotlariga boʻlgan ishonchlilik darajasini va maʼlum bir davriylikdagi moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, boshqa tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini oʻzaro solishtirish darajasini oshirishga moʻljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Hisob siyosati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Hisob siyosatlarini tanlash va qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Standart tashkilotlarda hisob siyosatini tanlash va qoʻllashda, shuningdek hisob siyosatidagi oʻzgarishlar, hisob baholaridagi oʻzgarishlar va oldingi davr xatolarini tuzatishlarni hisobga olishda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Muayyan operatsiyaga, hodisa yoki holatga nisbatan tegishli budjet hisobi standarti qoʻllanilgan taqdirda, hisobning mazkur obyekti boʻyicha qoʻllaniladigan hisob siyosati yoki uning qoidalari oʻsha budjet hisobi standartini qoʻllash orqali belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Biror kelishuv, hodisa yoki holatga aniq taalluqli boʻlgan budjet hisobi standarti mavjud boʻlmaganda, tashkilotning rahbariyati quyidagi xususiyatlarga ega boʻlgan axborotni taʼminlaydigan hisob siyosatini ishlab chiqish va qoʻllashda professional mulohazaga tayanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) foydalanuvchilarning qaror qabul qilish ehtiyojlariga mos kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishonchli boʻlishi (tashkilotning moliyaviy holati, moliyaviy faoliyati natijalarini va pul mablagʻlari harakatini haqqoniy aks ettiradigan, kelishuvlar, boshqa hodisalar va holatlarning yuridik shaklini emas, balki iqtisodiy mohiyatini aks ettiradigan, ehtiyotkorlik tamoyiliga muvofiq boʻladigan, barcha muhim jihatlar toʻliq boʻlgan moliyaviy hisobotlar).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashkilot rahbariyati mazkur Standartning 6-bandida tavsiflangan qarorni qabul qilishda quyidagi manbalarga eʼtibor berishi va ularning qoʻllanishini koʻrib chiqishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻxshash va aloqador masalalarni qamrab oluvchi budjet hisobi standartlaridagi talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) budjet hisobi standartlarida keltirilgan aktivlar, majburiyatlar, daromadlar va xarajatlarning taʼriflari, tan olish va baholash mezonlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Hisob siyosatining izchilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar budjet hisobi standarti turli siyosatlar qoʻllanishi mumkin boʻlgan koʻrsatkichlarni alohida toifalarga ajratishni maxsus talab qilmasa yoki ruxsat bermasa, tashkilotlar oʻxshash operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlar uchun oʻzining hisob siyosatini izchil ravishda tanlashi va qoʻllashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar budjet hisobi standarti bunday toifalarga ajratishni talab qilsa yoki ruxsat bersa, har bir toifa uchun tegishli hisob siyosati tanlanishi va izchil ravishda qoʻllanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hisob siyosati tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosarining buyrugʻi yoki qarori bilan tasdiqlanadi va yildan-yilga izchil qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Hisob siyosatidagi oʻzgarishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotlar hisob siyosatini faqat quyidagi hollarda oʻzgartirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi budjet hisobi standartlari talab qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob siyosatini oʻzgartirish moliyaviy hisobotda operatsiyalarning, boshqa hodisalarning va holatlarning tashkilotlar moliyaviy holatiga, moliyaviy natijalariga yoki pul oqimlariga taʼsiri toʻgʻrisida ishonchli va yanada oʻrinli maʼlumotlar aks ettirilishiga olib kelganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilari tashkilotlarning moliyaviy holati, faoliyati va pul oqimlaridagi oʻzgarishlarni aniqlash maqsadida uning moliyaviy hisobotlarini vaqt oʻtishi bilan taqqoslash imkoniyatiga ega boʻlishlari lozim. Shu sababli, agar hisob siyosatidagi oʻzgarish mazkur Standartning 10-bandidagi mezonlardan biriga mos kelmasa, har bir hisobot davrida va bir hisobot davridan keyingi hisobot davriga oʻtishda bir xil hisob siyosatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Budjet hisobining bir usulidan boshqa usuliga oʻtish hisob siyosatining oʻzgarishi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Budjet hisobi asosida biror operatsiya, hodisa yoki holatni hisobga olish usuli, tan olish yoki baholash tartibidagi oʻzgarish hisob siyosatining oʻzgarishi sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Quyidagilar hisob siyosatidagi oʻzgarishlar hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oldin sodir boʻlgan operatsiyalar, hodisalar yoki holatlardan iqtisodiy mohiyati farq qiladigan yangi operatsiyalar, hodisalar yoki holatlarga nisbatan mavjud hisob siyosatini qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oldin sodir boʻlmagan yoki ahamiyatsiz boʻlgan operatsiyalar, hodisalar yoki holatlarga nisbatan yangi hisob siyosatini joriy etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (8-sonli BHS) “Koʻchmas mulk, bino va jihozlar” (roʻyxat raqami 3144, 2019-yil 20-mart) yoki Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (9-sonli BHS) “Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3169, 2019-yil 24-iyun) muvofiq aktivlarni qayta baholash siyosatini dastlab qoʻllash, ushbu Standartga emas, balki mazkur budjet hisobining standartlariga (8 va 9-sonli BHSlar) muvofiq qayta baholash sifatida koʻrib chiqiladigan hisob siyosatidagi oʻzgarish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mazkur Standartning 20 — 30-bandlari ushbu Standartning 15-bandida bayon etilgan hisob siyosatidagi oʻzgarishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tashkilotlar yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida kelgusi moliya yili uchun hisob siyosatidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida maʼlumot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Hisob siyosati moliyaviy hisobotni barcha qoʻllanilayotgan budjet hisobi standartlari asosida shakllantirilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobot unga nisbatan budjet hisobi standartlarida oʻziga xos talablar boʻlmaganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ahamiyatga ega boʻlishi — maʼlumot undan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishonchli boʻlishi — tashkilotlar faoliyatining barcha natijalari va moliyaviy holatini xolisona koʻrsatishi, hodisalar va operatsiyalarning iqtisodiy mohiyatini aks ettirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xolis (begʻaraz) boʻlishi va majburiy boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) toʻla (tugallangan) boʻlishi — tashkilotlar xoʻjalik faoliyatining barcha faktlarini toʻla aks ettirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Hisob siyosati oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarda inventarizatsiya oʻtkazishning tartibi va muddatlarini (inventarizatsiya qilish majburiy boʻlgan hollardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlar tomonidan foydalaniladigan va unda sintetik va analitik schyotlar roʻyxati boʻlishi lozim boʻlgan ishchi schyotlar rejasini. Mazkur maʼlumot hisob siyosatiga ilova tarzida taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
namunaviy shakllari nazarda tutilmagan, xoʻjalik operatsiyalarini qayd qilish uchun qoʻllaniladigan birlamchi hisob hujjatlarining shakllarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlarni qayta baholash uslublarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inventarizatsiya qilishda (ortiqcha yoki kamomadda) mulkni baholash uslublarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar (ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasini shakllantirish tartibini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Hisob siyosatlarini tanlash va qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mazkur Standartning 24-bandiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yangi budjet hisobi standartining ilk bor qoʻllanilishi natijasida hisob siyosati oʻzgarsa va ushbu standartda oʻzgarishga oid oʻtgan davrlar uchun maxsus qoidalar belgilangan boʻlsa, tashkilotlar ushbu qoidalarga muvofiq hisob-kitob olib borishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar yangi budjet hisobi standarti ilk bor qoʻllanilganda hisob siyosati oʻzgarishiga oid oʻtgan davr uchun maxsus qoidalar belgilanmagan boʻlsa yoki tashkilotlar oʻz ixtiyori bilan hisob siyosatini oʻzgartirsa, ushbu oʻzgarish retrospektiv tarzda qoʻllanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Standart maqsadlari uchun yangi qabul qilingan budjet hisobi standartini muddatidan oldin qoʻllash hisob siyosatidagi ixtiyoriy oʻzgarish sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Muayyan operatsiya, hodisa yoki holatga nisbatan aniq qoʻllaniladigan budjet hisobi standarti mavjud boʻlmaganda, tashkilot rahbariyati mazkur Standartning 7-bandiga muvofiq quyidagilardan hisob siyosatini qoʻllashda foydalanishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa standartlarni belgilovchi organlarning soʻnggi bayonotlari va qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat yoki xususiy sektorda qabul qilingan amaliyotlar, biroq bu faqat mazkur Standartning 7-bandiga muvofiqlik darajasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Retrospektiv qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur Standartning 24-bandiga muvofiq hisob siyosatidagi oʻzgarishlar ushbu Standartning 20-bandi ikkinchi yoki uchinchi xatboshilariga binoan retrospektiv tarzda qoʻllanilganda, tashkilotlar taqdim etilgan eng avvalgi davr uchun sof aktivlar yoxud kapitalni har bir taʼsir qilgan koʻrsatkichining boshlangʻich qoldigʻini va taqdim etilgan har bir oldingi davr uchun boshqa taqqoslama maʼlumotlarni yangi hisob siyosati doimo qoʻllanilganidek tuzatishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Retrospektiv qoʻllash boʻyicha cheklovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mazkur Standartning 20-bandi ikkinchi yoki uchinchi xatboshisiga muvofiq hisob siyosati oʻzgarishi odatda retrospektiv tarzda qoʻllanadi, ammo agar oʻzgarishning maʼlum bir davrga xos taʼsirini yoki umumiy jamlangan taʼsirini aniqlash imkoni boʻlmasa, bunday holatda retrospektiv qoʻllash cheklanishi (istisno tariqasida) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bir yoki bir nechta oldingi davrlar uchun taqdim etilgan qiyosiy maʼlumotlarga nisbatan hisob siyosatini oʻzgartirishning davrga xos taʼsirini aniqlash imkonsiz boʻlsa, tashkilotlar yangi hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash mumkin boʻlgan eng dastlabki davrning boshidagi aktivlar va majburiyatlarning balans qiymatlariga nisbatan qoʻllashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu joriy davr ham boʻlishi mumkin. Shuningdek, tashkilotlar ushbu davr uchun sof aktivlar yoki xususiy kapitalni har bir taʼsir qilgan tarkibiy qismining boshlangʻich qoldigʻiga tegishli tuzatish kiritishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Joriy davr boshida yangi hisob siyosatini barcha oʻtgan davrlarga qoʻllashning umumiy taʼsirini aniqlash imkonsiz boʻlganda, tashkilotlar qiyosiy maʼlumotlarni yangi hisob siyosatini amalda boʻlishi mumkin boʻlgan eng avvalgi sanadan boshlab perspektiv tarzda qoʻllash uchun tuzatishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tashkilotlar yangi hisob siyosatini retrospektiv tarzda qoʻllaganda, yangi hisob siyosatini oʻtgan davrlar qiyosiy maʼlumotlariga eng avvalgi davrlardan boshlab qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davr uchun retrospektiv qoʻllash, agar ushbu davr uchun moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobotning boshi va oxiridagi summalarga umumiy taʼsirini aniqlashning imkoni boʻlmasa, amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotlarda keltirilgan davrlardan oldingi davrlarga tegishli tuzatish summasi taqdim etilgan eng oldingi davrning sof aktivlar yoki kapitalni har bir taʼsir qilgan tarkibiy qismining boshlangʻich qoldigʻiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Odatda, tuzatishlar jamgʻarilgan foyda yoki zararga kiritiladi. Biroq tuzatish sof aktivlar yoki kapitalning boshqa tarkibiy qismiga (masalan, budjet hisobi standartiga muvofiq) ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan davrlar haqidagi boshqa maʼlumotlar, masalan, moliyaviy maʼlumotlarning oldingi xulosalari ham eng avvalgi davrlardan boshlab tuzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Agar tashkilotlar uchun yangi hisob siyosatini retrospektiv tarzda qoʻllash imkonsiz boʻlsa, yaʼni bu siyosatni barcha oldingi davrlarga nisbatan qoʻllashning umumiy taʼsirini aniqlay olmasa, tashkilotlar mazkur Standartning 26-bandiga muvofiq yangi hisob siyosatini iloji boricha eng avvalgi davrning boshidan boshlab perspektiv tarzda qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu sababli, tashkilotlar ushbu sanadan oldin yuzaga kelgan aktivlar, majburiyatlar va sof aktivlar yoki kapitaldagi umumiy tuzatishning bir qismini eʼtiborga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatini biron-bir oldingi davr uchun perspektiv qoʻllash imkonsiz boʻlsa ham hisob siyosatini oʻzgartirishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Maʼlumotlarni yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Muayyan budjet hisobi standartini dastlabki qoʻllash joriy davrga yoki oldingi biror bir davrga taʼsir koʻrsatsa, biroq tuzatish miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa yoki kelgusi davrlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar quyidagilarni yoritib berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) standartning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tegishli boʻlganda, hisob siyosatidagi oʻzgarish ushbu Standartning oʻtish qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) hisob siyosatidagi oʻzgarishning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tegishli boʻlganda, oʻtish davri qoidalarining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) tegishli boʻlganda, kelgusi davrlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan oʻtish davri qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) joriy davr va taqdim etilgan har bir oldingi davr uchun taʼsir qilgan har bir moliyaviy hisobot koʻrsatkichi boʻyicha tuzatish miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
h) taqdim etilgan davrlardan oldingi davrlarga tegishli boʻlgan tuzatish miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) agar mazkur Standartning 20-bandi ikkinchi yoki uchinchi xatboshisida talab qilingan retrospektiv qoʻllash maʼlum bir oldingi davr uchun yoki taqdim etilgan davrlardan oldingi davrlar uchun amalga oshirib boʻlmaydigan holat boʻlsa, bu holatning yuzaga kelishiga olib kelgan holatlar hamda hisob siyosatidagi oʻzgarish qanday va qachondan boshlab qoʻllanilganligi tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi davrlarning moliyaviy hisobotlarida yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarni takrorlash talab etilmaydi.

30. Hisob siyosatidagi ixtiyoriy oʻzgarish joriy davrga yoki oldingi biror bir davrga taʼsir koʻrsatsa, biroq tuzatish miqdorini aniqlash imkoni boʻlmasa yoki kelgusi davrlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar quyidagilarni yoritib berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) hisob siyosatidagi oʻzgarishning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yangi hisob siyosatini qoʻllashdagi ishonchliroq va ahamiyatliroq maʼlumot taqdim etish sabablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) joriy davr va taqdim etilgan har bir oldingi davr uchun taʼsir qilgan har bir moliyaviy hisobot koʻrsatkichi boʻyicha tuzatish miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) taqdim etilgan davrlardan oldingi davrlarga tegishli boʻlgan tuzatish miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) agar maʼlum bir oldingi davr yoki taqdim etilgan davrlardan oldingi davrlar uchun retrospektiv qoʻllash imkonsiz boʻlsa, bu holatning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan holatlar hamda hisob siyosatidagi oʻzgarish qanday va qachondan boshlab qoʻllanilganligi tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi davrlarning moliyaviy hisobotlarida yuqorida qayd etilgan maʼlumotlarni takrorlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Hisob baholaridagi oʻzgarishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Hisob baholari va hisob bahosidagi oʻzgarishlarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xizmat koʻrsatish, savdo-sotiq yoki boshqa faoliyatlarni amalga oshirishdagi mavjud noaniqliklar tufayli, moliyaviy hisobotlardagi koʻplab koʻrsatkichlarni aniq oʻlchab boʻlmaydi, balki faqat taxminiy baholash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob bahosi eng soʻnggi mavjud va ishonchli maʼlumotlarga asoslangan mulohazalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, quyidagilar uchun taxminlar talab etilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) undirilmagan soliqlardan kelib chiqadigan umidsiz qarzlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovar-moddiy zaxiralarning jismoniy eskirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlarning haqqoniy qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) amortizatsiya qilinadigan aktivlarning foydali xizmat muddati yoki ularda boʻlgan kelajakdagi iqtisodiy manfaat yoki xizmat koʻrsatish salohiyatining kutilayotgan isteʼmol tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kafolat majburiyatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda asoslangan hisob bahosidan foydalanish muhim jarayon boʻlib, bu ularning ishonchligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Hisob bahosiga asos boʻlgan holatlarda oʻzgarishlar roʻy berganda yoki yangi maʼlumotlar yoxud koʻproq tajriba toʻplanishi natijasida hisob bahosini qayta koʻrib chiqish talab etilishi mumkin. Oʻz mohiyatiga koʻra, hisob bahosini qayta koʻrib chiqish oʻtgan davrlarga aloqador boʻlmaydi va ushbu oʻzgarish xatoni tuzatish boʻlib hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qoʻllanilayotgan oʻlchov asosining oʻzgarishi hisob siyosatidagi oʻzgarish hisoblanadi va hisob bahosidagi oʻzgarish hisoblanmaydi. Agar hisob siyosatidagi oʻzgarishni hisob bahosidagi oʻzgarishdan farqlash qiyin boʻlsa, bunday oʻzgarish hisob bahosidagi oʻzgarish sifatida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Hisob bahosi oʻzgarishining taʼsiri mazkur Standartning 36-bandida koʻrsatilgan oʻzgarishdan tashqari quyidagi hollarda foyda yoki zararga kiritish orqali perspektiv tarzda tan olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar oʻzgarish faqat joriy davrga taʼsir qilsa, oʻzgarish sodir boʻlgan davrda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar oʻzgarish ham joriy, ham kelgusi davrlarga taʼsir qilsa, oʻzgarish sodir boʻlgan davr va kelgusi davrlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Hisob bahosidagi oʻzgarish aktivlar va majburiyatlarda oʻzgarishlarni keltirib chiqarsa yoxud sof aktivlar yoki kapital koʻrsatkichiga aloqador boʻlsa, bunday oʻzgarish tegishli aktiv, majburiyat yoxud sof aktivlar yoki kapital koʻrsatkichining qoldiq qiymatini oʻzgarish sodir boʻlgan davrda tuzatish orqali tan olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Hisob bahosidagi oʻzgarishning taʼsirini perspektiv tan olish deganda ushbu oʻzgarishni operatsiyalar, boshqa hodisalar va holatlarga nisbatan oʻzgarish roʻy bergan sanadan boshlab qoʻllash tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob bahosidagi oʻzgarish faqat joriy davrning foyda yoki zarariga, yoxud ham joriy, ham kelgusi davrlarning foyda yoki zarariga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Masalan, umidsiz qarzlar summasi bahosidagi oʻzgarish faqat joriy davrning foydasi yoki zarariga taʼsir qiladi. Shu sababli joriy davrda tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq eskirish hisoblanadigan aktivlarning foydali xizmat muddati yoki ularda mujassamlashgan kelgusi iqtisodiy naflar isteʼmolidagi oʻzgarish joriy davr uchun va aktivning qolgan foydali xizmat muddati davomida har bir kelgusi davr uchun eskirish xarajatlariga taʼsir koʻrsatadi. Har ikki holatda oʻzgarishning joriy davrga tegishli boʻlgan taʼsiri joriy davrda daromad yoki xarajat tarzida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Maʼlumotlarni yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Tashkilotlar joriy davrda taʼsir koʻrsatadigan yoki kelgusi davrlarga taʼsir koʻrsatishi kutilayotgan hisob bahosidagi oʻzgarishning xususiyati va miqdorini yoritib berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kelgusi davrlarga boʻladigan taʼsirni baholash imkoni boʻlmaganda, ushbu taʼsirni yoritib berish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Agar kelgusi davrlardagi taʼsir miqdorini baholash imkoni boʻlmaganligi sababli bu maʼlumot yoritib berilmasa, tashkilotlar ushbu holatni maʼlum qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Xatolar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Oldingi davr xatolarini aniqlash va retrospektiv tuzatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Xatolar moliyaviy hisobot koʻrsatkichlarini tan olish, baholash, taqdim etish yoki yoritib berish jarayonida yuzaga kelishi mumkin. Agar moliyaviy hisobotda jiddiy xatolar yoki tashkilotlarning moliyaviy holati, moliyaviy faoliyati yoxud pul oqimlarini muayyan koʻrinishda qasddan kiritilgan muhim boʻlmagan xatolar mavjud boʻlsa, bunday moliyaviy hisobot budjet hisobi standartlariga muvofiq hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy davrda aniqlangan xatolar moliyaviy hisobotlar eʼlon qilishga ruxsat berilishidan oldin tuzatiladi. Biroq baʼzi jiddiy xatolar keyingi davrgacha aniqlanmasligi mumkin. Bunday oldingi davr xatolari keyingi davr uchun moliyaviy hisobotlarda taqdim etilgan qiyosiy maʼlumotlarda tuzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Tashkilotlar oʻtgan davrning muhim xatolarini ular aniqlangandan keyin eʼlon qilish uchun maʼqullangan moliyaviy hisobotning birinchi toʻplamida quyidagicha retrospektiv tarzda tuzatishi lozim (ushbu Standartning 42-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xatolik yuz bergan oldingi davr(lar) uchun qiyosiy koʻrsatkichlarni qayta hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar xato taqdim etilgan eng oldingi davrdan avval sodir boʻlgan boʻlsa, taqdim etilgan eng oldingi davr uchun aktivlar, majburiyatlar va sof aktivlar yoki kapitalning boshlangʻich qoldiqlarini qayta hisoblash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Retrospektiv qayta hisoblashning cheklovlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Oldingi davr xatosining biror-bir davrga tegishli taʼsirini yoki umumiy taʼsirini aniqlash imkoni boʻlmasa, retrospektiv qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Bir yoki bir nechta oldingi davrlar uchun taqdim etilgan qiyosiy maʼlumotlarga xatoning davrga xos taʼsirini aniqlash imkonsiz boʻlganda, tashkilotlar retrospektiv qayta hisoblashni imkoni boʻlgan eng oldingi davr boshiga (bu joriy davr ham boʻlishi mumkin) aktivlarning, majburiyatlarning va sof aktivlar yoki kapitalning qoldiqlarini qayta hisoblashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Joriy davr boshida barcha oldingi davrlar uchun xatolikning umumiy taʼsirini aniqlash imkoni boʻlmaganda, tashkilotlar xatolikni tuzatish maqsadida qiyosiy maʼlumotlarni amalda mumkin boʻlgan eng oldingi sanadan boshlab perspektiv ravishda qayta tayyorlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Oldingi davr xatosini tuzatish summasi xato aniqlangan davrning foyda yoki zarari tarkibida aks ettirilmaydi. Oʻtgan davrlar toʻgʻrisida taqdim etilgan har qanday maʼlumot, shu jumladan, moliyaviy hisobotlar koʻrsatkichlarining oʻtgan davrlardagi yigʻindisi, amaliy imkoni boʻlgan eng oldingi davrdan boshlab qayta hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Barcha oldingi davrlar uchun xatolik miqdorini (masalan, hisob siyosatini qoʻllashdagi xato) aniqlash imkoni boʻlmaganda, tashkilotlar mazkur Standartning 44-bandiga muvofiq qiyosiy maʼlumotlarni imkon qadar eng oldingi sanadan boshlab perspektiv tarzda qayta hisoblaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuning uchun u ushbu sanadan oldingi aktivlar, majburiyatlar va sof aktivlar yoki kapitalning jamgʻarilgan qayta hisoblash qismini eʼtiborga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Xatolarni tuzatish hisob baholaridagi oʻzgarishlardan farq qiladi. Hisob baholaridagi oʻzgarishlar oʻz mohiyatiga koʻra aniq hisob-kitob emas, balki mavjud axborotlarga asoslangan taxminiy baholashlar boʻlib, qoʻshimcha maʼlumotlar maʼlum boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, shartli majburiyat natijasi boʻyicha tan olingan foyda yoki zarar xatoni tuzatish hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Oldingi davrlardagi xatolarni yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Mazkur Standartning 41-bandini qoʻllashda tashkilotlar quyidagilarni yoritib berishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oldingi davr xatosining mohiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taqdim etilgan har bir oldingi hisobot davri boʻyicha, imkon qadar, taʼsir koʻrsatilgan har bir moliyaviy hisobot koʻrsatkichi kesimida tuzatish summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) taqdim etilgan eng oldingi davr boshidagi qoldiqqa tegishli tuzatish summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) agar maʼlum bir oldingi davr uchun retrospektiv qayta hisoblashni amalga oshirib boʻlmasa, bu holatning yuzaga kelishiga olib kelgan holatlar hamda xato qanday va qachondan boshlab tuzatilganligi haqidagi maʼlumot.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi hisobot davrlari moliyaviy hisobotlarida ushbu maʼlumotlarni takroran yoritib berish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Retrospektiv qoʻllash va retrospektiv qayta hisoblashning amalga oshirib boʻlmaydigan holatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Muayyan oʻtgan davr uchun hisob siyosatidagi oʻzgarishni retrospektiv tarzda qoʻllash yoki xatoni tuzatish uchun retrospektiv tarzda qayta hisoblashni quyidagi hollarda amalga oshirib boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) retrospektiv qoʻllash yoki retrospektiv qayta hisoblashning taʼsirini aniqlash mumkin boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) retrospektiv qoʻllash yoki retrospektiv qayta hisoblash tashkilot rahbariyatining oʻsha davrdagi qarori qanday boʻlganligi haqidagi taxminlarni talab qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) retrospektiv qoʻllash yoki retrospektiv qayta hisoblash summalarning muhim baholarini talab qilsa va quyidagi hisob baholari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni obyektiv ravishda ajratib boʻlmasa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu summalar tan olinishi, baholanishi yoki oshkor etilishi lozim boʻlgan sana(lar)da mavjud boʻlgan holatlar boʻyicha asosli hisob baholari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatilgan oldingi davr uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish davrida mavjud boʻlgan hisob baholari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ayrim hollarda joriy davr bilan taqqoslash uchun bir yoki bir necha oʻtgan davrlarning qiyosiy maʼlumotlarini moslashtirishning imkoni boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, oldingi davr(lar)da maʼlumotlar yangi hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash (shu jumladan, ushbu Standartning 51 — 53-bandlari maqsadlari uchun uning oʻtgan davrlarga nisbatan perspektiv qoʻllanilishi) yoki oldingi davrdagi xatoni tuzatish uchun retrospektiv qayta hisoblash imkonini beradigan tarzda toʻplanmagan boʻlishi va bu maʼlumotlarni qayta tiklashning iloji boʻlmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Hisob siyosati moliyaviy hisobot koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻllanilganda, operatsiyalar, boshqa hodisalar yoki holatlar bilan bogʻliq ravishda tan olinadigan yoki ochib beriladigan koʻrsatkichlar boʻyicha koʻp hollarda baholashni amalga oshirish zarur boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholash oʻz mohiyatiga koʻra muayyan darajada noaniqlikka ega boʻlib, bunday baholashlar hisobot sanasidan keyin ham shakllantirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash yoki oldingi davr xatosini tuzatish uchun retrospektiv qayta hisoblashni amalga oshirishda taʼsir koʻrsatgan operatsiya, boshqa hodisa yoki holat sodir boʻlganidan buyon uzoqroq vaqt oʻtgan boʻlishi baholashni ishlab chiqishni murakkablashtirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shunday boʻlsa-da, oldingi davrlarga taalluqli baholashlarning maqsadi joriy davrda amalga oshiriladigan baholashlarning maqsadi bilan bir xil boʻladi, yaʼni baholash tegishli operatsiya, hodisa yoki holat yuz bergan paytda mavjud boʻlgan holatlarni aks ettirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Yangi hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash yoki oldingi davrdagi xatoni retrospektiv tarzda tuzatish jarayonida quyidagi maʼlumotlarni boshqa maʼlumotlardan farqlash talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) operatsiya, boshqa hodisa yoki holat sodir boʻlgan sana(lar)da mavjud boʻlgan holatlarni tasdiqlovchi dalillarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu oʻtgan hisobot davri uchun moliyaviy hisobotlar chiqarilishiga ruxsat berilgan paytda mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim turdagi baholashlarda (masalan, kuzatiladigan bozor narxi yoki kuzatiladigan kirish maʼlumotlariga asoslanmagan adolatli qiymat bahosida) ushbu turdagi maʼlumotlarni bir-biridan ajratish amaliy jihatdan mumkin boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar retrospektiv qoʻllash yoki retrospektiv qayta hisoblash shunday muhim baholashni talab qilsa, biroq yuqorida koʻrsatilgan ikki turdagi maʼlumotlarni ajratishning imkoni boʻlmasa, yangi hisob siyosatini retrospektiv qoʻllash yoki oʻtgan davrdagi xatoni retrospektiv tarzda tuzatish amaliy jihatdan mumkin emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Oʻtgan hisobot davriga nisbatan yangi hisob siyosatini retrospektiv tarzda qoʻllashda yoki ushbu davrga taalluqli summalarni tuzatishda, shuningdek, tashkilot rahbariyatining oʻtgan davrdagi maqsad va qarorlarini qayta talqin qilishda hamda oʻsha davrda tan olingan, baholangan yoki ochib berilgan koʻrsatkichlarni hisoblashda keyinchalik shakllangan axborot va holatlardan foydalanilmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, agar tashkilotlar oʻtgan davrda davlat binosini notoʻgʻri ravishda investitsiya sifatida tasniflyagan boʻlsa (aslida ushbu bino asosiy vositalar tarkibida hisobga olinishi lozim edi), ushbu xato tuzatilganda, tashkilot rahbariyati keyinchalik mazkur binodan oʻz ehtiyojlari uchun ofis sifatida foydalanishga qaror qilgan boʻlsa ham, oʻsha oʻtgan davr uchun tasniflash asosi oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi budjet hisobining standarti (16-sonli BHS) “Baholangan majburiyatlar, shartli majburiyatlar va shartli aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3562, 2024-yil 22-oktabr) muvofiq davlat faoliyati natijasida yuzaga kelgan ifloslanishni tozalash xarajatlari uchun majburiyatni hisoblashdagi oldingi davr xatosini tuzatayotganda, keyingi davrda harbiy taʼminot kemasidan gʻayrioddiy katta miqdorda neft sizib chiqqani haqidagi maʼlumotni eʼtiborga olmaydi (agar bu maʼlumot oldingi davr moliyaviy hisoboti tasdiqlangandan soʻng maʼlum boʻlgan boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi davrlar uchun taqdim etilgan qiyosiy maʼlumotlarni oʻzgartirishda koʻpincha muhim baholash talab qilinsa-da, bu qiyosiy maʼlumotlarni ishonchli tarzda tuzatish yoki toʻgʻrilashga toʻsqinlik qilmaydi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2026-y., 10/26/3797/0298-son)